text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
5 may kunining ikkinchi yarmida Yer sayyorasiga nomsiz, 388945 indeksli ulkan asteroid yaqinlashib uchgan. Kichik osmon jismlari Xalqaro astronomik ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, bu osmon jismi Yer sayyorasidan 5 mln km masofadan uchib o‘tgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu osmon jismi Apollon asteroidlari guruhiga kiradi. Bu asteroid Santa-Katalin tog‘idagi Maunt-Lemmon observatoriyasida kashf qilingandi. Uning diametri 160dan 490 metrgacha bo‘lib, u Yer uchun xavfli obektlar sirasiga kiritilgan. Bunday ro‘yxatgan kelajakda Yerga 0,05 astronomik birlikda (7,5 mln km) yaqinlashishi mumkin bo‘lgan osmon jismlari kiritilgan. Ro‘yxatga hajmi kamida 150 m va undan katta hajmga ega bo‘lgan osmon jismlari kiritilgan. 5 may kuni Yer yaqinidan uchib o‘tgan 388945 indeksli asteroid 13 soatu 8 daqiqa davomida Oy va Yer orasida sayyora uchun yaqin masofadan uchgan. Kelajakda u "insoniyat beshigi"ga yanada yaqinroq kelishi mumkin.
Xorijiy Yangiliklar
Ruminiyalik sobiq futbolchi, ayni vaqtda murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan George Xadji «Rubin» bosh murabbiyi bo‘lishi oydinlashmoqda. Sport.ro nashri ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘zaro shartnoma bo‘yicha kelishib olishgan. Keyingi yillarda Xadji o‘zi tashkil etgan «Viitorul» jamoasini boshqarib kelayotgandi. Qayd etilishicha, uning xizmatlariga Yevropaning bir qator jamoalari, xususan Turkiyadagi jamoalardan ham qiziqishlar bo‘lgan, lekin u «Rubin»ni tanlagan. Bundan oldinroq, Xadji Qozonning «Rubin» jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi, unga yiliga 4 mln yevro miqdorida maosh to‘lanishi haqida xabar berilgandi.
Sport
Kompyuter uchun maxsus stollar yangilik emas, ammo ularda metallning ishlatilishini yangilik desa ham bo‘ladi. Lian Li kompaniyasi DK-04 korpusli kompyuter stollarini taqdim etdi. Ammo uning narx-navosi barchaga ham to‘g‘ri kelavermasa kerak — 1500 AQSh dollari. Ammo kompaniya bu stolni barcha ham sotib ololmasligini anglagan holda, arzonroq bo‘lgan DK-12 kompyuter stolini taqdim etdi. Uning DK-04 dan farqi shundaki, unda korpus bo‘lmay, balki haqiqiy kompyuter stolini o‘zida mujassam etgan. Stolning o‘ng tomon burchagida maxsus boshqaruv pulti bo‘lib, undan foydalanuvchi stolni o‘ziga bemalol moslashtira oladi. DK-12 stoli Lian Li kompaniyasining eng yaxshi usullari asosida yasalgan. Ularning materiali mustahkam va chidamlidir. Uning eng kam bo‘yi 70,5 sm.ni eng balandi esa 118,5 sm.ni tashkil etadi. O‘lchami 1400 × 750 millimetr.
Texnologiya
Rim papasi Frantsisk xalqaro miqyosdagi Buyuk Karl mukofotiga sazovor ko‘rilishi mumkin. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan. Papa inqiroz vaqtida kishilarni ilhomlantirish va ularga ilhom baxsh etish uchun amalga oshirgan harakatlari uchun mukofotlanishi mumkin. Frantsisk 6 may kuni xususiy audentsiya o‘tkazdi va avvalroq shunday mukofotni olgan Yevropa parlamenti raisi Martin Shults, shuningdek Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker, Yevropa kengashi rahbarri Donald Tusk hamda Germaniya kansleri Angela Merkelni qabul qilgan. Yevropaning birligi yo‘lida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ta’sis etilgan Buyuk Karl mukofoti har yili Germaniyaning Axen shahrida topshiriladi.
Siyosat
Yaponiyalik olimlar teri ildiz hujayralarini bemor ko‘ziga birinchi muvaffaqiyatli transplantatsiyasini amalga oshirishganini ma’lum qilishdi. Amaliyot natijasi Siyetlda bo‘lib o‘tgan har yillik ko‘rish hamda oftalmologiya sohasidagi tadqiqotlar Assotsiatsiyasi yig‘ilishida taqdim etildi. Bu haqda RNS xabar berdi. Amaliyot natijasida yoshga doir makulyar degeneratsiya – surunkali xastalik tashxisi qo‘yilgan 70 yoshli ayolning ko‘rish qobiliyati qisman tiklandi. Ayol 2014 yili davolangan, biroq uning natijalari endi – olimlar amaliyotning muvaffaqiyatiga to‘liq ishonch hosil qilganlaridan keyin oshkor etildi.
Salomatlik
Microsoft kompaniyasi Windows’ning eng eski hisoblangan Paint ilovasini keng ko‘lamda yangilashga tayyorlamoqda. Bu haqda MSpoweruser xabar berdi. WalkingCat nikli tvitter foydalanuvchisi Windows Store’da Newcastle ilovasini sezib qoladi. Uning aniqlashicha, ilova avval New Paint nomida bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Paint an’anaviy ko‘rinishdan farqlanadi va Windows uchun universal ilova sifatida taqdim etiladi. Standart redaktorning qo‘shimcha funksiyalari bo‘lishi haqida ma’lumot yo‘q. Yangi Paint yozda - keng miqyosli Anniversary Update yangilanishi bilan bir paytda namoyish etilishi kutilmoqda.
Texnologiya
Hind maxsus xizmatlari qora bozordagi narxi 14 mln dollar turadigan geroinni Pokistonning Panjob shtatidan Hindiston shimoli-g‘arbiga o‘tkazishga urinish vaqtida ushlab qolishdi, deb xabar qilmoqda Hindiston chegara kuchlari rasmiy vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, kontrabanda jo‘natmasi Firozpur sektorida qo‘lga olingan. "Chegara otryadi murakkab relefli joydagi xavfsizlik to‘sig‘ida shubhali harakatni sezgach, tekshirish uchun borgan chegarachilar kontrabandachilarning yashirin tuynugini aniqlashgan va unda har biri 1 kg dan 18 dona paketga joylangan tozalangan geroinni qo‘lga kiritishgan, ammo jinoyatchilarning o‘zlarini hibsga olishning imkoni bo‘lmagan". "Musodara qilingan o‘tkir giyohvand moddaning xalqaro qorabozordagi qiymati kamida 900 mln rupiy (14 mln dollarga yaqin)", - deb qo‘shimcha qilgan chegara xizmati vakili.
Xorijiy Yangiliklar
Qozog‘iston prezidenti Nursultotn Nazarboyev "Nur Otan" partiyasidagi o‘rinbosari Askar Mirzaxmetovni mamlakatning Qishloq xo‘jaligi vazirligiga rahbar etib tayinlagan. Bu haqda mamlakat rahbarining matbuot xizmati xabar tarqatgan. "Mirzaxmetov Askar Isabekovich Qozog‘iston respublikasining Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlansin", deyilgan prezident farmonida. Mirzaxmetov 2015 yilning avgustidan buyon "Nur Otan" partiyasida Nazarboyevning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda edi. U yangi vazifasida Asiljan Mamitbekovni almashtirgan. Mamitbekov 5 may kuni prezident ishtirokida Yer kodeksi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin prezident tomonidan tanqid qilib iste’fo bergandi. Shu kuni Qozog‘iston Iqtisodiyot vaziri Yerbolat Dosayev ham iste’foga chiqqandi. Mirzaxmetov qishloq xo‘jaligi va iqtisodiy sohada katta tajribaga ega bo‘lib, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi hisoblanadi.
Siyosat
2016 yilning 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Bolgariya respublikasining Muvaqqat ishlar vakili Georgi Prodanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan yuqori darajadagi Bolgariya delegatsiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU-2016” xalqaro konferensiyasida ishtirok etishiga oid amaliy masalalar hamda bo‘lajak O‘zbekiston-Bolgariya uchrashuvlarining kun tartibi va dasturi yuzasidan fikr almashildi.
Siyosat
Niderlandiyada kartondan uylar qurilishi boshlanishi mumkin. Bu haqda M2 jurnali xabar berdi. Bunday obektlar balandligi 1,2 metr va og‘irligi yarim tonna bo‘lgan karton bloklaridan yasaladi. Har bir modul o‘zida ekologik kley bilan mahkamlangan 24 qavat kartonni sig‘diradi. Suv o‘tkazmaydigan xususiyatli yog‘och qoplama yog‘ingarchilikdan himoya qiladi. Kartonni uyni istalgan qulay joyda yig‘ish mumkin. Obektning arxitektura formasi egiluvchan, dizayn va joylashuv imkoniyati chegaralanmagan. Fiction Factory Niderlandiya kompaniyasi o‘zining ixtirosiga Wikkelhouse nomini berdi. Uni “o‘ralgan uy” deb tarjima qilish mumkin.
Ekologiya
2016 yilning 19 may kunida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tizimdagi strukturaviy o‘zgarishlar, vazirlik faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari masalalariga bag‘ishlangan onlayn matbuot anjumani o‘tkaziladi. Tadbirga respublikaning barcha hududlaridan ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etilgan bo‘lib, jurnalistlar vazirlik faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob olishlari mumkin. Tadbirda Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov yig‘ilganlar bilan muloqot qiladi. Qayd etilishicha, bunday tashabbus O‘zbekistondagi davlat organlari orasida ilk marta amalga oshirilmoqda. Onlayn matbuot anjumanida ishtirok etishni istagan jurnalistlar oldindan vazirlik axborot xizmatining elektron pochtasi — press@mehnat.uz ga ism-shariflari va faoliyat yuritayotgan OAV nomini yozib xat yuborishlari yoki (+99897)748-74-56 telefon raqamiga o‘rnatilgan “Telegram” messenjeriga ma’lumot qoldirishlari mumkin. Matbuot anjumani Mehnat vazirligida 19 may kuni soat 9.00da boshlanadi.
