text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi Vladimir Klichkoni Tayson Fyuriga qarshi jang oldidan qo‘llab-quvvatladi. Jamoa ukrainalik bokschi uchun tayyorlangan, "1" raqami va "Klichko" familiyasi tushirilgan futbolkani namoyish qildi. Fotosurat Vladimir Klichkoning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ham joylangan. 27 aprel kuni Manchester shahrida professional boksning superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) va WBA, WBO va IBO yo‘nalishlari chempioni britaniyalik Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) o‘rtasida o‘tkaziladigan revansh jangi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Eslatib o‘tamiz, Klichko va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 9 iyul kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili Fyuri ukrainalik bokchining barcha kamarlarini tortib olgandi.
Sport
Suriya poytaxti Damashq shahridan 360 km masofadagi Halabda "Jibhod an-nusra" va uning ittifoqchilari bo‘lgan boshqa terroristik guruhlar o‘t ochishni to‘xtatish sulhini buzdi. "Suriya" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, jangarilar 28 aprel kuni kun davomida Halabga artilleriya zarbalari yog‘dirgan. Snaryadlar Suriya armiyasi nazorati ostida bo‘lgan shaharning aholi yashovchi kvartallariga kelib tushgan. Shaharning Maydan, Ashrafiya, Masharika va El-Hamadoniya kabi kvartallarida talofatlar ko‘p bo‘lgan. Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar soni o‘sishda davom etmoqda. Ayni vaqtda tinch aholi vakillari bo‘lgan 18 kishining o‘limi tasdiqlangan. Shuningdek, 70dan ortiq kishi bu hujumlar tufayli jarohatlangan. 26 aprel kuni Halab ko‘chalariga snaryadlar kelib tushishi oqibatida tinch aholi vakillari bo‘lgan 10 kishi halok bo‘lgani va 37 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Oila va Jamiyat
Ispaniyaning Tomares shahrida (Andalusiya avtonom viloyati) 600 kg ga yaqin 6-asr bronza tangalari topildi. Bu haqda El País gazetasi xabar berdi. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, ekskavatorchi 27 aprelda shahar xiyobonlaridan biridagi qurilish ishlari vaqtida tangalar bilan to‘ldirilgan 19 ta qadimiy rim ko‘zasini aniqlagan. Ispan arxeologlari ushbu topilmani noyob deb atashdi. Ta’kidlanishicha, tangalarning old tomonida rim imperatorlari Diokletian (245-313 yy.), Maksimian (250-310 yy.) va Buyuk Konstantin I (272-337 yy.) qiyofalari bosilgan. Bundan tashqari, aniqlangan ko‘zalardan 10 tasi beshikast saqlangan. Taxminlarcha, bu tangalar ataylab yer ostiga ko‘milgan. Ayni vaqtda xazina Sevilya arxeologik muzeyiga topshirildi. Taxminlardan biriga ko‘ra, bu tangalar imperatorga soliq sifatida berilishi kerak bo‘lgan.
Oila va Jamiyat
Dortmundning «Borussiya» jamoasi Mats Hummels bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha bayonot berdi. Rur klubi futbolchi rahbariyatni o‘zining mavsum yakunlangach «Bavariya»ga o‘tishni rejalashtirgani haqida ogohlantirganini tasdiqladi. Bu transferning amalga oshishi myunxenliklar tomonidan bildiriladigan taklifga bog‘liq bo‘ladi. Hozircha «Borussiya» «Bavariya»dan rasman taklif olmagan. Dortmundliklar klubi murojaatida Hummelsning shartnomasida uning ketishi uchun talab qilinadigan mablag‘ miqdori ko‘rsatilmagani aytilgan. 27 yoshli bu futbolchining «Borussiya» bilan shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan. Bundan oldinroq, Hummels «Bavariya» bilan 4 yillik shartnoma tuzish xususida kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi. Uning yangi jamoasidagi maoshi yiliga 10 million yevroni tashkil etishi aytilgan. Ma’lumot uchun, Hummels asli «Bavariya» klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u 2008 yilda «Borussiya»ga o‘tgandi.
Sport
Brent nefti narxi Londonning ICE birjasida 48 dollardan oshdi. Toshkent vaqti bilan soat 23:00 holatiga ko‘ra, neft narxi 48,01 dollarni tashkil qilgan. Bundan savdo ma’lumotlari dalolat bermoqda. Brent nefti narxi 27 apreldagi sessiya tugashidagi narxga nisbatan 1,9 foizga oshgan. 28 apreldagi savdolar 47,10 dollardan boshlangan edi. Neft narxi oshishi sababli rublning mustahkamlanishi davom etmoqda. Moskva birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, dollar 64,37 rublgacha, yevro 73,05 rublgacha arzonlashgan. Rossiya Markaziy bankining 29 aprelga ikkita valyuta uchun rasmiy kursi mos ravishda 65,11 va 73,92 rubl qilib belgilandi. Avvalroq Jahon banki 2016 yil uchun neft narxi prognozini 37 dollardan 41 dollarga oshirgan edi. Prognoz bozordagi kayfiyatning yaxshilanishi va dollarning kuchsizlanishi ortida oshirilgan. Bankning hisoblashicha, bozordagi me’yoridan ortiq taklif istiqbolda kamayib boradi.
Iqtisodiyot
Turkiya parlamenti deputatlari yig‘ilish vaqtida janjallashib ketdilar. Janjalga gap deputatlarni daxlsizlikdan mahrum qilish qonun loyihasiga kelganda komissiya raisining deputatlarning yordamchilari va matbuotni yig‘ilish zalidan chiqarib yuborish talabi sabab bo‘ldi. Bu talab Xalqlar demokratiyasi partiyasi vakillari tomonidan norozilik keltirib chiqardi va ularning janjal ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda muhokama 2 mayga ko‘chirildi.
Siyosat
Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Tsukerberg NASDAQ elektron birjasida savdo ochilgandan keyin ikki soat ichida o‘zining boyligini 4,3 mlrd dollarga oshirib oldi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda. Ayni vaqtda Tsukerberg dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida 6-o‘rinni egallamoqda. Uning boyligi 51,8 mlrd dollarga baholanmoqda. Facebook aksiyalari kompaniya 1-chorak bo‘yicha natijalarni e’lon qilgandan keyin 10 foizga oshib ketdi. Kompaniya daromadlari tahlilchilar kutgandan ziyodroq bo‘ldi. Kompaniyaning sof daromadi bir yil davomida uch barobarga, ya’ni 1,5 mlrd dollargacha, tushumi esa 5,2 mlrd dollargacha oshgan. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq o‘zining faol foydalanuvchilari sonini 15 foizga oshirib, ular sonini 1,65 mlrd kishiga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Iqtisodiyot
Rossiyaning Petrozavodsk shahrida bir erkak 11 ta temir yo‘l vagonini o‘g‘irlab, ularni bo‘laklab, metallolomga topshirib yubordi. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta" nashri xabar bermoqda. Erkakka nisbatan "Juda katta miqdordagi o‘g‘rilikni sodir etish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud ma’lumotiga ko‘ra, erkak poyezdni anchadan beri mo‘ljalga olib yurgan. U poyezd vagonlarini hisobdan chiqarilgan vagonlar sifatida rasmiylashtirib, ularni bo‘laklab, temir-tersakka topshirib yuborgan. Erkak yetkazgan ziyon 2 mln rublga baholangan.
Iqtisodiyot
28 aprel kuni Yevropa Ligasi musobaqasining yarim final - dastlabki uchrashuvlari o‘tkazildi. «Vilyarreal» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Yurgen Klopp jamoasi 92-daqiqada gol o‘tkazib yubordi. Javob uchrashuvi 5 may kuni Liverpulda bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ligasi, yarim finalVilyarreal – Liverpul 1:0 (0:0, 1:0)Gol: 1:0 – 90+2 Adrian. Vilyarreal – Asenxo, Bayi (Musakko, 76), Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Dos Santos (Kastilexo, 72), Pina, Soriano, Suares, Soldado (Adrian, 74), Bakambu.Liverpul – Minole, Ture, Moreno, Klayn, Lovren, Koutino (Ayb, 46), Lallana, Milner, Leyva, Firmino (Benteke, 90), Allen.Ogohlantirish: Kosta (60).
Sport
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining yarim finalidagi yana bir uchrashuv Ukrainaning Lvov shahrida «Shaxtyor» va «Sevilya» o‘rtasida kechdi. Vitoloning tezkor goliga birinchi bo‘limning o‘zida mezbonlardan Marlos hamda Taras Stepanenko bir martadan javob qaytardi — 2:1. 82-daqiqaga kelib polshalik bosh hakam mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi va uni Kevin Gameyro aniq amalga oshirib, yakuniy natijani o‘rnatdi - 2:2. Yevropa Ligasining javob bellashuvlari 5 may kuni o‘tkaziladi. Shaxtyor – Sevilya 2:2 Gollar: 0:1 – 6 Vitolo, 1:1 – 23 Marlos, 2:1 – 35 Stepanenko, 2:2 – 82, penalti Gameyro. Shaxtyor – Pyatov, Kucher, Ismaili, Srna, Rakitskiy, Marlos (Bernard, 90), Malyshev, Kovalenko, Stepanenko, Tayson (Vellington Nem, 90), Ferreyra (Eduardo, 90).Sevilya – Soriya, Rami, Eskudero, Mariano, Karrisu, Krixovyak, Nzonzi, Banega, Vitolo, Konoplyanka (Kron-Deli, 59; Koke, 72), Gameyro.Ogohlantirishlar: Eskudero (27), Karrisu (40), Krixovyak (48), Malishev (89), Srna (90).
Sport
Xitoyning Shanxay shahridagi Xuntsyao xalqaro aeroportida ro‘y bergan yong‘in tufayli kamida 2 kishi halok bo‘lgan va 4 kishi jarohatlangan. Bu haqda CCTV News xabar tarqatgan. Xuntsyao - Xitoydagi eng yirik ikkita xalqaro aeroportdan biri hisoblanadi. «Sinxua» agentligining tvitterida ma’lum qilinishicha, bu yong‘in aeroport hududidagi qurilish maydonida ro‘y bergan. Yong‘in terminalardan biriga o‘tish vaqtida bartaraf etilgan.
Xorijiy Yangiliklar
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga tashrifi 2016 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 29 aprel kuni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov xitoylik hamkasbi Van I bilan o‘tkazilgan uchrashuv paytida aytib o‘tgan. «Biz Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan bo‘ladigan uchrashuvni oliy darajada o‘tkazishni kelishib oldik. Ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning iyul oyida bo‘lib o‘tadi», — dedi Lavrov. Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy TIV rahbari bilan kechgan uchrashuvda turli sohalarda, jumladan, yuqori texnologiyalar sohasida ikki tomon amaliy hamkorligiga qaratilgan hujjatlar ko‘rib chiqilgan.
