text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
"Manchester Siti" jamoasining argentinalik hujumchisi Serxio Aguero "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.Xabar qilinishicha, madridliklar argentinalik futbolchi timsolida Karim Benzemaning o‘rinbosarini ko‘rmoqda. Aguero uchun 90 million yevro taklif qilinishi kutilmoqda. Qayd etish joizki, Florentino Peres Agueroni "Atletiko"da to‘p surgan vaqtlarda ham sotib olishni istagan edi.Ma’lumot uchun, Serxio Aguero joriy mavsumda 33 uchrashuvda 26ta gol urgan va eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.
Sport
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2015 yilning 27-28-may kunlari Al-Kuvayt shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 42-sessiyasida ishtirok etadi. Ma’lumot uchun, Islom hamkorlik tashkiloti 1969 yilning sentabrida tashkil etilgan va 2011 yilgacha Islom konferensiyasi tashkiloti nomi ostida faoliyat yuritgan. O‘zbekiston bu tashkilotga 1996 yilda a’zo bo‘lib kirgan. Hozirda bu tashkilotda 57 a’zo davlat mavjud. Ma’lum qilinishicha, tashkilot yig‘ilishi har yili bir marta o‘tkaziladi. 2016 yilda O‘zbekistonda IHKning 43-sessiyasi o‘tkazilishi aytilgan.
Siyosat
Ravshan Ermatov Osiyo Chempionlar Ligasi 1/16 final bochqich javob uchrashuvi doirasidagi “Guanchjou Evegrand” (Xitoy) – “Seongnam” (J.Koreya) o‘yinini boshqaradi. Shu maqsadda u o‘z brigadasi bilan 25 may kuni Xitoyga yetib bordi. Osiyoning besh karra eng yaxshi hakamiga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Bu ikki klubning o‘tgan hafta Koreyada o‘tkazilgan ilk o‘yinida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishgan edi. Ravshan Ermatov va uning brigadasi 19 may kuni Dohada bo‘lib o‘tgan Qatar derbisi doirasidagi OChL 1/16 final bosqichi doirasidagi “Al Sadd” – “Lahviya” o‘yinini ham boshqargan edi.
Sport
Amerikalik mashhur promouter Bob Arum, o‘z mijozi Menni Pakyaoning kelasi jangini 2016 yilning boshida o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi. Filippinlik bokschining taxminiy raqibi britaniyalik Amir Xan bo‘lishi mumkin va jang BAAning Dubay shahrida tashkil etiladi. Lekin Pakyaoning maslahatchisi Maykl Konts bunday ma’lumotga ega emasligini aytgan.
Sport
20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan Shuhrat Po‘latov "O‘zbekenergo" DAK rahbari o‘rinbosari hamda "O‘zbekko‘mir" AJ bosh direktori lavozimiga tayinlangan. Bu haqda review.uz xabar berdi. Bungacha Shuhrat Po‘latov Olmaliq shahri hokimi lavozimini egallab kelayotgan edi. Undan oldinroq esa "O‘zbekko‘mir" AJ direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Qayd etish joizki, Shuhrat Po‘latov o‘zidan oldingi rahbar Muhiddin Qosimovning o‘rnini egalladi. Muhiddin Qosimov shu yilning aprelm oyi oxirida o‘z lavozimlaridan iste]foga chiqarilgandi.
Siyosat
Futbol bo‘yicha Rossiya chempionati 2-divizionining “G‘arb” zonasida ishtirok etuvchi Moskva viloyati, Ramensk shahrining “Saturn” jamoasi futbolchilari “Ximki” bilan uchrashuv paytida stadionga kiritilmagan muxlislariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi. Stadionning ijara muddati o‘z nihoyasiga yetgani sababli “Saturn” rahbariyati o‘yinning bekor qilinishini talab qildi. Biroq o‘yin inspektori muxlislarni stadionga kiritmagan holda o‘yinni o‘tkazishga ruxsat berdi. Natijada “Saturn”ning mingga yaqin muxlislari stadionga kira olmadi, biroq ular maydon tashqarisidan o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlab turdi. Jamoa o‘z raqibi ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishgandan keyin futbolchilar stadionga kirish darvozasi yoniga borib, o‘z muxlislariga minnatdorchilik izhor etdi.
