Datasets:
Tasks:
Zero-Shot Classification
Modalities:
Text
Formats:
parquet
Languages:
Uzbek
Size:
10K - 100K
Tags:
uzbek_zero_shot
License:
text
stringlengths 83
999
| class
stringclasses 10
values |
---|---|
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Foto: IIBB YHXB Poytaxt IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 7 noyabr kuni soat 19:30 larda Muqimiy ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashina va 2004 yilda tug‘ilgan J.O. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘qnashgan. YTH oqibatida “Nexia-2” rusumli avtomashina yo‘lovchisi, 1998 yilda tug‘ilgan Sh.E. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, “Lasetti” rusumli avtomashina haydovchisi, “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchilari: 1995 yilda tug‘ilgan T.O., 1996 yilda tug‘ilgan B.Q., 2001 yilda tug‘ilgan M.Q. turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda. | Oila va Jamiyat |
Jorjiya shtatidagi kimyo zavodida qator portlashlar sodir bo‘lgan va yong‘in boshlangan. Foto: Glynn County Board of Commissioners Amerikaning Bransuik shahridagi (Glinn okrugi, Jorjiya shtati) kimyo zavodida kuchli yong‘in boshlandi. Korxonada ketma-ket portlashlar sodir bo‘lganidan so‘ng, mahalliy hokimiyat unga yaqin uylardagi aholini evakuatsiya qildi. News4jax e’lon qilgan videolavhada zavoddan ko‘tarilayotgan tutunning katta ustunini ko‘rish mumkin. Yong‘in allaqachon lokalizatsiya qilingan, biroq qutqaruv xizmati shamol yo‘nalishi o‘zgarsa, yana yong‘in boshlanishidan xavfsiramoqda. Hammasi bo‘lib uchta aholi punkti evakuatsiya qilingan. Portlash sabablari hozircha aniq emas. Zavod egalarining bayonotiga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan: «Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmadi va xodimlar bilan aholi uchun hech qanday xavf yo‘q. Mahalliy o‘t o‘chirish brigadalari va politsiya voqea joyida vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda». | Xorijiy Yangiliklar |
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 189,2 ming tonna qog‘oz va karton import qilingan. Foto: Igor Katayev Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan qiymati 281,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 189,2 ming tonna qog‘oz va karton import qilingan. Qog‘oz va karton importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,6 ming tonnaga oshgan. 2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qog‘oz va karton import qilgan davlatlar: Rossiya – 106,7 ming tonna Xitoy – 38,7 ming tonna Belarus – 9,8 ming tonna Finlyandiya – 9,2 ming tonna Germaniya – 5,2 ming tonna Ukraina – 3,2 ming tonna Shvetsiya – 3 ming tonna Turkiya – 2,4 ming tonna Polsha – 1,3 ming tonna | Iqtisodiyot |
Bugun, 7 noyabr kuni UYeFAning Nondagi qarorgohida Yevropa ligasida 1/8 finalga o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi. Qur’ada Yevropa ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallagan 8 jamoa va Chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan 8 klub ishtirok etdi. Bosqichning markaziy o‘yini «Barselona» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida o‘tadi. Barcha juftliklar bilan tanishing. Yevropa ligasi o‘tish o‘yinlari juftliklari: «Barselona» – «Manchester Yunayted» «Yuventus» – «Nant» «Sporting» – «Midtyulland» «Shaxter» – «Renn» «Ayaks» – «Union» «Bayyer» – «Monako» «Sevilya» – PSV «Red Bull Zalsburg» – «Roma» Jamoalar odatdagidek uyda va safarda to‘p surib, 1/8 final yo‘llanmasi g‘olibini aniqlaydi. Yevropa ligasi klublari javob uchrashuvini o‘z maydonlarida o‘tkazishadi. O‘tish bahslarining dastlabki o‘yinlari 16 kuni, javob o‘yinlari esa 23 fevralda o‘tkaziladi. G‘olib jamoa 1/8 final bosqichiga yo‘llanma olib, guruh g‘oliblariga qarshi maydonga tushadi. | Sport |
Hukumat qarori bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Foto: Getty Images Jamg‘arma asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan: og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish; oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko‘maklashish; mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ularga ko‘maklashish va rag‘batlantirishdan iborat. Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Prezidentning 2022 yil 1 martdagi farmoni bilan Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi sifatida qayta tashkil etilgan. | Oila va Jamiyat |
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasining Mineralniye Vodi - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reysi ob-havo sharoiti, kuchli shamol va ko‘rish imkoniyatining pastligi tufayli Navoiy aeroportiga jo‘natildi. Foto: Uzbekistan Airports Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, bortida 91 yo‘lovchi bo‘lgan ukhoi Superjet 100-95B samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 12:19 da Navoiy xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Ob-havo yaxshilangach, samolyot soat 13:23 da qayta Toshkentga uchib ketgan. Shuningdek, bugun soat 05:42 da ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva — Toshkent reysini amalga oshirayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Navoiy aeroportiga borib qo‘ngan. Biroz vaqt o‘tgach, ob-havo sharoiti yaxshilangandan so‘ng bortida 226 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent aeroportiga ucha olgan. | Xorijiy Yangiliklar |
7 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Foto: Prezident matbuot xizmati O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Suhbat avvalida davlat rahbari Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga o‘zining salomi va ezgu tilaklarini bildirdi. O‘zbekiston prezidentining joriy yil 20-21 oktabr kunlari Turkmanistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomidagi oliy darajali uchrashuv va tadbirlar natijalari yuksak baholandi. Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni, faol parlamentlararo muloqotlar va almashinuvlarni davom ettirish orqali amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Shu hafta oxirida Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. | Siyosat |
Foto: Kun.uz 5 noyabr kuni Qarshidan Toshkentga uchishi rejalashtirilgan samolyot parvozi noqulay ob-havo sharoiti tufayli boshqa muddatga qoldirilgan. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi. Qayd etilishicha, Qarshi xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (ko‘rishning yetarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, 5 noyabr kungi HY070 Qarshi–Toshkent yo‘nalishidagi qatnov 6 noyabr soat 05:30 ga majburiy ko‘chirilgan. Qatnov ekipaji soat 05:30 qadar ob-havo yaxshilanishini kutgan va ekipajning ish vaqti tugagani ma’lum bo‘lgan. Havo kemasi sardori qatnovni soat 12:00 ga ko‘chirishga qaror qilgan. 6 noyabr kuni Qarshi–Toshkent yo‘nalishidagi HY-070 reysi belgilangan manzilga yetib borgan. «Uzbekistan Airways aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: Kun.uz Toshkent shahar hokimligi fuqarolarni 7–8 noyabr kunlari bo‘lishi kutilayotgan kuchli shamol va yog‘ingarchilikdan ogohlantirdi. «Hurmatli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari! «O‘zgidromet» markazi ma’lumotiga ko‘ra, 7–8 noyabr kunlari Toshkent shahrida kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz», – deyiladi xabarda. | Oila va Jamiyat |
O‘zbekistonda bir nechta tumanlar soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi. “Davlat boshqaruvi” kanali xabariga ko‘ra, 8 ta tumanda soliq inspeksiyalari boshliqlari o‘zgardi. Xususan, Habibulla Inomov Toshkent shahar Mirobod tumani Davlat soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi. Bundan tashqari, Maqsud Ravshanov Buxoro viloyati Peshku tumani Davlat soliq inspeksiyasiga, Sarvar Ochilov Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Davlat soliq inspeksiyasiga rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Shuningdek, Anvar Yo‘ldoshev Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Davlat soliq inspeksiyasi, Jasur Cho‘liyev Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Davlat soliq inspeksiyasi, Rahmatilla Sattorov Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Davlat soliq inspeksiyasi, Ismoil Abdullayev Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Davlat soliq inspeksiyasi va Dilshod Matyoqubov Hazorasp tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. | Siyosat |
Jarlikdan olib chiqilgach, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan fuqaroning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. FVV axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 3 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Chirchiq shahar Gulshan ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tomorqasi ortidagi chuqurlikka tushib ketadi. Soat 18:40 larda uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab, Chirchiq shahar FV bo‘limiga tashvishli xabar kelib tushadi. “Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlar yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi”, deyiladi FVV xabarida. | Salomatlik |
Namangan viloyati Davlatobod tumanida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirgan shaxs 5,5 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi. Videodan kadr DXX xabariga ko‘ra, tuman hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deya tanishtirgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyatlari uchun bir necha bor sudlangan shaxs mahalliy fuqarodan 5,5 ming dollar olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Shuningdek, yana bir pora olish bilan bog‘liq holat Toshkent viloyatida qayd etilgan. Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. | Oila va Jamiyat |