Siyosat
Farg‘onalik ikki nafar fuqaro yonilg‘i-moylash maxsulotlarini qalbaki pullarga xarid qilishdi. Farg‘ona viloyati ichki ishlar xodimlari tomonidan qalbaki kupyuralarni muomala kiritishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilgan. 27 yoshli va 24 yoshli fuqarolar Buvayda tumanidagi savdo shoxobchalaridan biridan yonilg‘i-moylash mahsulotlarini xarid qilib 100 dona qalbaki 5000 so‘mlik kupyuradagi pullarni bilan to‘lovni amalga oshirishgan. Shubha ostiga olingan kupyuralar ekspertizadan o‘tkazilgach, ularning qalbaki ekani aniqlandi. Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Iqtisodiyot
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatning O‘zbekistondagi elchisini o‘z lavozimidan ozod etdi. Qirg‘iziston rahbarining farmoniga ko‘ra, Emilbek Uzakbayev Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi lavozimidan ozod etilgan. Ma’lumot uchun: Emilbek Uzakbayev 2012 yildan beri shu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Siyosat
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitet o‘qituvchisi Gulbahor Iskandarova hamda Jongyang Mintsu universiteti o‘qituvchisi Gulibonum Keybatuli o‘zbek tilini o‘rganish istagidagi xitoyliklar uchun darslik ishlab chiqishdi. Jongyang Mizu nashriyotida chop etilgan darslik ikki til vakili bilan hamkorlikda yaratilgani uchun sodda, tushunarli va o‘rganish uchun qulay dasturga ega bo‘ldi. Kitobning o‘ziga xos jihati shundaki, qo‘llanmadan o‘zbek tilidan umuman bexabar bo‘lgan xitoylik ham foydalanib, o‘zbek tilini o‘rganishni boshlashi mumkin. Kelgusida darslikning davom ettiruvchilar uchun mo‘ljallangan qismi ham chop etilishi rejalashtirilgan. Jonkuyar pedagoglarning ko‘p yillik izlanishlari natijasi bo‘lgan ushbu darslik o‘zbek-xitoy madaniyat almashinuvi o‘rtasida qo‘yilgan katta qadamdir. Qo‘llanma may oyida sotuvga chiqadi.
Ta'lim
Fransiyaning «PSJ» klubi Kataloniyaning «Barselona» jamoasi yarimhimoyachisi Serxio Busketsni sotib olish fikridan qaytmayapti. El Mundo Deportivo nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, parijliklar 27 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 100 million yevro berishga tayyor bo‘lib turishibdi. Kataloniya klubi esa futbolchi uchun 175 million a qo‘shimcha qiymat solig‘ini ham to‘lashlarini so‘ramoqda. QQS bilan qo‘shib hisoblaganda bu transfer fransuz klubiga 200 million yevroga tushishi mumkin. «Barselona» iyul oyida Buskets bilan shartnomani yaxshilangan ko‘rinishda o‘zgartirishni maqsad qilgan. Biroq tomonlar hozircha yakuniy qarorga kelishmagan. «PSJ» Busketsni dunyoning qimmat futbolchisiga aylantirmoqchi ekani, unga 16 mln yevro yillik maosh to‘lashga tayorligi haqida xabar berilgandi.
Sport
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bir erkak avtomobil salonida o‘zini osib o‘ldirishga harakat qildi. Bu haqda shahar tez tibbiy yordam markazi ma’lum qilgan. 27 yoshli erkakning qarindoshlari aytishicha, u o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Bunga aynan nima sabab bo‘lgani aniq emas. Jabrlanuvchi Milliy shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Unga “miya komasi” tashxisi qo‘yilgan.
Salomatlik
Norvegiya qirg‘oqlari yaqinida neft platformasiga odamlarni olib ketayotgan vertolyot qulab tushgan. Bu haqda TV2 xabar tarqatgan. Guvohlarning ma’lumotiga ko‘ra, bu Shimoliy dengiz hududidagi neft havzasiga odatiy ravishda tashuv parvozini amalga oshirayotgan vertolyot bo‘lgan. Hodisa Norvegiyaning kattaligi jihatidan ikkinchi shahri Bergen shahriga yaqin masofada sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, bu vertolyot orollardan biri ustidan o‘tayotgan vaqtda halokatga uchragan va yerga qulab, portlab ketgan. Uning bortida 14 kishi bo‘lgan. Norveg politsiyasining tvitterida hodisa yuz bergan hududga qutqaruvchi guruhlar jo‘natilgan.
Xorijiy Yangiliklar
Bishkek shahrining asos solinganiga 138 yil bo‘ldi. Shahar kengashi qarori bilan 29 aprel shaharga asos solingan kun etib belgilangan. Poytaxt ma’muriyati bayram dasturini tayyorlashgan. Dastur aholi turar-joy majmuasida ikkita bolalar bog‘chasining ochilish marosimi bilan boshlangan. Soat 12:00 dan so‘ng Qirg‘iziston Respublikasi gimni yangradi va Bishkek kuranti bong urdi. Bong har kuni 8:00 dan 21:00 gacha chalinadigan etib qo‘yildi. Uning ovozini eshitish mumkin. 12:30 da Qirg‘iziston milliy kutubxonasida “Pishkek—Frunze—Bishkek” fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 15.00 dan 18:00gacha shaharning turli joylarida bayram tantanalari o‘tkazish rejalashtirilgan. Poytaxtning to‘rtta tumanida joylashgan xiyobonlarda ham xalq sayri tashkil etilgan. Bundan tashqari, shahar ko‘chalarida 10 ta yangi avtobus yo‘nalishga qo‘yilgan. Transportlarni Bishkek shahriga Urumchi shahri sovg‘a qilgan. Bayram tantanalari 30 aprel kuni ham davom etishini ma’lum qilingan.
Oila va Jamiyat
Joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonga Boeing-787 Dreamliner rusumidagi ikki dona avialayner olib kelinadi. Samolyotlar qatnovi 2016 yilning sentabridan boshlab yo‘lga qo‘yilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda, milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar tarqatmoqda. Hozirgi vaqtda samolyotni olib kelishga mas’ul bo‘lganlar bu jarayonga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Aviakompaniya shuningdek, «Boing-787» samolyoti uchun uchuvchilarni to‘plamoqda. 18 pilotdan iborat jamoa yozda Buyuk Britaniyaning Gatvik shahrida malaka oshirish uchun yuboriladi. Aviakompaniya «Boing-787» rusumidagi samolyotlarni olib kelishi 2014 yilda ma’lum bo‘lgandi. Xarid qiymati taxminan 240 million dollarni tashkil qiladi. Boeing-787 Dreamliner — ikki dvigatelli yo‘lovchi tashuvchi samolyot bo‘lib, AQShning Boeing Commercial Airplanes tomonidan ishlab chiqilgan. Unga 250 nafardan 330 nafargacha yo‘lovchi sig‘adi.
Texnologiya
Afg‘oniston harbiylari mamlakatning bir qator viloyatlarida o‘tkazilgan harbiy amaliyotlar natijasida kamida 64 nafar jangarini yo‘q qilgan. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligiga asoslanib, Hama Press agentligi xabar tarqatgan. Maxsus amaliyotlar Qunduz, Badaxshon, Host, G‘azna, Juzjon va Kapisa vailoyatlarida o‘tkazilgan. Quruqlikdagi qo‘shinlarni osmondan mamlakat Harbiy havo kuchlari samolyotlari qo‘llab-quvvatlagan. Afg‘oniston armiyasining yo‘qotishlari haqida ma’lumot yo‘q. Afg‘onistondagi vaziyat keyingi yarim yil ichida yomolashib bormoqda. Bu vaqtgacha asosan tog‘li hududlarda o‘z harakatlarini olib borgan "Tolibon" jangarilari endilikda past tekisliklardagi yirik shaharlarni egallash uchun harakatlar olib bormoqda. Qolaversa mamlakatning g‘arbiy qismida IShID jangarilari guruhlari paydo bo‘lgan.
Siyosat
Moskva birjasidagi savdolarda dollar kursi o‘tgan yil noyabrining boshidan buyon birinchi marta 64 rubldan pastga tushdi. Mahalliy vaqt bilan soat 14:05da 1 dollar 46 kopeykaga arzonlab, 63,98 rublga tenglashgani qayd etildi. Oxirgi marta bunday kurs 2015 yilning noyabri oxirida kuzatilgan edi. 1 yevro narxi esa 51 kopeykaga tushib, 72,978 rublni tashkil qilmoqda. 29 aprel kuni Brent nefti narxi yana ko‘tarila boshladi va barreliga 47,52 dollarga yetdi. Nyu-York tovar birjasidagi savdolar chog‘ida WTI turidagi neftning iyun fyucherslari 0,09 dollarga ko‘tarilgan (0,20 foiz) va bir barreli uchun 45,42 dollarni tashkil etgan. O‘tgan hafta yakunlari bo‘yicha AQShda neft qazib olish hajmi 0,2 foizga, sutkasiga 8,938 million barrelgacha pasaygan. Bu 2014 yil oktabridan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Ekspertlar mazkur holat neft narxi ko‘tarilishiga turtki berishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Iqtisodiyot
Xitoy Suriyaning urushdan keyin o‘zini tiklash ishlarida ishtirok etishga va barcha manfaatdor mamlakatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Xitoyning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Se Syaoyan ma’lum qildi. “Besh yillik urush Suriya iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalariga jiddiy ziyon yetkazdi. Qayta tiklanish uchun katta kuch, mablag‘ va ko‘p vaqt talab etiladi. Bu jarayonda xalqaro hamjamiyat faol ishtirok etishi va Suriya davlatiga ko‘mak berishi muhim ahamiyatga ega. Xitoy Suriyani qayta tiklash masalasida konstruktiv yondashmoqda va barcha ishtirokchi davlatlar bilan hamkorlikka tayyor”, - dedi Seo Syaoyan. Suriyada 2011 yildan buyon qurolli nizolar davom etmoqda. BMT ma’lumoti bo‘yicha, nizolar natijasida 220 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Siyosat
Janubiy koreyalik arxitektor Mun Xun barmoq shaklidagi minora loyihasini ishlab chiqdi. Minoraning tashqi ko‘rinishi buyurtmachining barmoq izlari asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Tech Insider xabar berdi. “Mijoz o‘ta g‘ayritabiiy egilmagan minora modelini tayyorlashni so‘radi. Biz unga bir nechta variant taklif etdik. Barmoq izi tushirilgan minora uning ko‘nglidan joy oldi”, - deydi arxitektor. 13 qavatli minora tomida bog‘ barpo etiladi. Bino derazalari “qo‘l” chiziqlari bo‘ylab o‘rnatiladi. Noodatiy obekt buyurtmachisi – Li Sen Su – penthausni egallaydi. Pastki qavatlar studiya ko‘rinishida pardozlanib, ijaraga berilishi rejalashtirilmoqda. Futuristik obekt YDP Tower nomini oldi. Qurilish ishlari shu yil kuzida yoki kelgusi yil bahorida boshlanadi.
