text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi Vinnie’s pitstseriyasi egalari taomnomaga yangi taom – pitssa qutisi shaklidagi pitssani kiritishdi, deb xabar bermoqda ABC News. Ularda bunday mahsulot yaratish fikri standart karton qutilardan ko‘p miqdorda chiqindilar qolishiga e’tibor qaratishgandan keyin paydo bo‘ldi. Agar mijozlar pitssa ichida pitssaga buyurtma bersalar, unda ular pitssani folga qog‘ozga o‘ralgan holda olishadi. Ta’kidlanishicha, pitstseriya egalari doimo nimadir antiqa narsa o‘ylab topishga harakat qilishadi: o‘tgan yili ular bir nechta mini-pitssalar bilan qoplangan pitssa yaratishgandi. Vinnie’s tvitterida "Sarguzashtlar vaqti", "Pokemonlar" multfilmlari, "Yulduzlar janglari" kinofilmi va qo‘shiqchi Printsning o‘limi bilan bog‘liq holda yaratilgan pitssalar suratini ko‘rish mumkin. Yaqinda pitstseriyada 44 kun davomida AQSh prezidentlari sharafiga pitssalar yaratilgandi.
Xorijiy Yangiliklar
«Lester» himoyachisi Kristian Fuks tvitterdagi sahifasiga o‘z jamoadoshlarining chempionlikni qanday kutib olishgani tushirilgan videoni joylashtirdi. «Tulkilar» jamoa hujumchisi Jyeymi Vardining uyida «Chelsi» - «Tottenhem» uchrashuvini (2:2) tomosha qilishgan. O‘yindan oldinroq, jamoa yarimhimoyachisi Mark Olbrayton «Lester» futbolchilari «Tottenhem»ning «Chelsi»ga qarshi o‘yinini birga ko‘rish uchun yig‘ilishi haqida aytgandi.
Sport
LG Innotek kompaniyasi smartfon ekrani oynasi ostida joylashishi mumkin bo‘lgan barmoq izlari skanerini namoyish etdi. Yangi daktiloskopik datchik uskunani yanada silliq va namlikdan muhofazalangan bo‘lishini ta’minlaydi, deb xabar bermoqda The Next Web. Skanerni butunlay yashirish mumkin. Ushbu yangilik ekran atrofidagi ramkani kichiklashtirish ikonini ham beradi. LG ekspertlari ma’lum qilishicha, datchik oldingi avlod vakillari kabi aniq ishlaydi. Xato ehtimoli – 0,002 foizdan ortiq emas.
Texnologiya
Amerikalik kinorejissyor Jastin Lin “Space Jam” filmi davomini suratga oladi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda. 1996 yilda basketbolchi Maykl Jordan ishtirokidagi bu film 230 million dollar to‘plagan. Jastin Lin “Forsaj”ning oxirgi to‘rt qismiga rejissyorlik qilgani bilan mashhur. Bundan tashqari u “Haqiqiy izquvar” teledramasining birinchi ikkita epizodini suratga olgan. 2016 yil yozda “Yulduzlar yo‘li: “Startrek: Cheksizlik” filmi ham efir yuzini ko‘radi. “Space Jam 2” ssenariysi ustida Lin bilan birga Endryu Doj va Alfredo Botella ishlaydi. Boshqa basketbolchi, “Klivlend Kavalers” yulduzi Lebron Jyeyms yangi film qahramoni bo‘ladi.
Sport
"O‘zavtoyo‘l" aksionerlik jamiyati 2016 yilning birinchi choragida 229,6 mlrd so‘mlik yo‘l qurilishi, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda 19,6 foizga ko‘p demakdir. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning birinchi choragida umumiy foydalanishdagi 10 kilometrlik avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 foizga ko‘p hisoblanadi. "O‘zavtoyo‘l"ning yo‘l qurilishi korxonalari xalqaro va davlat ahamiyatiga ega, shuningdek mahalliy yo‘llarda 16,6 mlrd so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazgan, deb xabar qiladi uzdaily.uz. Umumiy foydalanishdagi 6 km yo‘l ta’mirlangan. O‘zbek milliy magistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo‘llarida joriy ta’mirlash va ulardan foydalanish uzilishlarsiz ta’minlandi. Bu borada birinchi chorakda 161,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan.
Iqtisodiyot
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Saudiya Arabistoni podshohligiga rasmiy tashrifi doirasida mamlakat poytaxti Ar-Riyodda podshoh Salmon bin Abdulaziz Al Saud bilan muzokaralar o‘tkazdi. Oliy darajadagi muloqot chog‘ida, siyosat, xavfsizlik, savdo-iqtisodiyot va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik borasida energetika, neft va gaz kimyo sanoati, to‘qimachilik, transport, qurilish materiallari ishlab chiqarish, moliya va sarmoya sohalaridagi tomonlarni qiziqtirgan masalalar keng tarkibda muhokama etilgan. Shundan so‘ng, Turkmaniston va Saudiya Arabistoni podshohining yakkama-yakka tartibdagi suhbati bo‘lib o‘tgan. Unda, mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid dolzarb muammolar xususida fikr almashilgan. Muzokaralar yakunida, davlat rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama kelishuv va shartnomalarni tantanali imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan.
Siyosat
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Iyod bin Amin Madaniy 2016 yil 30 apreldan 3 maygacha rasmiy tashrif bilan Qirg‘iz respublikasida bo‘lib turibdi. Mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev 2 may kuni Bosh kotib bilan muzokaralar o‘tkazgan. Ikki tomonlama muloqot chog‘ida, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida o‘zaro munosabatlarga oid masalalar, shuningdek mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashda asosiy yo‘nalishlar xususida fikr almashilgan. Iyod bin Amin Madaniy ushbu tashrifi doirasida Qirg‘iziston parlamenti spikeri Ch.Tursunbekov, bosh vaziri S.Jeenbekov va tashqi ishlar vaziri E.Abdildayev bilan ham muzokaralar o‘tkazadi.
Siyosat
Gozi kompter virusini ishlab chiqishda ayblanayotgan AQShda hibsga olingan rossiyalik Nikita Kuzmin 37 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Nyu-York janubiy federal sudi ma’lumotiga tayanib RIA Novosti xabar berdi. Kuzmin 2010 yili Kaliforniyaga borgan paytda qo‘lga olingandi. Unga AQSh va Yevropa banklari hisobidan pul o‘g‘irlay oladigan virus tarqatish aybi qo‘yilgan. 2011 yilning mayida u tergov-surishtiruv ishlarida kelishuvga rozi bo‘lib aybini tan oldi. Umumiy hisobda virus butun dunyo bo‘ylab kamida 1 million va Amerikada taxminan 40 ming, ular orasida 160tasi NASA niki, kompyuterlariga yuqtirilgan. Qidiruv federal byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2005 yilda xakerlar “o‘n millionlab dollar”larni o‘g‘irlashgan. Jinoiy ishning yana ikkita figuranti Latviya fuqarosi Denis Chalovskiy va Ruminiya fuqarosi Mixay Paunesku hisoblanadi. Ular 2012 yilda Nyu-York prokuraturasi talabi bilan o‘z respublikalarida hibsga olingan.
Xorijiy Yangiliklar
Argentina Panama va Bahamadan mamlakat prezidenti Maurisio Makriga tegishliligi ehtimoli bo‘lgan ofshor firmalar to‘g‘risida ma’lumot berishini so‘radi. Bu haqda La Nacion xabar berdi. Nashr xabariga ko‘ra, “Panama hujjatlari”da Panama hamda Bahama orollarida go‘yo Makri bilan aloqador bo‘lgan ikkita ofshor kompaniya to‘g‘risida yozilgan. Argentina prezidenti Bahamaning Fleg Trading Ltd kompaniyasi direktori va vitse-prezidenti sifatida keltiriladi. Bundan tashqari, kompaniya xo‘jayinlari qatorida uning akasi va otasi ham tilga olingan. Federal sudya Sebastyan Kasaneylo kompaniya rahbarlari, shuningdek, Makri Panama va Bahama orollarida hisob raqamlari ochgan-ochmaganligi haqida ma’lumot taqdim etishni so‘radi.
Siyosat
3 may kuni Tashqi ishlar vazirligida Fransiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Els bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning axborot xizmati xabar qiladi. Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida munosabatlarni rivojlantirishning amaliy masalalariga asosiy e’tibor bergan holda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik sarhisob qilindi. Muloqot davomida O‘zbekiston-Fransiya hamkorligi institutlarining navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish muddatlari hamda O‘zbekiston hududidagi tadbirlarda, jumladan xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmalarda Fransiya kompaniyalarining ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.
Siyosat
Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike mavsum yakunlangach jamoani tark etmaydi. Bu haqda Sport.es internet-nashri xabar tarqatdi. Manbaga ko‘ra, 45 yoshli mutaxassisning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va u shartnoma shartlarini to‘liq ado etish istagida bo‘lib turibdi. U bu haqda barcha o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilarni ogohlantirgan. Enrike Kataloniya klubining yetakchi futbolchilari bilan kelgusi mavsum borasida gaplashib olgan va rejalari bilan o‘rtoqlashgan. Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Enrike bilan o‘tgan yilning yozida shartnomasini uzaytirgandi. Murabbiyning nafaqat maoshi oshirilgan, balki jamoaning transferlar tizimiga o‘zi mas’ul etib tayinlangandi.
Sport
Qozog‘istonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi bir yilda (2015 yil apreldan 2016 yil aprelgacha) 13 foizga qimmatlashdi. Bu haqda respublika moliya vazirligi statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib, RIA Novosti xabar berdi. Narx o‘sishi sur’ati bo‘yicha shakar mahsuloti yetakchilik qilmoqda – 45,1 foiz. Shuningdek, kofe, quruq choy va kakao (27,3 foiz), yog‘-moy mahsulotlari (26,3 foiz), don mahsulotlari (24,4 foiz), non (22,4 foiz), baliq va dengiz mahsulotlari (21,2 foiz), qandolatchilik mahsulotlari (19,5 foiz) qimmatlashgan. Narxi eng kam (5 foiz) go‘sht va go‘sht mahsulotlarining narhi oshgan.
Iqtisodiyot
Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev Rossiya o‘z hududidan Xitoyning qurg‘oq yerlariga chuchuk suv olib o‘tish loyihasini taklif etishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda vazir Xitoy Xalq Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Xan Chanfu bilan uchrashuv davomida ma’lum qildi. “Biz Oltoy o‘lkasidan Qozog‘iston Respublikasi orqali XXRning qurg‘oq yerli Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududiga chuchuk suv yetkazish bo‘yicha loyiha taklif etishga tayyormiz. Yaqin vaqtlarda biz ushbu masala bo‘yicha qozog‘istonlik hamkasblarimiz bilan maslahatlashamiz”, - dedi u.