Siyosat
Falastinning «Xamas» harakati Isroil bilan urush qilishni istamaydi va shu bilan birgalikda isroilliklarning Falastin zaminiga bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda harakat yetakchisi Ismoil Xaniya ma’lum qilgan. «Ayirmachilik harakatlari G‘azo sektori chegarasida bufer zona (to‘qnashuvchilar orasidagi uchinchi betaraf hudud) hosil qilishga imkon bermaydi», degan u. Uning qo‘shimcha qilishicha, Misr, Qatar, Turkiya va BMT vakillari bo‘lgan vositachilar G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatishga erishish uchun ish olib bormoqda. Xaniyaning bayonoti Falastin-Isroil nizosining keskinlashuvi fonida yangradi. Hozirgi vaziyat hududda 2014 yildan buyon ziddiyatlarning eng kuchaygan pallasidir. 2007 yilda Isroil va «Xamas» o‘rtasida 3 marta qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. 2014 yilning yozida yuz bergan to‘qnashuvlar tufayli 2,2 mingdan ortiq falastinlik hamda 70 nafardan ortiq isroillik halok bo‘lgandi.
Siyosat
Kutilganidek, 6 may kuni «Yuventus» jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri turinliklar klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. «Ko‘hna sinoralar» jamoasining rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, 48 yoshli mutaxassis bilan yangi shartnoma 2018 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirilgan. Uning amaldagi shartnomasi muddati 2017 yilning yoziga qadar edi. Italyan OAVida bundan oldinroq yangi shartnomaga ko‘ra Allegri yiliga 5 mln yevro miqdorida maoshi olishi haqida xabarlar berilgandi. Allegri «Yuventus»ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda, uning bosh murabbiyligida jamoa 2 marta Italiya chempioni va bir marta Milliy Kubrkka ega chiqqan.
Sport
Joriy vaqtda jahon iqtisodiyoti o‘sishi sur’atilari yetarlicha bo‘lmayapti. Bunday bayonot bilan AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda jurnalistlar oldida chiqdi. "Global iqtisodiyot o‘sishi kerak bo‘lganchalik tez o‘smayapti", deb aytdi Obama.
Siyosat
Avstraliyalik olimlar mobil telefonlar va miya saratoni o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligini o‘rnatdilar. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. Avstraliyada birinchi mobil telefonlar 1987 yilda paydo bo‘lgan, 1993 yilda esa ulardan 9 foiz avstraliyalik foydalanardi. Ayni vaqtda bu raqam 90 foizni tashkil qiladi. Mutaxassislar oxirgi 29 yil ichidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, aholi o‘rtasida mobil telefonlar soni oshishi miya saratoni aniqlanishi holatlarining oshishiga olib kelmaganini o‘rnatishgan. Miya saratoni holatlari sezilarli ravishda 1982 yilda o‘sgani, u asosan 70 yoshdan kattalarda qayd qilinganini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Unda esa mobil telefonlar hali umuman muomalada bo‘lmagan. Avvalroq ma’lum uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlari bosh miyada melatonin moddasi ishlab chiqarilishini bosishi ma’lum bo‘lgandi, bu esa uyqu oldidan mobil telefon, smartfon yoki planshetning ishlatilishi uyqusizlikning vujudga kelishiga olib kelishi mumkinligini anglatadi.
Salomatlik
Rossiya chempionatining 27-turida "Rostov" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbon jamoa futbolchilari Sardor Azmun va Kristian Noboa gollariga Petar Shkuletich bitta javob to‘pi qaytardi. Qurbon Berdiyev jamoasi shu g‘alabasi evaziga 54 ochko bilan musobaqa jadvalining 1-o‘riniga ko‘tarilib oldi. 53 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan "TsSKA" bitta o‘yin kam o‘tkazgan. Rossiya Premer-Ligasi, 27-tur "Rostov" — "Lokomotiv" — 2:1 Gollar: Azmun, 8 (1:0); Noboa, 45+1 (2:0); Shkuletich, 52 (2:1). Vitaliy Denisov «Lokomotiv» safida 100-o‘yinida maydonga tushdi.
Sport
Iroq Kurdistoni mustaqil bo‘lish uchun referendum o‘tkazmoqchi. Bu haqda Iroq Kurdistoni milliy xavfsizlik kengashi rahbari Masrur Barzoniy The Washington Post gazetasida chop etilgan maqolasida ma’lum qildi. Barzoniyning aytishicha, Iroq Kurdistoni "muvaffaqiyatsizlikka uchragan tajriba" hisoblanadi. U Iroqni tarkib topmagan davlat deb hisoblashini, kurdlarning harakatlari esa doimiy ixtilofga olib kelishini aytdi. Bundan tashqari, Barzoniy Iroq hukumatini o‘z fuqarolarini himoyalay olmaslikda aybladi. Iroq Kurdistoni Iroq tarkibida kurd davlat tuzilmasi bo‘lib, Iroqning yangi konstitutsiyasiga ko‘ra, keng avtonomiya maqomiga ega.
Siyosat
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp prezidentlik saylovlari tugagach, Trump University oliy o‘quv yurtining tugatilishi munosabati bilan sud oldida javob beradi. Chunki unga nisbatan universitet talabalari ayblov kiritgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, biznesmenga qarashli bo‘lgan Trump University talabalarni o‘qish qiymati masalasi bo‘yicha aldagan. Ya’ni, talabalar ko‘chmas mulk bo‘yicha seminarlarga 35 ming dollardan pul to‘lab qatnashishgan. Ma’lum bo‘lishicha bularning bari reklama uchun maxsus uyushtirilgan. San-Diyegoning federal sudyasi 2016 yilning 28 noyabrini eshitish kuni deb belgilagan. Agar Tramp AQSh prezidenti bo‘lsa, ishini sud qarshisida javob berishdan boshlaydi.
Siyosat
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari yaqin tug‘ilgan qiz chaqaloqni 2 ming AQSh dollariga pullayotgan ikki ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, farg‘onalik 52 yoshli Maxfiratxon Yuldasheva hamda andijonlik 57 yashar Odinoy Haqqulovalar yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotib yuborishni rejalashtirishgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Yuldasheva chaqaloqni 2 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Ularga nisbatan JKning “Odam savdosi” moddasi bilan ayblov e’lon qilingan.
Oila va Jamiyat
Polshalik sobiq konchi Yanush Urbanskiy o‘zining azaliy orzusi – gugurt cho‘plari va yelimdangina foydalanib, buyumlar, binolar va dunyodagi mashhur diqqatga sazovor joylarning aniq nusxalarini yaratishni ro‘yobga chiqarmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. Urbanskiy bu mashg‘ulot bilan Ruda-Slensk shahridagi uyida shug‘ullanadi. Polyak o‘z "san’at asarlarini" yaratish uchun o‘n minglab gugurt cho‘plaridan foydalangan. U yaratgan buyumlar orasida San-Frantsiskodagi Oltin darvozalar ko‘prigi, uning ona shahridagi Avliyo Ruh cherkovi, Zabjye shahridagi futbol stadioni, shaxtalar, kemalar, avtomobillar, gitara, shaxmat donalari va taxtasi hamda boshqa buyumlarning nusxalarini uchratish mumkin.
Madaniyat
Boliviya prezidenti Evo Morales uning mamlakati Peru va Boliviyaga suyultirilgan gaz yetkazib berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy OAVga tayangan holda RIA “Novosti” xabar bermoqda. «Shu kunlarda Peru va Paragvay bilan shartnoma imzolanadi», — dedi prezident. Moralesning aniqlik kiritishicha, bu shartnoma Boliviyaga ikki mamlakat uchun ta’minot uskunalarini yetkazib berishga qo‘l keladi. Davlatning YPFB neft kompaniyasi esa xalqaro darajada xizmatlar ko‘rsatadi.
Siyosat
Yaponiya va Janubiy Koreyada yadro qurollarining mavjud bo‘lishi nafaqat mintaqadagi vaziyatni og‘irlashtiradi, balki AQSh manfaatlariga zid keladi. Bu haqda Yaponiya hududiy rivojlanish vaziri Sigeru Isiba o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. "Agar Yaponiya va Janubiy Koreya yadro yo‘lini tanlasa, unda mintaqadagi barqarorlikka putur yetadi va bu holat AQSh manfaatlariga zid keladi", - dedi mamlakat liberal-demokratik partiyasi vakili. Uning ta’kidlashicha, yapon jamiyati AQSh prezidentligiga bo‘ladigan saylovlardan so‘ng, yapon-amerika alyansiga putur yetishidan xavotirlanmoqda. Sigeru Isiba Doanld Trampning nomini aynan keltirmagan, ammo shunga sha’ma qilib o‘tgan. Chunki AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod milliarder Donald Tramp Vashington-Tokio munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini bir ncha bor takrorlagan edi.
Siyosat
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 14 iyundan Toshkent - Voronej yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reysni yo‘lga qo‘yadi. Reys haftada bir marta - har seshanba kuni amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishda A320 aerobuslari xizmat qiladi. 70-yillarda Voronej aeroportidan haftada uch marta Toshkentga 100 kishilik sig‘imdagi samolyotlar qatnardi.
Oila va Jamiyat
UFC bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Neyt Diaz bilan UFC 202 doirasida revansh jangini o‘tkazadi. «Konor Makgregor va Neyt Diaz o‘rtasidagi jang 99 foiz holatda 20 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Men turnir o‘tadigan joyni bilmayman, ammo okeanga yaqin hududda o‘tishiga umid qilaman», — dedi o‘z tvitterida insayder Jyeremi Botter.
Sport
Bir qarashda Trocadero Fixie huddi klassik ko‘rinishdagi velosipedga o‘xshaydi va uning hech qanday ajralib turuvchi hususiyatlari yo‘qdek tuyuladi. Biroq maxsus qulf olib tashlangach, velosiped noodatiy hiylani amalga oshira boshlaydi – rul qismi o‘zini odatdagidek tutaveradi, orqa qism esa belgilangan burilishga qarab tomondan tomonga harakatlana boshlaydi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, g‘ayrioddiy velosiped noan’anaviy tarzda haydalishiga qaramay, o‘z vazifalarini a’lo darajada uddalaydi va yiqilish holatlarini bartaraf etadi. Velosipedchilar Trocadero Fixie’ga moslashishlari va uni bukilgan holatda ham boshqarishni o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi. Yangi ixtiro dag‘al yo‘llar ustida harakatlanishga mo‘ljallanmagan bo‘lsa-da, o‘zining g‘ayritabiiy va kulgili boshqarilishi bilan atrofdagilar e’tiborini jalb eta oladi.