Sport
Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMX) oxirgi bir yarim yil davomida Rossiyadan boshpana so‘rab murojaat qilganlar miqdori keskin darajada o‘sganini qayd etdi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar bergan. "2014-2015 yillarda Rossiya FMXdan boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni qariyb 100 baravar oshgan", deb ma’lum qilgan boshqarmaning fuqarolik masalalari bo‘yicha bo‘limi rahbari Valentin Kazakov. U bu o‘sish aynan qaysi mamlakat fuqarolari hisobiga qayd etilganiga aniqlik kiritmagan.
Iqtisodiyot
Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMX) boshlig‘i Konstantin Romodanovskiy mamlakatga mehnat muhojirlarining kelishi ko‘rsatkichlari barqaror holga qaytganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar bergan."Biz tegishli qonunlarni joriy qilganimizdan keyin noqonuniy muhojirlar kelishiga chek qo‘yilib, mehnat muhojirlari oqimi barqarorlashdi", deydi Romodanovskiy.Uning aytishicha, yangi qonunlar o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ko‘pchilik taqiqlardan qo‘rqib, qaytib kelishni istamagan.Departamentning xorijlik fuqarolar masalalari bo‘yicha bo‘limi rahbari Sergey Temryakovichning aytishicha, Rossiyaga 1,35 mln xorijlikning qaytib kelishiga ruxsat berilmagan.
Siyosat
Rossiya Jahon qurol bozorida 27 foizlik ulush bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Birinchi o‘rinni esa 31 foizlik ko‘rsatkich bilan AQSh egallagan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi. Uning aytishicha, jahon qurol bozorida Rossiyaning buyurtmalar portfeli 50 mlrd dollarga o‘sgan. "Rossiya jahon qurol bozorida ikkinchi o‘rinda mustahkam joylashgan. Harbiy texnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdik", deydi Putin Rossiyaning xorij mamlakatlari bilan harbiy-texnik qurollar sohasidagi hamkorligi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda. Qayd qilinishicha, 2014 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyaning harbiy mahsulotlarni eksport qilish hajmi 15,5 mlrd dollarga oshgan.
Siyosat
Rossiyaning Tula viloyati Kireyev tumanlararo prokuraturasi Tula viloyati bo‘yicha Rossiya Federal migratsiya xizmati boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda viloyat hududida muxojirlarning noqonuniy ishga joylashtirilishi holatini aniqladi. “Kurakino qishlog‘ida joylashgan qishloq xo‘jaligida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatiga ruxsati bo‘lmagan holda dalada piyoz o‘tqazish bilan shug‘ullanishgani aniqlandi. Tekshiruv muxojirlarni mehnat faoliyatiga ularga ish haqi berishga kafolat bergan T. ismli fuqaro jalb qilgan”, deb aytilmoqda prokuratura matbuot xizmatida. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Kireyev tumanlararo prokuraturasi fuqaro T. ga nisbatan ma’muriy qoidabuzarlik bo‘yicha 6 ta ish qo‘zg‘atgan hamda ularni Tula viloyati Federal migratsiya xizmati boshqarmasi bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun yuborgan.
Oila va Jamiyat
27-30 may kunlari Toshkentda TextileExpo Uzbekistan 2015 nomli xalqaro modalar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.Bu tadbir o‘tkaziladigan kunlari O‘zekspomarkaz pavilonlarida tikuvchilik san’ati va modalar olamining oxirgi yangiliklari namoyish etiladi. Shu jumladan, sohaga oid texnik yutuqlar, asbob-uskunalar taqdimoti ham ko‘rgazma dasturidan o‘rin oladi.Tadbir tashkilotchisi ITE Uzbekistan va ITE kompaniyalari guruhidir.Eskpozitsiya ishtirokchilari ichida Belarus, Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Latviya, Litva, Polsha, Turkiya, o‘zbekiston va Yaponiyaning 70 kompaniyasi vakillari bor. Ekspozitsiyaning 40 foizi O‘zbekiston kompaniyalariga, 60 foizi boshqa davlatlar kompaniyalariga ajratiladi.