Siyosat
Londonda joylashgan inson huquqlari bo‘yicha Suriya observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Halab shahri atrofidagi hukumat qo‘shinlari nazorati ostidagi bir necha tumanlarda otishmalar tufayli 19 kishi halok bo‘lgan. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, qurbon bo‘lganlarning 3 nafari yosh bolalar edi. Shuningdek, bugungi hujumlar tufayli tinch aholi vakillaridan 80 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Jabrlanuvchilar va qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilgan. Bu hujum "Jibhod an-Nusra" jangarilari tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilingan.
Oila va Jamiyat
Lester meri Piter Soulsbi «Lester» Angliya chempionatidagi g‘alabasi bilan tabriklab o‘tdi. «Bir yil avval biz Qirol Richardning qayta dafn marosimini o‘tkazgandik. O‘shanda bundan muhimroq voqeilik bo‘lmasa kerak deb o‘ylagandik. Aslida esa bo‘lishi mumkin ekan. APLdagi g‘alaba yanada kengroq masshtabdagi voqeilikdir. Richardning hurmat bilan dafn qilganimiz uchun taqdirlanganimizni gapirishmoqda. Lekin ko‘pchilik jamoani shahrimizni timsoli sifatida e’tirof etmoqda. Bu Lester» uchun ajoyib natija», – deya gapirib o‘tgan Soulsbi.
Sport
Ispaniya qiroli Filipp VI parlamentning har ikki palatasini tarqatib yuborish va mamlakatda muddatidan avval saylovlarni 26 iyunda o‘tkazish haqidagi farmonini imzoladi. Bu haqda qirollik saroyida xabar qilindi. Davlat rahbari mazkur qarorini bugun, 3 may kuni ertalab deputatlar kongressi (quyi palata) raisi Pachi Lopes bilan uchrashuvda ma’lum qilgan. Endi bu bo‘yicha hujjat hukumatning rasmiy nashrida e’lon qilingach kuchga kirgan hisoblanadi. 2015 yilning dekabridan buyon o‘tgan 4 oy ichida deputatlar kongressi bosh vazirlikka nomzod masalasida bir qarorga kela olmadi. 26 aprelda qirol Filipp VI yangi nomzod taklif etmasligini bildirgan. Bu esa parlamentning 3 maydan tarqatib yuborilgani va yangi saylov 26 iyunda bo‘lib o‘tishini bildiradi. Bunday holat demokratik yo‘ldan borayotgan Ispaniya tarixida birinchi bor kuzatilishi hisoblanadi.
Siyosat
Fransiyaning «PSJ» klubi Angliyaning endilikda amaldagi chempioni «Lester» futbolchisi N‘golo Kanteni yozgi transferlar oynasi paytida sotib olishni rejalashtirmoqda. L’Equipe nashri bergan xabarga ko‘ra, Parij klubi 25 yoshli fransuz yarimhimoyachisi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. Frantsuz jamoasi sport direktori Olive Letang bir necha marotaba Kante bilan uchrashgan va amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer borasida gaplashib olishgan. Kantega «PSJ»dan tashqari Angliyaning «Arsenal», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» jamoalari ham qiziqish bildirishmoqda.
Sport
Yevrokomissiya 4 may kuni Shengen hududi va Turkiya o‘rtasida vizasiz tartib joriy etilishini shartli ravishda tasdiqlanganini e’lon qiladi. Bu haqda BBC News xabar bergan. Ushbu qaror Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi muhojirlar muammosini hal etish borasidagi kelishuvning bir qismi hisoblanadi. Vizaning bekor qilinishiga javoban Turkiya hukumati YeI hududiga kirib kelgan muhojirlarning bir qismini ortiga qaytarishi va yangi muhojirlarning kelishini to‘xtatishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, Turkiya Yevropaning ichki siyosatiga taaluqli bir qator talablariga javob berishi lozim bo‘ladi. Siyosiy kuchlar o‘rtasidagi raqobatni shakllantirish, so‘z erkinligi va turli kam sonli siyosiy kuchlar huquqlarini ta’minlash kabilar shular jumlasidan. Kelishuvga ko‘ra, 20 martdan so‘ng Gretsiyaga kelgan muhojirlar Turkiyaga qaytarib yuboriladi. Bu odamlar qochqin maqomini ololmagan muhojirlar hisoblanadi.
Siyosat
Toshkent shahridagi 14 ta hudud sahnasida “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlari tashkil etildi. Tashkil etilgan “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlarida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi estrada xonandalari, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi teatr aktyorlari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institui talabalari ishtirok etishdi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirlarda jami 46 440 nafar tomoshabin ishtirok etdi.
Madaniyat
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi oldidan jamoadagi jarohatlar borasida gapirib o‘tdi. «Krishtianu Ronaldu soppa-sog‘, u barchasiga 100 foizga tayyor va o‘yinda o‘ynay olishi mumkin. Benzema va Kazemiro bo‘yicha vaziyat esa boshqacha. Biz tavakkal qila olmaymiz, tarkibimiz ancha keng, shu boisdan ham tavakkal qilib o‘tirishimiz shart emas. Ronalduni hech qanday muammolar bezovta qilmayapti. U o‘yinga 100 foiz tayyor holatda. Barchasi ertaga aniq bo‘ladi. Men Karim va Kazemiro ham o‘ynashini istagan bo‘lardim, biroq ertaga barchasini ularsiz eplashga harakat qilamiz», – dedi Zidan.
Sport
"Lester" jamoasi futbolchilari chempionlikni nishonlashayotganida jamoa hujumchisi Jyeymi Vardi bilan qiziq vaziyat yuzaga keldi. The Sun xabariga ko‘ra, jamoa avtobusiga Vardiga quyib qo‘ygandek o‘xshovchi qiyofadoshi kirib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha u Lesterda yashovchi 29 yoshli pochtalon Li Chempen hisoblanadi. Ushbu yigit ham "tulkilar" jamoasi muxlisi bo‘lib, Vardi u bilan bajonidil suratga tushgan. Bu surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Sport
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan joylarda ta’lim muassasalarida madaniyat va san’at namoyondalari tomonidan “Kim edigu kim bo‘ldik” ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi tadbiri tashkil etilganidan xabaringiz bor. Bugun yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tadbirda faol ishtirok etib kelayotgan xonandalardan biri Shohjahon Jo‘rayev targ‘ibot ishlaridan ilhomlanib, “Kim edigu kim bo‘ldik?” nomli qo‘shiq kuyladi. Qo‘shiq so‘zi Zohidjon Olovga tegishli. Musiqasini esa Shohjahonning o‘zi yaratdi. Ayni kunda Shohjahon Jo‘rayev tomonidan targ‘ibot tadbiri davomida kuylanib kelinayotgan mazkur qo‘shiqni saytimiz orqali tinglashingiz mumkin.
Madaniyat
Joriy yilning boshida Intel kompaniyasi uchuvchisiz qurilmalar yordamida dunyodagi eng katta masshtabli yorqin chiroqlar shousini o‘tkazgani uchun Ginnes rekordlar kitobiga kirgan edi. Yapon kompaniyasi MicroAd ham huddi shunday namoyishni tashkil etishga qaror qildi. Yigirmadan ortiq Sky Magic dronlari mashhur Fuji tog‘i yonbag‘rida yaponlarning milliy musiqasi hamohangligida «osmon» raqsini namoyish etishdi. Foydalanilgan dronlarga barcha ranglarda tovlanuvchi 16 500ta yoritgichlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning barchasi qo‘shiqchilar jonli ijroda kuylayotgan musiqa bilan bir vaqtda harakatlanishdi. Garchi Intel kompaniyasining rekordini zabt etishning iloji bo‘lmagan bo‘lsada, shou chindan ham hayratlanarli va maftunkor namoyish etildi.
Texnologiya
«Lester» jamoasining Angliya chempionligini nishonlash marosimlari davom etmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z va’dasi bo‘yicha shogirdlarini pitssa bilan mehmon qilish uchun ularni pitssaxonaga olib bordi. U mavsum davomida har bir gol o‘tkazilmagan o‘yindan keyin shogirdlarini tekin pitssalar bilan mehmon qilib ularni rag‘batlantirishni odat qilgandi. 64 yoshli mutaxassis mavsum yakunida chempion bo‘lishsa, shogirdlarini yana o‘sha pitssaxonaga olib borishni va’da qilgandi. «Lester» 3 mayga o‘tar kechasi APLning 36-turi doirasida «Chelsi» va «Tottenhem» o‘rtasida kechgan uchrashuvda durang natija qayd etilishi evaziga avtomatik ravishda muddatidan oldin mavsum chempioniga aylandi. «Lester»ning jasorati: Raneri xotirasida mavsumning birinchi kunlaridan bugungacha
Sport
Yangi iPhone 7 avvalgi model - iPhone 6s’ga nisbatan kuchliroq akkumulyatorga ega bo‘lishi dargumon. Bu haqida UberGizmo xabar beradi. Nashrning xabarlariga ko‘ra, yangi smartfon smartfonlar - 1735 mAch, iPhone 7 Plus esa 2810 mAch kuchga ega batareyalar bilan jihozlanishi mumkin. iPhone 6S va iPhone 6S Plus akkumulyatorlari quvvati bilan solishtirilganida bu sezilarli darajadagi qo‘shilish emas. Ayni damda iPhone 6S va iPhone 6S Plus modellarida akkumulyator quvvati 1715 va 2750 mAchni tashkil etadi. Nashr qayd etishicha, qurilmaning kutilayotgan ehtiyojlari hisobga olinadigan bo‘lsa, yangi smartfonlarning ishlash muddati avvalgilariga nisbatan solishtirilganida deyarli oshmaydi.
Texnologiya
AQSh prezidentiga Respublikachilar partiyasidan nomzod, milliarder Donald Tramp hamda Demokratchilar partiyasidan nomzod, Vermont shtatidan senator Berni Sanders 3 mayda AQShning Indiana shtatida o‘tgan praymerizda g‘olib bo‘ldilar. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. Ovozlarni hisoblash hali yakuniga yetmagan bo‘lsada, OAV prognozlariga ko‘ra, Tramp bu shtatda o‘ziga g‘oliblikni ta’minlab qo‘ydi. Ayni vaqtda u 54 foiz ovoz yiqqan. 2-o‘rinni Texas shtatidan senator Ted Kruz (32 foiz) egallamoqda. Yuqori uchlikdan, shuningdek, Ogayo gubernatori Jon Keysik (10 foiz) ham joy oldi. Shuningdek, Berni Sanders ham bu shtatda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. To‘ldirilgan byulletenlarning 68 foizi qo‘ldan o‘tkazilgandan keyin, Sanders 53,2 foiz ovoz, Klinton esa 46,8 foiz ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi.