Texnologiya
Misrda taqiqlangan "Musulmon birodarlar" assotsiatsiyasining sobiq olti vakiliga nisbatan (Ahmad Ali Abdu Afifiy, Muhammad Odil Kiloniy, Ahmad Ismoil, Muhammad al-Xatib, Umar Muhammad Siblon va Ibrohim Muhammad Halol) Qatar foydasiga josuslik qilgani uchun Qohira jinoiy sudi tomonidan o‘lim jazosi tayinlandi. Bu haqida المصر الىوم (Misr bugun) nashri ma’lum qildi. Jinoiy ish Misr yuqori muftiysiga tasdiqlash uchun topshirildi. Ular davlat sirini tarqatish, shuningdek, mamlakat suvereniteti hamda xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan hujjatlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq jinoyatlarni amalga oshirganlikda ayblanishdi. Sud bu ish bo‘yicha asosiy ayblanuvchi - Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va yana to‘rt ayblanuvchiga nisbatan qarorni ovoza qilishni 18 iyunga qoldirdi.
Siyosat
Angliyaning joriy mavsumdagi chempioni "Lester" klubining egasi, tailandlik milliarder Vishay Shrivaddxanaprabxa jamoasining chempion bo‘lganini kazinoda nishonlash vaqtida 3,2 mln yevro yutib oldi. Bu haqda Eurosport xabar bermoqda. Tadbirkor Lesterdagi kazinolardan birida ko‘ngilxushlik qilgan. U bu pullarni nimaga ishlatishi aytilmagan. Avvalroq tadbirkor jamoa chempionatda g‘olib bo‘lsa, har bir o‘yinchiga 41 ming yevrolik Mercedes V sinfidagi mashinadan sovg‘a qilish va Las-Vegasga sayohat pulini to‘lab berishga va’da bergandi. "Lester" chempionat tugashiga 2 tur qolganda muddatdan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘zining 132 yillik tarixida birinchi marta Angliya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Shrivaddanaprabxa 59 yoshli tailandlik tadbirkor bo‘lib, King Power Duty Free kompaniyasi asoschisi va bosh direktori hisoblanadi. U jamoani 2010 yilda sotib olgan. Milliarder Forbes jurnali talqini bo‘yicha, Tailandning eng boy odamlari orasida 9-o‘rinni egallaydi.
Sport
Eron neft qazib olishni muzlatish bo‘yicha olib borilayotgan rejaga qo‘shilishini ma’lum qildi. Bu haqda Eron milliy nefti bo‘yicha xalqaro aloqalar kompaniyasi direktori Muhsin Kamsariy ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat neft qazib olish bo‘yicha kerakli natijaga erishgan. Kamsariyning ma’lum qilishicha, bugungi kunda mamlakatda bir kunda 4,2 million barrel neft qazib olinmoqda. Bu mamlakat neft vaziri Bidjan Zangane tavsiya etgan natijadir. Eron xalqaro neft bozoriga kirgach, neftning qiymati keskin tushib ketdi. Uning barreli 30 dollar etib belgilangan vaqtlar ham bo‘ldi. Ammo joriy yilning fevral oyidan boshlab, uning narxi osha boshladi. Ayni damda neftning Brent turi narxi 45 dollar deb belgilangan.
Iqtisodiyot
Internetda Kolumbiyaning ETB telekommunikatsion kompaniyasining reklama roligi ommalashmoqda. Videoda samolyotdan sakragan bir necha parashyutchi yosh sehrgar Garri Potter haqidagi filmda o‘ylab topilgan o‘yin – kviddich o‘ynashadi. Parashyutchilar parvoz vaqtida uzun supurgilarga minib olib, eng katta to‘p – kvoffl uchun kurash olib bordilar. Rolik so‘ngida parashyutchilardan biri to‘pni qolgan ikki ishtirokchi ushlab turgan halqaga tashlashga muvaffaq bo‘ladi. Shundan keyin barcha parashyutchilar parashyutlarini ochib yuboradilar.
Sport
Rimning "Roma" futbol klubining hujumchisi va sardori, afsonaviy Franchesko Totti jamoa bilan shartnomasini 2017 yil yozigacha uzaytiradi. Bu haqda Corriere dello Sport italyan gazetasi ma’lum qildi. Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi bilan shartnoma yaqin orada tuziladi. Nashrning ma’lum qilishicha, yangi shartnoma muddati tugagach, Totti jamoaning murabbiylik shtabi tarkibiga kiradi. Avvalroq futbolchi italyan telekanaliga bergan intervyusida, jamoaning yangi bosh murabbiyi Luchano Spalletti boshchiligida kam o‘yin vaqti olayotgani va vaziyat o‘zgarmasa, faoliyatini tugatishi mumkinligini aytgandi. Keyinroq Football Italia nashri tomonlar o‘rtasidagi ixtilof hal qilinganini ma’lum qilgandi. Joriy mavsumda Totti "Roma" safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchi Rim klubi uchun 1993 yildan beri to‘p surib keladi.
Sport
AQShning Ukrainadagi yangi elchisi Mari Yovanovich bo‘ladi. Kiyev OAVi ma’lum qilishicha, Yovanovich 2012 yildan Yevropa va Osiyo ishlari bo‘yicha byuroda AQSh Davlat kotibi yordamchisining asosiy o‘rinbosari hisoblanadi. Diplomat ayol rus tilida a’lo darajada yozadi va so‘zlashadi, Ukrainadagi vaziyat bilan yaxshi tanish. Ta’kidlanishicha, ayol yaxshi reputatsiyaga ega. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yovanovich AQShning Qirg‘iziston (2005-2008 yy.) va Armanistondagi (2008-2011 yy.) elchisi bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, u Ukrainadagi missiya boshlig‘i o‘rinbosari, AQShning Moskva, London, Ottava (Kanada) va Mogadishodagi (Somali) elchixonalarida ishlagan. Yovanovich AQShning Ukrainadagi hozirgi elchisi Jyeffri Payyetta AQShning Gretsiyadagi elchisi qilib tayinlangani sababli uning o‘rniga keladi.
Siyosat
Pensilvaniya universitetining iqtisodiyot professori Guido Mentsio Filadelfiya aeroportida terrorchilarga maktub yozishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Washington Post nashri xabar bermoqda. 40 yoshli, qora sochli, qoramtir tanli va antiqa xorijiy talaffuzga ega olim samolyotda parvozini kutish vaqtida matematika bo‘yicha differensial tenglamani yechish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning yonida o‘tirgan ayolga bu shubhali ko‘ringan. Ayol styuardessaga o‘zini yomon his qilayotganini va bu reys bilan uchmasligini aytgan hamda unga erkak kimgadir tushunarsiz nimadir yozayotgani aytilgan qog‘ozchani bergan. Buning oqibatida American Airlines aviakompaniyasining reysi ushlandi va professor so‘roq qilindi. So‘roq vaqtida olim italyan millatiga mansub professor ekanligi, "uning tushunarsiz tildagi maktubi" esa unga leksiyada kerak bo‘ladigan oddiy matematik tenglama ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Xorijiy Yangiliklar
Buyuk Britaniya xavfsizlik tashkiloti bo‘lmish MI6 ning sobiq boshlig‘i Jon Soyyers va MI5 ning sobiq rahbari Jonatan Evans mamlakat YeIdan chiqib ketsa, xavfsizlik sohasida bir qator muammolar yuzgaga kelishi haqida gapirib o‘tishdi. Bu haqda Sunday Times nashri yozmoqda. «Kontrterrorizm — bu jamoaviy o‘yin va YeI bu borada juda yaxshi. Hech bir davlat terrorizmga qarshi yakka o‘zi kurasha olmaydi», — dedi razvedkachilar. Ularning ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishi, demokratiyaga qarshilar uchun aynan qo‘l keladi va mintaqadagi muvozanatni yo‘q bo‘lishiga olib keladi.
Siyosat
Taniqli britaniyalik rok musiqachi Ozzi Osborn AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp qiyofasida "yangi Gitlerni" ko‘rayotganini aytdi. "Donald Tramp menga qo‘rquv soladi. Men uchun u keyingi Gitlerdir. U, jin ursin, aqli noraso. Biroq men nima uchun bunday kimsa bunday ko‘p sondagi amerikaliklarni o‘ziga jalb qila olganini ma’lum darajada tushunaman: u o‘zini moliyalashtiradi va ishchi sinfga tushunarli tilda gapiradi", deb aytdi musiqachi Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida. Osbornning fikricha, AQSh prezidenti kursisini Xillari Klinton egallaydi. Biroq musiqachi Klinton o‘zining saylovoldi va’dalarini bajarishiga shubha bildirmoqda. Ozzi Osborn Black Sabbath rok-guruhi asoschilaridan biri bo‘lib, ayni damda AQShda yashaydi.
Siyosat
Xitoy sharqida joylashgan Futszyan viloyatidagi qurilish maydonchalaridan birida sodir bo‘lgan ko‘chki tagida 30 kishi qolib ketdi, deb yozmoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Ushbu voqea mahalliy vaqt bilan tonggi soat 05:00 larda Sanmin orkrugining Taynin uyezdida yuz berdi. Ko‘chki ishchilar yashagan yotoqxonani bosib qolgan. Voqea joyida qutqaruvchilar va politsiyachilar qutqaruv ishlarini olib bormoqdalar, u yerga qutqaruv texnikasi yuborilgan. Qutqaruvchilarning aytishicha, ko‘chkiga hududdagi kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Oila va Jamiyat
Kanada hukumati Belarusdan sanksiyalarni olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda Kanada TIV rasmiy saytida ma’lum qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, Kanada Belarusga nisbatan 2006 yilda kiritilgan sanksiyalarni bekor qiladi. Aniqlik kiritilishicha, mazkur qaror AQSh va Yevropa Ittifoqining Belarusdan sanksiyalarni olib tashlashgach, qabul qilingan. Ma’lum qilinishicha, Kanada “ayrim tovar mahsulotlarini va texnologiyalarni Belarusga eksport qilishga ruxsat bergan”.