Texnologiya
Kransodarning “Kuban” bosh murabbiyi Leonid Kuchuk klubni rasman tark etdi. Klub rahbariyati va bosh murabbiy shartnomani bekor qilish to‘g‘risida o‘zaro kelishib oldilar. Rossiya chempionatining qolgan o‘yinlarida jamoaga Andrey Sosnitskiy murabbiylik qiladi. “Leonid Kuchuk 2013 yil va 2014-2015 yillarda ikki marotaba Krasnodar o‘lkasining bosh jamoasiga murabbiylik qildi. U klub tarixidagi eng yuksak yutuqlarga aloqador bo‘ldi hamda klubni Yevropa Ligasi va Rossiya kubogi finaliga olib chiqdi. “Kuban” Leonid Stanislavovichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va unga yangi kasbiy muvaffaqiyatlar tilab qoladi”, deyilmoqda “Kuban”ning rasmiy saytida. Ma’lumot uchun, belaruslik mutaxassis “Kuban”ga 2014 yilning noyabridan murabbiylik qilishni boshlagan. Uning qo‘li ostida jamoa Rossiya premer-ligasining 15 ta o‘yinida bor-yo‘g‘i bitta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat qayd qilib, musobaqa jadvalining 10-o‘riniga tushib ketdi.
Sport
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti keyingi mavsumda “Milan”ga murabbiylik qilmasligini ma’lum qildi. “Galliani (Adriano Galliani, “Milan” vitse-prezidenti) Madridga keldi, deysizmi? Demak, tushlikka mehmonlar kelar ekanda, bu har doim yoqimli. Biroq uning tashrifi mening rejalarimga hech qanday o‘zgartirish kiritmaydi. Men o‘zimning tanlovimni qilib bo‘ldim. Biroq men agar Italiyaga murabbiylik qilishga kaytsam, faqatgina”Milan”da ishlashimni doim aytardim. Bilaman, klubning rejalari katta, ular jamoani qayta qurishga katta sarmoyalar ajratmoqchilar. Biroq bu oson ish bo‘lmaydi, chunki saflarida ulkan o‘yinchilarga ega bo‘lgan jamoalar ularni olib qolishga harakat qiladilar”, deb aytdi Anchelotti. 55 yoshli mutaxassis “Real”dan bo‘shatiladigan bo‘lsa, o‘z umurtqasidagi muammo tufayli jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun bir yilga futboldan ketishini aytmoqda.
Sport
2015 yil 26 may kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan «Hulkar film» studiyasi tomonidan suratga olingan «Ayol qalbidagi musiqa» hujjatli filmi va «O‘zbekfilm» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Bolalik sinovlari» badiiy filmining jurnalistlar uchun namoyishi va film ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Madaniyat
Goldman Sachs banki yaqin bir necha yil ichida Yaponiyadagi energetik loyihalarni moliyalashtirish uchun 1 mlrd dollarlik obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda, bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. Obligatsiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha rejalar bankning 2012 yilga mo‘ljallangan investitsion dasturmga kiritilgan. Goldman Sachs yaqin 10 yil ichida Yaponiyadagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyihalarga 40 mlrd dollar sarmoya qiritmoqchi.
Iqtisodiyot
Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va Xitoy davlat kengashi a’zosi Yan Tszechining uchrashuvida qo‘shma bayonot qilindi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. “70 yildan beri BMT nizomining maqsad va tamoyillari o‘zining dolzarbligini saqlab kelmoqda. Biroq undagi g‘oyalarni tushunish va joriy qilish jarayoni hanuzgacha yakunlanmagan. Davlatlar bir-birlarining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy birligi, ijtimoiy-siyosiy tuzilmasi va rivojlanish yo‘llari tanlovini hurmat qilishlari kerak”, deyilmoqda hujjatda. Xitoy va Rossiya davlatning ichki ishlariga aralashish va “tashqaridan hukumatni almashtirishga urinishlar”ni maqsadga muvofiq emasligini aytishmoqda. “Muhimi, barcha davlatlar “sovuq urush” zamonlaridagi fikrlashdan voz kechib, hamkorlikka asoslangan uzoq muddatli, ajralmas va umumiy xavfsizlikning yangi ko‘rinishini shakllantirishlari kerak”, deb hisoblamoqdalar tomonlar.