Texnologiya
Norvegiyada vertolyot qulashi bo‘yicha olib borilayotgan qidiruv amaliyoti ishtirokchilari Bergen shahridan g‘arbda qulab tushgan Eurocopter vertolyotining 11 nafar yo‘lovchisi jasadi qoldiqlarini aniqlagan. Bu xaqda politsiyaga asoslangan holda Bergens Tidende xabar tarqatgan. Ma’lum qilinishicha, vertolyotda avval aytilganidek 14 emas 13 kishi bo‘lgan, ulardan biri italiyalik, yana biri buyuk britaniyalik ekani aniqlangan. Yana 2 kishining jasadini izlash ishlari davom etgan. Qayd etilishicha, vertolyot qoldiqlarining bir qismi quruqlikdan, qolgan qismi suvdan topilgan. Guvohlar vertolyot havodaligidayoq portlab ketganini aytishgan. Vertolyot Shimoliy dengizdagi neft platformasiga xodimlarni olib ketayotgandi.
Xorijiy Yangiliklar
Toshkentda o‘tkazilayotgan armrestling bo‘yicha XV Osiyo chempionati bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. Kattalar o‘rtasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Mirabdulla Mirkarimov, Samariddin Asretdinov, Shuhrat Davronov, Nuriddin Boltaboyev, Farruh Asqarov, Gulchehra Abdiyeva, Rafiga Aslanova shohsupaga ko‘tarildi. Yigirma bir yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar bahsida Aziza Saidova 50 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Gulnoza Qosimova va Dilnoza Jumanova ushbu vaznda kumush va bronza medallarga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Olimjon Anvarov, Humoyun Toshmuhammedov, Muhammadamin Ne’matullayev, Muhammad Sultonov, Sitora Xo‘jamova, Orasta Qo‘chqorova, Zaytuna Fozilova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
Sport
Phone Arena bergan ma’lumotga ko‘ra, Samsung Galaxy S6 smartfoni quvvatlagichga qo‘yilgan vaqtda yonib ketdi. Qurilma egasining aytishicha, smartfon quvvatlantirgichga ulangan holda turgan. U kutilmaganda g‘alati ovoz eshitib, yong‘in hidini sezgan. Ma’lum bo‘lishicha, Samsung Galaxy S6 egasi qurilmaning original quvvatlantirgichi o‘rniga Samsung Galaxy S3 quvvatlantirgichidan foydalangan. Florida ta’mirlash markazi mutaxassislari ma’lumotiga ko‘ra, “boshqa quvvatlantirgichdan foydalanish smartfon yong‘iniga sabab bo‘lishi mumkin emas. Qurilmaga foydalanuvchi tomonidan zarar yetkazilgan bo‘lishi yoki qurilma quvvatlantirgichidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yong‘in kelib chiqqan bo‘lishi mumkin”.
Texnologiya
Rossiyaning Halab shahridagi bosh konsulxonasi binosi minamyotdan o‘qqa tutilgan. Bu haqdagi ma’lumot Rossiya TIV tomonidan tasdiqlangan. "28 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 15:00da Rossiya Federatsiyasining Halab shahridagi bosh konsulxonasi binosiga minamyotdan zarba berilgan. Bino hududida bir mina portlagan, atrof hududga yana 3ta mina kelib tushgan. Bu o‘qqa tutish oqibatida halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar yo‘q", deyiladi TIV xabarida. Qayd etilishicha, Halabdagi konsulxona faoliyati 2013 yilda to‘xtatilgan, xodimlarning bir qismi Rossiyaga qaytarilgan, bir qismi Damashqqa ko‘chirilgan. Ayni vaqtda binoda Suriya fuqarolari bo‘lgan qo‘riqchilar va texnik xodimlar saqlab qolingan. Rossiya TIV xabarida aytilishicha, bu hujum "Jibhod an-Nusra" jangarilari tomonidan amalga oshirilgan. Eslatib o‘tamiz, 28 aprel kuni Halabga jangarilar tomonidan masofadan turib zarbalar berilishi oqibatida tinch aholi vakillari bo‘lgan o‘nlab kishilar halok bo‘ldi.
Xorijiy Yangiliklar
Buyuk Britaniyaning Gatvit shahrida Boeing-787 Dreamliner yangi avlod avialaynerlarida malaka oshirish uchun 18 nafar uchuvchi – 9ta ekipaj tanlab olindi. Aynan ular yangi yozgi Boeing-787 otryadining negizini tashkil etadi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, birinchi ikkita layner shu yil avgustda keltiriladi. Bugungi kunda eng zamonaviy hisoblangan Boeing-787 Dreamliner avialaynerlari sotib olinishi bilan O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi taraqqiyotida yangi davr boshlanadi. Ushbu muhim voqeaga aviakompaniyaning barcha xodimlari katta miqyosdagi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Texnologiya
29 aprel kuni Misr poytaxti Qohira shahrining markazidagi tumanlardan birida politsiya avtomobili portlatib yuborildi. "Al-Vatan" gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, bu portlash Giza tumanidagi avtomobillar estakadasida sodir bo‘lgan. Qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q. Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Misr IIV ma’lumotiga ko‘ra, Sharqiya viloyatida jinoiy guruh vakillari va politsiya o‘rtasida yuz bergan otishma tufayli 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgan.
Siyosat
Britaniyalik Bo Gilbert Vogue jurnalining birinchi 100 yoshli modeliga aylandi. Bu haqda Mashable xabar tarqatdi. Harvey Nichols tarmog‘i uchun olingan Gilbertning fotosessiyasi nashr sahifalarida chop etiladi. Vogue jurnalining yuz yilligiga bag‘ishlangan soni 5 may kuni sotuvga chiqadi. Gilbert ishtirokidagi kompaniyaning maqsadi - omma e’tiborini jurnalning 100 yillik yubileyi va yoshga doir kamsitilish masalalariga qaratish. Birminhemlik ayol moda kompaniyasi uchun birinchi marta suratga tushmoqda. Gilbert Valentino, Céline, Lanvin va Victoria Beckham kabi brendlarni namoyish etdi.
Madaniyat
Lamborghini kompaniyasi Huracan kupesi uchun unga tajovuzkorroq ko‘rinish beruvchi yangi kuzov obvesini namoyish qildi. Karbondan yasalgan obves (osma detallar: spoyler, aksqanotlar va shu kabi) 19 ming 850 yevroga baholandi. Huracan obvesi o‘z ichiga yangi oldingi spoyler, oldi va orqa bamperga ugleplastik nakladkalar, kattalashtirilgan yon yubkalar va orqa aks qanotni o‘z ichiga oldi. Lamborghini Huracan 610 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 atmosferali dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatel yetti pog‘onali ikki ilashishli "robot" uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi. Kupe 100 km/soat tezlikka 3,2 soniyada erisha oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 325 km ni tashkil qiladi. Ayni vaqtda Lamborghini kompaniya Huracan’ning ekstremal modifikatsiyasi ustida ishlamoqda. Kupe kuzovning yangi aerodinamik obvesini, Huracan GT3 poyga superkaridan quvvatliroq motor va chiqarish tizimi oladi.
Texnologiya
Agarda biron bir kafeda siz o‘tirgan divanning rangi bilan hamohang kiyinib olganingizni sezib qolsangiz juda ham noqulay ahvolga tushib qolasiz. Bu hodisa sizga tanishmi? Mazkur suratlardagi insonlarda ham bunday kutilmagan vaziyatlar nafaqat divanlar, balki gilam, sumka va hattoki, poyezdlar bilan ham sodir bo‘lgan. Ba’zi bir shaxslarning buyumlar yoki jihozlarga o‘xshash kiyinishi Reddit tarmog‘ida «thingslikepeople» («Buyumlar odamlar kabi») deb nom olgan butun bir guruhning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. E’tiboringizga eng kulguli va bir-biriga juda o‘xshash misollarni havola etamiz. Manba: xabardor.uz
Madaniyat
AQSh hukumati Rossiya va Xitoyning xavotirlanishiga qaramasdan, Janubiy Koreya mudofaasini mustahkamlash, jumladan raketalarga qarshi mudofaa tizimini yetkazib berish rejasidan voz kechmoqchi emas, deb aytdi Oq uy vakili Josh Ernest. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. Ernestning aytishicha, AQShning Janubiy Koreya xavfsizligi borasidagi majburiyatlari qat’iydir. "Koreya respublikasi – AQShning yaqin ittifoqdoshi va bu AQSh uning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘z resurslarini tikishga tayyorligini bildiradi", deb aytdi Ernest. Ernest Shimoliy Koreya tomonidan bildirilayotgan tahdid Vashington va Seul o‘rtasida Janubiy Koreyada THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishiga sabab bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.
Siyosat
AQSh va dunyoning eng yirik neft kompaniyalaridan biri ExxonMobil Corp. 2016 yilning 1-choragida 1999 yildan beri eng pastki daromadni ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda IBT nashri. Ma’lum qilinishicha, kompaniya daromadining past ko‘rsatkichlari neft bozorida yuz berayotgan inqiroz bilan shartlangan. Exxon matbuot bayonotiga ko‘ra, korporatsiyaning yanvar-mart oylaridagi sof foydasi 3 marta tushib, 1,81 mlrd dollarni tashkil qildi. 2015 yilning shu davrida korporatsiya 4,94 mlrd dollar foyda olgan. Nashrning yozishicha, Exxon’ning tushumi oxirgi 6 chorakdan beri kamaymoqda. Oxirgi marta bunday qisqarishlar 2001-2002 yilda yuz bergandi.
Iqtisodiyot
Rossiya televideniyesining Birinchi kanalida "Golos. Deti" shousining 3-mavsumi yakunlandi. Shouning joriy mavsumida 13 yoshli Danil Plujnikov g‘olib bo‘ldi. Bu haqda teleloyihaning feysbukida ma’lum qilindi. Danil ovoz berish natijasiga ko‘ra teletomoshabinlarning 61 foiz ovozini oldi va shu evaziga final bo‘yicha raqiblari – 7 yoshli Taisiya Podgornaya va 15 yoshli Rayana Aslanbekovani ortda qoldirdi. Teleshou g‘olibining bo‘yi 98 santimetrni tashkil qilib, u kam uchraydigan kasallik – ko‘l-oyoqlarning spondiloepifizar displaziyadan aziyat chekadi. Bu kasallik suyaklarning murakkab tizimli kasalligi hisoblanadi. Eslatib, o‘tamiz shouning 2-mavsumini 15 yoshli o‘zbekistonlik Sabina Mustayeva yutgan edi. Sabina shouning finalida Aerosmith guruhining "Crazy" qo‘shig‘ini ijro etgandi.