Siyosat
ZDF telekanali efirida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning nomiga haqoratomuz she’r o‘qigan nemis teleboshlovchisi va hajvchisi Yan Bemermann Germaniya kansleri Angela Merkelning nomiga keskin tanqid bildirdi. Bu haqda Zeit nashri yozdi. "Kantsler gap fikrni ifodalash erkinligi haqida ketganda zaiflik namoyon qilishi kerak emas. Biroq buning o‘rniga u meni nimta-nimta qilib, asab kasaliga duchor bo‘lgan zolimga tortiq qildi", deb aytdi Bemermann. Bundan tashqari, Bemermann intervyusida oxirgi haftalarda to‘liq izolyatsiyada yashaganini hamda federal kansler ma’muriyati va alohida topshiriqlar bo‘yicha federal vazir Piter Altmayyerga yordam so‘rab murojaat qilishini aytdi. Avvalroq o‘tkazilgan so‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning uchdan ikki qismi Merkelning Bemermannga qarshi tergov boshlash qaroriga qarshi chiqqanlari ma’lum bo‘lgandi.
Siyosat
Futbol bo‘yicha Kosovo terma jamoasi 3 iyun kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida Farer orollari terma jamoasi bilan ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazadi. 3 may kuni Kosovo UYeFA a’zoligiga qabul qilindi. Kosovo futbol tashkilotini UYeFAga qo‘shish qarori tashkilotning kongressida qabul qilindi. Endi Kosovo federatsiyasi FIFA tarkibiga qo‘shilib, 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etishi mumkin. Kosovoning FIFAdagi ishtiroki masalasi tashkilotning 12–13 may kunlari Mexikoda bo‘lib o‘tadigan kongressida ko‘rib chiqiladi.
Sport
"Tsrvena Zvezda" futbol klubi Miodrag Bojovich bosh murabbiyligida muddatidan oldin Serbiya chempionatidagi g‘oliblikni rasmiylashtirdi. Bu jamoaning safarda "Vojdovats" jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganidan keyin ro‘y berdi. Ikkinchi bosqichning yakuniga 2 tur qolganida (pley-off shaklida) jamoa 33 uchrashuvdan 45 ochko jamg‘ardi va eng yaqin ta’qibchisi "Chukarichki" jamoasini 11 ochkoga ortda qoldirdi. Shu tariqa, "Tsrvena Zvezda" milliy chempionatdagi 27-chempionlikka erishdi. Jamoa oxirgi marta 2013-14 yilgi mavsumda chempion bo‘lgandi. Chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Bojovich o‘tgan yilning 1 iyunida jamoani qabul qilib olgandi. U o‘z vaqtida Rossiyaning "Dinamo" (Moskva), "Lokomotiv", "Amkar", "Rostov" va "Moskva" jamoalarida hamda Chernogoriya terma jamoasida ishlagan.
Sport
Finlyandiyalik 10 yoshli bola Instagram ijtimoiy tarmog‘ining zaif joyini topdi. Bu kamchilik istalgan foydalanuvchiga izohlarni o‘chirishga imkon bergan, deb xabar bermoqda Venture Beat. Yani ismli bola o‘zi topgan xato haqida Facebook ma’muriyatiga elektron maktub yo‘llagan, shundan keyin ijtimoiy tarmoq unga bu jonbozligi uchun 10 ming dollar miqdorida pul mukofoti to‘lashga qaror qildi. Ushbu xabar dastlab fin OAVida paydo bo‘ldi, keyinroq bu ma’lumotni Facebook xodimi tasdiqladi. Bola kelajakda internet-biznes bilan shug‘ullanishni istashini aytgan. U o‘zining mukofot pulini yangi velosiped, futbol kiyimi va o‘z akalari uchun yangi kompyuterlar xarid qilish uchun ishlatishini ma’lum qildi. Shu tariqa, Yani kompaniya topilgan xatolik uchun pul to‘lagan ijtimoiy tarmoqlarning eng yosh foydalanuvchisi bo‘ldi.
Texnologiya
Braziliya bosh prokurori Rodrigo Jano mamlakatning amaldagi prezidenti Dilma Russef faoliyatiga qarshi tergov boshlash niyatida Federal oliy sudga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Globo telekanali. Russef Petrobras davlat neft-gaz kompaniyasidagi korruptsion jinoyatlarni tergov qilishga to‘sqinlik qilayotganlikda gumonlanmoqda. Prezidentning o‘zi unga qarshi o‘tkazilayotgan impichment davlat to‘ntaruvining barcha alomatlariga ega ekanligini aytgan. Bungacha Russef shtabi boshlig‘i lavozimiga davlat strukturalarida korrupsiya bo‘yicha ishda ayblov qo‘yilgan mamlakatning sobiq prezidenti Inasiu Lula da Silva tayinlangandi. Braziliyaning bir necha million aholisi Russefning iste’foga ketishini talab qilib mart oyida ko‘chalarga chiqqandi. O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholi hukumatning ishiga "yomon" yoki "dahshatli" deb baho bergan.
Siyosat
Apple’ning Filadelfiyadagi do‘konida och jigarrang libosdagi soqolli kishi qo‘lga olindi. O‘zini Iso Masih deb tanishtirgan kishi elektron pochtasini tekshirish uchun do‘konga kirganini ma’lum qilgan, deb yozadi The Guardian gazetasi. Uning do‘konga kiraverishda katta xochni qoldirgani mijozlarning kirishiga xalaqit qilgan. Do‘kon qo‘riqchilari va xodimlari undan tezroq ketishni iltimos qilishlariga qaramay, u shoshilmagan. Shundan so‘ng, do‘kon xizmatchilari politsiyani chaqirishga majbur bo‘lishgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari "Iso"ni hisbga olishgan. Maykl Grant mahalliy omma orasida anchagina mashhur bo‘lib, uzun liboslarda shahar bo‘ylab sayr qilishni xush ko‘radi. 2014 yilda ham u shaharda sirpang‘ichda paydo bo‘lgan va odamlar e’tiborini tortadigan tarzda kiyingani sabab, ma’lum bir haq evaziga suratga tushishni taklif etgan.
Oila va Jamiyat
Quyidagi fotosuratlarga boqib, mashhurlarning farzandi o‘zlariga naqadar o‘xshash ekanliklariga hayratlanishingiz tabiiy. Ular yoqimtoy, mahoratli, maftunkor, jozibali va mashhurlikda ota-onasidan kam emas. Ayni kunda ushbu mashhur bolalar musiqa, kino yoki modellik biznesi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Memi Gammer va Meril Strip Kolin Xenks va Tom Xenks Anjyelina Joli va Jon Voyt Jyeyson Ritter va Jon Ritter Keyt Xadson va Goldi Xoun Kifer Sazerlend va Donald Sazerlend Reyni Kuolli va Endi Makdauell Skott Istvud va Klint Istvud Lili-Rouz Melodi Depp va Vanessa Paradi Shon Lennon va Jon Lennon
Madaniyat
Saudiyalik bojxona xodimlari Fors ko‘rfazi chegarasida qornida 1,3 kilogramm geroin olib ketayotgan yo‘lovchilarni qo‘lga oldi. Ar-Riyodga birinchi kelgan yo‘lovchilarning birinchisi 800 gramm og‘irlikdagi 100 ta kapsula yutgan. Xuddi shu aeroportga kelgan ikkinchi jinoyatchi skaner qilinganda, uning qornida 477 gramm geroin borligi aniqlangan. Ular bir-biriga aloqador ekanligi ma’lum emas.
Oila va Jamiyat
Har kuni shafaqning eng so‘nggi pallasida osmon to‘q-moviy tusga kiradi, birozdan so‘ng esa bu pastdagi barcha narsada o‘z aksini topadi. Bor-yo‘g‘i bir daqiqaga cho‘ziluvchi shu qisqa vaqt ichida Hong Kong moviy choyshabga o‘ranib oladi va sirli atmosferani taqdim etadi. "The Blue Moment" (“Moviy daqiqa”) deb nomlangan fotosuratlar to‘plamim orqali sizlarga Hong Kongning butun tarovatini namoyish etish niyatidaman. Bir tomonda zich joylashgan tumanlar va osmono‘par arxitektura namunalari, boshqa tarafda esa go‘zal tabiat shaharning ham bir burchagini qurshab olgan. Subtropik o‘rmonlar bilan o‘ralgan baland tog‘lar va dengiz sohili bu chiroyga yana ko‘rk qo‘shadi. Kun va tun orasida tasvirga olingan bu suratlar ishonish qiyin bo‘lgan, xayoliy hissiyotlarni uyg‘otadi. Barcha suratlarni o‘zim suratga olganman. Roman Jak-Lagrez (Romain Jacquet-Lagreze)
Madaniyat
Aloqa operatori Beeline yangi aksiya boshlangani haqida xabar beradi. Endi Beeline O‘zbekiston abonentining hisobi Rossiyadan $5 va undan ortiqqa to‘ldirsa, Beeline O‘zbrkiston abonenti o‘z balansiga uch marotaba ko‘p mablag‘ni oladi. Masalan, hisob $5 to‘dirilsa, abonent asosiy balansiga $5, bonus balansiga $10 oladi. Pul bonuslarini O‘zbekiston bo‘ylab SMS va qo‘ng‘iroqlar, abonent to‘lovi va tarif rejasi narxidagi Internet uchun sarflash mumkin. Bonusli balans 30 kun mobaynida amal qiladi. Bonuslar qoldig‘ini tekshirish uchun *106# tering. Aktsiya 2016 yilning 30 iyun kuniga qadar amal qiladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.
Iqtisodiyot
Eron va Koreya respublikasi kompaniyalari jami qiymati 10 mlrd dollarlik yettita bitimni imzolashgan. Bu haqda, "Fors" axborot agentligiga tayangan holda TASS xabar qilmoqda. "Eronning "Tavanir" va Janubiy Koreyaning «KEPCO» kompaniyalari umumiy miqdori 10 mlrd dollarlik 7ta kelishuvni imzolashdi", – deyiladi xabarnomada. Eron energetika vaziri o‘rinbosari Xushang Fallaxianning so‘zlariga ko‘ra, «KEPCO» Eronda elektr energiyasini uzatishda energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish barobarida Eron tomoni bilan shu sohada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi.
Iqtisodiyot
Bu videorolik 25 aprel kuni Tailanddagi Lopburi shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda tasvirga tushirilgan. YouTube’da qoldirilgan izohlarga ko‘ra, mototsikl boshqaruvchisi matras sabab bo‘lib, omon qolgan. Xuddi shunga o‘xshash voqea 2014 yilda braziliyalik velosipedchi bilan ham sodir bo‘lgan edi.
Sport
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda yana bir g‘aroyib videorolik paydo bo‘ldi. Unda to‘rtta shoxi bor qo‘yni ko‘rish mumkin. Qo‘yning yonida turgan odam jonivorning to‘rttala shoxidan ushlab, ularning haqiqiy ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Voqea O‘zbekistonda bo‘lgan, ammo aniq qayerda ekanligi ma’lum emas. Shuningdek, jonivorning egasi ham noma’lumligicha qolgan. “Bu uchta shoxli buqaga javob”, deydi qo‘yini ushlab turgan kishi. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval uchta shoxi bor buqa internet foydalanuvchilari e’tiboriga tushib, ancha shov-shuv ko‘tarilgan edi.