Siyosat
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev xususiy bolalar bog‘chalari va kardiomarkazlarni bir qator soliqlardan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq bunday muassasalar uch turdagi soliqlardan ozod qilinadi: savdo solig‘i, daromad solig‘i va qo‘shimcha qiymat solig‘i.Qonundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad bolalar bog‘chalariga va kardiologiya markazlariga ega tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ekanligi aytilmoqda.
Siyosat
Polsha Markaziy saylov qo‘mitasi mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida muxolif “Huquq va adolat” partiyasi nomzodi Anjyey Dudaning yetakchilik qilayotganini tasdiqladi. Bu haqda qo‘mita ma’lumotlariga tayangan RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.Boshlang‘ich ma’lumotlarga qaraganda, 51 saylov okrugidan 20tasida byulletenlar ishlab chiqilgan. Ularga ko‘ra, Duda 55.9, Komorovskiy 44.71 foiz ovoz to‘plagan.Prezident saylovlarida 52.56 foiz saylovchi ishtirok etdi.
Siyosat
Toshkentda nihoyasiga yetib borayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichida hamyurtimiz Anastasiya Serdyukova shohsupaga ko‘tarildi. Bulavada mashq qilishda 17,850 ball olgan Serdyukova bronza medali bilan taqdirlandi. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni rossiyalik Margarita Mamnun hamda belaruslik Kastyarina Xalkina band etishdi. Badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi. Bulava 1. Margarita Mamun (Rossiya) – 19,100 2. Katsyarina Xalkina (Belarus) – 17,950 3. Anastasiya Serdyukova (O‘zbekiston) – 17,850
Sport
Marokashning Rabot shahrida dzyudo bo‘yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi musobaqa o‘z yakuniga yetdi. 4 nafar dzyudochi bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medali va 1 ta beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, umumiy hisobda kuchli yigirmatalikdan joy oldi. Musobaqada dzyudo vatani vakillariga teng kelib bo‘lmadi. Yaponiyaliklar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan umumiy hisobda yetakchilik qilishdi. 2 ta oltin va 1 tadan kumush va bronza medallariga ega bo‘lgan ruslar ikkinchi va 2 ta oltin, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan mo‘g‘ilistonlik sportchilar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Sport
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Frenk Lempard APLdagi so‘nggi uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Premer liganing 38-turi doirasida "Shaharliklar" o‘z maydonida "Sautgempton"ni qabul qildi. Uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Ushbu o‘yinda Lempard jamoa sardori sifatida maydonga tushdi. Lempard o‘yinning 31-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqada Aguero oradagi farqni 2ta yetkazdi. Umumiy hisobda Lempard APLda 609ta uchrashuv o‘tkazib, unda 177ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lumot uchun, o‘zining asosiy faoliyatini "Chelsi"da o‘tkazgan Frenk Lempard 2014 yilda "Nyu-York Siti" klubiga o‘tgan hamda shu yildan boshlab "Manchester Siti"ga ijaraga berilgan edi. "Sautgempton"ga qarshi kechgan APLning oxirgi turidan so‘ng, Lempard "Nyu-York Siti" tarkibiga borib qo‘shiladi.
Sport
Toshkentning Shayxontohur tumanidagi kafelardan birining yerto‘lasida nasha saqlanb kelgan giyohvand fosh etildi. “Huquq” gazetasining axborot berishicha, fuqaro Tojimurod Isayev muntazam ravishda Anvar Tursunov ismli dilerdan giyohvand moddalar sotib olib, iste’mol qilib borgan. Bu moddalarni uyiga olib bora olmagani bois do‘sti, kafe egasi bo‘lmish Shohruhni aldab, uning yerto‘lasida firmadan sotib olgan dori-darmonlarni saqlashiga ishontirgan. Kafe qorovulini Muxtorning guvohlik berishicha, Tojimurod dorilarni tekshirish bahonasi bilan tez-tez kafega tashrif buyurib, yerto‘la ichida nasha chekkan. Huquq-tartibot idoralar xodimlari Isayevning bu maxfiy burchagini fosh qilib, uni moddalar iste’moli ustida qo‘lga oldi. O‘z navbatida, nashafurush Tursunov ham qo‘lga olinib, Isayevning ko‘rsatmasi asosida jazoga tortildi.