Madaniyat
AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter AQSh prezidenti Barak Obama AQSh harbiy-havo kuchlari shtabining yangi boshlig‘i etib general Devid Goldfinni tayinlashga qaror qilganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. Karterning ta’kidlashicha, Goldfin Pentagonda hozirdagi eng yorqin strateglardan biri hisoblanadi. Uning aytishicha, Goldfin Bolqon, Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan. Karterning ta’kidlashicha, Goldfin samolyot shturvali ortida 4,2 ming soatlik parvoz tajribasiga ega. Karter Goldfin podpolkovnik bo‘lganda NATOning Yugoslaviyani bombardimon qilish operatsiyalarida ishtirok etganini ma’lum qildi. Goldfinning qiruvchi samolyoti 1999 yil 2 mayda Serbiyada urib tushirilgan, biroq u katapulta qilishga va asirga tushishdan qutulib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, endi Goldfinning nomzodi AQSh kongressi senati tomonidan ma’qullanishi kerak.
Siyosat
Hurmatli Kun.uz sayti o‘quvchilari! Saytimiz xodimlari berib borilayotgan xabarlarni Sizlar uchun o‘qishga qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida harakat qilmoqda. Buning natijasida bugundan sayt yangicha ko‘rinishga ega bo‘ldi. Hozirda sayt test rejimida ishlayotgani sababli kamchiliklar kuzatilishi mumkin. Shunday bo‘lgan taqdirda bizga murojaat qilishingiz mumkin: Pochta: info@kun.uz Telefon: +998 90 120-78-65 Biz kamchiliklarni tez fursat ichida bartaraf qilishga harakat qilamiz! Saytimizni mobil ilova orqali kuzatib boruvchilar Google Play hamda App Store do‘konidan Kun.uz ilovasini yangilab olishlari kerak bo‘ladi. Android qurilmalar uchun IOS qurilmalar uchun Saytdan foydalanish mutlaqo bepul bo‘lib, faqatgina internet traffigingiz sarflanadi. Saytning yengil va tez ishlaydigan mobil versiyasi — m.kun.uz
Ta'lim
“PSJ” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Fransiya chempionatining 36-turida “Renn” bilan o‘tkazilgan uchrashuvda (4:0) dublga erishdi. Shu asnoda 34 yoshli shved 2015/16 yil mavsumida klub hamda milliy terma jamoa tarkibida 49 ta gol urib, o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi. 2013/14 yillarda u 48 ta gol urgan edi.
Sport
Yakshanba, 1 may kuni Toshkent shahrida ana’naviy “Favvoralar sayli” bo‘lib o‘tadi. Favvoralar mavsumini ochib beruvchi madaniy tadbirlar poytaxtning 14 ta yirik suv maskanida o‘tkaziladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. “Toshkent oqshomi” gazetasining ma’lum qilishicha, tomosha va ko‘rgazmala O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, “Istiqlol” san’at saroyi, Mirzo Ulug‘bek nomli xiyobon, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri va Sayilgoh hamda Xadra maydonlaridagi favvoralar yonida o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun: “Favvoralar sayli” Toshkentda 2014 yildan beri o‘tkazib kelinadi. O‘tgan yili bu kun Samarqandda ham bo‘lib o‘tgan edi.
Madaniyat
“Bavariya” jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi yarim finalining ikkinchi uchrashuvida “Atletiko”ni yenga olish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi. “Men hali tirikman. Bizda javob uchrashuvi hamda patronlar bor. Siz meni qanchalik baxtiyor ekanligimni tasavvur ham qila olmaysiz. Men quvvatga to‘laman va kelayotgan kunlarni sabrsizlik bilan kutyapman. Bunga shayman. Biz barchasini o‘zgartirishimiz mumkin. Buni isbotlashimizni o‘zingiz guvohi bo‘lasiz”, – dedi Gvardiola.
Sport
Yaponiyaning Takata firmasi xavfsizlik yostiqchalaridagi nosozlik tufayli chaqirib oladigan avtomobillarining umumiy soni 100 mln. ga yetdi. Kiodo axborot agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin kelajakda AQSh transport hukumati ham shu yo‘lni tutishi mumkin. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda xavfsizlik yostiqchalari bilan bog‘liq nosozlik tufayli 60 mln. avtomobil chaqirib olingan. Ushbu dasturning kengaytirilishi natijasida qiymat hajmi 1 trln iyenga (9,3 mlrd dollar atrofida) bo‘lishi mumkin. Avvalroq Mazda Motor kompaniyasi aynan xavfsizlik yostiqchalaridagi nosozlik tufayli 2015 yilda 40,7 mlrd iyen (380,2 mln dollar) yo‘qotgan edi.
Iqtisodiyot
Iroqning Bag‘dod shahri sharqida joylashgan Naxravan tumanida sodir bo‘lgan terakt oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 40 nafarga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda Alsumaria telekanali xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, portlash vositasi sifatida avtomobildan foydalanishgan. U Naxravan tumanidagi aholi yashash maskanida portlatilgan. Telekanal manbasining ma’lum qilishicha, buning oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 37 kishi jarohatlangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin. Jabrlanganlarning barchasi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonalarga joylashtirilgan. Portlash javobgarligini hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.
Oila va Jamiyat
XXR TIV rahbari Van I Xitoyda so‘nggi uch yil ichida ilk bor tashrif buyurgan yaponiyalik hamkasbi Fumio Kisido bilan uchrashdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Uchrashuv Pekinda bo‘lib o‘tdi. Xitoylik vazir ikki tomonlama munosabatlarni qarama-qarshilik ustiga emas, aksincha, hamkorlik ustida qurish lozimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya tomoni anash shunday hamkorlik uchun birinchi qadamni tashladi. Van I, shunindek, Kisida “Xitoyga do‘stona niyatda kelgan bo‘lsa, biz uni qutlashini”, aytib o‘tgan.
Xorijiy Yangiliklar
VOQeALAR: 2010 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kurodani qabul qildi. 1992 yil. O‘zbekiston-Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi. 1996 yil. Toshkentda Yevropa iqtisodiy ittifoqi homiyligida avtomobil transporti bo‘yicha Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. 1237 yil. Berlin shahriga asos solindi. 1939 yil. Nyu-Yorkda tashkillashtirilgan butunjahon sanoat ko‘rgazmasi ilk bor televideniye orqali namoyish etildi. BUGUN TUG‘ILGANLAR: 1777 yil—nemis matematigi Karl Fridrix Gauss, 1857 yil—shveysar psixitari, shizofreniya termini fanga kiritgan olim Eygen Bleyler, 1863 yil—nemis kinosi asoschisi Maks Skladanovskiy, 1967 yil— taniqli rus qo‘shiqchisi Filipp Kirkorov, 1974 yil—rus estrada xonandasi Andrey Gubin.
Iqtisodiyot
Bag‘dodda namoyishchilar Iroq parlamenti binosiga bostirib kirishdi. Namoyishchilarning hujumi oqibatida bir necha deputat jarohat oldi, ularning ahvoli og‘ir qolmoqda. Bu haqda "Al-Jazira" telekanaliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Iroqda ommaviy norozilik namoyishlari mamlakatda korrupsiya darajasining o‘sishidan aholining noroziligi ortida yuz berdi. Namoyishchilar hukumatning itse’fosini talab qilmoqdalar. Shia yetakchisi Muqtado as-Sadr tarafdorlari deputatlar kvorumning yetarli emasligi sababli hukumatning yangi tarkibi bo‘yicha ovoz bera olmaganlaridan keyin parlament binosiga bostirib kirishgan. Bag‘dodda favqulodda vaziyat e’lon qilindi, harbiylar to‘liq jangovar tayyorgarlikka keltirildi. Iroq poytaxtiga kirish yo‘llari berkitilgan. Shahar markazidan AQSh va boshqa davlatlar elchixonalari xodimlari evakuatsiya qilinmoqda, BMT vakolatxonalari yopib qo‘yildi.
Siyosat
Sudanda An-26 harbiy-transport samolyoti falokatga uchradi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Falokat mamlakatning Shimoliy Kordofan shtatidagi aeroportda samolyot qo‘nishga kirganda yuz bergan. "Ekipajning barcha 5 a’zosi halok bo‘ldi", deb ma’lum qilindi armiya qo‘mondonligida. An-26 – Sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan harbiy-transport samolyoti. Bu samolyot Sudan armiyasi tomonidan odatda jangarilarga qarshi operatsiyalarda qo‘llanadi.
Xorijiy Yangiliklar
Ispaniya Primerasi 36-turida "Real Sosedad" o‘z maydoni "Anoeta"da Madridning "Real"ini kutib oldi. Uchrashuv madridliklarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Real" yetakchilari Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema jarohatlari tufayli uchrashuvni o‘tkazib yubordilar. Uchrashuvdagi yagona golni 80-daqiqada Garet Beyl kiritdi. "Real" 84 ochko to‘plab, "Atletiko" va "Barselona"ni 2 ochko ortda qoldirib, musobaqa jadvaliga boshchilik qilmoqda. Biroq "matraschilar" va kataloniyaliklar hali o‘z uchrashuvlarini o‘tkazmadilar. "Real Sosedad" 42 ochko bilan 11-o‘rinni egallamoqda. Ispaniya Primerasi. 36-tur Real Sosedad – Real Madrid – 0:1 Gol: Beyl, 80 (0:1).
Sport
Iroq xavfsizlik xizmati Bag‘dodda parlament binosiga kirib borgan shia yetakchisi Muqtado as-Sadrning tarafdorlariga qarshi ogohlantiruvchi o‘q uzdi va ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘lladi. Bu haqda as-Sadr shtabidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Manbaning aytishicha, Bag‘dod maxsus kuchlari otryadlari va prezident gvardiyasi kuchlari AQSh elchixonasiga olib boruvchi ko‘prikdan o‘tmoqchi bo‘lgan namoyishchilarni to‘xtatib qolishga uringanlar. Gaz qo‘llanishi oqibatida jarohat olganlar soni aytilmagan.
Siyosat
Malayziya huquq-tartibot muassasalari xodimlari Xitoy maxsus xizmatlari bilan birga Xitoyga telekommunikatsiya sohasida jinoyatchilik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 97 nafar odamni jo‘natdi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. Malayziya va Xitoy politsiyalari Xitoy aholisi ziyon ko‘rgan telekommunikatsiyalar sohasidagi firibgarlikning 5 epizodi bo‘yicha birgalikda tergov olib borishdi. Tergov davomida 117 kishi hibsga olindi, ulardan 65 nafari Xitoy fuqarolari bo‘lib, 52 nafari esa Tayvan orolida ro‘yxatga olingan. Ta’kidlanishicha, 97 nafar gumonlanuvchi Xitoy talabi bilan Malayziyadan Xitoyga topshirilgan.