Madaniyat
«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Guus Hiddinkning tan olishicha, joriy mavsum avvalida «Lester»ga Klaudio Raneri emas u bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin bo‘lgan. «Ha, bu gap to‘g‘ri. «Lester» mavsum avvalida meni bosh murabbiylikka taklif qilgandi. Lekin men ma’lum vaqt hech qayerda ishlamaslikka va ta’tilga chiqishga qaror qilgandim. Men «Chelsi» bilan yarim yillik hamkorlik qilishga kelishagnimdan afsuslanmayman, – deydi Hiddink. Eslatib o‘tamiz, Kladio Raneri «Lester»ga 2015 yilning yozida o‘tgan mavsumda jamoani bazo‘r ligada olib qolgan Nayjyel Pirson o‘rniga tayinlangandi. Guus Hiddink esa Niderlandiya terma jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionatiga chiqish uchun saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli iste’foga chiqarilgan, 2015 yilning dekabrida «Chelsi»ga Joze Mourinoning o‘rniga vaqtinchalikka tayinlangandi.
Sport
Yevrokomissiya rasmiy Anqara barcha shartlarni bajaradigan bo‘lsa, turk fuqarolarining YeIga vizasiz kirishlariga izn berishni taklif etmoqda. Raqobat masalalari bo‘yicha yevrokomissar Margaret Vestager Tvitterdagi sahifasida shu mazmundagi ma’ruza matnini e’lon qilgan. Unda aytilishicha, Yevropa komissiyasi YeI kengashi va Yevropa parlamentiga Turkiya fuqarolari uchun viza talablarini bekor qilish taklifini kiritgan. Buning uchun albatta, rasmiy Anqara ma’muriyati viza masalasining liberallashuvi uchun talab etiladigan boshqa shartlarni zudlik bilan bajarishi lozim. Bundan avval, Turkiya YeI mamlakatlariga nisbatan viza tartibini bekor qilgani haqida xabar qilingan edi.
Siyosat
Talaba-yoshlarda yot ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi hamkorligida institutda “Islom aqidaparaslikni qoralaydi” mavzusida Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov bilan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur davra suhbatiga 600 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ta'lim
Etihad Airways samolyoti kuchli girdob oqimiga tushib qolgani tufayli 31 kishi aziyat chekdi. Aviakompaniya xabariga ko‘ra, qo‘nishiga 45 daqiqa qolganda samolyot kutilmagan kuchli girdobga duch kelgan. 4 may kuni girdobga tushib qolgan samolyot EY474 reysi bilan Sukarno Hatta aeroportiga ketayotgan edi. Samolyot beziyon qo‘ndirilgan. Yo‘lovchilarni tibbiy yordam xodimlari kutib oldi. Natijada umumiy hisobda 31 nafar yo‘lovchi jarohat olgan. 22 nafar odamga kichik jarohatlari tufayli aeroportning o‘zida yordam ko‘rsatildi. 9 nafar yo‘lovchi esa Indoneziya mahalliy shifoxonalariga olib ketildi. Etihad girdob sabab samolyotning yuk saqlash bo‘linmasiga ham ziyon yetganini tasdiqladi.
Salomatlik
Bokudagilar do‘lma taomining tayyorlanishini YuNeSKO nomoddiy meroslari ro‘yxatiga kiritishni taklif etmoqchi. Ozarbayjon madaniyat va turizm vazirligi tegishli hujjatlarni tayyorlamoqda. Bu haqda vazir Abdulfas Garayevga asoslanib RIA Novosti xabar berdi. Garayev bundan avvalroq Armaniston YuNeSKO meroslari ro‘yxatiga lavashni kiritishga uringani haqida esatib o‘tgan. “Hech kimga sir emaski, qo‘shni davlat (Armaniston) nafaqat Ozarbayjonning hududiga ko‘z olaytirgan, balki milliy taomlarini ham o‘zlashtirishga urinmoqda”, - ma’lum qildi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon madaniyat va turizm vazirligi butun turkiylar olamiga mansub bo‘lgan do‘lma taomining tayyorlanish an’anasini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlamoqda.
Madaniyat
«Atletiko»ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmann «Manchester Yunayted» jamoasining qiziqishlari doirasiga tushgan. El Confidencial ma’lumotiga ko‘ra, inglizlar klubi ushbu 25 yoshli fransiyalik futbolchiga talab etilgan mablag‘ni berishga tayyor. «MYu» Grizmanning shartnomasida belgilangan transfer qiymati 80 million yevro ekanini biladi va u uchun shuncha mablag‘ berishga tayyor. Eslatib o‘tamiz, ikki yil oldin angliyaliklar 75 million yevro evaziga«Real»dan Anxelt Di Mariyani transfer qilgandi. Joriy mavsumda Grizmann jamoasi bilan barcha turnirlarda jami 51 uchrashuv o‘tkazib, 37 gol urdi va 7 marta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Sport
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan krossfit bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda ko‘ngilli yoshlar ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. Krossfit gimnastika, og‘ir va yengil atletika elementlarini o‘zida jamlagan zamonaviy sport turidir. Musobaqa uch bosqichda o‘tkazildi. Yoshlar har bir bosqichda besh shart asosida o‘zaro bellashdi. – Musobaqada birinchi o‘rinni egalladim, – deydi Komil Burhonov. – Bunday bellashuvlar biz, yoshlarning yanada sog‘lom, barkamol bo‘lib voyaga yetishimizga yordam beradi, o‘zimizga ishonchimizni oshiradi. G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sport
Toshkentdagi “Toshkent bahori – 2016” an’anaviy reyting musobaqasi boshlandi. Unda yuzga yaqin shaxmatchi ikki guruhda bahslashmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. “A” guruhidagi birinchi tur bahslarida Anton Beliy Yuliya Xegayni, Sardor Mamarajabov Aleksandr Agishevni, Normamat Toshbulov Viktor Ilyushinni mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, ushbu guruhda yana yetti shaxmatchi dastlabki g‘alabasini nishonladi. “V” guruhida Hidoyatullo Muhammedov Abrorbek Abdujabborovni, Zarnigor Abdulatipova Shahzod Ne’matovni, Samandar Olimov Tohirjon Akbarjonovni yengdi. Ushbu guruhda yana o‘ttiz bir shaxmatchi bir ochkodan qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikki shaxmatchi o‘zaro durang o‘ynab, 0,5 ochkoga ega bo‘ldi. Musobaqa davom etmoqda.
Sport
BMT yil boshidan beri Suriyaning borish qiyin va qurshovda qolgan tumanlariga gumanitar yuklar ortilgan 63ta karvonni tashkil etdi. Bundan tashqari, tashkilotning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 22 marotaba yuklarni havodan yetkazish amaliyoti o‘tkazilgan. "Suriya g‘arbidagi Dayr az-Zor tumaniga havodan tashlash usuli bilan 380 tonna oziq-ovqat mahsuloti yetkazilgan". Umuman, yil boshidan beri Suriyaning borish qiyin va qurshovda qolgan tumanlarida istiqomat qilayotgan 778,1 ming kishi BMT va hamkorlari tomonidan insonparvarlik yordamlari bilan ta’minlangan.
Oila va Jamiyat
AQShning Texas shtati, Keyti shahridagi ikki maktab ro‘parasida noma’lum shaxs o‘tochar quroldan o‘q uzib otishma keltirib chiqardi. Bu haqda NBC xabar tarqatgan. Qayd etilishicha, bu hodisa tufayli 2 kishi halok bo‘lgan. Guvohlar uzluksiz o‘t ochilgani haqida aytishgan. Hozircha bu hodisa tufayli necha kishi jarohatlangani haqida ma’lumot yo‘q. Ayni vaqtda o‘t ochgan shaxsni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Xorijiy Yangiliklar
Matbuot anjumanidan so‘ng, britaniyalik bokschi Derek Chisora bolgariyalik bokschi Kubrat Pulev bilan janjallashib qoldi. Bu haqda Boxingscene.com portali xabar bermoqda. Matbuot anjumani 3 may kuni Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan. Chisora ana’naviy “nigohlar dueli”da raqibining bo‘ynidan tortib, uni yiqitmoqchi bo‘lgan. Jangchilarni qo‘riqchilar ajratib qo‘ygan. “Men hazillashmayman. G‘alaba qozonish uchungina shu yerdaman. Men Pulev uchun shunday tomosha uyushtiramanki, u buni tasavvuram qila olmaydi. Men uni tan berishga majbur etaman. Uning boksida hech qanday ajablanarli jihat yo‘q. U hali menga o‘xshash bokschi bilan uchrashmagan. Men uni nokoutga uchrataman”, — dedi Chisora. “U meni qo‘rqita olmaydi. Hozir u istagan gapini gapirishi mumkin, ammo gaplari ringda unga yordam bera olmaydi”, — deb javob qaytargan Pulev. Ular o‘rtasidagi jang 7 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Sport
Bu sayyohlik gadjyeti har qanday smartfonning sivilizatsiyadan uzoqda zaryadlash imkonini beradi, shu bois u sayohatsevarlar va tabiat qo‘ynida bir necha kun yoki hafta yolg‘iz qolishni yoqtiradiganlar uchun eng ishonchli yordamchi bo‘lishi mumkin. Akkumulyator past ko‘rsatkichni ko‘rsatganda, qurilmaga gulxan olovidan yoki termoelektrik effektini qo‘llab, sayyohlar termosidan energiya olinadi. FlameStower’ning taxlanuvchi konstruksiyasi o‘zida suyuqlik uchun kichik idish, olov ustida joylashtirilgan metall plastinani jamlagan. Haroratning farqini elektrik tok boshqaradi, uning chiqish quvvatini noutbukning USB-porti bilan taqqoslasa bo‘ladi. 20 daqiqali zaryadlash smartfonning suhbat rejimida 40 daqiqali faoliyatini ta’minlaydi. To‘liq zaryadlash vaqti olovning harorati va smartfonning o‘ziga bog‘liq. FlameStower 283,5 gramm vaznga ega, uning parametrlari 197x57x25mm, suv uchun rezervuar hajmi - 140 ml. Sayyohlik gadjyetining narxi - 99 dollar.
Texnologiya
Zapata Racing kompaniyasi asoschisi bo‘lmish ixtirochi Frenki Zapata o‘tgan shanba kuni Ginnes Rekordlar Kitobiga kirdi. U xovebordda 2252 metr uzoqlikka ucha oldi (Xoverbord - skeytbordga o‘xshash moslama, g‘ildiraklari o‘rniga ikkita antigraviatori bor). Buning uchun u o‘zi ishlab chiqqan Flyboard Air uchuvchi skeytbordidan foydalandi. Apparat soatiga 150 kilometr tezlikda uchish va 3 kilometr balandlikka ko‘tarilish imkoniga ega. Yoqilg‘i zaxirasi 10 daqiqalik parvoz uchun mo‘ljallangan. Frenki Zapataning so‘zlariga ko‘ra, Flyboard Air ustida hali ishlov berish jarayoni davom etmoqda, shuning uchun hozircha unda parvozlar uncha katta bo‘lmagan balandlikda va uzoqlikda amalga oshiriladi. Rekord o‘rnatilayotgan paytda fransuz 50 metr balandlikka ko‘tarildi, uning uchish moslamasi esa soatiga 70 kilometr tezlikka chiqdi. O‘tgan galgi rekord parvoz uzoqligi bor-yo‘g‘i 275,9 metr bo‘lgan. Uni o‘tgan yili kanadalik Katalin Aleksandr Duru o‘rnatgan edi.