Oila va Jamiyat
Toshkentning Yashnobod tumanida bank plastik kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirib berish bahonasida turli shaxslardan jami 17 mln so‘m o‘g‘irlagan fuqaro Sobir Qudratov qo‘lga olindi.Yashnobod tuman prokurori o‘rinbosari Botir Aglayevning “Huquq” gazetasiga bergan ma’lumotiga qaraganda, Umar ismli yigit 2014 yilning 2 avgust kuni Qudratovga o‘z plastik kartasini berib, ichidagi 9 482 000 so‘mni naqdlashtirib berishni iltimos qilgan. Qudratov kartani olib, ichidagi pullarni yechib olgan, ammo turli bahonalar bilan Umarni aldab yuravergan.Oradan ancha vaqt o‘tgach, Qudratovning qallobligini tushungan Umar ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.Sobir Qudratov qo‘lga olingach, ilgariroq u shu yo‘l bilan u boshqa fuqarolar, jumladan, U. Abdullayevga tegishli 2 202 000 so‘mni, G. Mavlonovga tegishli 5 150 000 so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
Oila va Jamiyat
2015 yil 25 may, Toshkent. Aloqa operatori Beeline tashqi Internet kanalining o‘tkazish imkoniyatini 10%dan ziyodga ko‘paytirdi. Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev shunday dedi: “Internet-kanal hajmining sezilarli kengayishi va kompaniyaning texnik imkoniyatlari o‘sishi aloqa sifati, marketing takliflari va xizmatlarimiz ishonchliligi, shuningdek innovatsiyalarni joriy qilish va O‘zbekistonda internetizatsiyasini rivojlantirish sohalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”. Navbatdagi kengayishdan so‘ng kompaniyaning tashqi Internet kanali 3 Gbit/s tashkil etdi, va bu o‘sib borayotgan data-trafikga samarali xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.
Texnologiya
Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari “Yevrovideniye-2015” musiqiy tanlovining final bosqichini muhokama qilish jarayonida 6 mln xabar yozgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda tanlovning ushbu tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qilindi. Qayd qilinishicha, 2014 yilda muhokamalar jarayonida 5 mln ta sharh qoldirilgan edi. Bu yilgi ko‘rsatkich 1 mln xabarga ko‘proq bo‘ldi. Shu tariqa, “Yevrovideniye”ning bu boradagi rekordi yangilandi.Eng ko‘p tvitlar Shvetsiya, Ispaniya, Rossiya vakillarining chiqishlariga bag‘ishlandi. Shuningdek, Gruziya, Ispaniya va Avstraliya vakillarining chiqishlari chog‘ida Twitter foydalanuvchilari orasida eng katta faollik kuzatildi.
Madaniyat
“Real” jamoasining bosh murabbiyi Karlo Anchelotti sog‘lig‘i tufayli bir yil muddatga futboldan chiqib ketishi mumkinligini aytdi. “Men buni ilgari ham aytgandim, yana takrorlayman: bir yillik tanaffus olmoqchiman, va bunga arzirli sababim bor”, – dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.“Men orqa miya kanali siqilishi tufayli tibbiy muolajaga muhtojman. Bu tufayli qo‘llarim titraydi, titroq oyoqlarimga o‘tishini kutib o‘tirmaslik kerak. Shu bois men jarrohlik amaliyotini rejalashtirib bo‘lganman”, – qo‘shimcha qildi u.Ta’kidlanishicha, amaliyot Vankuverda o‘tkaziladi.Shuningdek, 55 yoshli mutaxassis faqatgina “Real” tomonidan ishdan bo‘shatilgan taqdirdagina jarrohlik stoliga yotishi ma’lum qilinmoqda.
Sport
2015 yilning 21 mayidan UMS kompaniyasi yangi xizmatni ishga tushirdi. Endilikda kompaniya abonentlari alohida kategoriyadagi raqamlar uchun to‘lovni 10 oy mobaynida bo‘lib-bo‘lib kiritishlari mumkin bo‘ladi. Premial raqamga ulangan abonent dastavval to‘lovning faqat 1/10 qismini to‘laydi. Keyingi to‘lovlar har oyning 1-sanasida abonentlik to‘lovlari tarzida ushlab qolinaveradi.