Siyosat
Keniya prezidenti Uxuru Keniata brakonerlik va dandon tishlarni noqonuniy sotishga qarshi kurash doirasida 105 tonna fil dandon tishi va bir tonnadan ko‘proq karkidon shohidan iborat gulxanga o‘t qo‘ydi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Ushbu voqea Nayrobi milliy bog‘ida yuz berdi. Ta’kidlanishicha, bu Keniyada brakonerlikka qarshi kurash tarixidagi noqonuniy olingan dandon tishlarning yoqib yuborilgan eng yirik partiyasi bo‘ldi. Keniya prezidenti fil suyaklari savdosini to‘liq taqiqlash tarafdori hisoblanadi.
Siyosat
Dominikan respublikasida yuz bergan kuchli suv toshqinlari tufayli 2400dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. Bu haqda Listin Diario xabar tarqatdi. Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, bu haftada atmosferadagi bosim ortishi tufayli kuchli yomg‘irlar davom etadi. Qayd etilishicha, mamlakatning 18 viloyati favqulodda vaziyatda qolmoqda, 10 viloyatda xavflilik darajasi yuqoriroq. 40dan ortiq qishloq tashqi dunyodan uzilib qolgan, bu hududlarda 450dan ortiq binolar butunlay vayron bo‘lgan. Suv toshqinlari qishloq xo‘jaligiga katta zarar keltirgan, ekinlar plantatsiyalari zararlangan. Viloyatlardan birida avtomobil ko‘prigi qulab tushgan, respublikaning bir qancha tumanlarida elektr ta’minoti uzilib qolgan.
Oila va Jamiyat
AQShning Nevada shtatida, Jan shahri yaqinida yengil motorli samolyot halokatga uchragan. Bu haqda KLAS xabar bermoqda. Xabarda aytilishcha, bu hodisa 2 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Mahalliy politsiya transport sohasidagi xavfsizlik masalasi bo‘yicha milliy kengash bilan bu hodisa tafsilotlarini oydinlashtirish uchun harakat qilmoqda.
Xorijiy Yangiliklar
Turkiya chempionatining 2-divizioni doirasida «Qorabuyukspor» va «Elyazigspor» jamoalari uchrashuvida (2:2) mahalliy jamoaning muxlisi maydonga yugurib chiqdi. U qo‘lida baraban tayoqchasiga o‘xshagan buyum bilan hakamga tashlangan. Uni stadion xodimlari to‘xtatishgan, «Elyazigspor» futbolchisi ham bezorini tepib yiqitgan. Biroz avvalroq, Turkiya chempionatining Trabzonspor» — «Fenerbahche» uchrashuvida ham ishqibozlardan biri maydonga tushib ketib, darvoza ortidagi yordamchi hakamga tashlangan edi.
Sport
Niderlandiya chempionatining 2-divizioni ishtirokchisi «Gou Exed Igls» jamoasining 38-turda «NAK Breda»ga qarshi (4:1) uchrashuvi vaqtida muxlislar «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘ini kuylashgan. Bu orqali ular mahalliy jamoa darvozaboni Yyelle ten Ruvelarga onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardliklarini izhor qilishgan. Ruvelarlar oilasidagi fojia uchrashuv davomida sodir bo‘lgan. Futbolchining onasi 61 yoshida olamni tark etgan. «Gou Exed Igls» muxlislari o‘yinning 61-daqiqasida futbolchini qo‘llab-quvvatlab mashhur «Sen hech qachon yolg‘iz qolmaysan» qo‘shig‘ini kuylashgan. Yyelle ten Ruvelar Niderlandiya chempionatida bir jamoa safida o‘tkazilgan o‘yinlar bo‘yicha rekordchi hisoblanadi (280 o‘yin). 35 yoshli darvozabon «NAK Breda»ga qarshi uchrashuvlarda 2008 yilning 31 avgustidan buyon gol o‘tkazmagandi.
Sport
Vengriya Harbiy havo kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar trevoga bo‘yicha havoga ko‘tarilgan. RIA Novosti xabarida aytilishicha, trevogaga aviadispetcherlarning Boeing yo‘lovchi samolyoti bilan aloqani yo‘qotishgani sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, havo xavfsizligi protokoliga ko‘ra, samolyot uchuvchilari davlatlar o‘rtasidagi havo chegaralarini kesib o‘tayotganida har bir davlatning dispetcherlari bilan aloqada bo‘lishi kerak. British Airways yo‘lovchi samolyoti BAAdan Buyuk Britaniyaga reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Bu samolyot ekipaji bilan aloqa o‘rnatilmagach, hukumat bu samolyot bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun 2ta qiruvchi samolyotni havoga ko‘targan. Ko‘p o‘tmasdan samolyot bilan aloqa bog‘langan va qiruvchi samolyotlar ortga qaytgan.
Xorijiy Yangiliklar
Turkiyaning Gaziantep shahridagi politsiya mahkamasi binosida portlash sodir bo‘lgan. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, bino oldida portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilishi orqali terakt sodir etilgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, portlash natijasida 1 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, bir necha kishi jarohatlangani aytilmoqda. Hodisa joyiga tibbiy xodimlar yetib kelgan. Maxsus guruhlar terakt tafsilotlarini o‘rganishga kirishishgan.
Oila va Jamiyat
Oq uyda muxbirlar assotsiatsiyasi uchun tashkil qilingan an’anaviy kechki ovqat mahalida AQSh prezidenti Barak Obama hazil aralash mamlakatning keyingi prezident ayol kishi, ya’ni Hillari Klinton bo‘lishiga ishora qildi. Bu haqda AVS xabar bergan. "Keyingi yilda bu yerda boshqa kishi turadi, qaysi ayol haqida gapirayotganimni fahmlayotgan bo‘lsangiz kerak", degan Obama. Obama har yili o‘tkaziladigan bunday marosim vaqtidagi norasmiy chiqishida turli hazillar ishlatgan. U o‘z ustidan ham hazil qilishni unutmagan. "8 yil avval men yosh edim, boshim idealistik g‘oyalar bilan band edi. Endi esa sochim oqarib ketdi. Vaqt o‘lim sari hisobni boshlagan", degan prezident.
Siyosat
«Arsenal» vakillari «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskining o‘yinlarini kuzatishmoqda va uning myunxenliklar jamoasidagi vaziyatidan xabardor bo‘lib turishibdi. Vakillar futbolchining jamoa bilan shartnomasini uzaytirish-uzaytirmasligi bo‘yicha jarayonni kuzatishmoqda. Daily Mirror nashrida xabar qilinishicha, londonliklar jamoasi rahbariyati yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 150 million funt sarflashni rejalashtirgan. «Kanonirlar» jamoasining hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri sifatida 27 yoshli polshalik nomzodi ko‘zda tutilgan. Ushbu futbolchining transfer qiymati 53 million funtga baholangan. Shuningdek, «Arsenal» Dortmundning «Borussiya» jamoasida asosiy tarkibda o‘ynayotgan 20 yoshli hujumkor futbolchi Yulian Vayglni ham «ko‘z ostiga olib qo‘ygan».
Sport
Vetnamda kamdan-kam kuzatiladigan hodisa ro‘y berdi - yuzlab kishilar namoyish o‘tkazishdi. Mamlakat poytaxti Xanoyda o‘tkazilgan namoyishlarga markaziy hududlardagi suvlar qirg‘oqlarida tonnalab baliqlarning o‘ligi topilgani sabab bo‘lgan. Namoyishchilar bu fojiaga tayvanliklarning po‘lat ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Formosa Plastics faoliyati sabab ekanini, hukumat bu borada tekshiruvlar o‘tkazganiga qaramasdan hech qanday qoidabuzarlik qayd etilmaganidan norozi bo‘lishgan. Vetnamliklar hukumatning bu voqeaga yetarli darajada e’tibor qaratmayotganini iddao qilishmoqda. Qirg‘oqqa o‘lik baliqlar chiqib qolishi 1 oy oldin aniqlangandi. Bu hodisaga nima sabab bo‘lgani rasman ma’lum qilinmagan. Turli manbalarda suvlarning ifloslangani aytilmoqda.
Siyosat
Damashq atrofidagi hududlarda o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi va 1 maygacha amal qilishi belgilangan "Tinchlik tartibi" muhlati yana 24 soatga uzaytirilgan. Bu haqdagi Suriya qurolli kuchlari Bosh qo‘mondonligi tomonidan ma’lum qilingan. Tomonlarni sulhga kelishtirgan Vashington va Moskva tomonlar tinchlik sulhiga amal qilishganini tasdiqlashgan. Suriya qurolli kuchlari Bosh qo‘mondonligi juma kuni ertalab, "tinchlik tartibi" Damashq atrofida 30 aprel kuni soat 00.00da boshlanishi va u 24 soat davom etishini, Lataqiya va uning shimoliy qismlarida 72 soat davom etishini e’lon qilgandi. Muxolifat vakillari shanba kuni Damashq va Lataqiyada “tinchlik tartibi” amalda ekanligi va Suriya armiyasi hozircha ushbu tartibning bekor qilinganini rasmiy e’lon qilmaganni ma’lum qilgandi. Suriyada 27 fevraldan buyon o‘t ochishlarni to‘xtatish tartibi amalda bo‘lib, IShID va “Jibhod an-Nusra” va boshqa terrorchi guruhlar bu kelishuvga taalluqli emas.
Siyosat
Germaniya federativ respublikasi iqtisodiyot vaziri va kansler o‘rinbosari Zigmar Gabriel Tehronga uyushtirishi kerak bo‘lgan safarini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Reyter agentligining vazirlikdagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, bunga amaldorning sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammo sabab bo‘lgan. Vazir eronlik hamkasbi Ali Toyiboniy bilan birgalikda Tehrondagi konferensiyada ishtirok etishi kutilayotgandi. Endilikda, safarning qachon amalga oshishi ma’lum qilinmagan. Zigmar Gabriel 2015 yilning avgustida, sanksiyalar olingach Tehronga ilk tashrifini amalga oshirgandi.
Siyosat
Bundesliga vakili «Hannover» jamoasining yosh futbolchisi Niklas Fayyerabend 1 may kuni avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Jamoa rasmiy saytida berilgan xabarda marhum yosh futbolchining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor qilingan. «Hannover» U-19 a’zosi Fayyerabend 28 aprel kuni 19 yoshga to‘lgandi.
Sport
Internetda ikkita yuk mashinasi va skuterchi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi videosi paydo bo‘ldi. Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, voqea Xitoyning Nantun shahrida yuz bergan. Videoda ehtimol boshqaruvi yo‘qotilgan qizil yuk mashinasi chiroq ustuniga kelib urilmaguncha uning oldida ketayotgan ko‘k avtomobilni qattiq itarayotgani va katta tezlikda yo‘lda ketayotganini ko‘rish mumkin. Katta fura yo‘lida skuterni boshqarayotgan erkak paydo bo‘ladi. Skuterchi u tomonga katta tezlikda kelayotgan mashinani ko‘rib, skuterini tashlab, oxirgi lahzada to‘qnashuvdan qochib qolishga muvaffaq bo‘ladi. Mahalliy politsiyada ma’lum qilinishicha, avtofalokatga sirpanchiq yo‘l sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Voqea oqibatida ko‘k yuk mashinasi haydovchisi kichik jarohatlar oldi, YTHning qolgan ishtirokchilari jabrlanmagan.