“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. O‘zbekiston milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi: Investitsiyalar vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi; Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar. Standartlashtirish asosiy vazifalaridan biri fuqarolar hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat. Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin: qisqa (1 yilgacha); o‘rta (1 yildan 5 yilgacha); uzoq (5 yildan 10 yilgacha). Standartlar yagona axborot bazasi standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi. Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi: milliy standartlar; xalqaro (mintaqaviy) standartlar; xorijiy mamlakatlar standartlari. Qonun 12 oy o‘tgach kuchga kiradi. | Siyosat |
Berlin qadimiy tarix muzeyi direktori, professor Matias Vemxoff Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo». Foto: Dunyo 31 oktabr – 2 noyabr kunlari Germaniya federal tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Oliy darajadagi ko‘plab uchrashuv va muzokaralar, O‘zbekiston-Germaniya va O‘zbekiston-Yevropa hamkorligiga oid dolzarb masalalar muhokama qilingani hozirdanoq ijobiy samaralar bermoqda. Matias Vemxoffga ko‘ra, Germaniya aholisi va yevropaliklarni O‘zbekiston madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yaqin kunlarda Berlinda «O‘zbekiston – Aleksandr Makedonskiydan Kushon imperiyasigacha» nomli katta ko‘rgazma tashkil etish rejalashtirilgan. Ko‘rgazma Jyeyms Saymon galereyasida 2023 yil aprel – oktabr oylarida bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekistondagi turli muzeylardan olib kelinadigan 270 ta arxeologik eksponat taqdim etiladi. | Xorijiy Yangiliklar |
Joriy yilning 10 va 11 noyabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Foto: Kun.uz Qayd etilishicha, shu kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti birinchi sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi. Viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilgani va maxsus flayyerlar ishlab chiqilgani ma’lum qilingan. Haydovchilar flayyerdagi QR-kod orqali yo‘llarda harakatlanishi uchun ruxsat etilgan aylanma yo‘llarni mobil ilova orqali ham ko‘rishi mumkin. | Siyosat |
2022 yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmining yuqoriligi bo‘yicha Samarqand shahri yetakchilik qilmoqda. Kompyuterlar, shaxsiy va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning eng yuqori hajmi kuzatilgan shahar va tumanlar o‘ntaligi: Samarqand shahri – 137 863,1 mln so‘m Farg‘ona shahri – 102 963,8 mln so‘m Qarshi shahri – 97 989,3 mln so‘m Andijon shahri – 89 408,1 mln so‘m Zangiota tumani – 76 352,7 mln so‘m Nukus shahri – 75 797,6 mln so‘m Qo‘qon shahri – 73 428,1 mln so‘m Shayxontohur tumani – 71 974 mln so‘m Namangan shahri – 70 679,2 mln so‘m Marg‘ilon shahri – 70 079,4 mln so‘m. | Iqtisodiyot |
Foto: Shutterstock Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilingani haqida xabar berilgan edi. Yangi kodeksda xodimlarga yillik asosiy mehnat ta’tilining eng kam muddati 21 kalendar kuni etib belgilandi. Avval bu muddat kamida 15 ish kunini tashkil etardi. Shuningdek, dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari Prezident farmoni bilan boshqa kunlarga ko‘chirilishi mumkin. Ya’ni dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelganda dam olish kuni bayramdan keyingi kunga ko‘chiriladi. Masalan, 1 sentabr – ishlanmaydigan bayram kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, qo‘shimcha dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi. | Siyosat |
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga ko‘ra, ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi. Foto: Kun.uz “Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, u: 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 50 foizidan; 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 75 foizidan; 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 100 foizidan; 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 150 foizidan; 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas. Amaldagi Mehnat kodeksida ishdan bo‘shatish nafaqasi miqdori o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan. | Iqtisodiyot |
Joriy yilning 2 noyabr kuni o‘tkazilgan Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’atining navbatdagi yig‘ilishida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakliga hujjat topshirish uchun til sertifikati masalasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, bu yilgi doktorantura (PhD, DSc) ixtisosliklari uchun chet tili sertifikati yil oxirigacha olish sharti bilan qabul qilinadi. Ya’ni til bilish darajasidan qat’i nazar har bir talabgor kirish imtihonlarida ishtirok etadi. Doktoranturaga qabul qilinganlar yil oxirigacha chet tili sertifikati olmasa, unga nisbatan chora ko‘riladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’at a’zolarining ta’kidlashicha, bu ilm talabgorlari uchun imkoniyat bo‘lib, birinchi kurs oxirigacha belgilangan til sertifikati taqdim etilmasa, kursdan kursga o‘tkazilmaydi. Eslatib o‘tamiz, bu yil magistratura bosqichiga hujjat topshirish uchun ham til sertifikati talab qilingani sabab kvotalarning ko‘p qismi to‘lmay qolgandi. | Ta'lim |
Joriy yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistonning 3,9 million aholisi turizm maqsadida xorijiy davlatlarga borgan. Foto: Getty images O‘zbekistonliklar eng ko‘p sayohat qilgan davlatlar qatorida Qirg‘iziston (1,877 million kishi), Qozog‘iston (774,1 ming), Tojikiston (535,1 ming kishi), Turkiya (239,1 ming kishi) va Rossiya (195,7 ming kishi) qayd etilgan. Shuningdek, fuqarolar BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Janubiy Koreya, AQSh, Hindiston va Gruziyaga ko‘p sayohat qilgan. | Xorijiy Yangiliklar |
“Avtosanoat agro lizing” tomonidan 2023 yilda yetkazib beriladigan texnikalar uchun buyurtmalar qabul qilish boshlandi. Foto: Avtosanoat O‘z ehtiyojingizdan kelib chiqib, quyidagi texnikalar va agregatlarga buyurtma berishingiz mumkin: Traktorlar; Paxta terish mashinalari; G‘alla o‘rish kombaynlari; Aylanma omochlar; Xashakni zichlab toylagichlar (press podborshchik); Lazerli yer tekislagichlar (lazernyy planirovshchik); Paxta va g‘alla seyalkalari. Shuningdek, bog‘dorchilik, chorvachilik, meva-sabzavotchilik yo‘nalishlari uchun zarur texnika va agregatlarga ham buyurtma berish imkoniyatiga egasiz! Biz imtiyozli lizing shartlarida yetkazib beramiz. Buyurtmalar bo‘yicha telefonlar: +99897-444-23-12 +99898-300-75-04 +99871-207-10-75 Telegram: t.me/autosanoatagrolizing Reklama huquqi asosida | Texnologiya |
Foto: Kun.uz “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi. Qonun hujjatlariga sudlar tomonidan yer bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish jarayonida prokuror majburiy ravishda ishtirok etishini belgilovchi o‘zgartirishlarni kiritish belgilangan. Fuqarolik protsessual kodeks, Iqtisodiy protsessual kodeks hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga sudlar tomonidan yer bilan bog‘liq ishlarni (aniq toifalarini ko‘rsatgan holda) ko‘rishda prokuror majburiy ishtirok etishini belgilovchi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda. Bunda, yer bilan bog‘liq ishlar mazmuni keng ma’noda tushunilishi, ushbu jumla huquqiy ta’rifi qonunchilikda nazarda tutilmagani sababli, amaliyotda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar oldini olish maqsadida yuqorida keltirilgan topshiriq mazmunidan kelib chiqib, prokuror ishtirok etishi majburiy bo‘lgan yer bilan bog‘liq ishlar aniq toifalarini ko‘rsatish taklif qilinmoqda. | Siyosat |
Hindiston fuqarosi bo‘lgan shaxs Telegram’dagi guruhda Qashqadaryodagi o‘zi ishlayotgan MChJ ishchilarini so‘kib, haqorat qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavsizlik markazi xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Indorama agro” MChJ xodimlari viloyat IIBga murojaat qilib, Telegram’dagi guruhda “Rahul” nomli foydalanuvchi ingliz tilida korxona ishchi-xodimlarini haqorat qilganini, bu bir qancha ishchilarning e’tirozlarga sabab bo‘lganini bildirib, ushbu shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Telegram messenjerida xaqoratli so‘zlarni ishlatgan shaxs Hindiston davlatida tug‘ilgan, hozirda “Indorama agro” MChJda ishlovchi xodim K.R. ekani aniqlangan. Qayd etilishicha, hozirda K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Avvalroq, Jizzaxda itni tiriklay kuydirgan Xitoy fuqarosiga chora ko‘rilgandi. | Oila va Jamiyat |
Foto: Asakabank 2022 yil 1 noyabrda «Asakabank» AJ xorijiy investor bo‘lgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) nomidan brokerlik qilib, O‘zbekiston Respublika valuta birjasi (O‘zRVB) auksion savdolarida Davlat qimmatli qog‘ozlar bozori tarixida (DQMO) birinchi bitimini amalga oshirdi. Shunday qilib, endi xorijiy investorlar uchun ichki kapital bozorida chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlarini olish va sotish imkoniyati yaratildi. «Asakabank» AJ ushbu mexanizmni birinchi bo‘lib amalga oshirdi va kelgusida keng qamrovdagi xorijiy investorlar uchun ushbu xizmatni rivojlantirishni davom ettirishni rejalashtirgan. O‘z navbatida, ushbu tarixiy voqea qimmatli qog‘ozlar bozorining mahalliy ishtirokchilari, shu jumladan tijorat banklari uchun O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini yanada rivojlantirish uchun ijobiy namuna bo‘lib xizmat qiladi. Reklama huquqi asosida | Iqtisodiyot |
Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari bir oyda o‘rtacha 16,1 foizga oshgan. Foto: Kun.uz 2022 yilning oktabr oyida uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari sentabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 16,1 foizga oshgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunda eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lsa - 51,6 foiz, eng past o‘sish 1 foiz bilan Xorazm viloyatida kuzatilgan. Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 20,9 foizga oshgani kuzatilgan. Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 24,2 foizga oshgan. | Iqtisodiyot |
O‘zbekiston 9 oyda qiymati 26,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan. O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,2 mln AQSh dollariga kam. 2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar orasida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 15,6 mln dollar. Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Ozarboyjon – 3,6 mln; Afg‘oniston – 2,6 mln; Rossiya – 2,5 mln; Qozog‘iston – 1,1 mln; Tojikiston – 401 ming AQSh dollari. | Iqtisodiyot |
Sentabr oyida 448 ta Tracker avtomobili ishlab chiqarilgan. Foto: UzAuto Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning sentabr oyida 448 ta Tracker avtomobili ishlab chiqarilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich avvalgi oylarda quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lgan: iyul oyida – 28 ta, avgust oyida 64 ta. 2022 yilning sentabr oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni quyidagicha: Cobalt - 9 156 dona; Lacetti-Gentra - 8 598 dona; Damas - 6 051 dona; Spark - 2 462 dona; Nexia T-250 - 2 055 dona; Tracker - 448 dona; maxsus yengil avtomobillar - 2 221 dona. | Iqtisodiyot |
Shayxontohur tumani Bunyodkor shohko‘chasida 4ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan ma’lumot taqdim etdi. 2022 yil 1 noyabr kuni soat 17:15 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Bunyodkor shohko‘chasi 6a-uy qarshisida 1975 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti’ni boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchiga tegishli Spark’ka kelib to‘qnashgan. Oqibatda, Spark o‘zidan oldinda to‘xtab turgan, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchiga tegishli Cobalt bilan to‘qnashgan, zarb natijasida Cobalt o‘zidan oldinda turgan, 1986 yilda tug‘ilgan haydovchiga tegishli Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. | Oila va Jamiyat |
U odamlarni kuldiradi, bachkanalik bilan emas. U kuyungani uchun kuylaydi, to‘y uchun emas. U internetda kontent yaratadi, lekin hayp uchun emas. Boshqalardan ko‘chirmay, o‘z yo‘lini topgan yosh ijodkorlar: xonanda Sharif Konsta, standaper-qiziqchi Mirshakar Fayzullayev va YouTube’da ingliz tilini o‘rgatuvchi “Teacher A’zam” kanali muallifi A’zam Qahramoniy – SUBeKTIV loyihasining yangi soni qahramonlari. Biz suhbatdoshlarimizdan kasbiy faoliyati va jamiyatdagi turli og‘riqli masalalarga munosabati haqida so‘radik. Jamshidxon Ziyoxonov, muallif Sifatli kontent tayyorlash ko‘pgina vaqt va mablag‘ talab etishini yaxshi tushunadigan va bizni moddiy qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lgan vatandoshlarimiz o‘zlari uchun qulay yo‘llardan birini tanlab ko‘mak berishlari mumkin: Payme, Click, VISA, MasterCard, Sberbank, Webmoney, QIWI | Oila va Jamiyat |
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori o‘zgardi. Foto: Xorazm viloyati prokuraturasi Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlanyapti. Bu xabarni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqlandi. 2020 yil fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasining Harbiy prokurori lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Sharopovich Uzoqov nima sabab bilan ishdan olingani yoki qaysi lavozimga o‘tgani noma’lum. Yangi tayinlov haqida 2 noyabr kuni rasman e’lon qilinadi. Xorazm viloyati prokurori lavozimiga esa hozirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlayotgan Umirbek Madraimov tayinlanishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, B.Qudratxo‘jayev muqaddam Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlagan, 2020 yil 12 oktyabrida Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi. | Siyosat |
Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida choy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 19,7 ming tonna. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi pog‘onalardan mos ravishda 1,8 ming tonna hamda 672 tonna hajmda olib kelingan mandarin va olma joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: makkajo‘xori – 654 tonna; o‘simlik yog‘i – 556 tonna; kakao va shokolad – 536 tonna; qandolat mahsulotlari – 183 tonna; baliq va dengiz mahsulotlari – 42 tonna; qahva – 41,5 tonna; sut mahsulotlari – 26,3 tonna. | Iqtisodiyot |
O‘zbekiston 19 ta davlatga oyoq kiyim eksport qilgan. Foto: Shutterstock O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 21,2 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oyoq kiyimlar eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 618,3 ming juftga kamaygan. 2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar orasida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 9,2 mln juft. Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Tojikiston – 5,3 mln juft; Qozog‘iston – 5,3 mln juft; Afg‘oniston – 596 ming juft; Rossiya – 418 ming juft. 2022 yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar: Andijon viloyati – 14,1 mln; Farg‘ona viloyati – 7,1 mln; Samarqand viloyati – 6 mln; Toshkent viloyati – 1,1 mln AQSh dollari. | Iqtisodiyot |
O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Janubiy Koreyaning Hanjin agriculture and industry Co.LTD kompaniyasi rahbari Ju Syon Gu boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyat hokimligida uchrashuv o‘tkazdi. Foto: Kun.uz Koreyaliklarga viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati taqdim qilindi. Uchrashuvda Hanjin agriculture and industry Co.LTD kompaniyasi rahbari Guliston tumanida Janubiy Koreya texnologiyalari asosida loyiha qiymati 10 million AQSh dollariga teng “aqlli” issiqxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirishda hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Tomonlar ushbu masala yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdi. | Iqtisodiyot |
Quruvchilardan biri jarohatlangan. Foto: t.me/PvBux Buxoro shahrida qurilishi tugallanmagan bino konstruksiyasi buzilishi oqibatida quruvchilardan biri jarohatlandi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 31 oktabr kuni soat 16:03 larda fuqaro Sh.S.dan olingan ma’lumotga ko‘ra, Buxoro shahar «Do‘stlik» MFY T.Farog‘iy ko‘chasida joylashgan qurilishi uch qavatli binoning tom qismida qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi natijasida binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) qulagan. Oqibatda mazkur qurilishi tugallanmagan binoda quruvchi bo‘lib ishlayotgan K.R. (1973 yilda tug‘ilgan) bino qulashi oqibatida tan jarohati olgan. U viloyat FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi tomonidan qutqarilgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yotqizilgan. Hozirda Buxoro viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan binoning qulab tushishi bilan bog‘liq o‘rganish ishlari olib borilmoqda. | Oila va Jamiyat |
Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev Kuzning ikkinchi oyi o‘zi nihoyasiga yetgan bo‘lsa-da, ammo poytaxtda hamma daraxtlar ham sarg‘ayib, barglari to‘kilganicha yo‘q. Bu manzaralar tabiatga o‘zgacha ko‘rk bermoqda. Toshkent ko‘chalaridagi bu go‘zallikni Kun.uz’ning navbatdagi fotoreportajida ko‘rishingiz mumkin. Suratlar muallifi: Muhammadjon G‘aniyev | Ekologiya |
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi «Zangiota-Qoplonbek» avtoyo‘l o‘tkazish punkti yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining «Navoiy» chegara bojxona posti bilan chegaradosh bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasining «Qoplonbek» avtoyo‘l o‘tkazish punkti yopilmoqda. Viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tkazish punkti modernizatsiya qilinishi hamda texnik tomonidan jihozlanishi rejalashtirgan. Mazkur o‘tkazish punkti joriy yilning 1 noyabr kunidan boshlab vaqtincha yopilishi ma’lum qilindi. | Siyosat |
Rossiya Sevastopoldagi kemalarga dron hujumi tufayli Ukraina portlaridan don eksporti bo‘yicha kelishuvdagi ishtirokini noma’lum muddatga to‘xtatdi. RF Mudofaa vazirligiga ko‘ra, dronlardan biri don eksporti bilan shug‘ullanuvchi fuqarolik kemasidan otilgan bo‘lishi mumkin. Keyinroq harbiy idora Mikolayiv oblastining Ochakovo shahridagi Ukraina qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalar kuchlari o‘quv markaziga zarba bergani haqida xabar qildi. Rossiya tomoni versiyasiga ko‘ra, aynan shu yerda Sevastopol portiga hujum tayyorlangan, Ukraina buni rad etmoqda. Energodarning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati xabar qilishicha, ukrain qo‘shinlari shahar energiya tizimiga zarba bergan, elektr ta’minoti to‘xtab qolgan. Quyida 30 oktyabr, urushning 249-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar. Baxmutda gumanitar yordam tarqatilishi Chernihiv oblastida qishga tayyorgarlik Xerson oblastida ozod etilgan qishloq Xarkiv atrofida yakson etilgan harbiy texnikalar | Siyosat |