Texnologiya
Amerikalik boshpanasiz Mario Martines gazetalar sotib yiqqan puliga uy sotib oldi. Bu haqida People jurnali xabar beradi. Mario Martines har o‘n sentni tejab bordi va natijada, besh yil ko‘chalarda gazetalar sotib yurganidan so‘ng, Tennessi shtatining Sharlott shahridan 762 kvadrat metr maydonga ega 1,2 gektarli hovli sotib oldi. U boshpanasizlar uchun yaratilgan imtiyozli sharoitda mashhur nashrlardan birini tarqatish bilan shug‘ullangan. Erkak olti yil avval ishdan bo‘shagan va treyler (mashinali uycha)da suv va isitgichlarsiz o‘zining to‘rtta iti bilan birga yashab kelgan. Mario gazetalar sotib to‘plagan daromadlarini bog‘li hovlilarni parvarishlash bo‘yicha kichik biznesga sarmoya kiritishdan boshladi. Keyin esa u turar-joy sotib olish uchun yetarli mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
Iqtisodiyot
2016 yil 4 may kuni soat taxminan 14.00 da Namangan viloyati Pop tumani «Qamchiq» dovoni hududida ko‘chki sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi. A-373 M-39 avtomagistralida sodir bo‘lgan ko‘chki ostida ikkita avtomashina qolib ketgan. Qurbon bo‘lganlar va jarohat olganlar bor. Jabrlanganlarga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Voqea joyida ko‘chki bilan bog‘liq hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli xizmatlar ish olib borishmoqda.
Oila va Jamiyat
Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori, mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger komedik filmda suratga tushadi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter nashri. Aktyor "Nima uchun Gyunterni o‘ldirayapmiz" nomli komedik jangari filmda suratga tushadi. Ushbu film Saturday Night Live teleshousi yulduzi Taran Killamning ilk rejissyorlik ishi bo‘ladi. Killamning o‘zi film ssenariysini yozgan. Filmda Shvartseneggerdan tashqari Kobi Smolders, Bobbi Moynaxan, Pol Britteyn va boshqalar suratga tushadilar. Film syujyetiga ko‘ra, turli davlatlardan bo‘lgan bir guruh yollanma qotillar dunyoning eng abjir yollanma qotili Gyunterni yo‘q qilishga qaror qiladi. Biroq Gyunter doimo ulardan bir qadam oldinda yuradi. Bu Shvartsenegger suratga tushayotgan birinchi komediya emas. Avval u "Bolalar bog‘chasi politsiyachisi", "Egizaklar" kabi komediyalarda suratga tushgan. Shuningdek, Shvartsenegger "Terminator" filmining 6-qismi suratga olinishini tasdiqlagan.
Madaniyat
Doxadagi "Abdulloh bin Halifa" stadionida Qatarning "Lahviya" hamda "Bunyodkor" klublari o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 6-tur uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda jamoalar murosa ko‘chasini tark etdi. Ikki jamoada motivatsiya yo‘qligi tarkiblarda o‘z aksini topdi. Jamoalar yarim asosiy tarkib bilan harakatlanishdi. Vaziyatlar soni ham ko‘p bo‘lmadi va yakunda darvozalar daxlsiz qoldi. OChL. “V”-guruhi. 6-tur “Lahviya” - “Bunyodkor” - 0:0 (0:0) “Lahviya”: 40.Amin Lekomt, 4.Chiko Flores, 7.Xolid Mufta, 8.Luiz Junior, 14.Muhammad Tresor, 15.Dioko Kaliuyutika, 18.Ahmad Al Sadi, 20.Ali Hassan Afif, 24.Xolid Radvan, 39.Talal Said Al Qahtoni, 70.Ismoil Muhammad “Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Akrom Komilov, 6.Anvar G‘ofurov, 7.Shaker Zuagi, 10.Eldor Shomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabihillo O‘rinboyev, 29.Otabek Shukurov 30.Yuritsa Bulyat, 71.Aleksandr Alempiyevich. Manba: www.uff.uz
Sport
Italiyaning Enel energokompaniyasining Janubiy Afrika Respublikasidagi (JAR) filiali Enel Green Power RSA JARdagi eng katta quyosh elektr stansiyasi – Paleisheuwel‘ni ishga tushirdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. Ma’lum qilinishicha, 82,5 MVt quvvatga ega elektr stansiyasi yiliga 153 GVt elektr energiya ishlab chiqara oladi. Shuningdek, u 48 mingta oilaning elektr energiyaga ehtiyojini ta’minlay oladi hamda atmosferaga 140 ming tonnadan ko‘proq karbonat angidrid chiqarilishiga barham beradi. Enel Green Power RSA JARda shuningdek 10 MVt lik Upington quyosh elektr stansiyasini ham boshqaradi. Bundan tashqari, kompaniyaning umumiy quvvati 430 MVt lik loyihalari qurilish bosqichida turibdi, ular orasida 3 ta quyosh elektr stansiyasi va 2 ta shamol parki bor.
Ekologiya
Yaponiyaning xavfsizlik yostiqchalari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Takata Corp. AQShda yo‘llarda harakat xavfsizligi milliy boshqarmasi talablariga ko‘ra 35-40 mln ta xavfsizlik yostiqchalarini almashtiradi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri. Almashtirish 2016 yil may oyidan 2019 yilning dekabr oyigacha 5 ta bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu xavfsizlik maqsadida AQShda eng katta ko‘lamdagi avtomobillarni ortga chaqirtirib olish bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, kompaniyaning mahsulotidagi nuqson tufayli AQShda 10 kishi halok bo‘lgan va 100 dan ortiq kishi jarohat olgan.
Iqtisodiyot
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning farmoyishi bilan mamlakatning qo‘shni O‘zbekiston hamda Qozog‘iston respublikalaridagi elchilari o‘z lavozimlaridan ozod etilgan. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi prezidenti apparati siyosiy axborot bo‘limi xabar bergan. Ma’lum qilinishicha, Emilbek Uzakbayev Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan, Esengul Omuraliyev esa Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etilgan.
Siyosat
XXR hukumati joriy yilda mamlakat aeroportlari va turli aviatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadiga 77 mlrd yuan (11,9 mlrd dollar) kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoy fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi ma’lum qildi. Sinxua agentligining xabar qilishicha, boshqarma rahbariyati 11ta yangi yirik qurilish loyihasi va mavjud infratuzilmalarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha 52ta dasturni moliyalashtirish niyatida. "Fuqaro aviatsiyasi sohasi, ayniqsa aviasozlik hamda shu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlari sanoat modernizatsiyasining o‘chog‘iga aylandi. Xitoy jamoatchiligining diqqati shunga qaratilgan", deb bayonot bergan Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbari Fen Chjenlin. Boshqarma vakillari XXRda 2020 yilgacha 66ta yangi fuqaro aeroportlari qurib foydalanishga topshirilishi haqida ma’lum qilgan edi. Ular orasida Pekinning Dasin uyezdida barpo etiladigan uchinchi aeroporti Xitoy havo transporti tarixidagi eng yirigi bo‘lishi xabar qilingan.
Iqtisodiyot
Ozarbayjonning Ganja shahridagi choyxonada granata portlashi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va yana uch kishi jarohat oldi. Bu haqida APA axborot agentligi ma’lum qildi. Baxtsiz hodisa 5 mayga o‘tar kechasi Abbas Saxxat mavzesi Elbrus Allaxverdiyev ko‘chasida joylashgan choyxonada sodir bo‘ldi. Choyxona mijozlaridan biri hozircha noma’lum bo‘lgan sabablarga ko‘ra qo‘lbola granatani portlatib yuborgan. Hozirga qadar ma’lum bo‘lishicha, F-1 tipidagi qo‘lbola granata Magerram Ahmedov tomonidan portlatib yuborilgan. Buning natijasida uning o‘zi hamda uning jiyani Taleh Ahmedov halok bo‘lishgan. Ahmedovning o‘g‘li Narimon, uning jiyani Orxan Mirzoyev va Sadig‘ Ahmedov jarohat olib, shifoxonaga yetkazildi. Ganja - maydoni va aholisi soniga ko‘ra Ozarbayjonning ikkinchi yirik shahri. U Bakudan 361 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Oila va Jamiyat
Ispaniyaning "Real" va "Atletiko" jamoalari muxlislariga Chempionlar ligasi finali uchun 20 mingtadan chipta ajratiladi. Bu haqda As xabar tarqatgan. Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, final uchrashuvi chiptalari narxlari 70 yevrodan 440 yevrogacha bo‘ladi. YeChLning finali 28 may kuni Milandagi "San-Siro" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu stadion 80 ming tomoshabinni sig‘dira oladi. 2000/01 yilgi mavsumda ham YeChL finali aynan shu stadionda o‘tkazilgan, o‘sha uchrashuvda "Bavariya" o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida "Valensiya"ni mag‘lubiyatga uchratgandi. O‘shanda "Bavariya" va "Valensiya" muxlislari uchun 23 mingtadan chipta ajratilgandi. Bundan oldin ham "Real" va "Atletiko" jamoalari YeChL finalida to‘qnash kelishgan, 2013/14 yilgi mavsumdagi finalning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangach, "Real" qo‘shimcha bo‘limlarda 3ta gol urib 4:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
Sport
Shu yilning 2-8 may kunlari Birlashgan Arab amirliklarining Sharja shahridagi “Qosimiya” universiteti 2-davra Qur’oni karim musobaqasini tashkillashtirdi. Musobaqada BAAdagi 22 ta universitet talabalaridan iborat 300 nafardan ortiq qorilar va qoriyalar ishtirok etmoqda va musobaqa quyidagi 4 yo‘nalishda o‘tkazilmoqda: 1. Qur’oni karimni 30 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish; 2. Qur’oni karimning 20 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish; 3. Qur’oni karimning 10 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish; 4. Qur’oni karimning 5 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish; 5. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) ning 40 hadisi sharifini yoddan aytib berish; Mazkur yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar maqtov yorlig‘i va pul mukofoti-bilan-taqdirlanadi. Manba: muslim.uz
Ta'lim
Bugun, 5 may kuni shayx Muhammad ibn Rashid Al Maqtum BAA vitse-prezidenti, amirlik bosh vaziri hamda Dubay amiri bilan birga Muhammad ibn Rashid Stadioni modelini muhokama qildi. Dubayning Al Avir hududida qurilishi rejalashtirilayotgan stadion 60 ming odamni sig‘dira oladi. Dubay sport qo‘mitasi rais o‘rinbosari Matar Al Toyir dunyoning birinchi to‘liq konditsionerlashtirilgan va yerdan ko‘tarilgan stadion modelini namoyish etdi. Stadion konstruksiyasi FIFA standartlariga javob beradi. Loyihaga 3 milliard dirham (taxminan 817 million dollar) ajratilgan. Stadionda jismoniy mashg‘ulotlar zali, 5 mingta mashinaga mo‘ljallangan mashinalar turar joyi, sport muzeyi va konferensiyalar zali joy oladi. Shayx Muhammadga loyiha dizayni ma’qul kelgan va u qurilish ishlarini belgilangan muddatda tugatilishini buyurgan.
