text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
Venesuela hukumati yaqin 40 kun ichida har kuni uzatiladigan elektr energiya vaqtini qurg‘oqchilik sababli 4 soatga qisqartiradi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, mamlakatda kuzatilayotgan qurg‘oqchilik gidroelektr stansiyaning ishida uzilishlarga sabab bo‘lgan. Mamlakat energetika vaziri Luis Mottaning aytishicha, mamlakatda elektr energiyani berishdagi cheklovlar keyingi haftadan kuchga kiradi. Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro odamzodning go‘zal juftlarini sochlarni quritishda fendan foydalanmaslikka chaqirgandi.
Siyosat
Britaniya bukmekerlari agar «Lester» Angliya chempionligini qo‘lga kiritsa, juda katta miqdorda mablag‘ to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Gap 10 million funt atrofidagi pul haqida ketmoqda. Mavsum avvalida «Lester»ning mamlakat chempionatidagi g‘alabasi uchun koeffitsiyent 5000ga 1 ko‘rinishida edi, Rojdestvo bayramidan keyin bu ko‘rsatkich 1000ga 1 ko‘rinishiga tushgandi. «Lester»ning chempionlikni qo‘lga kiritishi stavkalar tarixidagi eng achinarli holatni keltirib chiqaradi. Bu biz uchun juda qo‘rqinchli moliyaviy natija beradi. Natijada biz rekord darajadagi mablag‘ to‘lab berishimiz lozim bo‘ladi», – deydi Ladbrokes bukmekerlik idorasi direktori Aleks Donaxyu. Britaniyaning bosh bir kompaniyasi Betfred kimdir «Lester»ning g‘alabasi uchun tikkan bo‘lsa, ularga to‘lovni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan. «Kimdir ularni ortda qoldirib ketishiga ishonmayman», – deydi Betfred rahbari Fred Dan.
Sport
AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, Vashington va London hukumatlari, NATOni kuchaytirish uchun choralarini davom ettirishi va ittifoqchilariga dalda berishi lozim. Londonning The Telegraph gazetasi shu haqda xabar qilmoqda. «Biz NATOga mablag‘larni shunday sarflashimiz kerakki, bu bizga Afg‘onistondan Egey dengizigacha bo‘lgan mintaqadagi majburiyatlarimizni ado etishga yordam bersin. Shu bilan birga, Rossiya agressiyasidan haqli ravishda xavfsirayotgan ittifoqchilarimizni ham tinchlantirishimizda ushbu sarmoyalar muhim o‘rin tutadi», — degan Oq uy rahbari. Obama, shuningdek, Amerika va Britaniya global o‘sishni ta’minlashi lozim, deb hisoblaydi. Bu, o‘z navbatida, kelajak avlodning keng imkoniyatlarga ega bo‘lishiga sharoit yaratadi. Bundan avval, Obama Buyuk Britaniya YeI tarkibida qoladigan bo‘lsa, terrorizmga qarshi xalqaro kurashda qo‘l kelishini aytgan edi.
Siyosat
Xitoydagi ximikat moddalari saqlanadigan omborlardan birida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatgan. Aniqlik kiritilishicha, bu hodisa Tszintszyan shahrida yuz bergan. Omborxonada portlashdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Omborxona xodimlari evakuatsiya qilingan. Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Jabrlanuvchilar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Oila va Jamiyat
Madridning «Real» klubi himochisi Serxio Ramos Kataloniyaning «Barselona» klubiga har doim mag‘lubiyat tilashini yashirib o‘tirmadi. Bu jamoa «qaymoqranglilar» uchun eng prinsipial raqib bo‘lib kelmoqda. «Albatta, «Barselona»ning har bitta mag‘lubiyatidan xursand bo‘laman. Ularga qanchalik yomon bo‘lsa, «Real» uchun bu shunchalik yaxshi bo‘ladi. «Barselona» ustidan qozongan oxirgi g‘alabamiz ular uchun juda katta ruhiy zarba bo‘ldi», — deya Ramosning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Cadena Cope. Unga agar «Barselona» libosida maydonga tushganingizda nima bo‘lardi, deya berilgan savolga Ramos: «Balki menda bitta qizil kartochka kamroq bo‘lardi», deya javob qaytargan.
Sport
Prins taxallusi bilan ijod qilgan musiqachi Rojyers Nelson o‘limidan olti kuncha oldin narkotik ta’siriga qarshi davolanishdan o‘tgan, deb ma’lum qilmoqda TMZ. Nashr bergan ma’lumotga ko‘ra, 15 aprel kuni Prinsning samolyoti Illinoys shtatidagi Molin shahriga qo‘ngan. Bir kunlik tibbiy ko‘rikdan so‘ng, u konsertda chiqish qilgan. O‘shanda uning vakili, ijodkor grippga qarshi davolanayotganini bildirgan edi. TMZ manbasi esa tibbiy ko‘rikdan o‘tishga gripp emas, balki narkotik ta’siri sabab bo‘lgan, deb ta’kidlamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Minnesota shtati ma’muriyati Prinsning o‘limiga oydinlik kiritish maqsadida Molindagi shifoxonadan qaydnomalarni olishga harakat qilmoqda.
Salomatlik
"O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasida Plattenhardt + Wirth GmbH kompaniyasi rahbari Ingolf Mayyer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Plattenhardt + Wirth GmbH Germaniyada meva va sabzavotlarni saqlovchi omborlar qurish sohasida yetakchi mutaxassis hisoblanadi. U Vengriya, Xitoy, Xorvatiya, Polsha va MDH davlatlarida o‘z vakolatxonalariga ega. Uchrashuv chog‘ida savdo-logistik markazlarini hamda meva-sabzavot mahsulotlari uchun sovutgich omborlar qurish bo‘yicha ikki tomonlama foydali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Kompaniya sovutgich omborlar va savdo-logistik markazlarini loyihalashda, shuningdek zamonaviy nemis texnologiyasi va jihozlarini tatbiq qilishda yordam beradi.
Iqtisodiyot
21 aprelda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ye. Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarning bugungi va istiqboldagi hamkorligini yuqori darajaga olib chiqish masalalari muhokama etildi. Ikki tomonlama tovar aylanmasi, transport va tranzit sohasidagi harakatlarni yuksaltirish masalalari ko‘rib chiqildi, deb ma’lum qiladi vazirlik matbuot xizmati.
Iqtisodiyot
Suriya hududidagi rossiyalik harbiylarning qiruvchi samolyotidan kamida 2 marta Isroil Harbiy havo kuchlari samolyotiga o‘t ochgan. Bu haqda Isroilning Yedioth Ahronoth nashri xabar tarqatgan. Bu ma’lumot manbasi keltirilmagan. Shuningdek, hodisa aynan qachon va qaysi hududda ro‘y berganiga aniqlik kiritilmagan. Xabarda aytilishicha, Isroil prezidenti Reuven Rivlinning Moskvada Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan 15 mart kuni o‘tkazilgan uchrashuvida shu masala ham muhokama etilgan. O‘shanda Putin bu hodisa haqida ilk marta eshitgani aytilgan. 21 aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda bu masalaga qaytilgani haqida ma’lumot yo‘q. Isroil Mudofaa vazirligi bu xabarga munosabat bildirishni istamagan. Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarni o‘rganayotgani aytilgan. Bu borada rasmiy ma’lumot berilmagan.
Xorijiy Yangiliklar
Xitoylik tadbirkor, Guan Sheng Yuan yirik oziq-ovqat kompaniyasi rahbari Ven Mao Yuntay tog‘iga (Xenan provinsiyasi)d sayohati chog‘ida halok bo‘ldi. Voqea 19 aprel kuni sodir bo‘lgan. 67 yoshli tadbirkorning o‘limiga baxtsiz hodisa sabab bo‘ldi - uning boshiga tepadan maymun otgan tosh keli tekkan. Mao darhol shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uni qutqarib qola olmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda bu sayyohlik yo‘nalishi yopiq. Yuntay tog‘i yovvoyi maymunlar yashovchi joyligi bilan mashhur. Guan Sheng Yuan Group kompaniyasiga 1918 yilda asos solingan, u Shanxayda joylashgan. Uning eng mashhur mahsuloti - "Belyy krolik" konfetlari. Bu shirinlik ko‘p xitoyliklarga bolalik davrini eslatadi. Bugungi kunga kelib ushbu shirinlik eksporti 40dan ortiq mamalakatlarda yo‘lga qo‘yilgan, ularning orasida AQSh va Yevroittifoq mamlakatlari ham bor.
Oila va Jamiyat
22 aprel kuni Turkiya sharqida portlash sodir etildi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, buning oqibatida 3 askar halok bo‘lgan. Turkiya xavfsizlik xizmatidagi manbaning ma’lumotiga ko‘ra, harbiy avtomobilga hujum amalga oshirilgan. Bundan oldinroq, Turkiya qurolli kuchlari Suriya bilan chegaradagi Kilis viloyatida tanklar miqdorini oshirgani xabar qilingandi.
Xorijiy Yangiliklar
Shu yilning 13 — 30 oktabr sanalarida bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi aprel oyi yakunida yana bir yig‘in o‘tkazadi. Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi navbatdagi yig‘inini Saudiya Arabistonida o‘tkazadi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasiga qarshi ikki bor o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabar bergan. Saudiya Arabistoni U-19 – O‘zbekiston U-19 dastlabki uchrashuvi 28 aprel kuni o‘tkazilsa, ikkinchi uchrashuv 30 aprel sanasiga belgilangan. Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45da boshlanadi. Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvlari Saudiya Arabiston qirolligining Al-Hobar shahrida bo‘lib o‘tadi.
Sport
Suriyadagi Inson huquqlari bo‘yicha kuzatuvchi kengash ma’lumotiga ko‘ra, Suriya armiyasi samolyotlari tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalari oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, havo zarbalari Halab shahri yaqinidan amalga oshirilgan. Shuningdek, bu hujum tufayli o‘nlab kishilar jarohatlangani aytilgan. Bundan oldinroq, Turkiya chegara qo‘shinlari Suriya va Turkiya chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan suriyalik ayollar va bolalarni o‘qqa tutgani haqida xabar berilgandi. «Chegara bilmas shifokorlar» ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda bu hududda 100 mingdan ortiq kishi Halab yaqinida qurshovda qolgan.