Siyosat
San-Frantsisko shahar ma’muriyati binosi yonida, shahar politsiyasi boshlig‘i iste’fosi talab qilinayotgan norozilik namoyishi davomida kamida 33 namoyishchi hibsga olindi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bino oldida to‘plangan o‘nlab norozilar xavfsizlik kuchlari xodimlari bilan to‘qnashganlar. Sherif boshqarmasi vakili Eylin Xirstning aytishicha, namoyishchilar tarqalish haqidagi ko‘rsatmani bajarmaganliklaridan keyin hibsga olinganlar. Ta’kidlanishicha, to‘qnashuvlar shahar politsiyasi boshlig‘i Greg Surning bo‘shatilishini talab qilib 16 kun davomida ochlik e’lon qilayotgan 5 kishining shifoxonaga jo‘natilganidan keyin boshlangan. San Francisco Chronicle nashrining yozishicha, ochlik e’lon qilish 21 aprelda, politsiyachilar tomonidan qora tanli erkaklar otib tashlagan ikki holatga norozilik sifatida boshlangan.
Siyosat
Fransiya chempionatining 37-tur doirasida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda «Lion» jamoasi o‘z uyida «Monako»ni qabul qildi va yirik – 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mezbonlar tarkibida Aleksandr Lyakazett xet-trekka erishgan bo‘lsa, Mapu Yanga-Mbiva dubl qayd etdi. Rashid Gezzal esa bitta gol urdi. Mehmonlardan yagona javob to‘pini Rikardo Karvalo kiritdi. Fransiya. 1-Ligasi. 37-tur «Lion» (Lion) — «Monako» (Monako) — 6:1 Gollar: Gezzal, 3 (1:0); Lyakazett, 8 (2:0); Yanga-Mbiva, 34 (3:0); Lyakazett, 35 (4:0); Karvalyu, 41 (4:1); Yanga-Mbiva, 59 (5:1); Lyakazett, 80 (6:1).
Sport
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining 7-qurultoyida Yaponiya o‘zining mustamlakachilik o‘tmishini anglab, bu uchun pushaymon bo‘lishi kerak, deb aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. "Yaponiya o‘z qilmishini anglab, pushaymon bo‘lishi kerak", - deb aytdi Shimoliy Koreya yetakchisi va Yaponiya ikki Koreyaning birlashishi masalasiga aralashmasligi kerakligini qo‘shimcha qilib o‘tdi. Kim Chen In Koreyaning birlashishi ustida ishlash lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Siyosat
Rossiya Eronga o‘z mahsulotlarini Rossiyaga olib kirishida 25 foizlik bojxona imtiyozini taqdim qildi, deb xabar bermoqda Eron savdoni rivojlantirish tashkiloti vakili Hasan Mirtojiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. "Rossiya Erondan import qilinadigan mahsulotlarga alohida imtiyoz, jumladan bojxona to‘loviga 25 foizlik chegirma berdi", deb aytdi Mirtoji. Mirtoji shuningdek mahsulotlarni eksport qilish va tashishga xarajatlar kamaytirilganini ma’lum qildi.
Iqtisodiyot
Moskva viloyatida besh nafar baykerning qotili qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti». Moskva viloyati IIV bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, politsiya xodimlari gumonlanuvchining joyini aniqlashgan va uni qo‘lga olishgan. Avvalroq politsiya xodimlari gumonlanuvchining avtomobilini aniqlashgani ma’lum bo‘lgan edi.
Siyosat
YouGov tadqiqot kompaniyasi har yili dunyoning eng hurmatga sazovor erkaklari ro‘yxatini tuzadi. Bu yil 1-o‘rin Microsoft asoschisi Bill Geytsga nasib etdi. Bu haqida Daily Mail xabar berdi. Bill Geytsdan keyingi 2-o‘ringa AQSh prezidenti Barak Obama, 3-o‘ringa XXR rahbari Si Tszinpin sazovor bo‘lishdi. Reytingning 4-pog‘onasidan aktyor Jyeki Chan, 5-pog‘onasidan esa olim Stiven Xokinglar o‘rin olishdi. Shuningdek mazkur reytingga Dalay lama, Rim papasi Frantsisk, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Alibaba Group rahbari Jyek Malar kiritilgan. Eng hurmatga sazovor ayol sifatida esa aktrisa Anjyelina Joli tan olingan. Reyting yaratuvchilarning ta’kidlashicha, eng hurmatga loyiq insonlar reytingi ularning ijtimoiy faoliyati prinsiplariga asoslanadi.
Siyosat
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone "Real" jamoasiga qarshi kechadigan Chempionlar ligasi final bahsi haqida o‘ylamayotganini aytdi. - Ayni damda bor e’tiborimiz "Levante"ga qarshi kechadigan o‘yinga qaratilgan. Chempionlar ligasi finalini muhokama qilish uchun hali oldinda 15 kun bor. Biz hozircha dolzarb masalalarni hal qilishga harakat qilib ko‘ramiz. Chempionatda boshqa jamoalarga ishonib qolishimiz kerak emas. "Atletiko" qolgan o‘yinlarda iloji boricha ko‘proq ochko to‘plashga urinadi. Faqat tinmay mehnat qilib, kerakli natijalarga erishish haqida o‘ylayapmiz, - deya Simeonening so‘zlarini keltiradi uff.uz sayti.
Sport
AQShda o‘tkaziladigan Powerball lotereyasining 429 mln dollarlik jyek-poti yutib olindi, deb xabar bermoqda Reuters. Hozircha aniqlanishicha, lotereya chiptasi Nyu-Jyersida sotib olingan. Ma’lum bo‘lishicha, bu lotereya tarixida to‘qqizinchi eng katta yutuqdir. Powerball dan yutish imkoniyati 292 mln.taga bittani tashkil etadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, AQShliklar bu lotereyadan yutish imkoniyatidan ko‘ra, mamlakat prezidenti bo‘lish imkoniyati 25 barobarga oshiqdir.
Xorijiy Yangiliklar
Suriyada turk artilleriyasining o‘t ochishi natijasida IShIDning 55 jangarisi yo‘q etildi, deb xabar bermoqda Sabah nashri. Shuningdek, uchta avtomobil va yana shuncha raketa qurilmasi yo‘q qilingan. Ma’lum qilinishicha, artilleriya nishoni uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati hamda razvedka ma’lomotlari asosida aniqlangan.
Xorijiy Yangiliklar
“Arsenal” jamoasi bosh murabbiy Arsen Venger “Lester”ning Angliya chempioni bo‘lgani haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. “Lester” ning chempion bo‘lishi men uchun og‘ir bo‘ldi. Kimdir sizdan kuchli bo‘lsa, uni tan olish kerak. “Lester” haqiqatda kuchli jamoa. «Man Siti», «Tottenxem» yoki «Manchester Yunayted» haqida o‘ylayapsizmi? Bunga hojat yo‘q. Bu sport. Biz mana shunday kichik jamoalarni mensimay o‘ynashlik oqibatida, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Nega? O‘zim ham bilmayman. Uyda o‘tkazgan o‘yinlarimizda muammolar bo‘ldi, jamoalar bilan kechgan o‘yinda ko‘p ochko yo‘qotdik va yetarli gollar ura olmadik. Ana shular bizning kamchiligimizga aylandi”, — dedi Venger.
Sport
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 71 yilligi munosabati bilan mamlakatdagi 639 nafar urush qatnashchisiga 2 ming somoniydan (255 dollar) pul mukofoti berishga farmon berdi. Ma’lum bo‘lishicha, respublika moliya vazirligi ushbu pullarni mamlakat prezidentining zaxira fondidan olib, ishlatishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, ma’lum qilishlaricha, viloyat va shahar rahbarlari faxriylarga moddiy yordam ko‘rsatib, ularga 1,5 ming somoniy, tuman rahbarlari esa qo‘shimcha 500 somoniydan bermoqda. Shunga muvofiq, Tojikistonda yashovchi 639 nafar faxriyning har biri bayram kuni munosabati bilan 4 ming somoniydan (510 dollar) mukofot puli oladi.
Siyosat
Yangi Moskvada 16 yoshli o‘smir 8 mayda kechki payt temir yo‘l izlari yonidagi yuqori voltli elektr uzatish liniyasida selfiga tushish vaqtida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. "Soat 18:10 da Kursk yo‘nalishining Silikatnaya — SHCHerbinka stansiyalari o‘rtasidagi peregonda 16 yoshli yigit elektr uzatish ustuniga chiqib, selfiga tushmoqchi bo‘lgan. U buning uchun selfi-tayoqchani chiqarganda simlarga tegib ketgan. Yigit katta kuchlanishli tok urishidan voqea joyida halok bo‘lgan", deb aytildi xabarda. Ayni vaqtda ushbu holat bo‘yicha tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda.
Xorijiy Yangiliklar
Angliya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan oxirgi ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy uchrashuvida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Arsenal" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. "Shaharliklar" safida gollarni Serxio Aguero va Kevin De Bryuyne, kanonirlar safida esa Olive Jiru va Aleksis Sanches kiritdi. "Arsenal" 68 ochko to‘plab, 3-o‘rinda qoldi. "Siti" esa 65 ochko to‘plab, 4-o‘rinni egallamoqda. 5-o‘rinda kelayotgan "Manchester Yunayted"da 63 ochko bor, biroq jamoada bitta o‘yin zaxirada bor. Ikkinchi uchrashuvda "Liverpul" o‘z maydonida "Uotford"ni 2:0 hisobida yutdi. Gollarni Jo Allen va Roberto Firmino kiritdilar. "Liverpul" 58 ochko to‘plab, 8-o‘rinni, "Uotford" esa 44 ochko bilan 13-o‘rinni egallamoqda. Angliya Premer-ligasi. 37-tur Manchester Siti – Arsenal – 2:2 Gollar: Aguero, 8 (1:0); Jiru, 10 (1:1); De Bryuyne, 51 (2:1); Sanches, 68 (2:2). Liverpul – Uotford – 2:0 Gollar: Allen, 35 (1:0); Firmino, 76 (2:0).