Sport
Turk lirasining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursi so‘nggi sakkiz yil mobaynida eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi. Bunga Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lining iste’foga chiqishi haqidagi mish-mishlar sabab bo‘lgan deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi. Xususan, mamlakatning 10 yillik muddatga chiqargan davlat obligatsiyalari daromadliligi 32 bazis punktga sakragan va 2015 yil avgustidan beri ilk marotaba katta o‘sishni namoyon etgan. Turkiyaning Borsa Istanbul 100 fond bozori ko‘rsatkichi esa beshinchi kundirki pasayishda davom etib, 1,5 foizga tushib ketgan. Shu bilan birga 4 may kuni turk milliy valyutasi lira 3,9 foizga qadrini yo‘qotgan. Bloomberg ekspertlari Turkiya iqtisodiyotidagi bu kabi salbiy ko‘rinishlarni mamlakat prezidenti Erdo‘g‘an va bosh vaziri Dovudo‘g‘li o‘rtasidagi kelishmovchilik bilan bog‘lamoqda. Bundan avval, NTV telekanali o‘z manbalariga asoslangan holda, Ahmet Dovudo‘g‘lining 5 may kuni o‘z iste’fosini e’lon qilishi xaqida xabar qilgan edi.
Iqtisodiyot
Buyuk Britaniya hukumati IShID terrorchilik guruhiga qarshi faol kurashni davom ettirish maqsadida qo‘shimcha harbiy kuchlarini safarbar etish niyatida. Mamlakat mudofaa vaziri Maykl Fellon yevropalik hamkasblari bilan Germaniyada o‘tkazgan uchrashuvida shu haqda ma’lum qilgan, deb yozmoqda The Mirror gazetasi. Fellonning ma’lum qilishicha, kurd jangovar bo‘linmalari hisoblanuvchi peshmerga jangchilariga ham amunitsiyalar jo‘natiladi. «Yaqinda erishilgan muvaffaqiyatlarni mustahkamlash vaqti yetdi, biz yana nimalar qilish mumkinligi xususida bosh qotirmoqdamiz», — deb qayd etgan Britaniya mudofaa vaziri. Nashrning qayd etishicha, koalitsiya kuchlari tomonidan berilayotgan havo zarbalari Suriya va Iroqdagi jangarilarni oxirgi ikki yildagi eng kam raqamgacha kamaytirish imkonini bergan. Xususan, oxirgi bir oyda 600ga yaqin jangari yo‘q qilingan. Umuman 25 mingga yaqin radikal kayfiyatdagi jangchilar o‘ldirilgan.
Siyosat
IShID terrorchilari 5 may kuni Suriyaning Homs shahridan sharq tomonda, 45 kilometr masofada joylashgan Al-Muhrim al-Favqaniy shahridagi safarbarlik punkti yaqinida minalashtirilgan mashinani portlatib yuborishdi. Bu haqida SANA agentligi xabar berdi. Provintsiya gubernatori Talal al-Barroziyning ma’lum qilishicha, mashina portlatilgandan keyin maydonga ikkinchi terrorchi mototsiklda kirib keldi. U yana bir portlashni sodir etdi. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, "bu ikki terakt qurbonlari soni o‘sib bormoqda". "Hozirga qadar 12 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan hamda 40 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan", - deya ta’kidladi Barroziy. Agentlikning xabariga ko‘ra, IShID jangchilari Homs yaqinidagi tinch aholi punktlariga muntazam ravishda hujum qiladi. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Oila va Jamiyat
Keniyada olti qavatli turar joy binosi qulab tushganiga olti kun bo‘lganda vayronalar orasidan bir ayol qutqarildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni kuchli jala-yomg‘irlar oqibatida ko‘p qavatli bino buzilib tushgan. Halokatdan to‘rt kun o‘tib esa ushbu vayronalar orasidan 6 oylik chaqaloq tirik topilgandi. Uyning qulashi oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘lgan. 120 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. 93 kishi esa bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Xorijiy Yangiliklar
4 may kuni Saudiya Arabistonining Jazan provinsiyasida istiqomat qiluvchi ota-o‘g‘il sovchilikka borishgan. Biroq qizning onasi so‘ralgan qizdan avval katta qizini turmushga berishini aytib, rad javobini beradi. O‘g‘il bu holatdan qattiq xafa bo‘lganini ko‘rgan ota bo‘lajak kelinning opasiga uylanish taklifini bildiradi. Qizlarning onasi ham bunga tezda rozi bo‘lgan.
Oila va Jamiyat
Eron hukumati, G‘arb sanksiyalari joriy qilinguncha jahon neft bozoridagi ulushini qaytarib olgach, 1-2 oy ichida OPeKning neft qazib olishni cheklash kvotasiga qo‘shiladi. Eron milliy neft kompaniyasi boshqaruvchi direktori Rukniddin Javodiy shu haqda bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi. Hozirgi kunda Eron sutkasiga 3,8 mln. barrel neft qazib olmoqda. Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eronga nisbatan g‘arb sanksiyalari joriy qilinguncha mamlakatda kuniga 3,5–3,7 mln. barrel neft qazib olingan. Eron aprel oyi o‘rtalarida neft qazib olish ko‘rsatkichini iyungacha g‘arb sanksiyalarigacha bo‘lgan davr darajasiga chiqarish rejasini e’lon qilgan edi.
Iqtisodiyot
Samsung kompaniyasi Apple smartfonlari va o‘zining eski modeldagi flagmanlarini yangi telefonlarga almashtirish taklifini beruvchi Trade-in dasturi bo‘yicha aksiya yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya Samsung‘ning Galaxy S va Galaxy Note seriyali flagman smartfonlari, shu bilan birga iPhone 5s, iPhone 6 Plus va iPhone 6 qurilmalarini Galaxy Note 5, Galaxy S6 edge modellariga almashtirmoqda. Eski telefonini topshirgan xaridor 15 ming rubl chegirmaga ega bo‘ladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, o‘tgan yili bunday aksiya xaridorlar orasida muvaffaqiyatga erishgan.
Texnologiya
Yangi Zelandiyada sayohat qilib yurgan daniyalik sayyoh Rasmus Nilson tabiatda kam uchrovchi kamyob o‘rdak turini o‘ldirgani uchun 10 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi. 24 yashar Nilson mamlakatga uch oyga kelgan edi. U ov qilish maqsadida Janubiy Vestlendga yo‘l oldi va o‘rdaklarning noyob turi bo‘lmish moviyrang vayoni otib, o‘ldirib qo‘ydi. Sayyohni yovvoiy fauna olamida kam uchrovchi parrandani o‘ldirishda va ruxsatsiz ov qilishda aybladi.
Oila va Jamiyat
MAN auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi 10 m3 hajmli (10 tonna) yukni orqaga gidravlik uzatma vositasida tushirish imkonini beruvchi MAN avtobetonaralashtirgichini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qilmoqda «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati. Avtomobil mijozga tayyor beton aralashmasini uning xususiyatini saqlagan holda yetkazib, mahsulotni beton quyish joyiga yoki qurilmasiga tushirish imkonini beradi. Transport vositasi zamonaviy Common Rail yonilg‘i purkash tizimiga ega kuchli, ammo tejamkor MAN D20 dvigateli bilan jihozlangan. Mashina 16-bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yordamida harakatlanadi. Ressorli podveskalari ham kuchaytirilgan, barabanli ABS tormoz tizimi, qulay kabina va elektron nazorat tizimi bilan jihozlangan.
Texnologiya
“Milliy mediaguruh” (MMG) va Discovery sherikligi – “Media Alyans” guruhi Rossiyada CNN, Cartoon Network va Boomerang kanallarining Rossiyadagi distributsiyasi va marketingi bilan shug‘ullanuvchi Turner Rossiya telekanallari portfelini sotib oldi. Bu haqda "Alyans Media"ga asoslanib RNS xabar berdi. “Shuningdek, “Alyans Media” va Vi kompaniyalar guruhining Vi Target bo‘limi Cartoon Network’da reklama sotishga ham kirishadi”, - deyiladi xabarda. Alina Kabayeva “Milliy media guruhi” direktorlar kengashining raisi hisoblanadi.
Oila va Jamiyat
"Al Mayadin" telekanalining xabar qilishicha, IShID terrorchilik guruhi jangarilari 1 yil davomida 20 nafar iroqlik jurnalistning umriga zomin bo‘lgan. Iroq matbuot erkinligini himoya qilish tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar jurnalistlarni o‘ldirishdan tashqari, "IShID nazoratidagi hududlarda hibsda saqlanayotgan jurnalistlarga doimiy azob berib keladi". Ular nafaqat advokatdan foydalanish, balki huquqshunos bilan muloqot qilish imkoniyatidan ham mahrumdirlar. Tashkilotning uqdirishicha, Iroq jurnalistlari uyushmasi jangarilardan aziyat chekkan jurnalistlarning to‘liq ro‘yxatini tuzib chiqmoqda. Shundan so‘ng, Xalqaro jinoyat sudiga ariza topshiriladi. Uyushma xalqaro tuzilma jurnalistlar o‘limi va Iroqdagi OAVga nisbatan jinoyatlarni sodir etishda terrorchi guruh jangarilarini aybdor deb e’lon qilishiga umid qilmoqda.
Oila va Jamiyat
Ispaniyaning Palos-de-la-Frontera nomli sirkidan begemot qochib ketdi. Bu haqda Sky News xabar tarqatdi. Tsirk hududidan begemotning qanday chiqib ketgani ma’lum emas. Sayohati davomida qochoq ko‘chadagi o‘tlar bilan oziqlangan. Bundan tashqari, u avtotrassada sayr qilgan va yo‘lovchilarni cho‘chitgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlar uni suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Oxir-oqibat begemot tutilib, sirkka qaytarilgan. Begemotlarning uzunligi bir yarim metrgacha yetadi. Og‘irligi o‘rtacha bir yarim tonnagacha yetadi. Ular anchagina tajovuzkor hisoblanadi. Afrikada ular tufayli har yili odamlar nobud bo‘ladi.