Siyosat
Qozog‘istonning Jambul viloyati politsiyasida xizmat qiluvchi 38 yoshli serjant Galim Aristanboyev va uning rafiqasi bundan olti oy muqaddam besh nafar bola asrab olishdi va uylarida kichik bolalar uyi tashkil etishdi. Bu haqda Jambul viloyati ichki ishlar departamenti xabar bermoqda. Galim Aristanbayevning xonadonida jami sakkiz bola katta bo‘lyapti, shulardan besh nafarini u asrab olgan. Uning aytishicha u dunyodagi eng baxtli odam. Aslida bola asrab olish g‘oyasi Galimning turmush o‘rtog‘i Aliyadan chiqqan bo‘lib, u Mehribonlik uyiga bir nafar bola asrab olish uchun boradi va uyga turli yoshdagi qo‘shimcha to‘rt nafar bola bilan qaytadi. Asrab olingan bolalar turli millatga mansub. Qizlarning eng kattasi 16 yoshda bo‘lib, ozarbayjon millatiga mansub, o‘rtanchasi xitoylik, kenjasi esa o‘zbek. O‘g‘il bolalarning biri tsigan, ikkinchisi esa rus millatiga mansub. Bolalarning bari qozoq tilida gaplashishadi.
Oila va Jamiyat
Amerikalik Kevin Perri g‘aroyib video oldi. U qo‘lidagi koptokcha yordamida ko‘zgudagi aksi bilan o‘yinga kirishgan. Ko‘zguga qarab otilgan koptokcha unga tegib ortga qaytmagan, aksincha ko‘zguning narigi tarafida turgan Kevinning qo‘liga borib tushgan. O‘yin shu tarzda davom etgan. Bu rolik internet foydalanuvchilar hayratiga sabab bo‘ldi. qoldirilgan izohlardan shuni bilish mumkinki, bu omadli videomontaj, odamlarni aldash yoki mo‘’jiza. Video internetda aprel oyi boshida chiqdi va shu paytga qadar 6 milliondan ziyod tomosha qilindi.
Madaniyat
Tomsk davlat universiteti boshqaruv va radioelektronika tizimi talabalari umumiy yotoqxona derazasidan tashlangan texnika miqdori bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishmoqchi. Bu haqida FlashSiberia nashri xabar berdi. Muzlatgich, televizor va kompyuterlar derazadan Radio kuni munosabati bilan uloqtirilishi ta’kidlandi. "Derazalardan 500-600ta texnika turlari otilishini kutyapmiz. Umid qilamizki, bu fakt Ginnes rekordlari kitobida qayd etiladi", - deyishdi tadbir tashkilotchilari. Bu yil birinchi talabalar izdihomining 30 yilligi munosabati bilan rekord o‘rnatishga qaror qilindi.
Texnologiya
Olmaota aeroportida AQSh fuqarosi bezorilik qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda transport ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga tayanib “Interfaks” xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, aeroport politsiyasi navbatchilik qismi bo‘linmasiga 28 yoshli nyu-yorklikka nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab murojaatnoma kelib tushgan. Amerikalik o‘zini odobsizlarcha tutgan va so‘kingan. Qo‘lga olish chog‘ida ham hukumat vakillariga qarshilik ko‘rsatgani uchun, unga nisbatan tegishli moddalar bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Siyosat
Joriy yilning 22 aprel kuni «O‘zbekkino» Milliy agentligining 2016 yil 1 chorakdagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. Unda agentlik rahbariyati, markaziy apparati mas’ul xodimlari, tizimdagi korxona, tashkilotlar va hududiy bo‘limlarning rahbarlari qatnashishdi. Yig‘ilishda agentlik faoliyatiga doir bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi. Gyote instituti bilan hamkorlikda 28 aprel – 5 may kunlari Toshkent va Farg‘ona shaharlarida o‘tkaziladigan bolalar va yoshlar uchun «Shum bola» III o‘zbek va nemis kinolari festivalini yuqori saviyada tashkil etishga doir aniq topshiriqlar berildi.
Oila va Jamiyat
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Vilyarreal»ga qarshi (3:0) o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng 22 aprel kuni Moralexa klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Marca nashri xabariga ko‘ra, tekshiruvdan keyin Ronalduning o‘ng oyoq son qismidagi mushaklari shikastlangani aniqlangan. U qachon safga qaytishi aniq qilinmagan. As nashri ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi jamoasining 23 aprel kuni «Rayo Valekano»ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Jarohat jiddiy bo‘lmagani uchun portugaliyalik hujumchi «Manchester Siti»ga qarshi YeChL yarim final dastlabki o‘yinida maydonga tushishi kutilmoqda. Bundan avvalroq, 31 yoshli futbolchi olingan jarohatiga qaramay o‘zini yaxshi his qilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bugun u umumiy guruhdan alohida, mashg‘ulot zalida mashg‘ulot o‘tkazgan. «Manchester Siti» va «Real» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 26 aprel kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. Zidan: Ba’zida Ronalduni oldinroq almashtirmaganimdan afsuslanaman
Sport
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (sobiq Toshkent politexnika instituti)ning 1986 yilgi bitiruvchilari diqqatiga!1981-86 yillar davomida Mexanika va mashinasozlik fakultetida tahsil olgan aziz sobiq talabalar! Barchangizni 2016 yil 30 aprel kuni soat 09:00 da tashkil etilayotgan 30 yillik yubiley uchrashuviga taklif qilamiz. Uchrashuv joyi: Mexanika va mashinasozlik fakultetining sobiq binosi. Murojaat uchun telefon: (+99894) 670-19-64 (125/81 guruhi talabasi ShODMONOV G‘affor Usmonovich)
Ta'lim
Ruminiya qarzlari tufayli “Yevrovideniye”da ishtirok etishdan mahrum etildi. Bu haqda musiqiy tanlovi saytida ma’lum qilindi. Ma’lum qilinishicha, ushbu mamlakat vakili Ovidiu Anton ikkinchi yarimfinalda ishtirok eta olmaydi, chunki Ruminiya televideniye korporatsiyasi (TVR) loyiha tashkilotchilaridan 16 million Shveytsariya franki (taxminan 14,5 million yevro) qarzdor. TVR “Yevrovideniye”da qatnasha olmaslikdan tashqari Yevropa tele-radiolar ittifoqi xizmatilari, jumladan Eurovision News va Sports News Exchanges’dan ham mosuvo bo‘ladi. Musiqa tanlovining ikkinchi yarim finali 12 mayga mo‘ljallangan. Qolgan chiqishlarning tartibi o‘zgarmagan. “Yevrovideniye”ning rasmi CD’si muomalaga chiqarilgan, unda ruminiyalik ishtirokchining qo‘shig‘i ham bor. Artistning hurmati uchun bu kompozitsiya yuklab olish imkoni saqlanib qoladi.
Xorijiy Yangiliklar
Nemis avtomobilsozlik sanoatining yetakchi namoyandalari Audi, Porsche, Mercedes, Volkswagen va Opel kompaniyalari o‘zlari ishlab chiqargan 630 ming dona transport vositasini qaytarib oladi. Gap shundaki, mashinalarning is gazini tozalash mexanizmidagi nuqsonlar bartaraf etilishi lozim. Bu haqda, Die Welt gazetasi hukumatdagi manbasiga tayanib, xabar qilgan. Hozircha boshqa tafsilotlar ma’lum emas.
Iqtisodiyot
Xitoyning eng yirik internet-agentligi Ctrip.com International Ltd 3 milliard yuan miqdoridagi (463 million dollar) pulni China Eastern Airlines’ga sarmoya sifatida o‘tkazadi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Ushbu yo‘l bilan kompaniya yirik Xitoy tashuvchilari bilan uzoq muddatdan buyon davom etayotgan xalqaro reyslarga agentlik komissiya to‘lovini amalga oshirish muammosini hal etadi. Ma’lum bo‘lishicha, sarmoyalar Ctrip hamda China Eastern Airlines o‘rtasidagi kelishuvlarning bir qismi hisoblanadi.
Iqtisodiyot
Amerikalik aktyor kichik Robert Dauni yangi “O‘rgimchak-odam: Uyga qaytish” filmida rol ijro etadi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi. Superqahramon to‘g‘risidagi filmda asosiy rol Tom Hollandniki. U O‘rgimchak-odam haqidagi ilk kartina bo‘lmish “Birinchi qasoskor: Qarshilik”da ham asosiy qahramon Piter Parker rolini ijro etgan.
Madaniyat
Agar churrangiz bo‘lsa, undan darhol xalos bo‘lish zarur. Agar sizda churra bor deb hisoblasangiz, bu ma’lumot siz uchun. Churralar har doim ham bezovta qilavermaydi. Ba’zi odamlar butun umrlari davomida churra bilan yashashi mumkin. Biroq kasallik qo‘zg‘alsa, o‘z-o‘zidan bezovtalik, og‘riq paydo bo‘ladi. Agar shifokorlarning churrani davolash va kichraytirish harakatlari besamar ketsa, unda bo‘g‘ilish yoki nafas yetishmovchiligi xavfi paydo bo‘ladi. Agar shunday xavf sezsangiz, darhol mutaxassis shifokorga murojaat qiling, aks holda keyin jarrohga murojaat qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Salomatlik
Rossiya Federatsiyasi elchisi Vladimir Tyurdenevning ma’lum qilishicha, o‘tgan yili Rossiyaning turli oliy ta’lim muassasalariga to‘rt mingdan ortiq o‘zbekistonlik talaba qabul qilindi. U RFda ta’lim oluvchi talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinni egallashini ta’kidladi. Elchining fikricha, ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik rus-o‘zbek gumanitar hamkorligining shiddat bilan rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biridir. "Toshkentda muntazam ravishda xalqaro ta’lim ko‘rgazmalari o‘tkazildi va ularda albatta Rossiya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etaishadi", - dedi elchi. Bugungi kunga kelib Rossiyada O‘zbekistondan 17 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Toshkentda esa uchta Rossiya OTMning filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda - M.V. Lomonosov nomidagi MDU, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti hamda I.M. Gubkina nomidagi neft va gaz Rossiya davlat universiteti.