Sport
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyevda urush faxriylari bilan uchrashuvda ukrainalik harbiylar ishtirokisiz Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga erishib bo‘lmasdi, deb aytdi. "Rad qilib bo‘lmaydigan bunday tarixiy dalillar borida Rossiya urushni Ukrainasiz yuta olardi deb qanday qilib surbetlarcha aytish mumkin. Bu urushni ukrainaliklarsiz yuta olmasdilar", deb Poroshenkoning so‘zlarini keltirmoqda uning matbuot xizmati. Poroshenko Ukrainaning G‘alabadagi rolini kim shubha ostiga qo‘yayotganiga aniqlik kiritmagan. Rossiyalik rasmiy shaxslar bu umumiy g‘alaba bo‘lganini bir necha bor ta’kidlashgan. Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin barcha millatlarning jasoratini yodda saqlash kerakligini, Rossiya Davlat dumasi spikeri Sergey Narishkin esa Sho‘ro armiyasining zobit va askarlarida yagona vatan bo‘lgani va "frontdagilarni rus va arman, ukrain va qozoq, tatar va gruzinlarga bo‘lish hech kimning xayoliga ham kelmagani" aytib o‘tganlar.
Siyosat
Krasnoyarsk o‘lkasi hududi 9 may kuni kuchli qor yog‘ini ostida qoldi. Mahalliy nashrlar tarqatgan suratlarga ko‘ra, o‘lka ma’muriyati binosi joylashgan hudud ham qor bilan qoplangan. Qayd etilishicha, qor 9 may kuniga o‘tar kechasi yog‘a boshlagan. Ko‘chalarda me’yoridan ortiq sovuq harorat qayd etilgan. Krasnoyarsk shahridagi maxsus xizmatlar favqulodda vaziyatlarga shay qilib qo‘yilgan. Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, hududda 9 may kuni kunduzi +2 °C, kechasi esa -6°C harorat bo‘lishi kutilmoqda. 10 may kuni ham qor yog‘ishi davom etishi mumkinligi aytilgan.
Oila va Jamiyat
«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann mamlakatdan tashqarida to‘p suruvchi eng yaxshi fransuz futbolchisi sifatida mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqida Fransiya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (UNFP) sayti xabar qilgan. 25 yoshli futbolchi «Atletiko»ning Chempionlar ligasida finalga chiqishiga yordam berdi. Antuan Grizmann 2014 yilda «Real Sosedad»dan «Atletiko»ga o‘tgan. Joriy mavsumning barcha turnirlarida u 25 yoshli futbolchi madridliklar jamoasi uchun 51ta uchrashuvni o‘tkazdi va 31ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu mukofot uchun «Real» hujumchisi Karim Benzema, «Vest Hem» yarim himoyachisi Dimitri Payye va «Yuventus»da xavbek ampluasida o‘ynovchi Pol Pogba ham da’vogarlik qilgandi.
Sport
9 may – “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “E-yoshlar.uz” loyihasining tashabbuskor talaba-yoshlari tomonidan maxsus internet aksiyasi tashkil etildi. Aktsiyaning asosiy maqsadi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fahriylari va aholining keksa vakillari holidan xabar olishdan iborat. Aktsiya doirasida “video estafeta” ham tashkil etilgan.O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova hamda boshqa san’atkorlar ushbu aksiyada ishtirok etib, urush faxriylari hamda keksalar holidan xabar olishgan. Shu bilan birga estafetaning davomini o‘z hamkasblariga topshirishgan.
Oila va Jamiyat
Yaponiya hukumati KXDR o‘zini yadro quroli bor mamlakat sifatida e’tirof etishini nomaqbul deb hisoblamoqda. Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasining bosh kotibi Yesixide Suga ma’lum qilgan. "Shimoliy Koreyaning BMT Xavfsizlik Kengashining barcha rezolyutsiyalarini bajarishi zarur va ustuvor masala hisoblanadi. Biz shimolliklarning hozirgi pozitsiyalarini nomaqbul deb hisoblaymiz", - deb ta’kidladi Suga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘z mamlakatini yadro quroliga ega mamlakat deb hisoblashiga javoban. Ayni damda Yaponiya hukumati “Shimoliy Koreya ustidan kuchli monitoring olib bormoqda va doim ogoh bo‘lib turibdi”. Chunki KXDRda ayni damlarda yangi yadro quroli ustida ish olib borilayotgan bo‘lishi mumkin, deyiladi ma’lumotda.
Siyosat
8 may kuni Xitoyning Taynin uyezdidagi (Sharqiy Xitoy, Futszyan viloyati) qurilish maydonchasida yuz bergan yer ko‘chkisi tufayli qurbon bo‘lganlar soni 19 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda China News Service xabar bergan. Dastlabki xabarlarda bu hodisa tufayli 8 kishining o‘limi qayd etilgani haqida xabar berilgandi. Yana 25 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Yer ko‘chkisi 8 may kuni ertalabki payt kuchli yomg‘irlar oqibatida sodir bo‘ldi. 100 ming kub metr loy va tog‘ jinsi mahalliy gidroelektrostansiyasining qurilish maydonchasiga qoya bo‘ylab pastga o‘pirilib tushgan hamda ishchilar tunayotgan turar-joy va ma’muriy binoni bosib qolgan. Hududda qutqaruvchilar va politsiya vakillari ish olib borishmoqda. Mamlakat rahbari Si Tszinpin jabrlanganlarga yordam berish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. U shuningdek, shunga o‘xshash hodisalarning iloji bor qadar takrorlanmasligini ta’minlash uchun tegishli tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha mas’ul amaldorlarga vazifa yuklagan.
Xorijiy Yangiliklar
Moskva shahridagi Qizil maydonda G‘alabaning 71 yilligi bayrami munosabati bilan harbiy parad boshlandi. Paradda Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev ishtirok etishmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, G‘alabaning 71 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan parad bu yil 10 ming harbiy, 135ta harbiy mashina, 71ta uchish qurilmalari ishtirokida o‘tmoqda. Harbiy paradni Rossiya quruqlik qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Oleg Salyukov boshqarmoqda.
Siyosat
Britaniyaning Balmoral yo‘lovchi tashish kemasining 252 nafar yo‘lovchisi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi AQSh qirg‘oqlari yaqinidan suzib o‘tish vaqtida oshqozon-ichak infeksiyasi bilan zaharlanishdi. Bu haqida Amerikaning Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi vakillari xabar berishdi. Angliyaning Sauthempton portidan Amerikaning Men shtati qirg‘oqlariga aprel oyining o‘rtalarida 34 kunlik sayohat uchun yo‘lga chiqqan Balmoral kemasi bortida 919 nafar yo‘lovchi va 502 ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari norovirus bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Kasallik belgilari – qusish, ko‘ngil aynishi va ich ketishi. Norovirus o‘choqlari asosan yopiq muassasalarda, yotoqxonalarda va yo‘lovchi kemalarida kuzatilmoqda. Bu infeksiya deyarli bir necha soat ichida tarqalishi mumkin. Jumladan, u zararlangan oziq-ovqatdan ham yuqadi.
Salomatlik
Joriy yilning 30 aprel-7may kunlari Portugaliyaning Funchal shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa ochiq chempionatida o‘zbekistonlik paralimpiyachilar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Jumladan, sportchilardan Pankov Kiril, Odilova Muslima va Toshpo‘latova Shohsanamlar erkaklar va ayollar o‘rtasida suzishning batterflay, erkin, komleks va chalqancha turlarida 50, 100, 200, 400 metr masofalarida kuch sinashib 1ta oltin, 2ta kumush va 4ta bronza medalini qo‘lga kiritib, shu bilan bir qatorda 1ta jahon va 6ta Osiyo rekordini yangilab, shohsupaning yuqori o‘rinlaridan joy olishdi. Mazkur musobaqada 50ta davlatdan 500 nafar sportchi ishtirok etdi.
Sport
Filippinda prezidentlik saylovi, shuningdek vitse-prezident, senatorlar va 18 ming mahalliy amaldorlar uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Saylov kunida mamlakat poytaxti Manila shahri yaqinida avtomobil va 2ta mototsikldagi jinoyatchilar o‘t ochishi tufayli 7 kishi halok bo‘lgan va 1 kishi jarohatlangan. Saylov vaqtida tartibni saqlashga javobgar bo‘lgan mas’ul Jonatan del Rosarioning ma’lumotiga ko‘ra qurollangan shaxslar hujumi siyosiy ziddiyatlar markazlaridan biri hisoblanadigan Kavite viloyatida, saylov uchastkalari ochilishidan biroz oldinroq ro‘y bergan. Rosarioning qo‘shimcha qilishicha, yil boshidan buyon kamida 15 kishi siyosiy qarama-qarshiliklar qurboniga aylangan. Bugungi otishmaning aniq sababi keltirilmagan.
Siyosat
«Sevilya» jamoasining ukrainalik yarim himoyachisi Yevgeniy Konoplyanka Ispaniyada o‘z jamoadoshlari uni chaqirishda qiynalishayotgani haqida aytib o‘tdi. «Ularda familiyamni aytishda muammolar paydo bo‘lmoqda, kimdir Chokoplyancha deydi, kimdir Shokoplyancha… Men ularga hazillashib, "meni shokolad deb ham atayveringlar" dedim. Ularning tilida "Jyenya" so‘zini ishlatish – juda qiyin. "Yevgeniy" so‘zini aytish esa deyarli imkonsiz. Men ularga oson bo‘lishi uchun pasportdagi ismimni "Kono" qilib o‘zgartirdim,», – deydi Konoplyanka "2+2" telekanali efirida. Ukrainalik yarimhimoyachi joriy mavsum avvalida «Sevilya»ga «Dnepr» jamoasidan o‘tgandi. Konoplyanka «Sevilya» safida barcha turnirlarda 30 uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol urdi hamda 9ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Sport
9 mayga o‘tar kechasi Toshkent shahri aholisi yomg‘ir aralash kuchli shamol va momaqaldiroqqa guvoh bo‘ldi. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari yashin aks etgan suratlarni tarmoqqa joylashtira boshlagan. Suratlarda bu tabiat hodisalari shahardagi daraxtlarni qulatib, ko‘plab avtomobillarga zarar yetkazgani, tomlarning shiferlari uchib ketgani, eshiklar buzilgani va devorlar ag‘anagani ko‘rinadi.