Xorijiy Yangiliklar
Moskvada yangiliklar milliy xizmati muharriri Aleksandr Rubtsov o‘z xonadonida o‘ldirib ketildi. Bu haqda agentlik saytida xabar qilindi. “Bizning do‘stimiz va birodarimiz, yangiliklar milliy xizmati muharriri Aleksandr Rubtsov halok bo‘ldi. U 35 yoshda edi. Oxirgi ikki yil davomida uning ovozini “Nashe radio”, Rock FM, Best FM va “Radio JAZZ” radiostansiyalarida tinglagansiz”, - deyiladi xabarda. Qotillik 3 may kuni sodir etilgan. Uning tanasida ko‘plab tig‘ jarohatlari hamda zarba izlari topilgan. 29 aprel kuni Aleksand Rubtsov so‘nggi marta efirga chiqqan.
Oila va Jamiyat
Rimning «Roma» jamoasi «Zenit»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Aksel Vitselga jiddiy ravishda qiziqish bildirmoqda, ammo uning transferi bo‘yicha harakatlarga kirishishdan oldin u bilan bir ampluada o‘ynovchi Miralem Piyanich va Radja Naynggolanning kelajagini hal qilib olish talab etiladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar tarqatgan. Vitsel ayni vaqtda rimliklar bosh murabbiyi bo‘lgan Luchano Spalletti bilan birga ishlagan va murabbiy 27 yoshli bu futbolchini transfer qilish tashabbusi bilan chiqmoqda. Bundan oldinroq Piyanich «Bavariya» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishi olgani, Naynggolan esa «Chelsi»ga o‘tishga yaqin ekani haqida xabarlar berilgandi.
Sport
Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Yerbolat Dosayev iste’foga chiqdi. Bu haqda hukumatdagi manbalariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, bu voqea 5 may kuni mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etgan kengaytirilgan yig‘ilishda sodir bo‘lgan. Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Kairbek Uskenbayev ham o‘z vazifasidan ozod etilgan. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Asiljan Mamitbekov ham iste’foga chiqqan.
Siyosat
«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoani Dani Alves hamda Arda Turan tark etishiga qarshi bo‘lmaydi va ularga qiziqarli taklif tushsa, boshqa jamoaga ketishlariga qarshilik qilmaydi. Bu haqda katalonlar jamoasidagi manbaga asoslangan holda AS xabar tarqatgan. Har ikki futbolchiga ham yaqinda Xitoydan juda manfaatli taklif tushgan, ammo har ikkisi ham rad etilgan edi. Shunga qaramay «Barselona» klubi boshqa takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Klubdagilar Dani Alvesni qimmat narxga sotib bo‘lmasligi yoki mutlaqo tekinga qo‘yib yuborish mumkinligini tushunib turishibdi va «Barselona» rahbariyati bunga tayyor. Shu bilan birgalikda, klub Arda Turan bilan bog‘liq vaziyatda yetarlicha mablag‘ ishlab olishni istaydi. Arda Turanning «ko‘k-anorranglilar» bilan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etishi lozim. Alvesda esa 2017 yilga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan shartnoma bor.
Sport
Qozog‘iston Milliy banki asosiy stavkasini +/-1 foiz punkti oralig‘i bilan 15 foiz etib belgiladi. Milliy bankka ko‘ra, mamlakatda inflyatsiyaga oid taxminlar qisqarayotgani kuzatilmoqda. Shu bilan birga, moliya bozorlarida tengedagi aktivlarga ishonch kuchayib bormoqda. Shuningdek, valyuta tavakkalchiliklarini kafolatlash bo‘yicha bozor foiz stavkalari pasaya boshlagan. Aprel oyidagi inflyatsiya darajasi yillik 16,3 foizni tashkil etgan. Umumiy taklifdan kelib chiqadigan inflyatsiyaning ko‘tarilish ehtimoli sezilarli emas, deb baholanmoqda. «2016 yil yakuniga kelib yillik inflyatsiya darajasi 6 foiz atrofida qolishi kutilmoqda», —deyiladi Bank matbuot bayonnomasida. Joriy yil fevral oyida Qozog‘iston Milliy banki asosiy foiz stavkasini 17 foizga ko‘targan edi.
Iqtisodiyot
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal APLning 37-turida «Norvich»ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi. «APLda hamisha ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib boradigan jamoaga qarshi o‘ynash juda qiyin kechgan. Ular bizni birinchi davrada «Old Trafford»da kechgan uchrashuvda mag‘lub etishgandi, buning uchun biz qasos olishimiz kerak. Oldinda qiyin o‘yin turibdi, lekin biz albatta g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz YeChL yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiramiz. Ha, «Manchester Siti» kecha uchib ketgan, lekin vaziyat o‘zgarmagan», – deydi van Gaal.
Sport
Saudiya Arabistoni iyunda osiyolik neft importchilariga neftning rasmiy narxini oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Blumberg agentligi. Saudiya Arabistoni davlat kompaniyasi Saudi Aramco Osiyo uchun Arab Light neft markasi narxini 1,1 dollarga oshirishi kutilmoqda, bu narx Ummon va Dubay markalaridan 0,25 dollarga qimmat bo‘ladi. Shu tariqa osiyolik xaridorlar uchun Arab Light navi iyunda 2015 yil sentabridan beri eng qimmat narxda bo‘ladi, deb ta’kidlamoqda agentlik. Bundan tashqari, Saudi Aramco kompaniyasi qolgan yetkazib beruvchilar bilan narxdagi tavofutni 3,95 dollarga oshirib, Arab Super Light nefti narxini 1 dollarga va tafovutni 2,6 dollarga oshirib, Arab Extra Light nefti narxini 80 sentga oshirmoqchi. Yaqin Sharq neft navlari uchun etalon narxlar fevral oyidan 60 foizdan ortiqroqqa oshdi. Aramco nef narxini mijozlar tavsiyalari va neft narxining oxirgi oydagi o‘zgarishi, uning daromadligi va ishlab chiqarishga xarajatlar asosida o‘rnatadi.
Iqtisodiyot
Hindistonda Kumbxa-mela diniy festivali vaqtida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 70 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda CatchNews. Ma’lum qilinishicha, voqea Udjayn shahrida yuz berdi. Tiqilinchning yuzaga kelishiga bayram ishtirokchilari tagida to‘plangan chodirning ularning ustiga qulashi sabab bo‘lgan. Kumbx-mela diniy festivali Hindistonda 12 yilda bir marta o‘tadi va bir oyga yaqin davom etadi. Bayramda 70 mln ga yaqin odam ishtirok etadi.
Oila va Jamiyat
«Real» jamoasi prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidanni keyingi mavsum uchun ham jamoa bosh murabbiyi lavozimida qoldirishga qaror qilgan. Bu haqda As xabar tarqatgan. «Florentino bu bo‘yicha bir necha hafta oldin qaror qabul qilib bo‘lgan. Bu jamoaning YeChL finaliga chiqishi bilan bog‘liq emas», – deya ma’lumot bergan madridliklar klubi prezidentiga yaqin manba. Qayd etilishicha, Peresga jamoada Zidan boshqaruvidan keyin yuzaga kelgan muhit ma’qul kelgan. «Zidan «Atletiko»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin qiyin davrni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keldi. Ammo Peres murabbiyning matonatidan yaxshi taassurot olgan va uning jamoani og‘ir vaziyatdan olib chiqqanini qadrlaydi», – deydi manba. Eslatib o‘tamiz, shu yilning boshida Zidan Rafael Benites jamoa bilan qayd etgan qoniqarsiz natijalar tufayli uning o‘rniga mavsum oxirigacha bosh murabbiy sifatida tayinlangan, mavsum oxirida u bilan 2019 yilgacha bitim tuzilishi mumkinligi aytilgandi.
Sport
Rossiyaning Krasnoyarsk shahridagi "Slavitsa" kompaniyasi "Obamka" brendi ostida shokoladli-qaymoqli muzqaymoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya xabariga iqtibos keltirgan holda FlashSiberia ma’lum qildi. Muzqaymoq ishlab chiqarilishi Naberejniye Chelnidagi zavodda yo‘lga qo‘yilgan. "Muzqaymoq dunyodagi joriy siyosiy vaziyat va AQSh prezidenti Barak Obamaning ketishi bilan bog‘liq holda ishlab chiqarilmoqda", deyildi kompaniyada. Muzqaymoq o‘ramida sobiq ittifoq vaqtidagi "Chunga-Changa" multfilmidagi obrazdan foydalanilgan: o‘ramda multfilmdagi chap qulog‘ida sirg‘a bo‘lgan qora tanli bola qiyofasi tasvirlangan. Kompaniya saytida "Obamka" hozircha ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro‘yxatida berilmagan, biroq unda kompaniya "muzqaymoq ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya an’analariga amal qiluvchi birinchi milliy kompaniya" ekanligi ta’kidlangan.
Iqtisodiyot
6 mayga o‘tar kechasi "may akvaridlari" meteor oqimining faollik cho‘qqisi kutilmoqda. Bu haqda Moskva planetariysi matbuot xizmati xabar bermoqda. Mutaxassislarning tushuntirishicha, meteor oqimi maksimal faolligiga 6 may soat 01:00 da erishadi. Osmonning sharqiy qismida Qovg‘a yulduzlar turkumi hududida eta-akvaridlar oqimining radianti joylashadi. Oqimning cho‘qqiga erishgan onida meteorlarning tushishi jadalligi soatiga 40 tagachani tashkil qiladi. Astronomlar barcha istovchilarga bu hodisani kuzatishni tavsiya qilmoqdalar. Bu vaqtdagi astronomik vaziyat ham ushbu "osmon shousini" ko‘rish uchun qulay bo‘ladi, chunki oy yangi oy bosqichiga yaqin bo‘ladi. 6 maydan keyin meteorlar tushishi faolligi kamayadi, biroq bu hodisani may oxirigacha kuzatish mumkin bo‘ladi.
Ta'lim
Yoqutistondagi 2 qavatli turar joy binolaridan birida ro‘y bergan yong‘in tufayli 5 kishi halok bo‘ldi, ulardan biri yosh bola edi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar tarqatgan. "Yonib ketgan uydan 2 erkak, 2 ayol hamda 1 bolaning jasadi aniqlangan", deydi tergov qo‘mitasi vakili. Yong‘in vaqtida uylardan biri butunlay vayron bo‘lgan, pod’yezd ham shikastlangan. Binoda yashovchi boshqa 22 kishi yong‘in vaqtida binoni tark etishga ulgurgan.