Ta'lim
Xitoyda Apple’ning iBooks Store va iTunes Movies servislariga kirish taqiqlandi. Bunday qaror 2016 yilda kuchga kirgan internetda kontent joylashtirishga doir yangi qoidalar bilan bog‘liq. Bu haqda Meduza nashri xabar bergan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, servisni matbuot, kitob nashri, radio, kino va televideniye bo‘yicha Xitoy Davlat ma’muriyatining murojaatidan so‘ng Apple kompaniyasining o‘zi bloklagan. Xitoy Tayvan va Hongkong mamalakatlari bilan birga - Apple kompaniyasi uchun daromad hajmiga ko‘ra ikkinchi yirik bozor. Hozirgi vaqtda Xitoyda Apple servislariga kirib bo‘lmaydi. Apple kompaniyasining rasmiy vakili kino va kitoblar servislari yaqin kunlarda Xitoydagi mijozlar uchun mumkin bo‘lishiga umid qilishini bildirdi.
Siyosat
Xitoyda Hollivudning "Marsianin" ("Marslik") filmini AQShning XXR bilan koinot sohasida hamkorlik qilish niyati borligiga ishorasi sifatida qabul qilishdi. Bu haqida Reuters ma’lum qiladi. Bugungi kunda NASA’ga xavfsizlik yuzasidan XXR bilan hamkorlik qilish man qilingan. Syuy Dachje Pekinning koinotni o‘zlashtirish rejalari yanada aniqlashib bormoqda. U "Marslik" filmining Mars sayyorasida favqulodda vaziyatlardagi qutqaruv operatsiyasida Xitoy va AQShning hamkorligi to‘g‘risidaligini ta’kidladi va bu "amerikalik hamkasblarimiz biz bilan hamkorlik qilishga katta umid bog‘layotganlarini bildiradi". Shuningdek, Syuy Dachje hozirgi kunda bunday hamkorlik uchun to‘siqlar mavjudligini afsus bilan aytdi. 2016 yil Ridli Skotning bosh rolda Mett Deymon chiqqan "Marslik" filmi "Eng yaxshi komediya" yo‘nalishida "Oltin globus"ni qo‘lga kiritdi.
Xorijiy Yangiliklar
2016 yil 22 aprel kuni O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi XXXI yozgi Olimpiada va XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari oldidan sport federatsiyalari bilan o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida assotsiatsiya majmuasida sport federatsiyalari xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnir o‘tkazdi. Mazkur turnirda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy oimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi, O‘zbekiston tennis federatsiyasi, O‘zbekiston taekvando federatsiyasi va O‘zbekiston suv sport turlari federatsiyalari ishtirok etdilar. Tadbir so‘ngida Assotsiatsiya tomonidan g‘olib jamoaga “Paralimpiya Kubogi” va sovg‘alar taqdim etildi va taniqli san’atkorlar o‘z san’atlari bilan yig‘ilganlarni tadbir davomida xushnud etdilar.
Sport
Fransiya global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha Parij kelishuvini imzolagan birinchi davlat bo‘ldi. BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida kelishuvni imzolash tantanali marosimida Fransiya nomidan kelishuv ostiga imzoni prezident Fransua Olland qo‘ydi.
Siyosat
Nyu-Yorkda BMTning bosh qarorgohida iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini imzolash marosimi o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. Hujjatni BMTga a’zo 175 ta davlat, jumladan, Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy va Rossiya imzoladi. BMT bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, kelishuvni imzolagan davlatlarning rekord sonda ekanligi xalqaro hamjamiyatga kuchli murojaat bo‘lib, insoniyat uchun harakat qilish vaqti kelganini anglatadi. Ushbu kelishuv 2015 yilning 12 dekabrida Parijdagi anjuman yakunlariga ko‘ra qabul qilingan. Anjumanning barcha 195 ishtirokchisi sayyoramizda 2100 yilgacha o‘rtacha havo haroratining sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 2 gradusga oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib olgandilar. Kelishuv 2020 yildan keyin Kioto protokolining o‘rniga keladi. E’tiborlisi, kelishuv butun dunyoda Ona yer kuni sifatida nishonlanadigan kunda imzolandi.
Xorijiy Yangiliklar
AQSh hukumati Kubadan qahva va to‘qimachilik mahsulotlari import qilishga ruxsat berdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti saytida aytilmoqda. "22 aprel holatiga ko‘ra, AQSh yurisdiksiyasida bo‘lgan shaxslar Kubaning mustaqil ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan qahva v qo‘shimcha to‘qimachilik mahsulotlarini import qila oladilar", deb aytildi AQSh Davlat departamentida. Avvalroq AQSh Kubaga nisbatan ba’zi sanksiyalarni yumshatishga qaror qilgandi, biroq 50 yildan ko‘proq amal qilayotgan savdo embargosi hali ham o‘z kuchida qolmoqda.
Siyosat
22 aprel kuni «Istern» jamoasi «Saut Chayna»ni yengib (2:1), Honkong chempioniga aylandi. Jamoaning 2015 yilning dekabrida 27 yoshli ayol murabbiy Chan Yun-tin qabul qilib olgandi. U mamlakat tarixida futbol jamoasini boshqargan birinchi ayoldir. Endi u erkaklar jamoasini chempion qilgan ilk ayol murabbiyga aylandi. Qayd etish kerakki, «Istern» jamoasi tashkil topganidan buyon (1996 yil) ilk marta chempionlikka erishdi.
Sport
Yaponiyada fermerlarni pensiyaga chiqarib, ularning vazifasini robotlar, uchuvchisiz qurilmalar va boshqa texnikalar bajarishini ko‘zda tutuvchi dastur joriy qilinishi boshlandi. Bu haqda Bloomberg xabar bergan. Mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri dasturning ishga tushirilgani haqida ma’lum qilgan. Aniqlik kiritilishicha, G7 vazirlari uchrashuvi vaqtida qishloq xo‘jaligida robotlardan foydalanish rejasi Yaponiyaning Niigata prefekturasida namoyish etilgan.
Iqtisodiyot
AQShning Jorjiya shtatidagi Ogasta shahri chekkasida otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy telekompaniya WRDW xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, shaharda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkita otishma sodir etilgan. Okrug koroneri Vernon Kollinz 5 kishining o‘limini tasdiqladi. Ayni vaqtda politsiya otishmani sodir etgan kimsani qidirmoqda. Avvalroq Ogayo shtatida bir oilaning 8 a’zosini o‘ldirgan qotil ozodlikda, qurollangan va xavfli bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Oila va Jamiyat
IShID terrorchilari 22 aprel kunining ikkinchi yarmida Damashq yaqinida qulagan harbiy samolyot uchuvchisini asir olgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi IShIDning axboriy manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan. Qayd etilishicha, uchuvchining ismi Azzam Yeid bo‘lib, u parashyut orqali samolyot qulagan hudud yaqinida, Damashq shahridan sharqda joylashgan hududda yerga qo‘nganida qo‘lga olingan. 22 aprel kuni Syrian Observatory for Human Rights Damashq yaqinida harbiy samolyot qulab tushgani haqida ma’lumot berdi. Bu samolyot qulash oldidan IShID nazorati ostidagi hudud ustidan uchib o‘tgan. Suriya qurolli kuchlaridagi manba bu samolyot Suriya Harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lganini tasdiqlagan.
Xorijiy Yangiliklar
Sud-tibbiyot ekspertlari amerikalik pop-qo‘shiqchi Prins o‘z joniga qasd qilishi oqibatida vafot etmagani haqidagi xulosaga kelishdi. Bu haqda xorijiy OAV ma’lum qilmoqda. Qo‘shiqchining o‘limini tergov qilayotgan sherifning aytishicha, ekspertlar qo‘shiqchi tanasida u o‘ziga yetkazishi mumkin bo‘lgan hech qanday jarohatni aniqlashmagan. Shuningdek, o‘limga olib keluvchi zo‘ravonlik izlari ham aniqlanmagan.
Xorijiy Yangiliklar
AQShdagi Fiat Chrysler konserni butun dunyo bo‘ylab 1,1 mln dona avtomobilini ortga chaqirib olishi haqida ma’lum qildi. Avtomobillarning qaytarilishiga sabab, "parkovka" vaqtidagi nosozlik hisoblanadi. Shu vaqtgacha avtomobil turargohga joylashtirilganidan so‘ng ham harakatda davom etgani bo‘yicha 41 holat qayd etilgan. Kontsern 2012-2014 yillarda ishlab chiqarilgan Dodge Charger va Chrysler 300 sedanlari, 2014-2015 yillarda ishlab chiqarilgan Jeep Grand Cherokee rusumli avtomobillarini chaqirib oladi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, mashinalar, asosan, AQSh, Kanada va Meksikada sotilgan. AQShda 811 ming, Kanadada 52 ming, Meksikada 17 ming avtomobil ortga qaytariladi. Qolgan avtomobillar Shimoliy Amerikaning boshqa mamlakatlarida sotilgan. Shu bilan birga, konserning Rossiyadagi Fiat Chrysler Automobiles bo‘limi yoqilg‘i nasoslardagi nosozlik tufayli 6,6 mingta Jeep Grand Cherokee avtomobilini ortga qaytaradi.
Iqtisodiyot
Ayni vaqtda «Piza» jamoasiga bosh murabbiylik qilayotgan Jyennaro Gattuzo Qozog‘iston terma jamoasini boshqarishi mumkin, deb yozmoqda La Gazzetta dello Sport nashri. Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar mavsum yakunlangach boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval, «Milan» sobiq futbolchisi, mahalliy o‘yin vaqtida o‘z xohishi bilan maydonni tark etgani va final hushtagi chalingach hakamni haqoratlagani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Sport
Boeing yo‘lovchi samolyoti texnik nuqsonlar sababli Xitoyning Chuntsin shahri aeroportiga qo‘ndi, deb yozmoqda South China Morning Post gazetasi. Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Honkongdan Londonga parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Uning yerga favqulodda qo‘nishiga dvigateldagi moy hajmi ko‘rsatkichi xavfsizlik jihatidan eng quyi darajaga tushib ketgani sabab bo‘lgan. Samolyot aeroportga qo‘nish vaqtida shoshilinch yordam xizmatlari shay holatga keltirilgan. Uning bortidagi 248 nafar yo‘lovchi jabrlanmagan.