Banan importi 56,6 ming tonnaga oshgan. Foto: Getty Images 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 104,4 ming tonna banan import qilingan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, banan importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 56,6 ming tonnaga oshgan. 2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p banan import qilgan davlatlar orasida Ekvador yetakchilik qilyapti – 103,5 ming tonna. Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 426 tonna hamda 197 tonna banan olib kelingan Qozog‘iston va Turkiya joy oldi. Bundan tashqari, O‘zbekistonga Hindistondan 144 tonna banan importi amalga oshirildi. | Iqtisodiyot |
O‘zbekiston 9 oyda qariyb 60 ming tonna pomidor eksport qildi. Foto: TASS O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 11 ta xorijiy davlatga qiymati 45,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 60 ming tonna pomidor eksport qilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, pomidor eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 13 ming tonnaga kamaygan. 2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p pomidor eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi – 29,3 ming tonna. Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 23,8 ming tonna hamda 6,3 ming tonna pomidor olib borilgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich boshqa davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: Tojikiston – 513 tonna; Mo‘g‘uliston – 7,7 tonna; BAA – 2,5 tonna. 9 oyda xorijga eng ko‘p pomidor eksport qilgan hududlar: Farg‘ona viloyati – 17 ming tonna; Xorazm viloyati – 12 ming tonna; Buxoro viloyati – 6,7 ming tonna. | Iqtisodiyot |
Kun.uz O‘zbekistonning turli hududlarida har xil kasb egalari tomonidan olingan kuz manzaralari fotojamlanmasini taqdim etadi. Suratlar orasida “mashinaxo‘r yo‘llar”, yerga to‘shalgan olmalar, olovday yonayotgan bog‘ni ko‘rish mumkin. | Madaniyat |
Libertadores Kubogi finalida Braziliyaning ikki jamoasi to‘qnash keldi. Foto: Getty Images Unda «Flamengo» Luis Felipe Skolari boshqaruvidagi «Atletiko Paranaense»ni Gabriel Barbozaning yagona goli evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va 3-bor qit’ada tengsiz klubga aylandi. Libertadores Kubogi. Final Flamengo — Atletiko Paranense 1:0 30 oktabr, Guayakil (Ekvador) Gol: Gabriel Barboza (45+4). Flamengo – Santos, Rodiney, David Luiz, Leo Pereyra, Filipe Luis (Ayrton, 20), Everton Ribeyro, Gomes, de Arraskaeta (Gomes Silva, 84), Tiago Mayya (Vidal, 71), Gabriel Barboza (Everton, 84), Pedro. Atletiko Paranaense – Bento, Helven, Tiago Eleno, Pedro Enrike, Abner, Fernandino, Aleks Santana (Piaui, 46), Bueno (Kanobbio, 57), Ugo Moura (Terans, 75), Vitino (Romulo, 57), Roke Fereyra (Pablo, 65). Ogohlantirishlar: Pedro Enrike (28), Aleks Santana (43), de Arraskaeta (68), Romulo (73), Vidal (75). Chetlatish: Pedro Enrike (43). | Sport |
Foto: Videodan skrinshot Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida MAN yuk mashinasida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi. 29 oktyabr kuni taxminan soat 21:43 larda Yakkabog‘ tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga fuqarolardan yuk mashinasi yonayotgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan. Voqea joyiga soat 21:50 larda qutqaruv xizmatidan bitta bo‘linma yetib borib, yong‘inni taxminan soat 22:13 lar atrofida to‘liq o‘chirgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu transport vositasi Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan. Voqea payti mazkur yuk avtomobili tumanning «Oqtosh» MFY hududidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida to‘xtab turgan. Yong‘in oqibatida yuk avtomobilining old (kabina) qismi yonib zararlangan. Hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda. Qashqadaryo IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in elektr simlarida qisqa tutashuv yuz bergani sababli kelib chiqqan. | Xorijiy Yangiliklar |
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazildi. Qo‘mita kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma’lum qildi. 2022 yil 26 oktabr holatiga suyakli mol go‘shti (1 kg) 49 500 – 78 000 so‘m; qo‘y go‘shti (1 kg) 58 000 – 91 000 so‘m; kartoshka (1 kg) 2 500 – 6 000 so‘m; piyoz (1 kg) 2 000 – 5 000 so‘m; sabzi (1 kg) 1 500 – 5 000 so‘m; tuxum (10 dona) 9 000 – 16 000 so‘m; guruch (1 kg) 5 000 – 26 000 so‘m; o‘simlik yog‘i (1 l) 16 500 – 30 000 so‘m; shakar (1 kg) 12 000 – 17 000 so‘m. Bunda, dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan. | Iqtisodiyot |
Kiyev shahri va Kiyev oblasti ma’muriyati elektr energiyasi noma’lum muddatga o‘chirilishini anons qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga mamlakatda «qisman safarbarlik» yakunlangani haqida hisobot berdi — lekin hozircha Putinning bu boradagi farmoni imzolanmagan. Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, 80 mingdan ortiq kishi harbiy harakatlar hududiga yo‘l olgan. Zaporijjya oblastining Rossiya tomonidan annexia qilingan qismi ma’muriyati aholini qishki vaqtga o‘tishni ignor qilishga chaqirdi. Quyida 28 oktyabr, urushning 247-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar. Vayron bo‘lgan Mariupol Ukraina sharqidagi Rossiya bo‘linmalari Baxmut Ukrainaning front chizig‘idagi qishloqlari hayoti | Siyosat |
Foto: Epsilon Joriy yil 29 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi Karakara konining 1- sonli qudug‘ida olib borilgan mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanib, GRP amaliyoti qo‘llanilgach, undan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi. Qazib chiqarilayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun bugun quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi. Ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. Epsilon Matbuot xizmati | Ekologiya |
O‘zbekistonga 9 oyda 1,7 mln tonna sement import qilingan. Foto: Getty Images 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 71,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,7 mln tonna sement import qilingan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 416,4 ming tonnaga kamaygan. 2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar orasida Tojikiston yetakchi bo‘lib turibdi – 736,3 ming tonna. Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Qirg‘iziston – 509,4 ming tonna; Qozog‘iston – 464 ming tonna; Eron – 13 ming tonna; Turkmaniston – 11,6 ming tonna; Xitoy – 1,4 ming tonna; Rossiya – 1,0 ming tonna. | Iqtisodiyot |
Bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitariya qoidalarini buzgan 6 499 nafar ishchi-xodim ishdan chetlashtirildi, 274 ta muassasa faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lum qildi. Joriy yilning o‘tgan davri davomida bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitariya qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan jami 10 818 ta rejali tekshirish o‘tkazilgan. Tekshirishlar davomida bolalar va o‘smirlar ta’lim-tarbiya tashkilotlarida jami kimyoviy tahlillar uchun 120 038 ta namunalardan 4 925 tasi, Bakteriologik tahlillar uchun 121 113 ta olingan namunalardan esa 10 341 tasi talabga javob bermagan. Bolalar va o‘smirlar muassasalarida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 274 ta muassasalari ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, 6 499 nafar ishchi-xodim ishdan vaqtincha chetlashtirilgan. | Salomatlik |
Respublikaning demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda e’lon qilindi. Foto: Kun.uz 2022 yilning 1 oktabr holatiga respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlariga ko‘ra, mamlakatga ko‘chib kelganlar soni – 1,5 ming kishi, ko‘chib ketganlar soni – 3,2 ming kishiga teng bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi soni – 35,8 mln kishiga teng bo‘lib, bunda ayollar soni – 17,8 mln kishi, erkaklar soni – 18 mln kishi. O‘z navbatida, shaharda yashovchilar – 18,2 mln kishini, qishloqda yashovchilar – 17,6 mln kishini tashkil etdi. Shuningdek, tug‘ilishlar soni – 681,8 ming kishi, o‘limlar soni – 130,4 ming kishi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda 1 oktyabr holatiga nikohlar soni – 197,0 mingta, nikohdan ajrashishlar soni – 36,5 mingtaga teng bo‘ldi. | Oila va Jamiyat |
Oktyabr ham oxirlab qoldi. Shu kunlarda kuz chiroyidan bahramand bo‘lyapmiz. Poytaxt Toshkent ham bu ajib faslning kishiga o‘zgacha kayfiyat beruvchi ranglariga burkangan. Kun.uz ana shu go‘zallikning suratlardagi ifodasini taqdim etadi. | Madaniyat |
Kutubxona hozircha 24/7 test rejimida ishga tushadi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. Yoshlar ishlari agentligi rahbarining yozishicha, Milliy kutubxona 1 noyabrdan test rejimida uzluksiz ishlaydi. “Talablaringizga ko‘ra, Milliy Kutubxona 1 noyabrdan test rejimida 24/7 ishlashni boshlaydi. Tartiblari haqida alohida matbuot anjumani ham reja qilinmoqda”, – deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida. Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq tarmoq foydalanuvchilaridan biri Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayevga Milliy kutubxonani 24/7 soat ishlaydigan qilish taklifini yozib qoldirgandi va agentlik rahbari tez orada kutubxona tun-u kun ishlaydigan joyga aylanadi degan ma’noda tvit qo‘ygandi. Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi dushanba-juma kunlari ertalabki soat 9:00dan kechki soat 20:00gacha, shanba-yakshanba kunlarida esa soat 9:00dan soat 17:00gacha ishlab kelayotgandi. | Oila va Jamiyat |