Oila va Jamiyat
«Sevilya» jamoasi hujumchisi Kevin Gameyro Yevropa Ligasining yarim finalining javob uchrashuvida «Shaxtyor» darvozasiga 2ta gol urdi. Fransiyalik futbolchi ikkinchi golini biroz oldinroq qattiq jarohat olib uzoq muddatga futboldan chetga qolgan jamoadoshi, daniyalik futbolchi Mikael Kron-Deliga bag‘ishladi. Eslatib o‘tamiz, jamoalarning 1 hafta oldin o‘tgan birinchi uchrashuvida Kron-Delining tizza qopqog‘i chiqib ketgandi. Uning davolanib safga qaytishi uchun 8 oy talab etilishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
UYeFAning Milanda o‘tkaziladigan YeChL finali uchun rejalari ma’lum bo‘ldi. As nashri xabariga ko‘ra, «Real» va «Atletiko» muxlislari uchun 80 ming kishi sig‘adigan «San Siro» o‘yingohidan 18 mingtadan o‘rin va chiptalar ajratiladi. Qolgan chiptalar – 44 mingta chiptani ( 55 foiz) – UYeFA o‘zida qoldiradi. Bu chiptalar homiylar, hamkorlar hamda tashkilotning rasmiylariga beriladi. Bu kvota – tashkilot tarixidagi eng ko‘p miqdordagisi bo‘ladi, shu vaqtgacha UYeFA homiylar va hamkorlar uchun 50 foizdan ortiq ulush ajratmagandi. Bundan oldinroq «Real» va «Atletiko» muxlislari YeChL finali uchun 20 mingtadan chipta olishi haqida xabar berilgandi.
Sport
TASS axborot agentligining xabar qilishicha, Koreya mehnat partiyasining Pxenyanda bo‘lib o‘tayotgan 7 s’yezdi majlisiga xorijiy OAV kiritilmagan. S’yezd munosabati bilan AQSh, Yaponiya, Ispaniya, Finlandiya, Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlardan mamlakatga taklif etilgan OAV xodimlariga shahar fuqarolari bilan muloqot qilishga izn berilgani ta’kidlanmoqda. Teleoperatorlar esa, anjuman bo‘lib o‘tayotgan bino atrofini suratga olishlari mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur s’yezdni yoritish maqsadida birgina Yaponiyadan 60 nafar jurnalist, AQSh OAVning 20 nafar xodimi tashrif buyurgan. Qayd etish lozim, Koreya mehnat partiyasining ushbu s’yezdi so‘nggi 36 yilda ilk marotaba o‘tkazilmoqda.
Siyosat
«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa ligasi yarimfinalining javob uchrashuvida «Vilyarreal» ustidan 3:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi. Mening «Liverpul»im qoyil-maqom o‘yin ko‘rsatdi. Mana buni o‘yin desa bo‘ladi! Shogirdlarim o‘ynashni do‘ndirib qo‘yishdi. Bu yana bir g‘aroyib kecha edi. Birinchi yarimsoatlik juda hayajonli va ehtiroslarga boy o‘tdi - bu ham ajoyib edi. Birinchi bo‘limning oxirgi 15 daqiqasida xotirjamlikni yo‘qotdik. Ikkinchi bo‘limda hissiyotga berilgan holda o‘yinni davom ettirishimiz kerak edi. Lekin aql-hushimizni ham yo‘qotmasligimiz talab etilardi. Buni ham qoyil-maqom qilib uddaladik. «Liverpul»ga kelganimda menga bu jamoaning saviyasi yuqori emas, transferlari yaxshi emasligi haqida aytishgandi. Ammo men bu yerda ajoyib jamoa borligini bilar edim. Mana endi biz Bazelga, Yevropa Ligasi finaliga boramiz! Biz mavsumni uzaytirdik», - deydi Klopp.
Sport
Butun dunyodan yig‘ilgan olimlar guruhi Antarktida ekspeditsiyasi davomida 1 tonnadan ortiq dinozavr suyaklarini topib oldi. Bu haqda ABC News xabar tarqatdi. Ma’lum bo‘lishicha, ustihon qoldiqlarining yoshi Yer yuzida dinozavrlar hayoti nihoyasiga yetgan davrga borib taqaladi. Qotib qolgan suyaklar taxminan 71 million yoshda. Qoldiqlari orasida ko‘plab suv jonzotlarining bo‘laklari topilgan. Ustihonlar avvaliga Chiliga, keyin AQShga yuborilgan. Endi ular Pensilvaniya shtati Karnegi Tabiiy tarix muzeyida o‘rganiladi.
Xorijiy Yangiliklar
«Sevilya» jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa Ligasining yarim finali javob uchrashuvida «Shaxtyor»ga kechgan va 3:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi (Ukrainadagi birinchi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan va jamoa 2 uchrashuv natijasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi). «Bu o‘ta qiyin bahs bo‘ldi, raqib jiddiy edi. Biz ko‘proq ishtiyoq bilan o‘ynadik va ustunligimizni namoyish eta oldik. Birinchi o‘yindagi natija ham bizga qulaylik tug‘dirdi. Tanaffusdan keyin to‘pni to‘g‘ri nazorat qilishga o‘tdik. To‘pni nazorat qildik va gol o‘z-o‘zidan keldi. Bu alohida hislar, bu baxtiyorlik kuni. Lekin biz olg‘a harakatlanishda davom etishimiz kerak. Finaldagi g‘oliblik evaziga keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etishimiz mumkin. Finalda favorit bo‘la olamizmi? Biz buning uchun juda ko‘p ish qilishimiz kerak», – deydi Emeri. 18 may kuni Bazel shahrida o‘tkaziladigan Yevropa Ligasi finalida «Sevilya» «Liverpul»ga qarshi o‘ynaydi.
Sport
Venesuela tashqi ishlar vaziri Delsi Rodriges AQSh hukumatini mamlakat konstitutsiyaviy hukumatini ag‘darishga tayyorgarlikda hamda Venesuelada sun’iy mahsulot tanqisligini hosil qilishda aybladi. Bu haqda Telesur xabar tarqatdi. “AQSh Venesuelada yetishmovchilikni yuzaga keltirgani isbotlaydigan dalilimiz bor”, - ma’lum qildi Rodriges.
Siyosat
Birlashgan Arab Amirliklarining iqtisod vazirligi qoshidagi iste’molchi huquqini himoya qilish departamenti maxsus qaror qabul qildi. Unda muborak Ramazon oyi munosabati bilan 10 iyundan boshlab bir oy davomida bir ming olti yuz xil mahsulotlar narxini tushirish haqida qayd qilingan. Mahsulotlar narxining tushirilishi mamlakatdagi uch yuz qirqta asosiy gipermarket va supermarketlardan boshlanadi. Qonunga rioya qilmagan savdo markazidan yuz ming dirham, ya’ni yigirma yetti ming dollar miqdorida jarima undiriladi. Qonunbuzarlik qaytarilsa bu jazo ikki barobarga ortadi. Bundan tashqari hukumat boshqa ijtimoiy tashabbuslarni ham ko‘zlamoqda. Masalan, ko‘p bolali yoki kam ta’minlangan oilalar uchun yanada qulay sharoit yaratish niyatida. Ramazon oyida har bir inson o‘z oilasi dasturxonini boyitishga harakat qiladi. Shu bois oziq-ovqat mahsulotlarning narxini iloji boricha pasaytirishga undamoqda. Azizxon HAKIMOV / Muslim.uz
Iqtisodiyot
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp feysbuk sahifasida ispan tilida so‘zlashuvchilarga mehrini izhor qildi. “Sinko de Mayo (Meksikaning milliy bayrami) muborak bo‘lsin! Eng yaxshi tako-boul Trump Tower Grill (Trampning restorani)da tayyorlanadi. Men ispan tilida so‘zlashuvchilarni yaxshi ko‘raman!”, - deb yozib qo‘ydi Tramp.
Siyosat
Kingstondagi (Ontario, Kanada) Kuins universiteti muhandislari HoloFlex smartfonining prototipini yaratishdi. Qurilmaning video taqdimoti Human Media Lab laboratoriyasining YouTube’dagi sahifasiga joylashtirildi. Ma’lum bo‘lishicha, smartfonni ishlab chiqish jarayoni aynan shu laboratoriyada amalga oshirilgan. HoloFlex’da egiluvchan golografik displey mavjud bo‘lib, uning bir qatlamida yorug‘lik tarqatuvchi mikroskopik linza o‘rnatilgan. Shu tariqa ekranda bir vaqtning o‘zida bir qancha insonlar kuzatishi mumkin bo‘lgan stereoskopik suratlar paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda maxsus ko‘zoynaklar talab etilmaydi. Matritsa (o‘yma qolip) kengligi 1080p ni tashkil etadi, biroq linzalar tizimi tufayli u 160x104 pikselgacha pasayib ketadi. Smartfonning egiluvchan displeyga ega boshqa gadjyetlardan farqi shundaki, HoloFlex ekran bukilishini buyruq vazifasida qabul qiladi. Misol uchun, foydalanuvchi smartfonni bukkan holda virtual obektlar o‘rtasidagi masofani o‘zgartirishi mumkin.
Texnologiya
Yaponiyada 25 apreldan 1 maygacha bo‘lgan bir hafta muddat ichida issiq urishidan 181 kishi shifoxonaga yotqizilgan, 1 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 6 may kuni mamlakat o‘t o‘chirish xizmati boshqarmasi shu haqdagi statistik ma’lumotlarni oshkor qilgan. Yaponiyadagi qonunga ko‘ra, tez tibbiy yordam xizmati ham o‘t o‘chirish boshqarmasi tarkibiga kiradi. Mazkur ma’lumot joriy yildagi issiq havo harorati oqibatlariga oid birinchi xabardir. Yaponiya o‘t o‘chirish boshqarmasi jaziramadan aziyat chekkanlarga oid ilk raqamlar paydo bo‘lganidan boshlab, o‘lim hollari va shifoxonaga yotqizilganlar to‘g‘risida hisobot bera boshlaydi. Endilikda 6 maydan boshlab har hafta juma kuni boshqarma saytida ayni holatga oid axborotlar yangilanib turiladi. Hozirda 6 nafar jabrlanganlarning ahvoli og‘ir, deb hisoblanmoqda. Ular 3 hafta mobaynida davolanishlari lozim. Issiq urganlarning yarmidan ko‘pi 65 yoshdan katta kishilardir.
Salomatlik
3 may kuni AQShning Luiziana shtatida Ikkinchi jahon urushi faxriysi bo‘lgan Frenk Levingston 110 yoshida olamdan o‘tgan. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan. Levingston 1905 yilning 13 noyabrida shtatning shimolidagi qishloqlardan birida tavvallud topgan. U 1942 yilning 6 oktabrida harbiy xizmatga chaqirilgan va 1943 yilning sentabrida Italiyaga tushirilgan ittifoqchilar armiyasi safida harakat qilgan. U shuningdek, Shimoliy Afrika hududidagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etgan. 1945 yilda Levingston harbiy xizmatdan faxriy sifatida bo‘shatilgan va sement sanoati sohasida ishlay boshlagan. U hech qachon uylanmagan va farzand ko‘rmagan. Ba’zi nashrlarda Levingston Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etgan faxriylarning eng keksasi sifatida aytilardi. Lekin bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan. 2015 yilning dekabrida Levingston Vashingtonda o‘tkazilgan Perl-Harbor fojiasi qurbonlarini xotirlash marosimida boshqa faxriylar qatorida qatnashgan.
Xorijiy Yangiliklar