Xorijiy Yangiliklar
Bir oz avval “O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etibdi” degan yolg‘on mish-mishlar tarqalib, saytimiz orqali bu mish-mishning asossiz ekanligi to‘g‘risida yoritgan edik. Bir oz vaqt o‘tgach esa Murod Rajabov ”Darakchi” gazetasining 16-sonida mini-intervyu berdi: "Kuni bo‘yi anchagina odam xavotir bilan qo‘ng‘iroq qildi. Mazkur mish-mish ortidan do‘stlarim qanchaligini bilib oldim...", – dedi aktyor.
Madaniyat
«Inter» jamoasi xo‘jayini Erik Tohir yaqin bir necha yil ichida jamoani sotib yuborishi mumkin. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, shu yilning yozida klub aksiyalarining 20 foizini Xitoyning «Tszyansu Sunin» jamoasiga ham egalik qiluvchi Suning Commerce Group konglomerati sotib oladi. Keyingi 2-3 yilda xitoylik investorlar «Inter»ni indoneziyalik biznesmendan to‘la sotib olishi mumkin. Xabarda aytilishicha, Tohir «Inter» jamoasining Chempionlar ligasiga qayta olmaganidan hamda jamoa o‘z stadioniga ega emasligidan ranjigan. Bundan tashqari, u Italiyadagi hayotdan zerikkan. Qayd etilishicha, oxirgi moliya yilida «Inter» 140 million yevro miqdorida zarar ko‘rgan. Tohir Angliya chempionshipida ishtirok etayotgan «Fulhem» jamoasini sotib olishga qiziqish bildirgani aytilgan.
Sport
Suriyadagi Syrian Observatory for Human Rights huquqiy himoya tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 23 aprel kuni Suriya hukumati armiyasi samolyotlari mamlakat poytaxti Damashq shahridan sharqdagi hududlarga havo zarbalari yo‘lladi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, bombardimonlardan keyin Dume shahrida 13 kishi halok bo‘lgan va kamida 22 kishi jarohatlangan. Ularning ba’zilarining ahvoli og‘ir. Bundan oldinroq, 22 aprel kuni Suriyada berilgan havo zarbalari tufayli 10 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Xorijiy Yangiliklar
Oliy Liga 5-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» – «Mash’al», «Nasaf» – «Qo‘qon-1912», «Metallurg» – «Obod» hamda «Buxoro» – «Andijon» uchrashuvlaridan so‘ng mezbon jamoalar matbuot xizmati hisobotlarni O‘zPFLning rasmiy elektron pochtasiga yubormagan. Reglament talabiga bo‘ysunmagani uchun, mazkur klublar qattiq ogohlantiriladi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy saytida xabar berilgan. Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o‘rtasidagi 2016 yilgi musobaqalar reglamentining 19-moddasi 19.22-bandiga muvofiq, Oliy Liga klublari matbuot kotiblari uy uchrashuvlari hisobotlari (uchrashuv protokoli nusxasi, fotosuratlar va boshqa ma’lumotlar)ni O‘zPFLning rasmiy elektron pochtasiga yo‘llashi shart hisoblanadi. Reglamentning 19-moddasi 19.22-bandi talablarini bajarmagan klublarga nisbatan Oliy Liga 6-tur uchrashuvlaridan boshlab moliyaviy jarima choralari qo‘llaniladi.
Sport
23 aprel kuni Turkmaniston hududiy suvlarida, Astraxandan 800 kilometr uzoqlikda Rossiyaga qarashli tankerda yong‘in chiqdi. Bu haqda RF FVV Janubiy mintaqaviy markazi bayonotida aytilgan. Yong‘in oqibatida ekipaj a’zosi hayotdan ko‘z yumgan. Kema baxtsiz hodisa yuz bergan vaqtda Kaspiy dengizi hududida bo‘lgan. «Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yonayotgan tanker ekipajining 11 nafar a’zosidan biri halok bo‘lgan», — degan agentlik suhbatdoshi. Dastlab, Rossiya FVVning janubiy okrugi boshqarmasiga tanker bortida 18 kishi bo‘lgani haqida xabar kelib tushgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qolgan dengizchilar, tanker yonidagi kema bortiga o‘tkazilgan. Manbaning qayd etishicha, tanker bortida neft mavjud emas. Ozarbayjon FVV tarqatgan ma’lumotlarga muvofiq, PALFLOT 2 tankeri bortidagi yong‘in Moskva vaqti bilan 9:40lar atrofida yuz bergan. U bu vaqtda Turkmaniston hududiy suvlarida bo‘lgan. PALFLOT 2 tankeri 1981 yili Bolgariyada suvga tushirilgan.
Xorijiy Yangiliklar
Angliya premer-ligasi «Liverpul» jamoasi himoyachisi Mamad Sako doping testidan salbiy natija bilan chiqdi, deb habar qilmoqda Reuters agentligi. Manbaning xabar qilishicha, futbolchi semirishga qarshi maxsus dori iste’mol qilgan, hapdori esa doping bo‘yicha taqiqlangan ro‘yxatda bo‘lgan. Liverpul shahri jamoasi 26 yoshli fransuz futbolchini vaqtincha o‘yinlardan chetlatishga qaror qilgan. Endilikda, doping nazorati bo‘yicha qo‘mita mazkur voqea yuzasidan yakuniy qarorini e’lon qilishi kerak.
Sport
“Darakchi” gazetasi xonanda Shahzodani 7 kunlik konsert dasturi oldidan suhbatga chorlab, o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Suhbat davomida konserti bilan bog‘liq sirlarga bir oz to‘xtalgan xonanda, bu gal repertuarining 80 foizi yangi ijod mahsuli bo‘lishi, qolgan 20 foizi esa muxlislar ko‘nglidan o‘rin olgan eng xit taronalar ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, Shahzoda bu galgi konsertida juda ko‘p duet kuylashni rejalashtirganini bildirdi. - Kontsertga tayyorgarlik qizg‘in kechayotgan bir paytda tobingiz yo‘qligi haqida eshitdik, bu holat repititsiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmadimi, degan savolga esa Shahzoda: - Issiq jon… Kezi kelganda tobim qochishi tabiiy. Ammo men bu mavzuni muhokama qilishni istamayman. Shukr, sog‘-salomatman, hech narsadan nolimayman, deya javob bergan.
Madaniyat
Eron Suriya prezidenti Bashar Asad va uning oilasiga siyosiy boshpana taklif qildi. Ta’kidlanishicha, Asad shu yerdan turib Suriyadagi harbiy kampaniyasini davom ettira olishi mumkin. Bu haqda i24news xabar berdi. Eron razvedka vaziri Mahmud Alaviy Asad bu taklifni rad etganini ma’lum qildi. Alaviyning aytishicha, Asad "uning oilasi boshqa suriyalik oilalar kabi Damashqda qolishini" aytgan. Avvalroq Suriya ichidagi muxolifatning "Xmaymim" guruhi yetakchisi Ilian Mas’ad agar Asad ketadigan bo‘lsa, mamlakatda parchalanish yuz berishini aytgandi.
Siyosat
Klipmeyker Dilmurod Agzamov hamkasbi Narimon Sultonxo‘jayevni sifatsiz kliplar suratga olayotganlikda ayblab, tanqid qildi... Dilmurod Agzamov “Darakchi” gazetasi loyihalarining birida qatnashish bahonasida hamkasbi Narimon Sultonxo‘jayevni sifatsiz kliplarni suratga olayotganlikda aybladi. Shuningdek, o‘zi suratga olayotgan kliplarda nega hadeb o‘zi bosh rollarda namoyon bo‘lishi haqida so‘radi. Klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev hamkasbining tanqidini to‘g‘ri qabul qilib, klip musiqa va qo‘shiq so‘zlaridan kelib chiqib suratga olinishi, aslida trek yo‘nalishini yoqtirmasligi, musiqa garmoniyasiga mos klip suratga olishga harakat qilishini ma’lum qilgan. Kliplarda faqat o‘zi bosh rollarda namoyon bo‘layotganligi esa boshqa aktyorlar klipmeyker o‘ylagan narsani chiqarib bera olmayotganligi, o‘zi istagan natijani ko‘ra olmayotgani bois klipda o‘zi bosh rollarni ijro etishi, qolaversa, rejissyor sifatida ko‘pincha bosh rolda o‘zini ko‘rishini aytib o‘tgan.
Oila va Jamiyat
Fransiyaning shimolidagi Erve departamentidagi turar-joy binolaridan birida kuchli portlash yuz berdi. Oqibatda bir necha kishi halok bo‘lgan va jarohat olgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, portlash turar-joy binosida maishiy gaz sizib chiqishi oqibatida yuz bergan. Hozirda jabrlanganlarning soni aniqlashtirilmoqda. Ba’zi OAV 3 kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Portlash yuz bergan uydagi bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Qutqaruvchilar uy vayronalarini tozalashmoqda va ularning ostidan omon qolganlarni topishga umid qilishmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Ayni vaqtda falokat haqida boshqa ma’lumotlar berilmagan.
Oila va Jamiyat
Kaspiy dengizida Rossiyaga tegishli PALFLOT 2 tankerida chiqqan yong‘in bartaraf etildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Ozarbayjon favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in Moskva vaqti bilan soat 17:06 da to‘liq o‘chirilgan. O‘z navbatida Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Astraxan viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayni vaqtda kemaning tashib ketilishi masalasi hal qilinayotganini aytgan. Avvalroq tankerda yong‘in chiqishi holati bo‘yicha tergovgacha tekshiruv boshlangani ma’lum qilingandi. Shuningdek, Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘inni o‘chirishda ishtirok etmagani ma’lum qilingandi. PALFLOT 2 tankeri Kaspiy dengizida, Ozarbayjon bilan chegaradagi Turkmanistonga tegishli suv hududida sohildan 110 km va Astraxandan 800 km uzoqlikda yonib ketgan. Kema bortida 11 kishi bo‘lgan, bir dengizchi halok bo‘lgan, qolganlari evakuatsiya qilingan.