Ekologiya
Kamerundagi ayollar futbolida "Femina Stars" jamoasi darvozaboni Janin Kristel Jomnang 8 may kuni o‘yindan oldingi mashg‘ulot jarayonida hushini yo‘qotib vafot etgan. 26 yoshli Jomnang hushidan ketgach shifoxonaga olib ketilgan, lekin yo‘lda uning joni uzilgan. Ushbu yosh sportchining o‘limi sababi sifatida yurak xuruji xastaligi keltirilgan. Biroz oldinroq, kamerunlik yana bir futbolchi fojiali tarzda vafot etgandi. Buxarestning "Dinamo" jamoasi a’zosi bo‘lgan kamerunlik Patrik Ekeng "Viitorul" jamoasiga qarshi o‘yin vaqtida yerga qulagan va shifoxonaga ketish chog‘ida olamdan o‘tgandi.
Sport
Avstriya kansleri Verner Fayman o‘z lavozimidan iste’foga chiqdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan. U koalitsion hukumat rahbarligi hamda Avstriya Sotsial-demokratik partiya rahbarligidan ham iste’fo bergan. Fayman mamlakatda qochqinlarni qabul qilish siyosatida o‘ta qattiqqo‘lligi bilan ommaning noroziligiga uchragan. Avvalroq u boshchiligidagi Avstriya hukumati Italiya bilan chegarada 400 metr uzunlikdagi to‘siq o‘rnatishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgandi. O‘tgan haftada, 1 may kungi mitinglar vaqtida ishtirokchilar Faymanga qarshi hushtakbozliklar qilishgandi. Fayman matbuot anjumanida o‘z partiyasi vakillarining to‘la qo‘llab-quvvatlashini his qilmagani uchun shu qarorga kelgani haqida ma’lum qilgan. So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, Sotsial-demokratlar va ularning ittifoqchilari 2018 yilgacha bo‘lib o‘tadigan umumxalq saylovlarida "Avstriya Ozodlik partiyasi"dan yengilishi taxmin qilingan.
Siyosat
Qayd etilishicha, dunyoda jangovar xususiyatlariga ko‘ra S-400 «Triumf» imkoniyatlariga teng keladigan qurol mavjud emas. Harbiy parad vaqtida kolonnani Ikkinchi jahon urushi davridagi eng yaxshi tank hisoblangan T-34 rusumli texnika boshqarib bordi. Shuningdek, paradda «Armata» T-14 tanki ko‘rsatildi. Shundan keyin Qizil maydon hududida «Iskander» tezkor-taktik raketa majmuasi, «Tor-M2U» va «Buk-M2» zenit-raketa majmuasi hamda «Pantsir-S» zenit raketa-to‘p majmuasi birin-ketin paydo bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, G‘alabaning 71 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan parad bu yil 10 ming harbiy, 135ta harbiy mashina, 71ta uchish qurilmalari ishtirokida o‘tdi.
Oila va Jamiyat
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, u 9 may kuni o‘tkazilgan paradda ishtirok etish uchun Moskvada bo‘lgan Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevga Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli, urushda qozoqlarning ko‘rsatgan qahramonliklari tasvirlangan gazetani topshirgan. "Men mamnuniyat bilan bugun bizning oramizda bo‘lgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga urush davrida chiqqan va qozoq xalqining urush vaqtidagi ko‘rsatgan qahramonliklari tasvirlangan gazetani topshirdim. Mehmonimizni qutlaymiz, unga bugun biz bilan birga bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildiramiz", deya Putinning parad vaqtidagi nutqidan iqtibos keltiradi RIA Novosti. Rossiya prezidenti "1941 yili dushman bilan kurashish uchun sobiq Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan barcha xalqlar birdek jangovarlik bilan frontga otlangani" haqida eslab o‘tgan. Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari birgalikda Moskvadagi Noma’lum askar qabriga gulchambarlar qo‘yishgan.
Siyosat
8 may kuni Toshkentda “Moy Tashkent” (“Mening Toshkentim”) myuziklining premerasi oldidan estrada xonandalari va aktyorlari ishtirokida aksiya o‘tkazildi. Ishtirokchilar ikki qavatli avtobuslarda (Double decker) shahrimizning eng mashhur maskanlariga tashrif buyurishdi. Poytaxt bo‘ylab sayohat chog‘ida “Shahidlar xotirasi” majmuasi, “Minor” va “Hazrati Imom” masjidlari ziyorat qilindi. Ziyoratdan so‘ng, “Gulsaroy” turar-joy majmuasining ochiq maydonida kichik shou-tadbiri tashkil etildi. “Toshkent bo‘ylab yulduzlar fleshmobi”da Ozodbek Nazarbekov, Mansur Toshmatov, Muhammadiso Abdulhairov, “VIA Sharq” guruhi, Fotima Rejametova kabi ko‘plab san’atkorlar ishtirok etishdi. Eslatib o‘tamiz, “Mening Toshkentim” - bu yangi turdagi musiqali shou bo‘lib, jonli ijro imkoniyatlari, yorqin dekoratsiyalar, aktyorlik mahorati va mualliflik yondoshuvini targ‘ib etishga qaratilgan.
Madaniyat
Iroqning sharqida joylashgan Ba’quba shahrida avtomobil portladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Noxush voqea oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 40 lan ko‘proq kishi jarohatlandi. Ayni vaqtda hech qaysi bir terrorchilik tashkiloti portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Xorijiy Yangiliklar
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real" tomonidan mavsumda bir nechta unvon olinishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. "Ayonki, "Barselona"dagi odamlar "Real" hech qachon hech narsa yutmasligini istaydilar. Ular esa bizga buni tilaydilar. "Real" yana Chempionlar Ligasi finalida o‘ynaydi, biz esa o‘z ishimiz haqida o‘ylashimz kerak. Ispaniya kubogini yutsak yomon bo‘lmasdi, biroq buni amalga oshirish oson emas. Biz "Real", "Atletiko", "Sevilya" va "Villyareal" bilan raqobatlashmoqdamiz. Bu jiddiy klublar, shuning uchun biz bundan huzur olishni o‘ylashimiz kerak", deb Messi aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi As nashri. Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Ispaniya chempionati yakunlanishiga bir tur qolganda "Real"dan 1 ochko oldinda borib, peshqadam bo‘lib qolmoqda. "Real" 28 mayda Chempionlar Ligasi finalida "Atletiko" bilan uchrashadi. "Barsa" esa 21 mayda Ispaniya kubogi finalida "Sevilya" bilan bellashadi.
Sport
Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon eronlik harbiylar tomonidan ballistik raketalar sinovi o‘tkazilgani haqidagi xabarni rad etdi, deb xabar bermoqda Fars agentligi. "Oxirgi vaqt biz 2 ming km lik masofaga ega hech qanday raketa uchirmaganmiz", deb aytdi vazir. Biroq shu bilan birga vazir Eronning raketa dasturi rivojlanishda davom etayotganini ta’kidlab o‘tdi. Avvalroq Eronda ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ma’lum qilingandi.
Siyosat
2015 yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra AQSh iqtisodiyoti 0.7 foizga qisqardi. Bu haqda mamlakat savdo departamenti iqtisodiy tahlil byurosi tomonidan chop etilgan raqamlardan ma’lum bo‘ldi.Muassasa xabarnomasida aytilishicha, tushish iste’molchilar faolligining tushishi va eksport hajmining qisqarishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, xususiy investitsiyalar hamda shtatlar xarajatlari qisqargan. Bu holat qisman importning tushishi va federal hukumat xarajatlarining o‘sishi bilan qoplangan.Bir oy muqaddam savdo departamenti joriy yilning yanvar-mart oylarida mamlakat iqtisodiyoti 0.2 foizga o‘sganini ma’lum qilgan edi. Ammo yakuniy hisobotda boshqacha sonlar aks etish kutilmoqda. Yakuniy hujjat iqtisodiy tahlil byurosi tomonidan iyun oyida taqdim etiladi.
Iqtisodiyot
“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya kubogi finali arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Men o‘yin muhiti o‘ziga xos bo‘lishini kutmoqdaman. “Atletik” hozir ham mavsum davomida bizga qarshi kurashgan holatida. Bu jamoa bosim o‘tkazadi hamda erkin nafas olish imkonini bermaydi. “Kamp Nou” ajoyib maydon. Biroq finalni o‘z maydonida o‘tkazgan jamoalarni mag‘lubiyatga uchragan holati ham kuzatilgan. Suaresning ahvoli yaxshi. U hafta davomida mashg‘ulotlarda qatnashdi va finalda o‘ynashi mumkin”, – dedi Enrike.
Sport
Hindistonning Panjob shtati politsiyasi Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumon qilinayotgan kabutarni ushlab oldi, deb xabar bermoqda Times of India nashri. Mahalliy politsiyada Pokistonning okruglaridan birida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami va urdu tilidagi yozuv o‘yib tushirilgan kabutarning oyog‘idagi halqa shubha uyg‘otgan. Urdu tili Pokistonda ingliz tili bilan birga davlat tili hisoblanadi. Kabutar Pokiston chegarasi yaqinidagi Patxankot shahriga qo‘nganda uni bir mahalliy bola ushlab olgan. Bola urdu tilidagi yozuvni ko‘rib kabutarni politsiyaga olib borgan. Politsiyaning ta’kidlashicha, hozircha kabutarning josuslik qilgani haqida hech qanday ma’lumot tasdiqlanmagan, biroq u har ehtimolga qarshi hibsda ushlab turilibdi.
Siyosat
Turkmanistonning yangilangan Konstitutsiyasi loyihasiga prezident vakolat muddatini besh yildan yetti yilga uzaytirish to‘g‘risidagi band qo‘shilishi taklif qilindi. Ushbu masala mamlakat asosiy qonunini takomillashtirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiyaning Turkmaniston parlamenti (Mejlis) raisi Aqja Nurberdiyeva ishtirokidagi yig‘ilishida muhokama qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilik Konstitutsiyaga «takliflar asosida, yangi tarixiy davr realliklarini va ilg‘or jahon tajribasini inobatga olib, shuningdek yirik uzoq muddatli dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida» kiritilishi mumkin.