2022-2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati ma’lum qilindi. Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan. Havola orqali mana shu ro‘yxat bilan tanishish mumkin. Buning uchun fan va til tanlanishi kifoya. | Ta'lim |
Benzin ishlab chiqarish hajmi 6,3 foizga oshgan. 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 882,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,3 foizga oshgan. 2022 yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi: yanvarda – 97,8 ming tonna; fevralda – 98,2 ming tonna; martda – 92,6 ming tonna; aprelda – 93,7 ming tonna; mayda – 92,7 ming tonna; iyunda – 87,7 ming tonna; iyulda – 99,6 ming tonna; avgustda – 106,2 ming tonna; sentabrda – 113,4 ming tonna. | Iqtisodiyot |
Toshkentda Yaponiya yetakchi kompaniyalari bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish samarali mexanizmi bo‘lgan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalari 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yaponiyaning eng yaxshi kiber, bio- va nanotexnologiyalarini uzatishni hisobga olgan holda IT va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik yo‘nalishi ko‘rib chiqildi. Yaponiya tomoni O‘zbekistonda raqamlashtirish darajasini 70 foizga yetkazish va 2026 yil oxirigacha dasturiy mahsulotlar eksportini o‘n barobar oshirishni ta’minlash bo‘yicha rejalarga ko‘maklashish niyatini bildirdi. Tadbir doirasida biznes-forum ham bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar B2B va B2G uchrashuvlarini o‘tkazish va hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yakuniy bayonnoma va tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlarni aks ettiruvchi bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. | Iqtisodiyot |
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Turkiya hukumati o‘rtasida davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalari o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlandi. Mazkur bayonnoma 2022 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida imzolangan. Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi. | Siyosat |
Seul shahrida bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov T’way Air aviakompaniyasi katta vitse-prezidenti Kim Xyung Yi bilan uchrashdi. Foto: Dunyo Muloqotda ikki davlat fuqarolarining o‘zaro sayyohlik va xizmat safarlariga ortib borayotgan talabini qondirish maqsadida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida aviaqatnovlarni oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Koreya tomoniga O‘zbekistonda turizm sohasi milliy iqtisodiyot strategik tarmoqlaridan biri sifatida qaralishi aytib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatda qisqa vaqt ichida xorijlik sayyohlar kelishi va sayyohlik infratuzilmasi obektlari soni sezilarli darajada oshdi. Ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan Toshkent va Samarqand shaharlariga T’way Air aviakompaniyasi parvozlarini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi. | Iqtisodiyot |
Rossiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Rossiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida margarin mahsulotlari birinchi o‘rinda turibdi – 93 ming tonna. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 25,2 ming tonna hamda 22,7 ming tonna miqdorida olib kelingan o‘simlik yog‘i va kakao, shokolad joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: kartoshka – 15 ming tonna; bug‘doy uni – 11,4 ming tonna; sut mahsulotlari – 10,5 ming tonna; bug‘doy – 10,1 ming tonna; parranda go‘shti – 4,3 ming tonna; baliq va dengiz mahsulotlari – 3,4 ming tonna; bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 3,4 ming tonna. | Iqtisodiyot |
Foto: Prezident matbuot xizmati O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27 oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Tadbirda mintaqa mamlakatlarining yetakchilari va Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel ishtirok etadi. Sammitda siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi. | Siyosat |
31 oktabr-4 noyabr kunlari Toshkentda INFOLIB – 2022 XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va Tashkent Book Fest III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi. Foto: Kun.uz «Kitobsevar millat» shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur haftalik Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot-kutubxona markazlarida bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida 2-4 noyabr kunlari poytaxtdagi O‘ZEKSPOMARKAZ majmuasida Tashkent Book Fest III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etiladi. Unda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbirlar, xorijiy va mahalliy kitob mahsulotlari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimoti, yozuvchi, shoirlar hamda soha mutaxassislari bilan tashkil etiladigan davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan. | Madaniyat |
Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Foto: iStock O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Turkiyadan import qilgan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida tovuq go‘shti yetakchilik qilmoqda – 5,6 ming tonna. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 3,1 ming tonna hamda 2,1 ming tonna olib kelingan mandarin va makkajo‘xori joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: kakao va shokolad – 1,4 ming tonna; qandolat mahsulotlari – 1,1 ming tonna; olma – 1,1 ming tonna; margarin mahsulotlari – 790 tonna; sut mahsulotlari – 621 tonna; banan – 197 tonna. | Iqtisodiyot |
Prezidentning tegishli qaroriga asosan Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlaridagi parvozlar tiklanib, Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu bilan esa Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari turizm salohiyatini oshirish rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, hududlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘lash maqsadida 2023 yil mart oyidan boshlab Samarqand-Nukus, Samarqand-Mo‘ynoq, Samarqand-Termiz, Buxoro-Termiz, Namangan-Termiz va Namangan-Nukus kabi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar boshlanadi. Aviaqatnovlar jadvali yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan temiryo‘l, avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlari bilan integratsiyalanadi hamda bu orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko‘riladi. Shuningdek, O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratish muddati 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. | Iqtisodiyot |
Foto: Python Basic O‘zingizga mos ish o‘rnini topolmayapsizmi? O‘z malakangizni oshirish yoki yangi narsalarni o‘rganish vaqti keldi. Aytgancha, hozir bu uchun eng yaxshi vaqtdir, chunki KUN_30 promo-kodi bilan siz Skillbox’dan “Python Basic” kursiga 30% chegirmani olasiz! Python dunyodagi eng ko‘p talab qilinadigan dasturlash tillaridan biridir. Python web-ishlab chiqish va kompyuter o‘yinlaridan, ilmiy tadqiqotlar va sinovlargacha hamma yerda qo‘llanadi. O‘z ona tilingizda yuqori talabga ega bo‘lgan va yuqori haq to‘lanadigan mutaxassislikka ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang, tezroq havolaga bosing va kursga yozilish uchun ro‘yxatdan o‘ting: Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola! Reklama huquqi asosida | Texnologiya |
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» 15-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari rahbarlari tarkibida Seul shahriga tashrifi davomida Koreya bosh vaziri Xan Dok Su bilan uchrashdi. Koreya Respublikasi tomoni ikki davlat o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha muzokaralar jarayonini tezroq yakunlash muhimligini bildirdi. Bosh vazir Janubiy Koreya kompaniyalarining O‘zbekistonda tashkil etilgan paxta sanoat klasterlari doirasida to‘qimachilik sanoati sohasida ishtirok etishidan manfaatdor ekanini qayd etdi. Xan Dok Su ta’kidlashicha, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlar xorijiy investorlar uchun, koreyslar uchun ham O‘zbekiston bozorida o‘z ishtirokini kengaytirishga yaxshi ishoradir. | Iqtisodiyot |
27-28 oktabr kunlari Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti transport vazirlari majlisi bo‘lib o‘tadi. Foto: AP Majlisda tashkilotga a’zo davlatlar vakillari o‘zaro hamkorlikda xalqaro yuk tashuvlari jarayonlarini yanada rivojlantirish, mintaqa tranzit salohiyatini oshirish, muqobil transport yo‘nalishlarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi. Tadbir doirasida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar temiryo‘l ma’muriyatlari birinchi uchrashuvi hamda TDTga a’zo davlatlar portlari rahbarlari beshinchi uchrashuvi o‘tkaziladi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida xalqaro aralash yuk tashish to‘g‘risida bitim va transport sohasida o‘zaro bog‘liqlik dasturi kabi hujjatlar kelishib olinadi. TDT sammiti joriy yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. | Siyosat |