Xorijiy Yangiliklar
23 aprelda Ispaniya Primerasining 35-turida "Atletiko" o‘z maydonida "Malaga"ni kutib oldi. Uchrashuv "matraschilar"ning 1:0 hisobidagi minimal ustunligi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golni 62-daqiqada Anxel Korrea kiritdi. Shunga qaramasdan, ikkala jamoada ham o‘yin yakunlanguncha hisobni o‘zgatirishga imkoniyatlar talaygina bo‘ldi. Qayd etish joizki, "matraschilar" bosh murabbiyi Diyego Simeone uchrashuv davomida maydondan chetlatildi. "Atletiko" shu g‘alabasi evaziga 82 ochko to‘plab, musobaqa jadvalining 1-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi va avvalroq "Rayo Valekano"ni mag‘lub etgan "Real"ni (81 ochko) ortda qoldirdi. Biroq "Barselona" ushbu turda hali o‘z o‘yinini o‘tkazmadi va agar 79 ochko to‘plagan kataloniyaliklar "Sporting"ni yutsalar, o‘zlariga yetakchilikni qaytib oladilar. Ispaniya Primerasi. 35-turAtletiko M – Malaga – 1:0Gol: Korrea, 62 (1:0).
Sport
"Manchester Yunayted" Angliya kubogining yarimfinalida " Everton"ni 2:1 hisobida yengdi. G‘oliblar safida gollarni Maruan Fellayni (34-daq.) va Antoni Marsyal (90-daq.) kiritdilar. "MYu"ning yana bir o‘yinchisi "o‘zini ko‘rsatdi": Kris Smolling 75-daqiqada o‘z darvozasiga avtogol kiritib qo‘ydi. Shuningdek, 57-daqiqada "Everton" hujumchisi Romelu Lukaku penaltini amalga oshira olmadi. Shu tariqa "MYu" 2007 yildan beri ilk marta Angliya kubogi finaliga chiqdi hamda unda 24 aprelda bo‘lib o‘tadigan "Kristal Pelas" - "Uotford" uchrashuvining g‘olibi bilan bellashadi. Final 21 mayda yarimfinallar o‘tayotgan Londondagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Sport
Iroq poytaxti Bag‘dodda ikkita terakt sodir etildi. Teraktlar oqibatida umumiy hisobda 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. Birinchi terakt shaharning shimolida, xavfsizlik xizmati nazorat-o‘tkazish punktida minalashtirilgan avtomobil portlatilgan. Buning oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Poytaxtning janubida harbiylar kolonnasi yonida minalashtirilgan avtomobil portlatilishi oqibatida yana 2 kishi halok bo‘ldi. Politsiyaning ta’kidlashicha, qurbonlar soni yanada ko‘payishi mumkin. Ayni vaqtda ushbu teraktlar uchun hech qaysi guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Siyosat
Shimoliy Koreya qurolsizlantirilgan hududda chegara bo‘ylab 40 km lik ta’sir doirasiga ega 300 ta reaktiv yoppasiga o‘t ochish tizimini joylashtirdi. Bu haqda harbiy doiralardagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, tizimlarning kalibri 122 mm ni tashkil qiladi. Shunday diametrdagi snaryadlar Janubiy Koreyaning Yonpxyondo oroli 2010 yilda o‘qqa tutilganda ishlatilgan, biroq endi bu snaryadlarning ta’sir doirasi 2 barobarga oshgan. Manbaning aytishicha, bunday snaryadlar Kyongido orolining katta qismiga ziyon yetkazishi va nazariy jihatdan Seuldagi prezident saroyiga yetib borishi mumkin.
Siyosat
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Sporting” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (6:0), chempionlik poygasi haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Keyingi bosqichlarda kuchli uchlikdan biri muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, deb o‘ylamayman. Shu bois men “Atletiko” va “Real” uchrashuvlaiga ahamiyat qaratmayman. Men biladigan yagona narsa shuki, keyingi uch turdagi g‘alabalar bizga chempionlikni olib beradi. Men jamoada ko‘tarinki kayfiyat shakllantirdim, chunki futbolchilarim yomon vaziyatda qolishgan edi. Mukammal futbolchi yoki jamoa bo‘lmaydi, eng muhimi barqarorlikdir”, – dedi Enrike.
Sport
“O‘rgimchak odam” laqabi bilan mashhur fransuz skalolazi Alen Rober Qozog‘istondagi eng baland (160 metr) bino hisoblanuvchi Esentai Tower’ga ko‘tarildi. Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, fransuz noqulay ob-havo sharoiti, ya’ni kuchli shamol turib, shahar qalin bulutlar bilan qoplangan bo‘lishiga qaramay, binoga ko‘tarilish fikridan qaytmagan. To‘g‘risini aytganda, tashkilotchilar Roberning xavfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat berishdi. Aslida Rober bunday choralardan foydalanishni istamaydi. Ko‘tarilish bir soatdan oshiqroq davom etdi. Mana shu vaqt oralig‘ida uni bir qancha olmaotaliklar kuzatdi. Tanaffus vaqtida u o‘zini tomoshabinlarga tanishtirdi, suratga tushdi.
Texnologiya
Shveytsariyalik aeronavt Bertran Pikar Solar Impulse 2 (Si2) quyosh batareali samolyotda 23 aprel kuni Kaliforniya shtatining Mauntin-Vyu degan joyiga qo‘ndi. Gavayi shtatidan bo‘lgan parvozga uch kun vaqt ketdi. Aeronavt Si2 samolyotini San-Frantsiskodagi “Oltin darvoza”ga olib kelish va’dasining ustidan chiqdi. "Men qurilmani ko‘prik yoniga olib keldim. Men rasmiy ravishda Amerikadaman", — dedi shveysariyalik. Uning hamkasbi Andre Borshberg Kaliforniyaga odatiy samolyotda yetib olgan edi. Ular o‘rtasidagi uchrashuv San-Frantsisko ko‘rfazi ustida kechdi.
Texnologiya
Hindiston mamlakat shimoli-g‘arbida Rajastxondagi xalqaro chegarada Pokiston tomonining harbiy obektlar qurayotganiga nisbatan norozilik bildirdi. Bu haqda milliy telekanal India TV xabar bermoqda. "Hindiston chegara kuchlari (BSF) chegara maydonida 180 yuqori texnologik bunker qurilayotgani munosabti bilan pokistonlik hamkasblariga qattiq norozilik bildirishgan", — deyiladi telekanal bergan ma’lumotda. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, «bunkerlar bir oy ichida qurilgan va Hindiston chegarasidan 1-1,5 km. Masofada joylashgan». Maxsus xizmat bergan xabarga ko‘ra, «pokistonliklar Hindiston bilan chegarada qurol-yarog‘ va o‘q-dori omborlarini barpo etgan. Ular 1971 yilda ikki tomon urushi bo‘lgan tumanlarni qo‘riqlashni mustahkamlamoqda».
Siyosat
Niderlandiya matbuotida Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘anning karikaturasi chop qilingach, Respublika TIVga Niderlandiyaning mamlakatdagi elchisi Kornelis vann Rij chaqirtirildi. Bu haqda Huriyett gazetasi yozmoqda. "TIV e’lon qilingan karikatura yuzasidan norozilik bildirgan", — deb yozadi nashr. Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, «elchi vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Gollandiyaning Rotterdam shahrida joylashgan Turkiya elchixonasiga elektron maktub yo‘llashni so‘ragan». Xatda ushbu karikaturalar shaxsan Erdo‘g‘anga qaratilinganmi yoki Respublikagami, aniqlik kiritish so‘ralgan.
Siyosat
Jasper StAubyn West ismli foydalanuvchi o‘zining instagramdagi sahifasiga g‘aroyib suratlarni joylab kelmoqda. Bu esa uni kuzatib yuruvchilar sonini oshishiga sabab bo‘ldi. O‘zining qiziqishini Jasper quyidagicha izohlaydi:“Men yangi iPad Pro va Apple Pencil qurilmalarimni sinovdan o‘tkazishga va ular yordamida “sketch challenge” – eskiz yaratishga qaror qildim.Men Mart oyidan boshlab kuniga bittadan multfilm qahramonlarini ham aralashtirgan holda yangi qurilmada eskizlar yaratdim va barcha suratlarimni instagram tarmog‘iga joyladim.Kundalik hayotim yanada qiziqarli o‘tishi uchun har kungi fotosuratlarga mahluqlarni qo‘shib bordim va ko‘pchilikka manzur bo‘ldi”.
Texnologiya
AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga qarshi sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilganda "bekor qilinishi mumkinligi va shartligini" ma’lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Obama bu haqda Gannoverda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birgalikda bergan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi. "Rossiya barcha majburiyatlarni bajarganda undan sanksiyalar bekor qilinishi mumkin va shart", deb aytdi Obama. Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Minsk kelishuvlari sub’yekti bo‘lmagani uchun uni buzmayotganligini aytgandi.
Siyosat
Britaniyalik fazogir Tim Pik Xalqaro koinot stansiyasi bortida turib London marafonida ishtirok etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 44 yoshli fazogir 26,2 mil (42 km) masofani 3 soatu 35 daqiqada yugurib o‘tdi va shu tariqa koinotdagi birinchi marafonchi bo‘ldi. U masofani XKSda Londondagi marafonni iPad’da real vaqtda kuzatgan holda maxsus yugurish yo‘lagida bosib o‘tdi. Pikning Yerdagi marafoncha yugurishda ko‘rsatgan natijasi yuqoriroq bo‘lgan: 1999 yilda u London marafonini 3 soatu 18 daqiqada bosib o‘tgan. Shuningdek ma’lum qilinishicha, bu yilgi marafon g‘olibi masofani 2 soatu 3 daqiqada bosib o‘tgan. Fazogir yugurishdan avval tvitterda Londonning koinotdan olingan suratini chop etdi. Pik marafonda ishtirok etish qarorini dekabrda ma’lum qilgandi. O‘shanda u marafonni 3 soatu 30 daqiqada yugurib o‘tishga umid bildirgandi va u bunga deyarli erishdi.