Siyosat
Vashingtonda har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan Spelling Bee savodxonlik tanlovida kelib chiqishi hind bo‘lgan o‘smirlar ketma-ket sakkizinchi bor g‘olib bo‘lishdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. Tanlovning birdaniga ikki nafar ishtirokchisi – Missuri shtatilik 14 yoshli Gokul Venkatachalam ismli o‘smir bola va Kanzas shtatilik 13 yoshli Vaniya Shivashankar ismli o‘smir qiz 35 ming dollar miqdorida mukofot puli olishdi. Tanlovning finalida o‘smirlar 25ta murakkab so‘zni harflab aytib bera olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu berilgan so‘zlardan Vaniyaga oxirgi bo‘lib scherenschnitte (qora qog‘ozdan yasalgan siluet degan ma’noni beradi) va Gokulga nunatak (har tomondan muz bilan qoplangan tog‘ ma’nosini beradi) so‘zlari berildi. Venkatachalam o‘tgan yili ham bu tanlovda ishtirok etgan va 3-o‘rin bilan kifoyalangan. Vaniya Shivashankarning opasi Kaviya 2009 yildagi tanlov g‘olibi bo‘lgan edi. Bu yili Spelling bee tanlovi 90-marotaba o‘tkazildi. Unda 283 nafar o‘smir ishtirok etdi.
Ta'lim
Yaqinda Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning boy insonlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan meksikalik oligarx Karlos Slim o‘zining Manxettendagi uyini 80 mln dollarga sotmoqchi, deb xabar bermoqda Variety. Uyning umumiy maydoni 1850 kv.metrdan kattaroq bo‘lib, unda 25ta xona mavjud. Ularning 10tasi yotoqxona hamda 11tasi mehmonxona. Biznesmen bu uyni 36 mln dollarga sotib olgan. Ma’lumot uchun, Karlos Slimning boyligi 77,1 mlrd dollarga baholanadi. Avvalroq, u bir necha yil Forbes reytingini boshqargan.
Iqtisodiyot
30 may kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida AIBA Pro Boxing seriyasidagi turnirning 60 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasidagi musobaqasi boshlanadi. 30 may kungi dasturdan 4 jang o‘rin olgan. Turnirning ilk kunida Shvetsiya, Italiya, Irlandiya, Braziliya, Rossiya, Germaniya, Filippin va O‘zbekiston vakillari bo‘lgan bokschilar kuch sinashishadi. O‘zbekiston nomidan birinchi kungi bahslar doirasida Xurshid Tojiboyev chiqish qiladi. U ringda Irlandiya vakili Joys Devid Oliver bilan jang qiladi. Bu jang 3 daqiqadan 8 raund davom etadi. Qayd etish joizki, turnirda 10 vazn toifasining har birida 8 nafardan bokschi ishtirok etadi. Har bir vazn toifasidagi 8 bokschi o‘zaro 4tadan jang o‘tkazishadi, g‘olib esa 2016 yilgi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Toshkentdagi turnir turniridagi uch seriyadan birinchisi bo‘lib, keyingi seriyalar 18 iyul va 19 sentabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sport
Yaqin yillarda O‘zbekistonda paxtani mashinada terish ulushi 50-60 foizga chiqadi. Bu haqda Uzbekistan Today nashri xabar bergan. Hozirda ushbu ko‘rsatkich besh foizni tashkil etadi. Har yili mexanizatsiyalashgan paxta terishga o‘tish uchun rejali ishlar olib boriladi va ushbu yilda joriy mavsum hosilini terish uchun Toshkent traktor zavodida ishlab chiqarilgan 1000 ta zamonaviy paxta terish mashinasi sotib olinadi. Bugungi kunda O‘zbekistonning mashina-traktor parklarida 1232ta paxta terish mashinasi mavjud. MX 1,8 rusumidagi 807ta mashina Toshkent traktor zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 425tasi AQShning Case kompaniyasi mahsuloti hisoblanadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining qoraqalpoq tilida faoliyat olib boruvchi ko‘rinishi ishga tushdi. Hukumat portali www.gov.uz manzilida faoliyat olib borib, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy sayti, axborot resursi hisoblanadi. Portal 2007 yildan beri o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, o‘zbek (kirill va lotin alifbosida), rus, ingliz tilida ma’lumotlar joylashtirilar edi. Ta’kidlab o‘tish kerakki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqori Kengashi o‘zining sovminrk.gov.uz saytiga ega bo‘lib, bu sayt o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida faoliyat olib boradi.
Siyosat
Gollivudlik mashhur aktyor Xarrison Ford o‘zining mini-samolyotida falokatga uchragandan uch oy o‘tib, yana osmonga parvoz qildi. Tinch okeani sohilbo‘yida joylashgan Santa-Monika aeroporti vakillarining aytishicha, 72 yoshli aktyor sog‘lom ko‘rinishda bo‘lgan. “U aeroportga qaytishidan juda xursand edi. Hamisha kulib turdi, biroz oqsoqlanib yurishiga qaramasdan, ajoyib ko‘rinishda edi”, deb aytmoqda manbalardan biri. Ford o‘zining do‘sti bilan ikkinchi uchuvchi sifatida parvoz qildi. Ma’lumot uchun, Ford boshqarayotgan samolyot mart oyi boshida falokatga uchragan edi. Aktyor falokatdan keyin hali ham sog‘lig‘ini tiklamoqda.
Madaniyat
Kongo futbol uyushmasi prezidenti va FIFA ijroiya qo‘mitasi a’zosi Konstant Omari Germaniya 2006 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini olish uchun kurashda noqonuniy yo‘l bilan Okeaniyaning ovozini sotib olganini ma’lum qildi. “Germaniya o‘zida 2006 yilgi Jahon chempionatini qabul qilish uchun noqonuniy yo‘l bilan Okeaniyaning ovozini sotib olgan. Biroq bu haqda gapirishga odatlanilmagan. Gap Germaniyaga kelganda, hech kim hech narsa aytgisi kelmay qoladi”, deb aytdi Omari RTL telekanali efirida.
Sport
IShID jangarilari Liviyaning Sirt shahridagi aeroport ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi tvitterda xabar berdi. Liviyaning Tripolidagi rasmiy vakillari bu haqda e’lon qildi.
Xorijiy Yangiliklar
"Manchester Yunayted"ning argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaga Germaniya grandi «Bavariya» qiziqish bildirmoqda. Kicker ma’lumotlariga ko‘ra, myunxenliklar sport direktori Mixael Reshke 27 yoshli futbolchi masalasida «Manchester Yunayted» vakillariga qo‘ng‘iroq qilgan. Agar «MYu» Di Mariyani qo‘yib yuborishga rozi bo‘lsa, «Bavariya» uni sotib olishdan manfaatdorligi aytilgan. Ma’lumot uchun, Di Mariya Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 27 uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 12ta samarali to‘p uzatishni amalga oshirdi.
Sport
Fors Ko‘rfazida joylashgan arab mamlakatlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan turnirda bu safar O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aziz Haydarov to‘p suradigan “Ash-Shabab” klubi g‘olib bo‘ldi. Fevral oyida boshlangan ushbu musobaqa finali kecha, 27 may kuni bo‘lib o‘tdi. Finalga Birlashgan Arab Amirliklarining “Ash-Shabab” klubi bilan birga Ummonning “As-Sib” jamoasi yetib kelgandi. Ular o‘rtasidagi final uchrashuvining asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O‘yindan keyin g‘olibni aniqlash uchun amalga oshirilgan penaltilar seriyasida esa 5:4 hisobida BAA jamoasi ustun keldi.
Sport
Google I/O 2015 anjumanida Google kompaniyasi GoPro kompaniyasi bilan birgalikda virtual reallik uchun stereoskopik video yaratish uchun mo‘ljallangan qurilma ishlab chiqqanini ma’lum qildi. Maxsus ushlagich va 16 ta GoPro kamerasi ko‘rinishadiga ushbu qurilma va Jump bulutli servisi avtomatik rejimda videooqimlarni sinxronlashtirish, streoskopik virtual reallik videosini olish uchun aniqlik, ranglar chuqurligi va balansini bir qolipga keltirish imkonini beradi. Bu loyiha Google Cardboard kartonli virtual reallik ko‘zoynaklarining yangi versiyasi bilan birgalikda maktablar uchun mo‘ljallangan Expedition ta’lim loyihasi doirasida foydalanuvchilar uchun virtual reallik videosini ishlab chiqarish va hammabopligiga sharoit yaratishi kerak.
Texnologiya
Amerikalik marhum qo‘shiqchi Maykl Jyeksonga tegishli bo‘lgan rancho 100 mln dollarga sotildi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi. Kaliforniya shtatidagi Santa-Barbara shahridan 64 km masofa uzoqlikda joylashgan nomli rancho 2700 akr (1,2 ming gektar) maydonda joylashgan. Sotheby’s International Realty vakili Syuzanna Perkinsning aytishicha, bu mulk kimoshdi savdosiga Sycamore Valley Ranch nomi bilan qo‘yilgan.Ma’lum qilinishicha, rancho hududida orangutan, fil va lama kabi jonivorlar ham istiqomat qiladi. Shuningdek, bu yerda temiryo‘l hamda vokzal ham saqlanib qolgan. Ushbu mulkda 2ta uy, hovuz, basketbol maydoni va tennis korti joylashgan. Ma’lumot uchun, Jyekson bu ranchoga 1987 yilda 19,5 mln dollar to‘lagan va u bu yerda 15 yil yashagan. 2008 yilda Colony Capital kompaniyasi bu hududda yangi majmua yaratish uchun 23 mln dollar sarmoya kiritgandi.
Iqtisodiyot
Bugun FIFA prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tmoqda. Unda ushbu lavozimni 1998 yildan buyon egallab kelayotgan Zepp Blatter hamda Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xuseyn nomzodlari keltirilgan. Avvalroq, FIFAning poraxo‘rlikda ayblanganlarning to‘liq ro‘yxati tuzilgani, hibsga olinganlardan 4 nafari o‘z aybiga iqror bo‘lgani, shuningdek, 11 nafar istalgan futbol faoliyatidan chetlatilgani haqida ma’lum qilingan edi.