Xorijiy Yangiliklar
Bryusselning Zaventem aeroportining parvozlar zali mart oyida sodir etilgan teraktlardan keyin 1 mayda yana o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle nashri. Avvalroq aeroportdan ba’zi reyslar amalga oshirilgandi, biroq aeroport binosiga katta ko‘lamda zarar yetkazilgani sababli aprelda parvozga jo‘natish terminali sifatida vaqtinchalik imoratdan foydalanilgan. Ayni vaqtda yo‘lovchilar ta’mirdan chiqarilgan parvozlar zalidan xavfsizlikni nazorat qilishning kuchaytirilgan tartibida o‘tmoqdalar. Birinchi tekshiruv terminalga kirishdan oldinoq amalga oshirilmoqda.
Xorijiy Yangiliklar
O‘ta og‘ir vaznda Butunjahon bokschilik uyushmasi (WBA) va Butunjahon bokschilik tashkiloti (WBO) talqini bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri ukrainalik Vladimir Klichko bilan revansh jang o‘tkazgandan keyin faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda britaniyalik bokschining o‘zi iFL TV efirida ma’lum qildi. 2015 yil noyabrda Germaniyada bo‘lib o‘tgan 12 raundlik jangda Fyuri Klichkoni ochkolar bo‘yicha yutgandi hamda IBF, WBO va WBA talqini bo‘yicha chempionlik unvonini qo‘lga kiritgandi. Keyinroq britaniyalik bokschi unvonini majburiy himoya qilishdan bosh tortgani uchun IBF unvonidan mahrum etilgandi. "Men buning barchasidan charchadim. Menda boshqa boks bilan shug‘ullanish istagi qolmadi. Men keyingi jangimdan so‘ng boshqa jang qilmayman. Bir qarang, mening aka-ukalarim va otam qanday to‘la. Men keyingi jangimdan keyin xuddi ulardek bo‘laman", deb aytdi Fyuri. Klichko va Fyuri o‘rtasidagi revansh jang 9 iyulda Manchesterda bo‘lib o‘tadi.
Sport
AQSh prezidenti Barak Obamaning katta qizi Maliya 2017 yilning kuzida AQShning Kembrij shahrida (Massachusets shtati) joylashgan nufuzli Garvard universitetida o‘qishni boshlaydi. Bu haqda 1 mayda Oq uy bergan xabarda aytilmoqda. "Prezident va birinchi xonim Mishel Obama bugun ularning qizi Maliya 2017 yil kuzida Garvard universitetida o‘qishni boshlashini e’lon qildilar", deyilmoqda bayonotda. 17 yoshli Maliya bu yil maktabni tugatadi. Avvalroq Obama prezidentlik muddati tugagandan keyin Vashingtonda yana bir necha yil qolishini aytgandi. "Biz Vashingtonda qizimiz Sasha maktabni tugata olishi uchun yana bir juft yil qolmoqchimiz. O‘qish o‘rtasida ko‘chib o‘tish murakkab mashg‘ulotdir", deb aytgandi Obama.
Oila va Jamiyat
O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov jamoasi "Krasnodar" Rossiya chempionatining 26-turida o‘zining maydoni "Kuban" stadionida Mahachqal’aning "Anji" jamoasi bilan uchrashdi. Uchrashuv 3:0 hisobida krasnodarliklar foydasiga yakunlandi. Gollarni 51- va 72-daqiqada Fyodor Smolov va 81-daqiqada Pavel Mamayev kiritdilar. G‘olib jamoa darvozaboni Stanislav Kritsyuk ketma-ket 4-o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi. Kritsyuk Oliy ligadagi uchrashuvlarda "Krasnodar" darvozabonlari o‘rtasida o‘z rekordini yangilab, 436 daqiqadan beri o‘z darvozasini "quruq" qoldirmoqda. "Krasnodar" bu g‘alabadan keyin "Zenit" bilan tenglashib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi: ikkala jamoa ham 49 ochkodan to‘plagan, biroq krasnodarliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha oldinda bormoqdalar. "Anji" esa 19 ochko bilan musobaqa jadvalining so‘nggi qatorini egallamoqda. Rossiya Premer-Ligasi, 26-tur Krasnodar – Anji – 3:0 Gollar: Smolov, 51 (1:0); Smolov, 72 (2:0); Mamayev, 81 (3:0).
Sport
Turkiyaning Diyorbakir viloyatidagi Dijla shahri jandarmeriyasi binosida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 10 nafar harbiy jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Voqea joyida tergovchilar ish olib bormoqda. Voqea sabablari va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Hozircha hech qaysi bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Biroq xavfsizlik xizmatidagi manbaning aytishicha, portlashni amalga oshirishda "Kurdiston ishchi partiyasi" gumon qilinmoqda. Bu Turkiyada 1 mayda sodir etilgan ikkinchi terakt bo‘ldi. 1 may ertalab G‘aziantepda politsiya bo‘limi yaqinida minalashtirilgan avtomobil portlatilgan va undan keyin jangarilar otishma boshlagan. Bu terakt oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 9 kishi yaralandi.
Siyosat
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani majburiy tarzda tark etgan xorijliklarga Rossiyada yashash uchun ruxsat berishning soddalashtirilgan tartibi haqidagi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Tegishli hujjat huquqiy axborot portalida chop etildi. Qonun Rossiyaga favqulodda ommaviy ravishda kelgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar, Rossiya hududida qochqinlar deb tan olingan yoki vaqtinchalik boshpana olgan va hamyurtlarni ko‘ngilli tarzda ko‘chirib o‘tkazish dasturiga ko‘mak ko‘rsatish davlat dasturi ishtirokchilari bo‘lgan xorijda yashaganlar hamda ularning oilalariga soddalashtirilgan tartibda Rossiyada yashash uchun ruxsat olish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Qonun rasman chop etilgan kundan 90 kun o‘tib kuchga kiradi.
Siyosat
1 mayda Nyu-Yorkning Manxetten tumanida Avliyo Savva nomidagi serb kafedral cherkovida kuchli yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi vakillari ma’lum qildilar. Ma’lum qilinishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:50 da (Toshkent vaqti bilan 2 may 03:50 da) boshlangan. Yong‘inga 5 ta murakkablik darajasidan 3-daraja berildi. Yong‘inni o‘chirishga bir necha o‘t o‘chirish brigadalari jalb qilingan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Ta’kidlanishicha, yong‘in sodir bo‘lgan payt cherkovda hech kim bo‘lmagan. Cherkov binosi 1850-1855 yillar davomida qurilgan va shahar hukumati tomonidan muhofaza qilinuvchi tarixiy obektlar sirasiga kirgan.
Oila va Jamiyat
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 6 mayda partiya qurultoyi o‘tkazilgungacha mamlakat bo‘ylab to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazishni vaqtinchalik taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda The Sunday Times nashri xabar bermoqda. "Shimoliy Koreya hukumati harakatlari qurultoyning bekamu-ko‘st o‘tkazilishi uchun xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan", deyilmoqda xabarda. Shuningdek, Kim Chen In qurultoy tugagungacha mamlakatdan chiqish va unga kirishni taqiqlab qo‘ydi. Shimoliy Koreyada 36 yil ichida birinchi marta Koreya Mehnat partiyasi qurultoyi o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu kunga mamlakat alohida tayyorgarchilik ko‘rmoqda. Avvalroq Shimoliy Koreyada qurultoy oldidan pirsing qilish va jinsi shim kiyishga taqiqlovlar kiritilgandi.
Siyosat
Zargarning fikricha, "vafodorlik uzugi" deb nomlanuvchi bu uzuklar o‘zining jufti qayerda ekanligini bilishni istovchi rashkchi turmush o‘rtoqlar orasida ommabop bo‘ladi. Biroq uzukka kichik chipning o‘rnatilishining asosiy sababi uning yo‘qolishi yoki o‘g‘rilanishidan himoyalash hisoblanadi. Bennet treking tizimiga ega uzukni ikki variantda: "malika" uslubida ishlangan shaffof olmos va "markiz" uslubida ishlangan binafsharang olmos bilan yaratdi. Uzuklar qancha turishi hozircha ma’lum qilinmagan. Zargarning kelgusi rejalarida ota-onalar o‘z farzandlari qayerdaligini bilishlari uchun mo‘ljallangan, GPSga ega bolalar taqinchoqlarini yaratish bor.
Oila va Jamiyat
2016 yilning 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Unga muvofiq, notarial harakatni amalga oshirishni qonunga xilof ravishda rad etish eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Siyosat
Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 36-turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘ynagan «Valensiya» futbolchilari Onalar kuni munosabati bilan «BMT-Ayollar» tashkiloti hamkorligida aksiya o‘tkazishdi. Futbolchilar maydonga o‘z onalari familiyalari tushirilgan futbolkalarda tushib kelishgan. As nashri e’lon qilgan suratlarda Denis Cherishev «Cherisheva», Pako Alkaser — «Garsiya», Alvaro Negredo — «Sanches», Daniel Parexo — «Munoz» yozuvli futbolkada ekani ko‘rinadi. Bu orqali «Valensiya» «ayollarning futbol hamda jamiyatdagi muhim rolini tan olgan va har kuni butun dunyo bo‘ylab millionlab ayollarning keltiradigan qurbonliklari va jonkuyarliklari e’tirof etilgan». Qayd etilishicha, Ispaniyada Onalar kuni may oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi.
Sport
Indoneziya orollaridan birining sohilida 5,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologik xizmat saytida xabar tarqatildi. Yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 11:21da (Toshkent vaqti bilan 9:21) sodir bo‘lgan. Zilzilaning epimarkazi Kotabumi shahridan 55 kilometr janubi-g‘arbda Sumatra orolining janubiy burchagida deb belgilandi. Zilzila o‘chog‘i 132,7 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer qimirlashi oqibatida vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida xabar berilmagan. Tsunami xavfi to‘g‘risida ham ma’lumot yo‘q. 2016 yilning mart oyida ham Indoneziyada zilzila sodir bo‘lgan. O‘shanda sunami xatari to‘g‘risida ogohlantirilgan edi.