Sport
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Sunday Times nashri talqiniga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning 10 nafar eng boy odami qatoridan joy oldi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda. UMS Holdings kompaniyasining egasi va Londonning "Arsenal" futbol klubi yirik aksiyadorlaridan birining boyligi 7,58 mlrd funt sterlingga (10,92 mlrd dollar) baholangan. Birlashgan Qirollikda eng badavlat odamlar 13,1 mlrd funt sterlingga (18,88 mlrd dollarga) ega hind millatiga mansub developerlar aka-uka Devid va Saymon Rubenlar bo‘ldi. Warner Music egasi, ukrain millatiga mansub tadbirkor Leonard Blavatnik musiqa sohasidagi eng boy odamlar ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasini egalladi, uning boyligi 11,59 mlrd funt sterlingga (16,63 mlrd dollar) baholangan. Buyuk Britaniyaning eng badavlat odamlari ro‘yxatidan shuningdek qo‘shiqchi Adel (122 mln dollar), aktyor Deniel Redkliff (106,5 mln dollar), Devid va Viktoriya Bekxem (402 mln dollar) hamda aktyor Sasha Baron Koen (150 mln) o‘rin olgan.
Iqtisodiyot
Ekvadorda 16 apreldagi kuchli zilzila qurbonlari xotirasiga 8 kunlik umummilliy motam e’lon qilinadi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Bu haqda Ekvador prezidenti Rafael Korrea ma’lum qildi. "Odamlarning halok bo‘lishi, oilalarning iztiroblari tufayli men yaqin soatlarda 8 kunlik milliy motamni e’lon qiluvchi farmonni imzolayman", deb ma’lum qildi Korrea. Prezident, shuningdek, mamlakatning davlat tuzilmalari, qurolli kuchlari va "ulkan ko‘lamadagi fojiada" xayrixohlik bildirgan barchaga minnatdorchilik bildirdi. Avvalroq zilzila qurbonlari 654 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.
Siyosat
Nyu-Yorkda Christie’s auksionida 14,1 mln dollarlik Birma yoquti sotildi. Bu haqda Telegraph nashri xabar bermoqda. 15,99 karatlik qimmatbaho toshning nomi Jubilee Ruby bo‘lib, dunyodagi eng katta yoqutlardan biri hisoblanadi. Dumaloq shaklga ega tosh olmos jiyak bilan bezalgan va Verdura zargarlik uyida yasalgan tilla uzukning bir qismi hisoblanadi. Christie’s auksionining xalqaro bo‘limi boshlig‘i Raul Kadakiyaning aytishicha, 15 karatdan og‘irroq bo‘lgan bunday sof Birma yoquti rangli qimmatbaho toshlar olamida umuman kam uchraydi, shuning uchun uning narxi o‘zini oqlaydi.
Xorijiy Yangiliklar
Wildlife SOS tabiatni asrash tashkiloti uchta filni tutqunlikdan ozod etdi. Reya, Sita va Mia laqabli fillar yarim asr davomida ko‘chma sirk bilan birga ko‘chib yurgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Tashkilotning hammuassisi Gita Seshamanining aytishicha, fillar kaltaklangan hamda yomon ovqatlantirilgan, ularga zaruriy veterinar yordam ko‘rsatilmagan. Ayni vaqtda fillar Hindistonning shimolidagi Uttar-Pradesh shtatidagi Matxura shahri yaqinidagi shinam joyga ko‘chirib o‘tkazilgan. Seshamanining aytishicha, sirk egasi dastlab Sita va Miani bergan, biroq Reyani berishdan bosh tortgan. Biroq tabiat himoyachilari barcha fillarning ozod etilishiga muvaffaq bo‘ldilar. Ekologlarning fikricha, fillar yosh paytida brakonerlar tomonidan tutib olingan bo‘lishi mumkin. Fillar turli tryuklarni bajarishlari uchun ularga zo‘ravonlik qo‘llangan, jumladan ularning yuzlariga urilgan, och qoldirilgan.
Ekologiya
25 aprel kuni Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sujata Mehta boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan. Tashrif dasturida tashqi siyosat idoralari rahbarlarining o‘rinbosarlari darajasida ikki davlat siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Siyosat
Dortmundning «Borussiya» jamoasi sardori Mats Hummelsning chempionat gegemoni «Bavariya» safiga o‘tib ketishi oydinlashmoqda. Bild nashrining yozishicha, u myunxenliklar rahbariyati bilan 4 yillik shartnoma tuzish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. Uning yangi jamoasidagi maoshi yiliga 10 million yevroni tashkil etadi. Bundan oldinroq, ushbu futbolchining transferi uchun «Bavariya» 30 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabar qilingandi. «Bavariya» «Borussiya»dan yana bir futbolchini transfer qilmoqchi «Borussiya» muxlislari: «Mats Hummels, sen faqat bizning klubda qolib afsonaga aylanishing mumkin»
Sport
Devid Fincher tomonidan 2010 yilda suratga olingan “Ijtimoiy tarmoq” filmi Facebook’ning dastlabki kunlarini yoritib berishda katta iz qoldirdi va bizlarga kollej talabasi Mark Tsukerbergning hayotiga nazar tashlashga imkon berdi. Biroq mazkur film ham yosh startapchi Tsukerbergning o‘sha vaqtlardagi hayotini to‘liq va oydin ko‘rsatib bera olmagan. Quyidagi video 2005 yilda Facebook’ning Palo-Altodagi idorasida suratga olingan bo‘lib, unda oddiygina, betartib xonada pivo idishlari to‘planib yotganini ko‘rish mumkin. Intervyuda tarmoqning bosh direktori hamkasblarga onlayn katalog haqida so‘zlab beradi. Hozirda eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa aylangan Facebook’ning qariyb 11 yillik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, shu o‘rinda bu video 1973 yilda dunyodagi eng yirik kompaniyaga asos solgan Bill Geytsning suratini yodga soldi. Bu vaqtda u ham yaqin kelajakda dunyoning eng badavlat kishilaridan biriga aylanishini tasavvur qilmagandi.
Texnologiya
Turkiya superligasi doirasida Istanbulning «Trabzonspor» va «Fenerbahche» jamoalari o‘rtasidagi bahs stadiondagi tartibsizlik tufayli oxirigacha davom etmadi. O‘yinning qo‘shimcha vaqtida «Fenerbache» jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozonib turgan vaqtda mezbon jamoa muxlisi maydonga yugurib chiqqan va o‘yin hakamiga (darvoza ortidagi hakam) tashlanib, uni yiqitan va ommaviy tartibsizlikni boshlab bergan.
Sport
NASA mutaxassislari, «Kepler» orbital teleskopining ishini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Aprel oyi boshlarida teleskop faoliyatida nuqsonlar kuzatilgan edi, deb aniqlik kiritiladi kosmik agentlik saytida. Dastur rahbari Charlz Sobekning so‘zlariga ko‘ra, «Kepler» yana ishlayapti, u quyosh tizimi tashqarisida ekzosayyoralarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda». Ayni vaqtda, NASA ekspertlari, teleskopni ishdan chiqishiga nima sabab bo‘lganini aniqlashmoqda. Bundan avval, xalqaro astrofiziklar guruhi ekzosayyoralarni qidirish bo‘yicha yaxshilangan usulni ishlab chiqishgan edi. U, kuzatishlar aniqligini oshirish va hisoblash chog‘ida xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolini kamaytiradi.
Texnologiya
24 aprel kuni futbol bo‘yicha Niderlandiya Kubogi final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda «Feyyenoord» «Utrext»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Rotterdamliklar klubi endi bu sovrinni 12 marta qo‘lga kiritgan jamoaga aylandi. Shuningdek, bu jamoaning keyingi 8 yil davomida qo‘lga kiritgan ilk sovrini hisoblanadi. Niderlandiya chempionatida (Erediviziya) «Feyyenoord» 32 turdan keyin 57 ochko bilan uchinchi o‘rinda ketmoqda. Jamoa 78tadan ochko to‘plab 1 va 2-o‘rinlarda ketayotgan «Ayaks» hamda «PSV»ga yetib olish imkoniyatiga ega emas. Feyyenoord – Utrext 2:1 (1:0, 1:1)Gollar: 1:0 – 42 Kramer, 1:1 – 51 Leuvin, 2:1 – 75, avtogol Bednarek.Feyyenoord – Vermeyer, Bottegin, Kongolo, Karsdorp, van Bek, Tornstra, Trindade, Kyuyt (Nelom, 89), El-Axmadi, Elia, Kramer (Basajiko‘g‘li, 80).Utrext – Bednarek, Leuvin, Kum (Yosten, 86), van Marel, Letsxert, Ramselar, Shtrider, Yanssen (Ligeon, 86), Lyudvig (Boymans, 76), Aller, Barazit.Ogohlantirishlar: Leuvin (30), Kongolo (50), Tornstra (90).
Sport
AQSh prezidenti Barak Obama mahalliy harbiylarning IShID terrorchilariga qarshi kurashiga yordam berishlari uchun 250 nafar amerikalik harbiyni Suriyaga yuboradi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Barak Obama o‘zining bu qarorini Gannoverda o‘tadigan Yevropa mamlakatlari rahbarlari uchrashuvida bildirib o‘tishi kerak. AQSh prezidenti Barak Obama Suriyada uchish-qo‘nish zonalarini yaratish va harbiylar sonini ko‘paytirishga hech qanday amaliy imkoniyat ko‘rmayotganini bildirib o‘tgan edi.
Siyosat
2015 yilning aprelidan, AppleWatch "aqlli soatlari"ning bozorga chiqqan vaqtidan boshlab bu gadjyetning sotuvi iPhone’ning birinchi yildagi savdosi hajmidan 2 barobar ko‘proqni tashkil etdi. Bu haqida The Wall Street Journal ma’lum qildi. Apple korporatsiyasi sotilgan "aqlli soatlar"ning hajmiga aniqlik kiritmayotgan bo‘lsada, bozor analitiklarining baholashicha, ular taxminan 12 million donani tashkil etadi. iPhone esa birinchi yili taxminan 6 millionta smartfon sotgan. Bundan avvalroq, Xitoy hukumati mamlakatda yarim yil oldin yo‘lga qo‘yilgan Apple’ning iBooks Store va iTunes Movies servislarini taqiqlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Iqtisodiyot
«Match. Nash futbol» telekanali muxbiri Vyacheslav Abdusalomov Rossiya premer-ligasi 25-tur doirasidagi «Anji» — «Kuban» (1:0) uchrashuvdan keyin «Kuban» bosh murabbiyi Sergey Tashuyev bilan uyushtirgan flesh-intervyusi paytida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Ma’lumot uchun, uchrashuvda maxachqal’aliklar tomonidan tomonidan kiritilgan yagona gol penaltidan urilgan bo‘lib, raqib posboni Aleksandr Belenov qo‘pollik ishlatganidan keyin 11 metrlik jarima to‘pi belgilangan va Belenov qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Flesh-intervyu mobaynida «Nash futbol» jurnalisti bir qator savollar bilan birga Tashuyevdan Belenovni nega almashtirgani, balki u maydonda qolganda penaltini qaytarishi mumkinligi haqida so‘ragan. Ammo «Kuban» bosh murabbiyi jurnalist xatosini oddiy qabul qildi va unga darvozabon maydondan chetlatilganini eslatib o‘tdi.