2023 yilning 1-18 mart kunlari O‘zbekistonda U-20 Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi. Foto: UFA Bugun, 26 oktabr kuni ushbu turnirga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yoshlar jamoasi Indoneziya, Iroq va Suriya bilan bir guruhdan o‘rin oldi. Ochilish o‘yinida mezbonlar Suriyaga qarshi bahs yuritadi. A guruhi O‘zbekiston Indoneziya Iroq Suriya V guruhi Qatar Avstraliya Vetnam Eron S guruhi Janubiy Koreya Tojikiston Iordaniya Ummon D guruhi Saudiya Arabistoni Yaponiya Xitoy Qirg‘iziston Ma’lumot uchun, qit’a birinchiligida jahon chempionati ishtirokchilari ham aniqlanadi. | Sport |
Yekaterinburgning «Ural» klubi Oston O‘runov bilan xayrlashganini ma’lum qildi. Foto: Ural Rossiya klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, jamoa rahbariyati va o‘zbekistonlik yarimhimoyachi ikki tomonlama rozilik bilan amaldagi kelishuvni bekor qilgan. O‘runov erkin agentga aylandi. O‘zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli yarimhimoyachisi sentabr oyida «Spartak» bilan xayrlashib, «Ural» bilan shartnoma imzolagandi. Oston Yekaterinburg klubida jami uchta o‘yinda - «Torpedo», «Lokomotiv» va TsSKAga qarshi o‘yinlarda jami 80 daqiqa harakat qildi. Ma’lumot uchun, «Ural» ketma-ket 4 o‘yinda g‘alabaga erishib, Rossiya Premer-ligasida 16 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. | Sport |
Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati 25 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining rahbari Sardor Umrzoqov Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Turkiya prezidenti matbuot xizmati muzokara tafsilotlarini ochiqlamagan. Anadolu nashrining yozishicha, Anqaradagi prezident saroyida uchrashuv OAV uchun yopiq tartibda bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, Sardor Umrzoqov Erdo‘g‘an bilan «Mening birinchi uyim, birinchi ish joyim loyihasi» ijtimoiy loyihasi binosining qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida qatnashdi. | Siyosat |
2022/2023 o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarning to‘lov-kontrakti miqdori o‘tgan yilda belgilanganidek saqlab qolinadigan bo‘ldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, bu tartib barcha bosqich o‘quvchilariga tegishli. Ma’lumot uchun, bu yili kollej va texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakliga 15 ming 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilindi. Shuningdek, professional ta’lim muassasalariga ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi. | Ta'lim |
Shu yil 1-3 noyabr kunlari Samarqand, Xiva, Buxoro va Toshkentda xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo». Foto: Dunyo Haftalikda ziyorat turizmini rivojlantirish, mavzuga oid suvenirlarni targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Haftalik dasturidan Samarqand shahridagi yangi «Ipak yo‘li» turistik markazining ochilishi, «Xiva – islom olami turizmi poytaxti» mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasi, «Jahon ustalari» yarmarkasi va boshqa tadbirlar o‘rin olgan. 2022 yil 20 mayda Vazirlar Mahkamasining «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi»ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili noyabr oyining birinchi haftasida xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi. | Madaniyat |
Foto: Prokuratura departamenti 8 mlrd so‘mlik subpudrat shartnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.A. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 000 AQSh dollari evaziga “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘li 130-139 km qismini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 8 mlrd so‘mlik subpudrat shartnomasini olib berishni va’da qilgan. Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida u shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. | Iqtisodiyot |
Foto: Epsilon Joriy yil 25 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qirqquloch konidagi 4-sonli quduqda olib borilgan koltyubingli yuvish hamda kislotali ishlov berish ishlaridan so‘ng undan sanoat ko‘lamidagi gaz oqimi olindi. Qazib chiqarilayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun quduq bugundanoq gaz uzatish tizimiga ulanadi. Ishlar sanitariya-epidemiologiya hamda ekologiya me’yorlariga rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. Epsilon Matbuot xizmati | Ekologiya |
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,9 ming tonna limon eksport qilgan. Foto: Kun.uz Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 228 tonnaga kamaygan. 2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar: Rossiya – 1,9 ming tonna; Qozog‘iston – 677 tonna; Qirg‘iziston – 332 tonna. Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar: Farg‘ona viloyati – 1,2 ming tonna; Xorazm viloyati – 511 tonna; Toshkent viloyati – 411 tonna; Namangan viloyati – 246 tonna. | Iqtisodiyot |
O‘zbekistonning Bangkokdagi bosh konsuli Tailand Savdo vazirligi Xalqaro savdo muzokaralari departamenti bosh direktori Oramon Saptavitham bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo». Foto: Dunyo Tomonlar O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, kimyo sanoati mahsulotlari, Tailanddan esa avtomobil, elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligi, kosmetika va xalq tabobati mahsulotlari savdosini jadallashtirish xususida fikr almashdi. Oramon Saptavitham o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish maqsadida mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish uchun biznes doiralari vakillarining o‘zaro tashriflarini ko‘paytirish muhimligini va ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Tailandning xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlariga alohida e’tibor qaratildi. Tailand O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi tasdiqlandi. | Iqtisodiyot |
Umrbek Jumaniyazov Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Foto: Xorazm viloyati hokimligi 24 oktyabr kuni Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari 66-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi Farhod Ermanov so‘zga chiqib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini tahlil qildi, mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha galdagi vazifalarga to‘xtaldi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Umrbek Matkarimovich Jumaniyazov Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Tayinlovga qadar u «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan. 2020 yil aprelidan buyon Gurlan tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Murodjon Achilov 2022 yil yozida Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. | Siyosat |
9 oyda 3,1 mln kishi qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. Foto: Kun.uz Qo‘mita xabariga ko‘ra, 9 oy davomida 266,4 ming kishi dam olish maqsadida respublikaga tashrif buyurdi. 2022 yilning 1 oktabr holatiga O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha: qarindoshlarni yo‘qlash — 3,1 mln kishi; dam olish — 266,4 ming kishi; davolanish — 55,4 ming kishi; xizmat yuzasidan — 54,1 ming kishi; tijorat — 12,7 ming kishi; o‘qish maqsadida — 3,8 ming kishi. | Oila va Jamiyat |
Joriy yil 23–26 oktabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyada bo‘ladi. Foto: Kun.uz Forum kun tartibidan sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, turizm, atrof-muhit va iqtisodiy xavfsizlik sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalari o‘rin olgan. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy va ekspert doiralari vakillari ishtirok etadi. O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan. | Xorijiy Yangiliklar |
«Boka Xuniors» Argentina chempioni bo‘ldi. Foto: Getty Images Superliganing so‘nggi turida Buenos-Ayres jamoasi «Independente» bilan durang o‘ynadi – 2:2. Turnir yakuniga ko‘ra, «Boka» 27 bahsda 52 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni egalladi. 2-pog‘onani 50 ochko bilan «Racing» egallagan bo‘lsa, «River Pleyt» 47 ochko bilan uchinchi bo‘ldi. Ushbu ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi tur o‘yinida 2:1 hisobida «River» g‘alaba qozondi. Bellashuvning 90-daqiqasida — hisob 1:1 bo‘layotganida «Rasing» yarimhimoyachisi Xonatan Galvan penaltini golga aylantira olmadi — darvozabon zarbani qaytardi. 95-daqiqada esa «River Pleyt» hujumchisi Migel Borxa g‘alaba to‘pini kiritdi. Agar «Racing» penaltidan foydalanib g‘alaba qozonganida, turnir jadvalida «Boka»ni ortda qoldirib, chempion bo‘lardi. Shu tariqa «Boka Xuniors» 29-bor mamlakat chempioniga aylandi. Bu borada rekord «River Pleyt»ga tegishli — 36. | Sport |
O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahadov ushbu davlat Turoperatorlar uyushmasi (Indian Association of Tour Operators - IATO) prezidenti Rajiv Mexra va Hindiston MICE-turizm agentlari tarmog‘i raisi Gajyesh Girdar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Foto: Dunyo Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm sohasidagi mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu borada qo‘shma chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha fikr almashildi. Hindiston Turoperatorlar uyushmasi prezidenti Rajiv Mexra ikki davlat mintaqalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik aloqalari mustahkamlanishi o‘zaro sayyohlar oqimi o‘sishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Bu borada mavjud aviaqatnovlar sonini oshirish borasidagi imkoniyatlarni o‘rganib chiqishga kelishildi. Hindiston Turoperatorlar uyushmasiga 1982 yilda asos solingan. Hozirgi vaqtda uning tarkibida turizm sohasi barcha segmentlarini qamrab oluvchi 1600 dan ortiq a’zo kompaniyalar faoliyat olib bormoqda. | Xorijiy Yangiliklar |