Xorijiy Yangiliklar
Hindistonning Telangan shtatidagi Medak okrugi hududida yuk mashinasi ustiga elektr simlar tushib ketishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan va 15 kishi jarohatlangan. Bu hodisa 1 may kuni, 20dan ortiq kishi mingan yuk mashinasi Nizomoboddagi to‘y marosimidan qaytishi chog‘ida ro‘y bergan. IANS agentligi xabariga ko‘ra, barcha jabrlanuvchilar shifoxonaga olib borilgan, jarohatlanganlarning 3 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Oila va Jamiyat
AQShning Florida shtatidagi shosselarning birida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, ulardan 4 nafari bolalar. Assoshieyted Press xabariga ko‘ra, yana 3 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan. Bu hodisa 2 mayga o‘tar kechasi shtat janubidagi yo‘llardan birida sodir bo‘lgan. Palm-Bich okrugi yo‘l boshqarmasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, haydovchilardan biri boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida YTH kelib chiqqan. Voqea joyida 3 kishining o‘limi qayd etilgan, shifoxonaga olib borilganlardan 4 nafarining joni uzilgan. Jarohatlanganlar orasidagilarning biri ham yosh bola ekani aytilgan.
Oila va Jamiyat
Aktrisa Juliya Roberts “Og‘ir tabiatli xonimlar” (Mother’s Day) filmida ikkinchi darajali roli uchun 3 million dollar miqdorida gonorar olgan. U suratga olishda bor-yo‘g‘i to‘rt kun ishtirok etganini inobatga olsa, u har kuni uchun 750 ming dollar ishlagan, deb xabar beradi Variety. Roberts hamon Hollivudning eng qimmatbaho aktrisalaridan hisoblanadi. O‘z karerasining cho‘qqisiga chiqqan paytida u 2000 yili namoyish etilgan “Erin Brokovich” filmi uchun 20 million dollar miqdorida gonorar olgandi.
Madaniyat
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Yaponiyadagi teleshouda ishtirok etdi. Teleshouda u ulkan robot tomonidan qo‘riqlangan darvozaga gol urishi talab etildi. Bu haqda 2 may kuni 101 Great Goals xabar tarqatgan. Robot-darvozabon darvozani deyarli to‘liq yopgan va uning qo‘llari to‘pni qaytarish uchun harakatlanib turgan. Argentinalik hujumchi o‘z vazifasini bajargan va 3ta imkoniyatdan ham unumli foydalangan. Joriy mavsumda 28 yoshli Messi«Barselona» uchun barcha turnirlarda 30ta uchrashuv o‘tkazgan va 25ta gol urgan. Messi 5 marta «Oltin to‘p»ga ega chiqqan yagona futbolchi hisoblanadi — (2009, 2010, 2011, 2012 va 2015 yillarda).
Sport
Yaponiyaning Mitsubishi Motors avtokotserni yoqilg‘i sarfidagi mojaro sabab ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilgan kam litrli avtomobillar sabab Midzusima zavodi xodimlarining maoshlarini kamaytirishga tayyorlanishmoqda. Bu haqda Yaponiya mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bergan. Zavod kotsernning kam litrli avtomobillar ishlab chiqaruvchi asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Konveyyerni kompaniya o‘zining to‘rt modeli haqida uzoq muddat yolg‘on ma’lumot berib kelgani uchun ishlab chiqarish to‘xtatildi. Bu modellarga Mitsubishi eK-Wagon, Mitsubishi ek-Space, Nissan Motor bilan hamkorlikda ishlangan DAYZ va DAYZ ROOX avtomobillari kiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, gap 625 ming avtomobil haqda boryapti. 2 may kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Mitsubishi kompaniyasining aprel oyida sotilgan kam litrli avtomobillari sotuvi 44,9 foizga tushib ketgan. 2015 yilda Midzusima zavodi 309 ming avtomobil sotuvga chiqargan edi.
Iqtisodiyot
Angliya banki Buyuk Britaniyaning umumxalq referendumi natijasiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozmoqda Financial Times gazetasi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya banki mamlakat Ittifoq tarkibidan chiqishi ehtimoli tufayli iyun oyida bank tizimining yetarli zaxirasini yig‘ish maqsadida 3ta valyuta auksioni o‘tkazishni rejalashtirgan. Monetar siyosat qo‘mitasi a’zosi Maykl Sondersning aytishicha, Britaniya Umumiy Yevropa uyidan chiqadigan bo‘lsa, funt sterling jiddiy bosim ostida qoladi. Xususan, funtning Britaniya asosiy savdo hamkorlari milliy valyutalariga nisbatan qadrsizlanishi 20 foizgacha yetishi mumkin. Bundan tashqari iqtisodchilarning fikricha, Buyuk Britaniyada YeIdan chiqish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi sababli Angliya banki moliyaviy inqiroz boshlanganidan beri ilk marotaba foiz stavkalarini pasaytirishga majbur bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyot
Malayziyaning «Melaka Yunayted» jamoasi darvozaboni, 18 yoshli avstraliyalik Stefan Petrovski yashin urishi tufayli shifoxonaga yotqizilganidan 1 oy o‘tib vafot etdi. Bu haqda Avstraliya futbol federatsiyasi saytida ma’lum qilingan. "Avstraliya futboli hamda federatsiya nomidan Petrovskining oila a’zolari va uning yaqinlariga hamdardlik izhor qilamiz", deyiladi federatsiya sayti xabarida. 4 aprel kuni jamoaning mashg‘ulotlaridan qaytayotgan Stefan Petrovski va uning jamoadoshi, 21 yoshli himoyachi Muxd Afik Azuanni yashin urgan, Azuan yengil jarohat olgan, Petrovski esa hushidan ketib, reanimatsiyaga yotqizilgandi. Ayni vaqtda Azuanning ahvoli barqarorlashgan.
Sport
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, alyans IShIDga qarshi kurashish maqsadida Liviyada jangovar harakatlar o‘tkazish niyatida emas. U Yevropa yetakchi davriy nashrlari uyushmasiga bergan intervyusida shunday fikrni bildirgan. Stoltenberg bilan suhbat matnini uyushma a’zosi Germaniyaning Die Welt gazetasi chop etgan. "Men Liviyada harbiy harakatlar o‘tkazilishini inkor etaman. Biz bu bilan shug‘ullanmayapiz. Ammo mamlakat hukumati iltimos qiladigan bo‘lsa, xavfsizlik tuzilmalarini rivojlantirishda ko‘mak bera olamiz", — degan NATO bosh kotibi. IShIDga qarshi kurash masalasiga to‘xtalgan Stoltenberg, alyans harbiylari ushbu guruh faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning mahalliy kuchlarini o‘qitishga tayyorligini ta’kidlagan. "Mahalliy harbiylarni tayyorlash — bizning IShIDga qarshi samarali usullarimizdan biridir. Biz hozir Iordaniyada iroqlik ofitserlar bilan mashg‘ulotlar o‘tmoqdamiz. Bu muhim qadamdir", — deb aytgan Stoltenberg.
Siyosat
GFR maxsus xavfsizlik xizmatlari, mamlakatda terroristik xuruj tahdidi yuqoriligi sabab, 90 ta musulmon jamoasini jiddiy kuzatuv ostiga olgan, deb xabar qilgan Konstitutsiyani himoya qilish federal ma’muriyati rahbari (GFR kontrrazvedkasi) Xans-Georg Maasen. Uning qayd etishicha, gap orqa hovlisi bor masjidlar haqida bormoqda. Chunki u yerda, ayrim diniy ulamolar yashirin ravishda tarafdorlari orasida irqiy va milliy ko‘rolmaslik g‘oyalarini targ‘ib qilishi mumkin. Maasenning aytishicha, IShID terroristik tashkiloti jangarilari Germaniya hududida qo‘poruvchiliklar o‘tkazishni rejalashtirayotganidan maxsus xizmatlarning xabari bor. Shu bilan birga, Maasen barcha musulmonlarni terrorchilarga tenglashtirish xato bo‘lar edi, deya nemis fuqarolarini ogohlantirgan.
Siyosat
Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, Berkshire Hathaway sarmoya guruhi asoschisi Uorren Baffet CNBC telekanaliga bergan intervyusida jahon bozorida neft narxining past darajada ekanligi AQSh uchun hech qanday zarar keltirmasligini tan oldi. Uningcha, bu holat Amerika uchun faqat foyda keltiradi. “Biz neft importyorlarimiz, shuning uchun neftning past narxlari biz uchun foydali. Shunga qaramasdan, bu (neftning arzonligi) juda ko‘p odamlar, ulkan sanoat va ko‘plab mamlakatlarga ta’sir o‘tkazadi. Lekin nimadir import qiladiganlarga, import qilinadigan mahsulotning arzonligi hamisha foydali”, - ma’lum qildi amerikalik sarmoyador. Neftning jahon bozoridagi narxi yil boshidan buyon 20 foizdan ortiq o‘sdi. Biroq ko‘p mamlakatlarda hamon ushbu soha tang ahvolda qolmoqda. London va Nyu-York elektron savdosi natijalari shuni ko‘rsatadiki, jahon neft narxi yana pastlaydi.
Iqtisodiyot
Balki siz o‘zingizni yoshingizga nisbatan kattaroq yoki kichikroq his etarsiz? Ehtimol sizning qiziqishlaringiz tengdoshlaringiznikiga nisbatan keskin farq qilar? Yoki sizning yoshingizdagilarni umuman qiziqtirmaydigan narsalar sizni jalb etar? Aslida intellektual yoshingiz nechada ekanini bilishni istaysizmi? Testni boshlash uchun Let’s Play tugmasini bosing. Barcha savollarga javob bersangiz, yakunda natijani ko‘rishingiz mumkin.
Oila va Jamiyat
O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 3 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2904 so‘m 68 tiyin etib belgilandi. Bu 26 apreldagi kursga nisbatan 5 so‘m 42 tiyinga ko‘p. 3 maydan e’tiboran 1 yevro qiymati 3310 so‘m 18 tiyin (26 apreldagi kursga nisbatan 12 so‘m 30 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 448 so‘m 68 tiyin (26 apreldagi kursga nisbatan 3 so‘m qimmat), 1 Rossiya rubli esa 45 so‘m 15 tiyin (26 apreldagi kursga nisbatan 1 so‘m 37 tiyin qimmat) etib belgilangan. Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Iqtisodiyot
"Zenit" jamoasi muxlislari Rossiya Kubogi finalida TsSKA jamoasi hujumchisi Aaron Olanarega yomon munosabatda bo‘lishdi. Nigeriyalik 21 yoshli futbolchi o‘yinning 34-daqiqasida Aksel Vitsel bilan to‘qnashuvda jarohat olgach, bu hodisaga nisbatan "Zenit" muxlislari "Zapreshchennyye barabanshchiki" guruhining "Negrni o‘ldirishdi" qo‘shig‘ini kuylashdi. Jarohat olgan futbolchi o‘yinni davom ettirishga qaror qildi va tizzasi bog‘langan holda o‘ynab, 37-daqiqada gol urdi va hisobni tenglashtirdi. U golini salto otib nishonladi. Lekin shundan 2 daqiqa o‘tib, "Zenit"ning boshqa futbolchisi Domenik Krishito bilan to‘p uchun kurash vaqtida oyog‘ini xato tashladi va jarohat tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rnini Kirill Panchenko egalladi. Olanarening tizza qopqasi chiqib ketgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, uning bo‘g‘imlarida shikastlanish qayd etilishi mumkin. Olanare qishki transferlar vaqtida Xitoyning "Guanchjou Fuli" jamoasidan ijaraga olingandi.