Sport
Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchich rahbarligidagi hukmron koalitsiya mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida raqiblarini ortda qoldirdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. Serbiya markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylov byulletenlarining 27,25 foizi sanab chiqilgan vaqtda, Vuchich bloki 49,3 foiz ovoz to‘plagani ma’lum bo‘lgan. Ushbu axborot, Serbiyadagi saylov uchastkalari yopilganidan so‘nggi, 4,5 soat ichidagi ilk raqamlardir. Bundan avval, hukumat rahbari va Serbiya progressiv partiyasi yetakchisi Aleksandr Vuchich, mamlakat rahbariyati YeIga tezroq integratsiyalashuv borasida barcha imkoniyatlardan foydalanishini ta’kidlagan edi.
Siyosat
Portugaliyaning «Benfika» klubi yarimhimoyachisi Renatu Sansheshga Yevropa transfer bozorida qiziqish katta bo‘lib turibdi. The Sunday Times nashri bergan xabarga ko‘ra, «Manchester Yunayted»dan keyin 18 yoshli portugaliyalik futbolchiga Fransiyaning «PSJ», Angliyaning «Manchester Siti» va Ispaniyaning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda. «MYu» Sanshesh uchun 35 million funt (45 million yevro) berishga tayyorligini bildirgan, biroq lissabonliklar uning uchun 47 million funt (60 million yevro) talab qilgandi. Keyinroq «Benfika» futbolchining narxini tushirib, 39 million funt (50 million yevro) va qo‘shimcha bonuslar evaziga sotishga rozilik bergandi. Muzokaralar to‘xtab qolgach, «PSJ», «Manchester Siti» va «Real» jamoalari ham ushbu futbolchi uchun kurashga qo‘shildi. Sanshesh mamlakat chempionatining 22 uchrashuvida 2 gol urgan va 1 golli uzatma amalga oshirgan.
Sport
Qirg‘iziston respublikasi Jalolobod viloyati Suzoq tumanida 1,2 million kub metr hajmli tog‘ ko‘chkisi yemirilib tushdi. Bu haqda respublika FVV xabar berdi. “Ko‘chki oqibatida Almaluu-Bulak qishlog‘idagi bir necha xo‘jalik qurilishlari vayron bo‘lgan, halok bo‘lgan va jabr ko‘rganlar yo‘q”, - deyiladi xabarda. Loy-toshli ulkan massalar harakatlanishda davom etmoqda va Almuluu tog‘ daryosi o‘zanini butunlay to‘sib qo‘yish xavfini tug‘dirmoqda. “Bunday holatda73 ta xonadon suv ostida qolish ehtimoli mavjud. Ushbu favqulodda vaziyat tufayli Qirg‘iziston FVV monitoring va prognoz departamenti mutaxassislari “mazkur hududni tadqiq etmoqda”, deyiladi xabarda. Hatto ekstremal holatlarning oldini olish maqsadida mahalliy aholiga “ushbu hududlardan foydalanmaslik” haqida topshiriq berildi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, tog‘ ko‘chkilariga bir necha kun davomida uzluksiz yoqqan yomg‘irlar sabab bo‘lgan.
Ekologiya
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui Van Gaal jamoaga yetishmayotgan bo‘g‘inlar borasida o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Men transferlar oynasi vaqtida bir necha marotaba tezkor, yaratuvchanlik qobiliyati yuqori bo‘lgan futbolchilar kerak ekanini ta’kidlab kelganman. Vaziyat og‘ir, axir men o‘z talablarimga mahorati mos tushmaydigan futbolchilar bilan ishlashimga to‘g‘ri kelmoqda. Biz hamon 4-o‘rin uchun kurashni davom ettirmoqdamiz. Bundan tashqari, Angliya Kubogi finaliga yo‘llanma oldik», — deya gapirib o‘tgan van Gaal.
Sport
Tennis bo‘yicha Barselonadagi turnir finalida yaponiyalik Kei Nisikorini 6:4, 7:5 hisoblarida mag‘lub etgan ispaniyalik tennischi Rafael Nadal to‘qqizinchi marta mazkur turnirning g‘olibiga aylandi. Shu tariqa, Barselonadagi turnir Nadal to‘qqiz marta yutgan uchinchi turnir bo‘ldi, bundan avval u bunday natijaga Monte-Karlo va "Rolan Garros"da erishgan edi. Mana shu uch turnirda tennischi o‘zining 69ta titulidan 27tasini qo‘lga kiritgan. Nadal - bir turnirda sakkiz martadan ko‘p g‘alabaga erishgan yagona tennischi. Bundan tashqari, Barselonadagi turnir natijasiga ko‘ra, ispaniyalik tennischi grunt kortlarida olingan titullari soni bo‘yicha (49) Gilermo Vilasga tenglashib oldi. Endi ular Ochiq davrda bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni bo‘lishib turishibdi.
Sport
Ukraina vazirlar mahkamasi butun mamlakat bo‘ylab yo‘llarni ta’mirlashga 18-19 milliard grivna (700 million dollardan ortiroq) mablag‘ ajratadi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanga tayanib RIA Novosti xabar berdi. Avvalroq Groysman Ukraina yo‘llari talabga javob bermasligi, yo‘l xo‘jaligining ahvoli esa ayanchli ekanini bildirgandi.
Siyosat
«Real» jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl 26 aprel kuni «Manchester Siti»ga qarshi YeChLning yarim finali doirasida o‘tadigan uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. «Men bir necha marotaba «Manchester Siti» jamoasiga qarshi g‘alabali o‘yinlar o‘tkazib ulgurganman va bu jamoaga gollar urganman. Albatta, bu jiddiy raqib, ammo jamoamiz finalga chiqish uchun qo‘lidan imkoni bor barcha ishni qiladi. Premer-liga menga qar doim yoqqan, ushbu musobaqani kuzatishda davom etaman. Angliyaga o‘ynash uchun qaytayotganim yaxshi bo‘ldi. Eng asosiysi – g‘alaba bilan qaytish. Bunday yuqori darajadagi jamoalarga qarshi o‘ynaganda favorit bo‘lmaydi. Ularni «Stok» ustidan g‘alaba qozonganini bilamiz va o‘yinni intizorlik bilan kutmoqdamiz», – deya ta’kidladi Beyl.
Sport
AQSh harbiy inspektorlari, 2016 yil 25-30 aprel kunlari OS-135B samolyotida Rossiya hududlarini ko‘zdan kechiradi. Ushbu parvozlar Ochiq osmon shartnomasi doirasida amalga oshiriladi. Bu haqda, RF mudofaa vazirligiga qarashli yadro xavfini kamaytirish milliy markazi rahbari Sergey Rijkov ma’lum qilgan. Bunda Amerika samolyotidagi rus mutaxassislari, parvozning kelishilgan jihatlariga qanchalik rioya etilishi va shartnomada belgilab qo‘yilgan kuzatuv qurilmalari foydalanishini nazorat qilishadi, deb aniqlik kiritgan Rijkov. Uning aytishicha, OS-135B samolyoti konstruksiyasi biron-bir qurolni qo‘llashga imkon bermaydi. Ochiq osmon shartnomasi 1992 yilda imzolangan, Rossiya uni 2001 yilda ratifikatsiya qilgandi. Ayni vaqtda ushbu shartnoma ishida 30dan ortiq mamlakat qatnashadi. Hujjatga ko‘ra, kelishuvga a’zo davlatlar doimiy ravishda o‘zaro nazorat parvozlarini amalga oshirib keladi.
Xorijiy Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan qayta moliyalash stavkasini yillik hisobda 9 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. "Qayta moliyalash stavkasining mazkur miqdorda qoldirilishi, birinchi navbatda, inflyatsiya darajasining maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida bo‘lishini ta’minlashga va shu bilan birga joriy yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish uchun qulay moliyaviy va investitsion sharoitlarni yaratishga qaratilgan pul-kredit siyosatini davom ettirishga xizmat qiladi", deyiladi bank matbuot xizmati xabarida.
Iqtisodiyot
Tojikiston janubida, Afg‘oniston bilan chegaraga yaqin hududdagi Tog‘li Badaxshonda 5 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologik xizmati xabar tarqatgan. Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 02:43da markazi Ishkashim qishlog‘idan 26 km shimoli-g‘arbda bo‘lgan zilzila qayd etilgan. Uning o‘chog‘i 113 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila talofatlari haqida ma’lumot yo‘q.