Sport
Toshkent Tibbiyot akademiyasi yaqinida, Kichik halqa yo‘lida Mercedes Benz rusumidagi avtobus yonib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolari xabar berishgan. Suratlarda avtobus yonayotgani, o‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirishga harakat qilayotgani ko‘rinib turadi. Avtobus qaysi yo‘nalishda harakatlangani, jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan. Qayd etish joiz, so‘nggi yillarda Toshkentda bir necha bor Mercedes Benz Conecto seriyasidagi avtobuslar yonib ketdi.
Texnologiya
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin, deb yozmoqda Ispaniyaning nufuzli Don Balon nashri. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik futbolchining kayfiyatiga ko‘p narsalar ta’sir qilgan. Xususan, klub rahbariyati tomonidan Anchelottining iste’foga chiqarib yuborilgani unga ma’qul kelmagan. Bundan tashqari, klub prezidenti Florentino Peres aksariyat muhim masalalarda yarim himoyachi Garet Beylni birinchi o‘ringa qo‘yishga urinayotgani ham Ronalduga manzur kelmagan. Shuningdek, Ronaldu «Real»ning bo‘lajak murabbiyi deb taxmin qilinayotgan Rafael Benites bilan birga ishlashni xohlamayapti. Ronalduning «madridliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar mo‘ljallangan.
Sport
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) 20 iyunda Magistratura kuni o‘tkazmoqchi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashri xabar bergan. Ta’lim muassasiga tashrif buyuruvchilar institutdagi o‘quv jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Institut oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari (bakalavr darajasi) MBA (Master of Business Administration) xalqaro dasturining “Marketing”, “Moliya”, “Xalqaro turizm” va «Mehmonxona menejmenti» yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishni davom ettirishlari uchun ochiq bo‘ladi. Sayyohlik sohasidagi MBA dasturi O‘zbekistonda birinchi bor taklif etilmoqda.
Ta'lim
Gollandiyalik futbolchi Rayan Babel Rafael Benitesning Madridning “Real” futbol jamoasiga o‘tishi ehtimoli borasida izoh berib o‘tdi. “Benites “Real”ga o‘tadi? Ronaldudan ajoyib himoyachi shakllantiradi”, – deb yozdi Babel tvitterdagi blogida. Babel o‘z paytida “Liverpul”da Benites qo‘l ostida to‘p surgan.
Sport
Nyu-York shtati sobiq gubernatori Jorj Pataki AQSh prezidentligi uchun kurashda ishtirok etishini ma’lum qilgan. 69 yoshli siyosatchi o‘zining veb-saytidagi videorolikda “Biz yagona xalq ekanligimiz borasidagi ruhiyatni qaytarishimiz lozim”, - deydi. Pataki Nyu-York gubernatori lavozimida 1995-2006 yillarda faoliyat olib borgan. Avvalroq respublikachilardan 7 nafari (Marko Rubio, Ted Kruz, Rend Pol va Mark Xakabi, sobiq senator Rik Santorum, Hewlett-Packard kompaniyasi sobiq rahbari Karli Fiorina, taniqli neyroxirurg Ben Karson) o‘zining prezident saylovida ishtirok etishini e’lon qilgan edi. Bundan tashqari, Florida shtatining sobiq gubernatori Jyeb Bush va Viskonsi shtatining amaldagi gubernatori Skott Uoker ham o‘z ishtirokini e’lon qilishi kutilmoqda. Demokratlardan AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va senator-liberal Berni Sanders ishtiroki ma’lum qilingan. Prezident saylovi AQShda 2016 yil noyabrida bo‘lib o‘tadi.
Siyosat
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 27-28 may kunlari Al-Kuvayt shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 42-sessiyasida ishtirok etdi. IHTga a’zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashishdi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishdi va IHT faoliyatiga oid masalalarni ko‘rib chiqishdi. TIVKda ishtirokchi davlatlar delegatsiyalari, qator xalqaro va milliy moliya institutlari rahbarlari ishtirok etdi. Yalpi majlisda O‘zbekiston tomoni taklifiga ko‘ra IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2016 yildagi navbatdagi sessiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Siyosat
Amerikaning Nebraska shtatida o‘lim jazosi bekor qilindi. O‘lim jazosi shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almashtirildi. Ushbu qonun loyihasi o‘n yillab o‘lim jazosini bekor qilishga harakat qilgan mustaqil senator Erni Chembers tomonidan taklif qilindi. Nebraska gubernatori respublikachi Pitt Rikkets shtatning oliy jazosini saqlab qolishni yoqlab chiqdi, ammo ko‘pchilik ovoz (30 ga qarshi 19) bilan senatorlar yangi qonunni qabul qildi. Shunday qilib, Nebraska o‘lim jazosi qo‘llanilmaydigan AQShning 19-shtatiga aylandi. Nebraskada o‘lim jazosiga hukm qilingan jinoyatchi oxirgi marta 1997 yilda qatl qilingandi. Ayni vaqtda shtat qamoqxonalarida o‘limga hukm qilingan 10 kishi bor. Endi ularning jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi.
Siyosat
Android’ning bosh dasturchisi Sundar Pichay dasturchilar uchun mo‘ljallangan Google I/O 2015 anjumanida buyumlar interneti Weave uchun yangi Android ekotizimini namoyish qildi. Google tomonidan sertifikatlashtirilgan istalgan qurilma Weave’ni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa qurilmalar bilan aloqa o‘rnata oladi, ular bilan axborot almasha oladi va smartfondan yoki Android Wear’dan foydalanuvchining buyruqlarini, shu jumladan ovozli buyruqlarini qabul qila oladi. Bu butun dunyo bo‘ylab “aqlli” qurilmalar ixtirochilariga Google’ning tayanch funksionali yordamida o‘zlarining mahsulotlari va tegishli mobil dasturlarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Texnologiya
28 may kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida navbatdagi portlashlar yuz berdi. Bu teraktlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 10 nafardan ortiqligi aytilgan.Shuningdek, 30 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. TASS nashrining xabar berishicha, bu portlashlar shahardagi "Sheraton" va "Palestin" nomli mehmonxonalar hududida ro‘y bergan.
Xorijiy Yangiliklar
"Sevilya" bosh murabbiyi Unai Emeriga Angliyaning «Manchester Siti» klubi qiziqish bildirmoqda. «Shaharliklar» jamoa bosh murabbiyi Manuel Pellegrinining kelajagi borasida bir qarorga kelmagan, lekin, klub direktori Chiki Begiristayn Emerining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorjye Mendesh bilan aloqaga chiqib ulgurdi. Qayd etish joiz, 43 yoshli Unai Emeri so‘nggi ikki mavsum davomida «Sevilya» bilan ketma-ket ikki marta Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi. AS nashri ma’lumotlariga ko‘ra, agar Emeri «Sevilya»ni tark etadigan bo‘lsa, jamoada Xavi Grasia, Fran Eskriba yoki Kike Sanches Flores bosh murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin.
Sport
Amerikalik milliarder va teleboshlovchi Donald Tramp 2016 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentligi saylovida ishtiroki haqida 16 iyunda e’lon qilishi kutilmoqda. Xabarda aytilishicha, tadbirkor o‘z niyati haqida o‘zining Nyu-Yorkdagi “Tramp minorasi” biznes markazida 16 iyun kuni ma’lum qiladi. Yanvar oyida Tramp Respublikachilar partiyasidan saylovda ishtirok etishi mumkinligini aytgandi va mazkur holatda u Amerikada olib borilayotgan ishlardan noroziligini bildirgan. Shu o‘rinda u Barak Obama tomonidan olib borilayotgan siyosatni, xususan sog‘liqni saqlash sohasida Obamacare nomini olgan islohotni tanqid qilgan.
Siyosat
The Times nashrining xabar berishicha, Angliyaning «Liverpul» jamoasi yozgi transferlar oynasi vaqtida italiyalik hujumchisi Mario Balotelli bilan xayrlashish niyatida. Futbolchining agenti Mino Rayola Italiya terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi ingliz klubida qolishi haqida ta’kidlab kelayotgan bo‘lsa-da, «Liverpul» bosh murabbiyi Brendan Rojyers Balotellini sotish haqidagi qarorni bir necha oy avval qabul qilib bo‘lgan. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Balotelli 16 uchrashuvda maydonga tushib, atigi bitta gol urgan va bitta samarali to‘p uzatishni amalga oshirgan.
Sport
Yaponiyaning Kutinoerabu nomli orolida Kutinoerabu vulqoni otilishni boshladi. Meteorologlar tomonidan unga eng maksimal – 5 darajali xavflilik darajasi berildi. Yaponiya hukumati ushbu holat yuzasidan shtab tashkil qildi. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mahalliy hokimiyat vakillari hamda mahalliy meteorologik agentlik mutaxassislari bilan shoshilinch majlis o‘tkazadi. Vulqon og‘zidan dastlabki vulqon otilishlari meteoxizmat kameralari tomonidan mahalliy vaqt bilan 9:59 da (Toshkent vaqti bilan 05:39) qayd etildi. Kul ustuni bir necha daqiqa ichida o‘nlab metrlarga ko‘tarilgan.
Siyosat
Rossiya prezidenti Vladimir Putin FIFAdagi mojaro Rossiyada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 2018 yilgi jahon chempionatining o‘tkazilishiga ta’sir qilmasligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda. Putin “FIFAdagi vaziyat 2018 yilgi jahon chempionatiga ta’sir qilish ehtimoli mavjudmi?” degan savolga “Bilmadim. Bu bizga taalluqli emas”, deb javob berdi. Avvalroq Nyu-Yorkda AQSh adliya departamentining FIFA, KONKAKAF va KONMeBOL futbol tashkilotlaridagi korrupsiyaga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tgan edi. Unda AQSh bosh prokuri Loretta Linch va FQB direktori Jyeyms Komi ham ishtirok etdi. Korruptsion mojaro tufayli FIFAning bir qator amaldorlari hibsga olindi.
Siyosat