Sport
Moskva shahrida istiqomat qilgan shaxs selfi olish paytida 20-qavatdan pastga qulab halok bo‘ldi. Bu haqda 2 may kuni mahalliy politsiyaga asoslanib, "Interfaks" xabar tarqatgan. Voqea shahar shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan. Marhum oynaning tashqi qismiga chiqqan va selfi olmoqchi bo‘lgan. U yiqilib, o‘sha zahoti jon bergan. Ushbu hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Xorijiy Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda kichik bolakay tasvirlangan quvnoq video paydo bo‘ldi. Voqea to‘y marosimida sodir bo‘lgan. Chamasi 1,5-2 yoshlardagi bolakayga mas’uliyatli vazifa topshirilgan – chiroyli yostiqchadagi nikoh uzuklarini mehrobga eltib berish. Avvaliga barchasi rejadagidek ketadi, bolakay sekin-asta, biroq o‘ziga ishongan holda mehrob tomon olg‘a qadam tashlay boshlaydi. Birdaniga jajji bolakayning harakati o‘zgarib, yugurib ketadi va nikoh uzugi joylangan yostiqchani kelinning oyoqlariga otib yuboradi.
Oila va Jamiyat
Chechenistonda Ramzon Qodirov jiyanining to‘yida lyuks sinfidagi ko‘plab mashinalardan iborat vip-kortejning kelib chiqishi tarixi gapirib berildi, deb xabar bermoqda "Govorit Moskva" radiostansiyasi. "Kavkazda to‘y bo‘lganda, barcha do‘stlar, qarindoshlar o‘z mashinalarida kuyovning kortejiga qo‘shiladilar va mos ravishda kortej qanchalik katta bo‘lsa, kuyov va uning oilasi shunchalik ko‘p obro‘ va hurmatga ega ekanligini bildiradi. Shuning uchun bu mashinalar umuman turli odamlarniki bo‘lib,, ular kuyov va uning oilasini qo‘llab-quvvatlash uchun kelishgan. Bu mashinalar barcha Kavkazdan kelgan", deb ma’lum qildi to‘yda bo‘lgan Chechen yoshlari ittifoqi raisi Rustam Tapayev. Tapayevning aytishicha, lyuks sinfidagi mashinalarning ko‘pligi "kuyovning butun Kavkaz bo‘ylab ko‘plab do‘stlari borligini" bildiradi. Avvalroq Ramzon Qodirov instagramida o‘zining katta akasi Zelimxonning o‘g‘li to‘yi haqidagi videorolikni chop etgandi.
Oila va Jamiyat
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Ispaniyaning Madrid shahrida davom etayotgan nufuzli Mutua Madrid Open turnirining asosiy bosqichini g‘alaba bilan boshladi. Bungacha O‘zbekiston vakili dastlabki o‘yinlarida ispaniyalik Albert Montanesni 6:4, 6:3 hisobida, qozog‘istonlik Mixail Kukushkinni 6:2, 2:6, 6:3 hisobida mag‘lub etib asosiy to‘rga yo‘llanma olgandi. Asosiy to‘rning birinchi bosqichida Istomin rossiyalik Teymuraz Gabashvili bilan kuch sinashdi. 1 soat davom etgan o‘yinda Denisning qo‘li baland keldi va raqibini 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘l oldi. Gabashvili o‘yin davomida 4 marta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ygan. Endilikda Istominga keyingi bosqichda endi chexiyalik Tomash Berdix raqiblik qiladi. Turnirning mukofot jamg‘armasi 4 771 360 yevroni tashkil qiladi.
Sport
Afg‘onistonda Qandohor viloyati toliblari yetakchilari yo‘q qilindi. Bu haqdagi xabar Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi saytida chop etildi. Politsiya maxsus kuchlari va afg‘on harbiylarining birgalikdagi operatsiyasi 1 mayda o‘tkazilgan va 6 soat davom etgan. Hukumat kuchlari toliblarning Qandohorning janubidagi Shax-Vali-Kot tumanidagi pozitsiyalariga hujum qilishgan. Kata-Sang qishlog‘i yaqinidagi jangda 45 kishilik jangarilar otryadi yo‘q qilingan. O‘ldirilganlar orasida Qandohorning "norasmiy gubernatori" Xoji Lola va uning o‘rinbosari Ahmad Shox Gimat ham bo‘lgan. Operatsiya natijalariga ko‘ra afg‘on kuchlari katta miqdordagi o‘q-dorini musodara qilishgan. O‘sha kunning o‘zida afg‘on politsiyasi bo‘linmasi Badaxshon viloyati shimolidagi Roghiston tumanidagi Band-Gxorila qishlog‘ida operatsiya o‘tkazayotganida mahalliy toliblarning yetakchisi Qori Zubayrani yo‘q qildi va 3 jangarini yaraladi. Afg‘on hukumat kuchlari orasida yo‘qotishlar bo‘lmagan.
Siyosat
«Bavariya» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Jovanni Trapattoni «Atletiko» va Diyego Simeone nomiga maqtovli so‘zlar aytib o‘tdi. «Menga Simeone yoqadi. O‘ylaymanki, uning xarakteri menikidek desam Diyego xafa bo‘lmaydi. Mening jamoalarimda ham uniki kabi falsafa bo‘ladi. Aniq nomlarni aytmoqchi emasman, ammo hozir ba’zi jamoalar 90 daqiqa davomida to‘pni olib yurishadi va darvozaga bironta zarba berishmaydi. Unday jamoalarning o‘yini uyqumni keltiradi. Simeonening uslubi unday jamoalarnikidan ming marta yaxshi. Agar jamoa intensiv o‘yin ko‘rsatsa, muxlislar uchun haqiqiy spektakl bo‘ladi. «Atletiko»ni yomon o‘ynaydi deganlar – yolg‘onchilardir», – deydi italiyalik murabbiy.
Sport
Ispaniyaning La-Eskala shahri yaqinidagi sohilda sayyohlar tunets balig‘ining yanglishib, qushni yutib yuborishiga oz qolgani tasvirlangan g‘aroyib videoni suratga olishdi. Bir guruh kishilar yirik baliqni sardinalar bilan oziqlantirishayotgan edi. Biroq suv atrofidan uchib o‘tayotgan qush baliqqa berilayotgan yegulikni burni yordamida olib ketishga harakat qildi. Nima bo‘layotganini tushunishga ulgurmagan tunets sardinaga qo‘shib qushni ham tutib oldi. Qushning baxtiga, oradan bir necha soniya o‘tgach, tunets bemaza qushni tuflab yuborgan. Paytdan foydalangan qush esa suv yuzasiga suzib chiqqan va uchib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Madaniyat
Braziliya sudi mamlakat hududida WhatsApp messenjerini uch kunga to‘sib qo‘yish qarorini chiqardi. Bu haqda O Globo nashri xabar bermoqda. Qaror 26 aprelda chiqarilgan va 2 maydan kuchga kirdi. Uning ta’siri Braziliyaning 5 ta asosiy mobil operatoriga taalluqli bo‘ladi, ularga 3 kun ichida messenjerdan kelayotgan ma’lumotlarni uzatish taqiqlanadi. Qarorni buzgan operatorlar 500 ming real (140 ming dollarga yaqin) jarimaga tortiladi. Avvalroq ham Braziliya sudi ushbu messenjerni to‘sishni talab qilgandi. WhatsApp’ning 48 soatlik to‘silishi davomida Telegram messenjeriga bir necha million yangi foydalanuvchi qo‘shilgani aniqlangan. Mark Tsukerberg o‘sha holatni "Braziliya uchun qayg‘uli kun" deb atagandi. Oqibatda Braziliya politsiyasi Facebook’ning Lotin Amerikasidagi bo‘limi vitse-prezidenti Diyego Dzodanni hibsga olib, undan jinoiy ishlardan biri bo‘yicha gumonlanuvchining WhatsApp orqali yozishmalarini oshkor qilishni talab qilgandi.
Siyosat
«Tottenhem» jamoasi futbolchilari APLning 36-turida «Chelsi»ga qarshi o‘tkazilgan va jamoani chempionlik uchun umidlaridan mahrum qilgan 2:2 hisobidagi durangdan keyin raqib futbolchilari hamda jamoa xodimlari bilan janjal keltirib chiqarishdi. O‘yin davomida g‘alaba qozonib turib bu g‘alabani boy bergan futbolchilar to‘s-to‘polon vaqtida raqib bosh murabbiyi Guus Hiddinkni ham gazonga qulatishgan.
Sport
Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar xizmatlari Olmaluu-Buloq qishlog‘i aholisini evakuatsiya qilishni boshladi. O‘tgan haftada tog‘ ko‘chkilari tufayli bu yerda yettita xonadon vayron bo‘ldi. Natijada 15 yoshli o‘spirin nobud bo‘lgan. Yana ikki kishini qishloqdoshlari qutqarib qolishga ulgurgan. Bosh vazir Sooronboy Jeenbekovning FHV rahbari Quvvatbek Bo‘ronov bilan uchrashuvchi yakuni bo‘yicha 73ta oilaning ko‘chirilishi to‘g‘risida respublika hukumati matbuot xizmati xabar qildi. Favqulodda holatlar vaziri bosh vazirga yomg‘irli ob-havo sababli Suzoq tumanida tog‘ ko‘chkisining qaytalash ehtimoli mavjudligi haqida ma’lum qildi. O‘z navbatida Jeenbekov hukumatning vazifasi – xavfsizlikni ta’minlash hamda odamlarning ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish ekanini bildirdi.
Oila va Jamiyat
Gaiti shimolida uncha katta bo‘lmagan kema cho‘kib ketdi, natijada 21 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy mansabdorlarning so‘zlariga ko‘ra, kema dam olish kunlari cho‘kkan, yakshanba kuni nobud bo‘lganlarning jasadi topilgan. Yo‘lovchilar va oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketayotgan qayiqda bo‘lgan odamlar soni aniq emas, deb xabar beradi The Australian. Orol davlat favqulodda holatlar xizmati omon qolgan yoki halok bo‘lganlarni izlashda davom etmoqda. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning bir qismi tirik qolishga muvaffaq bo‘lgan. Ularga shifokor ko‘rigi yuborildi. Baxtsiz hodisa tufayli rasmiylar noqulay ob-havo sharoitida dengiz sayohatlari – xatarli ekanini ogohlantirdi. So‘nggi ikki hafta ichida 28 kishi kema halokatida nobud bo‘ldi.
Xorijiy Yangiliklar