Xorijiy Yangiliklar
O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisov RFPL 26-tur doirasidagi «Spartak»ka qarshi uchrashuv uchun chiqarilgan to‘rt dona chiptani muxlislarga sovg‘a qilmoqchi. Bugun uning tug‘ilgan kuni bo‘lib, u shunday aksiya orqali muxlislarni xursand qiladi. «Temiryo‘lchilar» matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, buning uchun muxlislar Moskva markazida sayrga chiqqan Denisovni topishlari kerak bo‘ladi. Chiptani qo‘lga kiritish uchun «faqat «Loko» parolini aytish ham zarur bo‘ladi. «Tor (Denisovning laqabi) derbi uchun chiptalar bilan sizni Xiyobon halqasi atrofida kutadi. Aniq joy borasida «Lokomotiv» tvitteri orqali xabardor bo‘ling», deyiladi klub bayonotida. «Lokomotiv» — «Spartak» uchrashuvi 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Sport
Bolgariyada joylashgan qurol-yarog‘ ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Arsenal» zavodida portlash yuz berdi. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, bu portlash tufayli 2 kishi halok bo‘lgan. Qayd etilishicha, portlash zavod binolaridan birini ta’mirlash vaqtida ro‘y bergan. Politsiya xodimlari yetib kelib, atrofni tekshirish ishlarini boshlashgan. Qayd etilishicha, navbatdagi portlash xavfi mavjud emas. Ayni vaqtda hodisa sabablari va boshqa tafsilotlarni aniqlash uchun tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Oila va Jamiyat
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan lisenzion musobaqada o‘zbekistonlik sportchi-qizlar jamoaviy bahslarda ham XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. Badiiy gimnastika bo‘yicha jamoaviy bahslarda qatnashgan Samira Amirova, Valeriya Davidova, Luiza G‘aniyeva, Zarina Qurbonova va Marta Rastoburovadan iborat O‘zbekiston jamoasi ham Olimpiadada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Sport
Fransiyaning Grenobl shahridagi boshlang‘ich maktab atrofida sodir etilgan otishma natijasida ikki kishi nobud bo‘ldi va bir kishi og‘ir jarohatlangan. Bu haqda Le Parisien xabar berdi. Voqea 25 aprel kuni mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 10 da bo‘lib o‘tgan. Bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi bir necha daqiqadan so‘ng olingan jarohatlar tufayli olamdan ko‘z yumgan. Mahalliy politsiya otishma bo‘lgan kvartalni o‘rab oldi. Taxminlarga ko‘ra, otishmaga mahalliy jinoiy guruhlarning nizosidan kelib chiqqan.
Oila va Jamiyat
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma’lum qilishicha, Rossiya Suriyaning yangi konstitutsiyasi BMT talabidagi 6 oydan ham tezroq vaqt ichida ishlab chiqilishini istaydi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan. "Biz bu jarayon uchun kamroq vaqt sarflanishini va 5 oy ichida Suriyaning yangi konstitutsiyasi ishlab chiqilib, referendum o‘tkazilishini istaymiz", degan u Moskvadagi matbuot anjumani vaqtida. Shu bilan birgalikda vazir bu natijaga erishish uchun "jim qarab turmaslik va eshiklarni yopib olmaslik" kerakligini ta’kidlagan. Bundan oldinroq, Suriya bosh vaziri Voil al-Xalqi Damashq yangi hukumat shakllanganidan keyin konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyorligini bildirgandi.
Siyosat
Angliyaning «Lester» klubi sobiq futbolchisi, VVS telekanali futbol eksperti Gari Lineker «tulkilar» yarimhimoyachilari N‘golo Kante va Riyoz Mahrez haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. «Agar qachondir Yer shariga asteroid tushishi xavfi mavjud bo‘lsa, ishonchim komilki, o‘shani ham Kante to‘xtatib qoladi», deya o‘z tvitterida yozib qoldirgan sobiq futbolchi. «Mahrezni mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani bilan tabriklayman. U ajoyib futbolchi. Uning o‘yinini tomosha qilish – haqiqiy maroq baxsh etadi», deya futbolchiga ta’rif bergan Lineker. «Lester» ayni vaqtda «Tottenhem»ni 8 ochko farq bilan ortda qoldirib, mavsum chempionligiga erishish uchun yaqinlashmoqda.
Sport
“O‘zbekiston” sport majmuasida joriy yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati bahslari boshlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Og‘ir atletika federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada qit’amizning o‘ttizdan ziyod davlatidan uch yuzga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar bilan birga Olimpiada yo‘llanmalari uchun bellashmoqda. Toshkent shahrida boshlangan Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini Ruslan Nurudinov, Ivan Yefremov, Ulug‘bek Alimov, Sardorbek Do‘stmurodov, Rustam Jangaboyev, Doston Yoqubov, Muhammad Begaliyev, Adham Ergashev, Marina Sisoyeva, Lola Qodirova, Muattar Nabiyeva, Gulnoza Ahmedova, Manzura Mamasoliyeva, Omadoy Otaqo‘ziyeva, Dina Tojiyeva singari tajribali sportchilarimiz himoya qilmoqda.
Sport
Eset kompaniyasi WhatsApp messenjerida yangi firibgarlikni aniqladi. Bu — foydalanuvchilarga taklif qilingan videoqo‘ng‘iroq funksiyasidir. WhatsApp foydalanuvchilari ushbu funksiyani faollashtirish maqsadida unga kirishadi. “Videoqo‘ng‘iroqni hoziroq faollashtirish” tugmasi bosilishi bilan foydalanuvchiga messenjerga o‘n nafar kishi yoki beshta guruh taklif qilishi, ana shundagina bu funksiya ishlashi haqida xabar keladi. Aslida esa WhatsApp messenjerida videoqo‘ng‘iroq funksiyasi mavjud emas. Bu xammasi emas, foydalanuvchi uning ruyxatdan o‘tgan ma’lumotlari eskirgani haqida ham xabar oladi. “Hoziroq yangilash” tugmasi bosilishi bilan foydalanuvchi avtomatik ravishda qimmat turadigan SMS-xizmatiga o‘tib qoladi. Bu esa hisobdan pul yechilishiga sababchi bo‘ladi.
Texnologiya
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Baraka Obaning Suriyaga 250 amerikalik harbiyni yuborishi to‘g‘risidagi e’loniga izoh berar ekan, rossiyalik harbiylar Suriya hududida qonuniy hamda xalqaro huquq qoidalariga mutanosib ravishda saqlanayotganini eslatib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda. "Bu o‘rinda faqat bir gapni ta’kidlashimiz kerak, Rossiya kontingenti Suriya hududida qonuniy asosda bo‘lib turibdi. Suriya Arab respublikasi hukumati rasman murojaat bilan Rossiya harbiylarini chaqirgan", deydi u. Bundan oldinroq, Obama mahalliy harbiylarning IShID terrorchilariga qarshi kurashiga yordam berishlari uchun 250 nafar amerikalik harbiyni Suriyaga yuborishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Siyosat
Germaniyaning «Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus myunxenliklarning bo‘lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Anchelottini ajoyib futbolchi bo‘lganidan buyon yaxshi eslayman. U Arrigo Sakki boshchiligidagi «Milan»ning «miya»si edi. U «Chelsi», «PSJ» bilan yaxshi natijalarga erishdi va «Real» bilan YeChLda g‘alaba qozondi. Uning bir necha shogirdlari menga Karloni nafaqat buyuk murabbiy, ulkan yurakli inson ekanini ham aytib berishgan. Anchelottining barcha bilan yaxshi munosabatlari bor. U jamoa uchun Gvardioladan keyin eng yaxshi variant edi», – deydi Matteus.
Sport
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning dastlabki norasmiy uchrashuvi 25 aprel, dushanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan. "Bugun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tashrifining norasmiy qismi o‘tkaziladi. U Moskvaga bugun yetib keladi va ikki davlat prezidentlari yuzma-yuz uchrashib, birgalikda tushlik qilishadi", — degan Peskov. Matbuot kotibining bildirishicha, 26 aprel kuni tashrifning muzokaralar va hujjatlar imzolash kabi rasmiy qismlari o‘tkaziladi. Ikki davlat rahbarlari xalqaro va hududiy masalalar bo‘yicha fikr almashib, MDH, ShHT va BMT kabi ko‘p tomonli tashkilotlar doirasidagi mintaqaviy hamda xalqaro masalalarning dolzarb jihatlarini, o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha fikrlar almashishadi.
Siyosat
24 aprelda AQSh prezidenti Barak Obama Germaniyaning Hannover shahriga Germaniya kansleri Angela Merkel bilan dunyodagi eng yirik texnologiya va sanoat investitsiyalari yarmarkasini ochish uchun keldi. Tadbirlardan birida ikki davlat yetakchisi virtual reallik shlemini kiyib ko‘rishdi. Obama va Merkel qurilmadan navbati bilan foydalanayotganlari aks etgan suratlar internetda ommalashgan. Obama Hannoverda Merkel va germaniyalik ishbilarmon doiralar bilan Yevropa va AQShni birlashtiruvchi Transatlantik erkin savdo hududini (TTIP) yaratishning afzalliklarini muhokama qilishni rejalashtirgandi. Germaniyaning aksariyat aholisi Yevropa bozorini AQShning arzon va sifatsiz mahsuloti bosib ketishidan xavotirlanib, erkin savdo hududi yaratilishiga qarshi chiqmoqda.
Siyosat
25 aprel kuni Toshkent ahli bahorga xos, kam uchrovchi tabiat hodisasiga guvoh bo‘lishdi. Toshkent shahrining ayrim tumanlarida momaqaldiroqning ovoziga jaranglagan, ayrim tumanlar, masalan, Sergeli tumanida chaqmoq va do‘l kuzatildi. Do‘l tufayli ekinlar zarar ko‘rgani yoki boshqa oqibatlar haqida ma’lumot yo‘q. Suratlar Sergeli tumanidagi xonadonlarning birida tushirilgan.
Oila va Jamiyat
Pokistonning Panjob viloyati hududida zararli va iste’molga yaroqsiz shirinliklardan tatib ko‘rgan 23 kishi zaharlanib, vafot etgan. Bu haqda BBC News xabar tarqatgan. Ma’lum qilinishicha, uy egasi o‘z o‘g‘lining tug‘ilgan kunida 4,5 kg "ladda" (Pokistonda ziyofatlarda dasturxonga qo‘yiladigan milliy shirinlik) sotib olgan. Natijada, bu konfetlardan tatigan mehmonlar (ziyofatga kelgan qarindoshlardan 11 nafari) hamda tug‘ilgan kun sohibining otasi zaharlanib, vafot etgan. Shuningdek, bolaning do‘stlari va oilaning yaqinlari bo‘lgan yana 11 kishi zaharlanib, jon bergan. Bu shirinlikdan jami 77 kishi zaharlangan. Ayni vaqtda shifoxonaga yotqizilganlarning 5 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. Xabar qilinishicha, bunday konfetlardan zaharlanish hodisasi o‘tgan oyda ham kuzatilgandi. Politsiya qandolatchilik fabrikasi xo‘jayinlarini va xodimlarini hibsga olgan. Taxmin qilinishicha, shirinliklar tayyorlanadigan joyga qo‘shni binodagi ta’mir hududidan zaharli ximikat tushgan.
Xorijiy Yangiliklar