Tezkor tadbirda fuqaroning uyidan 2 tup o‘sib turgan, 635 tup quritilgan marixuana o‘simligi borligi aniqlangan. Foto: Videodan kadr Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 8 oktyabr kuni Jomboy tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, Juriyat mahallasida yashovchi fuqaro xonadonining tomorqasida ikki tup yashil rangli, o‘tkir hidli marixuana giyohvandlik o‘simlik yetishtirib kelayotgani aniqlangan. Tadbir davom ettirilib, fuqaroning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda u yerda quritilgan holda bo‘lgan 635 tup marixuana o‘simligi topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Qayd etilishicha, holat yuzasidan 49 yoshli fuqaroga nisbatan Jomboy tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. | Oila va Jamiyat |
“Nodavlat sektorda professional ta’limni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi. Nodavlat professional ta’lim tashkilotlari uchun davlat mulki obektlarini ijaraga olish eng ko‘p muddati 5 yildan 10 yilgacha uzaytirildi. Nodavlat ta’lim tashkilotlari professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi. | Ta'lim |
Sirdaryodagi portlashdan zarar ko‘rgan turar va noturar joy binolariga 10 ming kvadrat oyna va 4,5 ming listdan ortiq shifer yetkazildi. Hozirgacha zararlangan obektlarning yarmidan ko‘pi to‘liq ta’mirlab bo‘lindi. 22 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatida yuz bergan portlash oqibatida bir qator ijtimoiy soha obektlari va aholi turar joylariga zarar yetgan edi. O‘tgan bir sutka ichida mutasaddilar tomonidan voqeadan jabr ko‘rgan mahallalar va ijtimoiy obektlarni ta’mirlash uchun barcha materiallar yetkazib berildi. Hozirga qadar barcha 10 ta mahalladagi xonadonlarga va 38 ta ijtimoiy obektlarga 10 ming kvadrat oyna va 4,5 ming listdan ortiq shifer yetkazildi. Ziyon yetgan binolarning yarmidan ortig‘i to‘liq ta’mirlandi. | Oila va Jamiyat |
Ukraina hukumati mamlakat g‘arbidagi energetika obektlariga rossiyaliklarning raketa hujumlari ro‘y berganini ma’lum qildi. Uning ko‘lami 10-12 oktyabr kunlari qilingan hujum oqibatlariga «teng yoki undan ortiqroq». Qariyb bir yarim million kishi elektr ta’minotidan uzilgan. 23 oktyabrga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar yana bir bor Mikolayiv va Zaporijjyani o‘qqa tutishgan. «Mediazona» va BBC rus xizmatiga ko‘ra, Ukrainadagi urush boshidan buyon 7822 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi o‘limi nomma-nom tasdiqlangan. So‘nggi bir oyda safarbar qilinganlardan kamida 41 nafari halok bo‘lgan. Quyida 23 oktyabr, urushning 241-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar. Baxmutdagi janglar Xarkiv oblastida tibbiy yordam ko‘rsatilishi Mikolayivda otishmalardan keyingi hayot | Siyosat |
Termiz xalqaro aeroporti faoliyati 25 dekabrgacha to‘xtatilgan. Foto: Uzbekistan Airpors Termiz xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladigan parvozlar Qarshi xalqaro aeroportiga ko‘chiriladi. Uzbekistan Airways matbuot xizmatining bildirishicha, 1 noyabrdan 25 dekabrga qadar Uzbekistan Airways’ning HY-065/066 va HY-069/070 Toshkent—Termiz—Toshkent, HY-609/610 Termiz—Moskva—Termiz, HY-711/712 Termiz—Sankt-Peterburg—Termiz aviaqatnovlarining yetib kelishi va jo‘nab ketishi Qarshi xalqaro aeroportidan va yangi jadvalga asosan amalga oshiriladi. Aeroport yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan yopiladi. Bundan oldinroq Termiz xalqaro aeroporti faoliyati 25 dekabrgacha to‘xtatilishi haqida xabar berilgan edi. | Iqtisodiyot |
Qirg‘izistonda 23 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:24 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkentdan 342 kilometr janubiy-sharqda kuzatilgan zilzila o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,3 ballga teng bo‘lgan. O‘zbekiston hududia sezilish kuchi Andijon viloyatining: Xonobod shahrida 3 ball; Qo‘rg‘ontepa tumanida 2-3 ballni tashkil etdi. Andijonda 19 oktyabr kuni ham zilzila qayd etilgandi. | Ekologiya |
O‘zbekistonda tug‘ilish koeffitsiyenti eng past bo‘lgan tuman va shaharlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 2022 yilning 1 oktabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti eng past bo‘lgan hududlar orasida Ohangapon shahri birinchi o‘rinda qayd etildi – 10,8 ta. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 1000 doimiy aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti mos ravishda 15,3 ta hamda 15,6 ta bo‘lgan Bo‘zatov tumani va Buxoro tumani joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: Tomdi tumani – 15,7 ta; G‘ozg‘on shahri – 15,8 ta; Kogon tumani – 15,8 ta; Taxtako‘pir tumani – 16,4 ta; Shumanay tumani – 16,5 ta; Qorao‘zak tumani – 16,9 ta; Boyovut tumani – 16,9 ta. | Oila va Jamiyat |
Rossiyaparast deb topilgan partiyalar faoliyati Ukraina sudi tomonidan taqiqlandi. Foto: rada.gov.ua «Ukraina Oliy sudi tarkibidagi Kassatsiya ma’muriy sudi «Ukraina sotsialistik partiyasi» apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. Bu bilan uning faoliyati mamlakat hududida uzil-kesil taqiqlandi», deyiladi Ukraina xavfsizlik xizmati xabarida. Ukrainada faoliyati taqiqlangan rossiyaparast partiyalar soni 12 taga yetdi. Hozirgi paytda mamlakatda «Muxolifat bloki», «Sotsialistlar», «Adolat va rivojlanish», «Biznikilar», «Davlat», «Shariy partiyasi», «Vladimir Saldo bloki», «So‘l oppozitsiya», «So‘l kuchlar ittifoqi», «Hayot uchun — muxolifat platformasi», «Ukraina progressiv sotsialistik partiyasi», «Ukraina sotsialistik partiyasi» faoliyati taqiqlangan. | Siyosat |
Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida Umra ziyoratiga borishni istagan fuqarolarni aldab, pulini o‘zlashtirib yuborgan shaxs qo‘lga olindi. Andijon viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, F.A. Xo‘jaobod tumanidan Umra mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarodan jami 1,4 milliard so‘m naqd pullarni olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirgi vaqtda Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. | Oila va Jamiyat |
Sirdaryo viloyatidagi omborda portlash bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar qilmoqda. Qayd etilishicha, bugun, 22 oktyabr kuni soat 04:55 da Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash sodir bo‘lgan. Vazirlik xabariga ko‘ra, talafot ko‘rganlar va jabrlanganlar yo‘q. Ma’lum qilinishicha, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Vazirlik ushbu omborda nimalar saqlanganiga hozircha aniqlik kiritmagan. | Xorijiy Yangiliklar |
O‘zbekiston 9 oyda 12 ming tonnadan ortiq anor eksport qilgan. Foto: Pixabay O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 12,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 12 ming tonnadan ortiq anor eksport qilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, anor eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 ming tonnaga oshgan. O‘zbekiston 2022 yilning 9 oyida eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilyapti – 7,2 ming tonna. Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Qozog‘iston – 3,2 ming tonna; Qirg‘iziston – 731 tonna; Tojikiston – 560 tonna. 9 oyda xorijga eng ko‘p anor eksport qilgan hududlar: Farg‘ona viloyati – 3,9 ming tonna; Namangan viloyati – 1,5 ming tonna; Toshkent viloyati – 1,4 ming tonna; Qashqadaryo viloyati – 1,3 ming tonna. | Iqtisodiyot |
Foto: TASS Qirg‘iziston hukumati Tojikiston bilan chegaradagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan mamlakat fuqarolarining oila a’zolariga kompensatsiya to‘lab beradi. 14-17 sentabrdagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan qirg‘izistonliklarning oila a’zolari 1 million somdan (12 ming dollardan ko‘proq) kompensatsiya puli olishadi. To‘qnashuvlarda yaralanganlar ham jarohati darajasiga qarab 100 ming somdan 200 ming somgacha oladi. Bunday to‘lov tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Ikki davlat o‘rtasidagi 14 sentabr kuni boshlangan oxirgi to‘qnashuvlarda Qirg‘iziston tomonidan 59 kishi halok bo‘lib, 122 kishi yaralangani xabar berilgandi. Tojikiston esa 41 fuqarosi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. | Oila va Jamiyat |
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi. Foto: KUN.UZ Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Vazirlik xabariga ko‘ra, ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi. Ma’lum qilinishicha, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari Vazirlar Mahkamasining umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga asosan belgilanadi. | Ta'lim |
Foto: TASS Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy sahifasida xabar berildi. Manbada aytilishicha, tomonlar xalqaro xavfsizlik masalasida aktual mavzular, xususan, Ukraina haqida gaplashgan. Pentagon rahbari Lloyd va Rossiya mudofaa vaziri Shoygu urush boshlangandan buyon ikkinchi marta telefon orqali muloqot qildi. Oxirgi marta ular may oyida gaplashgan, o‘shanda Rossiya mudofaa vazirligi telefon suhbati AQSh tomonining tashabbusi bilan amalga oshirilganiga urg‘u bergandi. Bu gal esa qo‘ng‘iroq kim tomonidan amalga oshirilgani aniq emas. | Siyosat |
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 882,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Foto: Getty Images Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi avtomobil benzini ko‘rsatkichi 882,2 ming tonnani tashkil etdi. O‘z navbatida, yanvar-sentabr oylarida 3,9 mln tonna ko‘mir hamda 587,9 ming tonna neft qazib olingan. Shuningdek, ko‘rsatkich davr mobaynida 969,5 ming tonna gaz kondensati chiqarilgan bo‘lsa, 230 769 dona yengil avtomobillar o‘z xaridoriga yetkazib berilgan. Bundan tashqari, yanvar-sentabrda 851 dona avtobus, 116 dona traktor, 3 059 dona yuk avtomobillari hamda 167 961 dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarildi. | Iqtisodiyot |
Toshkentda pnevmatik qurol olib yurgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. Foto: IIV Qayd etilishicha, 2022 yil 19 oktabr kuni soat 00:15 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari D.Asadov va O.Normanovlar tomonidan Uvaysiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan J.Z. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilgan. IIV xabariga ko‘ra, avtomobil xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, uning salonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Xabarda aytilishicha, fuqaro J.Z. va qurol Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan. | Oila va Jamiyat |
Foto: PA Stiven Jyerrard «Aston Villa» bosh murabbiyligini tark etdi. Klub iste’foni e’lon qilib, mutaxassisga faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi va kelgusida muvaffaqiyatlar tiladi. Jyerrard 2021 yilning noyabrida «Aston Villa»ni qabul qilib olgandi va uning qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsumni 14-o‘rinda yakunlashdi. Ushbu mutaxassis jamoa bilan APLda jami 39 o‘yin o‘tkazgan, shundan 12 uchrashuvda g‘alabaga erishgan, 8 durang qayd etgan va 19 bor mag‘lubiyatga uchragan. Bu iste’fo «Aston Villa» payshanba oqshomida APLning 12-turi doirasida «Fulhem»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lishi ortidan ro‘y berdi. Endilikda birminghemliklar jamoasi 11 o‘yinda 9 ochko to‘plab, turnir jadvalida 17-o‘rinda joylashgan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, Jyerrard o‘rniga nomzodlar qatorida Maurisio Pochettino favorit bo‘lib turibdi. | Sport |
O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. Foto: Shutterstock 1 oktabr holati bo‘yicha xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 14 ming 768 ta bo‘lib, ulardan 6 ming 267 tasi qo‘shma korxona, 8 ming 501 tasi esa xorijiy korxonalardir. Tarmoqlar bo‘yicha xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi – 4 ming 409 tasi savdo, 4 ming 199 tasi sanoat, 1 ming 202 tasi qurilish, 742 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 606 tasi turar joy va oziq-ovqat xizmatlari, 606 tasi axborot va kommunikatsiya, - 588, tashish va saqlash - 417, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar - 219 va 2 ming 386 tasi esa boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda eng ko‘p Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. | Iqtisodiyot |
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari tasdiqlandi. Foto: Kun.uz Qoidalarga muvofiq, qurilishi tugallangan IES, GES, QES, ShES va boshqa elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar ekspluatatsiyaga qabul qilinishi kerak. Ekspluatatsiyadan oldin quyidagilar amalga oshiriladi: uskunalar individual sinovlari, asosiy va yordamchi uskunalar sinov tarzida ishga tushirilishi bilan tugaydigan energobloklar uchun alohida tuzilmalar funksional sinovlari; uskunalar kompleks sinab ko‘rilishi. Energetika obektlarida ishlashga maxsus ma’lumotga ega va tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga ruxsat beriladi. Tezkor va tezkor-ta’mirlash xodimlari kamida 3 oyda bir marta avariyaga qarshi nazorat mashg‘ulotlarini o‘tishlari shart. Qoidalarda energetika obektlari ekspluatatsiyasini tashkil etish ustidan texnik va texnologik nazorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish tartibi belgilangan. | Texnologiya |
Yigirmadan ortiq davlat Eronda ishlab chiqarilgan harbiy dronlarni sotib olish uchun rasmiy taklif yuborgan. Foto: AP Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq qo‘mondoni va Eron oliy rahbari bosh harbiy yordamchisi, general-mayor Yahyo Rahim Safaviy ma’lum qildi. «Eron harbiy dronlarini sotib olishga hozirgi nomzod davlatlar Armaniston, Tojikiston, Serbiya, Jazoir, Venesuela va boshqalar», dedi Safaviy. Uning qo‘shimcha qilishicha, 1979 yilgi islom inqilobidan oldin Eron o‘zining harbiy ehtiyojlarining 80 foizini xorijdan, birinchi navbatda, AQSh va boshqa G‘arb davlatlaridan import qilgan bo‘lsa, hozir hamma narsani o‘zi ishlab chiqarmoqda. Tojikistonning harbiy tuzilmalari bu xabarga izoh bermadi. Shu yilning may oyida Tojikistonda Eronning Abobil-2 dronlarini ishlab chiqaruvchi korxona ochilgani haqida Eron matbuoti xabar bergan edi. Tojikiston tomoni bu borada rasmiy ma’lumot e’lon qilmadi. | Siyosat |
Hukumat qarori bilan elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari tasdiqlandi. Mazkur qoidalar bilan elektr energetikasi obektlariga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, bino va inshootlar ishlashini tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari, elektr energetikasi obektlarida qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi xodimlar bilan ishlash tartibi belgilandi. Xodimlar, shu jumladan, rahbar xodimlar o‘z kasbi va ish turi bo‘yicha sanoat va yong‘in xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkaziladi. Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlar dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Xodimlar bilan ishlash yillik rejalarga muvofiq tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. Xodimlarni (mutaxassislarni) tayyorlash va ular malakasini oshirish jarayonlarini boshqarish korxona bosh muhandisiga yuklanadi. | Iqtisodiyot |
Sentyabr oyida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning sentabr oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha Cobalt yetakchilik qilyapti - 9 156 dona. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan mos ravishda 8 598 dona hamda 6 051 dona ishlab chiqarilgan Lacetti-Gentra va Damas joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich qolgan mashinalar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Spark - 2 462 dona; Nexia T-250 - 2 055 dona; maxsus yengil avtomobillar - 2 221 dona. | Iqtisodiyot |
O‘zbekistonga 9 oyda qariyb 2,2 mln dona telefon import qilingan Foto: iStock O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 144,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 178 575 dona mobil telefon import qilingan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga mobil telefonlar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 255 621 taga oshgan. O‘zbekiston 9 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 1,6 mln dona. Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: BAA – 247,4 ming dona; Vetnam – 156,5 ming dona; Hindiston – 153,8 ming dona; Qozog‘iston – 25,4 ming dona; Koreya – 2,1 ming dona. | Iqtisodiyot |
End of preview. Expand
in Dataset Viewer.
Uzbek Zero-Shot Classification Dataset
About the Dataset
This dataset is created for categorizing texts in Uzbek into various categories. The dataset is prepared based on news websites and includes the following categories: Politics, Economy, Technology, Sports, Culture, Health, Family and Society, Education, Ecology, Foreign News.
Data Structure
The data is provided in JSON format with the following structure:
{
"classes":
Siyosat - If the text is about politics.
Iqtisodiyot - If the text is about the economy.
Texnologiya - If the text is about technology.
Sport - If the text is about sports.
Madaniyat - If the text is about culture.
Salomatlik - If the text is about health.
Oila va Jamiyat - If the text is about family and society.
Ta'lim - If the text is about education.
Ekologiya - If the text is about ecology.
Xorijiy Yangiliklar - If the text is about foreign news.
}
Preparation Guidelines
The following guidelines were followed in preparing this dataset:
- All possible categories were extracted from the text.
- Categories are provided in their original form without additional annotations or translations.
- Each text must belong to only one category.
Examples
Here are some examples:
# After downloading the dataset
print(dataset[0])
{
'text': 'Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Foto: IIBB YHXB Poytaxt IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 7 noyabr kuni soat 19:30 larda Muqimiy ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashina va 2004 yilda tug‘ilgan J.O. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘qnashgan. YTH oqibatida “Nexia-2” rusumli avtomashina yo‘lovchisi, 1998 yilda tug‘ilgan Sh.E. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, “Lasetti” rusumli avtomashina haydovchisi, “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchilari: 1995 yilda tug‘ilgan T.O., 1996 yilda tug‘ilgan B.Q., 2001 yilda tug‘ilgan M.Q. turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.',
'class': 'Oila va Jamiyat'
}
Download
You can download this dataset using the following code:
from datasets import load_dataset
dataset = load_dataset("risqaliyevds/uzbek-zero-shot-classification")
License
This dataset is provided as open source and is available for free use by all users.
Contact
If you have any questions or need more information, please contact us. LinkedIn: Riskaliev Murad
- Downloads last month
- 52