Iqtisodiyot
Rossiyada amaldagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritildi. TASS agentligining xabar berishicha, yangi tartiblarga ko‘ra, televizion ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarda qo‘yiladigan reklamalar va anonslarning ovoz balandligi cheklanadi.Qonun reklama lavhalarining balandligini 1.5 detsibel qilib belgilab qo‘ydi. Reklama va anonslar boshqa televizion materiallardan balandroq ovozda uzatilmasligi kerak. Buni tekshiruvchi maxsus laboratoriya ishga tushirilishi aytilmoqda.
Siyosat
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Review.uz nashrining ma’lum qilishicha, safar 2015 yilning 12 iyuniga mo‘ljallangan.Pan Gi Mun ilgari ham O‘zbekistonga tashrif buyurgan. 2010 yilning aprelida u Orolbo‘yi mintaqasida safar uyushtirgan edi. Safar yakunlariga ko‘ra u Orol dengizi halokatini jahondagi eng katta ekologik fojialardan biri deb atab, butun jahon hamjamiyatini uning oqibatlarini bartaraf etish ishiga qo‘shilishga da’vat etgan edi.
Ekologiya
Buxoroda Madad Gasoil Invest kompaniyasiga tegishli 33-gaz quyish shahobchasiga qurolli hujum uyushtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. “Inson va qonun” gazetasining yozishicha, Akobir Bo‘riyev boshchiligidagi uch kishidan iborat guruh qurol bilan, niqoblar taqqancha shoxobchaga hujum qilib, operatorni kaltaklagan. So‘ng ular shoxobchada topilgan pullarni olib ketgan.O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida guruhning barcha a’zolari qo‘lga olindi.
Oila va Jamiyat
Argentinaning “Atletiko Parana” jamoasi himoyachisi Kristian Gomes o‘yin paytida mazasi qochib maydonga yiqilib tushdi. Bu fojia 24 may kuni “Boka Unidos” bilan uchrashuv paytida sodir bo‘ldi. Bu voqea o‘yinning 32-daqiqasida ro‘y berdi. Shundan so‘ng hakam o‘yinni to‘xtatdi. “Bu hushdan ketish yoki to‘satdan ro‘y bergan o‘limga o‘xshardi”, deb aytdi “Atletiko Parana” vakili. “Maydonda navbatchilik qilgan shifokorlar 27 yoshli sportchini shifoxonaga olib ketishayotganda yo‘lda jon berdi”, deb aytmoqda jamoa menejyeri. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi yurak xurujidan vafot etgan.
Sport
Hindistondagi g‘ayritabiiy issiqlik 165 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda.Quyosh urgan odamlarning umumiy soni 500 kishiga yetdi.Hindiston metereologiya xizmatining xabar berishicha, Andxra-Pradesh shtatidagi Machilipatnam va Tuni shaharlarida harorat 47 darajani tashkil qilgan.Janubiy shtatlar rasmiylari fuqarolarga imkon qadar uydan chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.
Xorijiy Yangiliklar
Xitoyda mahalliy amaldorlar turmush o‘rtoqlari bilan birgalikda qamoqlarga ekskursiya qildirilib, korrupsiya uchun qamalganlarni ko‘rgani boradilar. China Daily nashrida yozilishicha, bu bilan hukumat ularni poraxo‘rlik singari illatlarning oqibatlaridan ogoh etishni istaydi. O‘tkazilgan oxirgi ekskursiya chog‘ida xitoylik amaldorlar qamoqda o‘tirgan 15 nafar hamkasbining turmush tarzi bilan tanishib chiqdi. Ta’kidlanishicha, qamoqxona devorlariga ularning turmushini tasvirlovchi rasmlar ilingan.Oxirgi bir oy mobaynida Xubey viloyatidagi 70 nafar amaldor poraxo‘rlik tufayli qamaldi.
Oila va Jamiyat
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari elektr-magnit energiyasi asosida ishlovchi artilleriya quroli – relsotronni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. AQSh Harbiy-dengiz kuchlari ilmiy-tadqiqot boshqarmasining ma’lum qilishcha, relsotron 2016-2017 yillarda dengizda sinovdan o‘tkaziladi. Sinovlar paytida harbiylar 40-80 km uzoqlikdagi nishonlarni relsotrondan o‘qqa tutishadi. Relsotron tezyurar “Trenton” kemasining palubasida joylashtiriladi. Ma’lumot uchun, relsotron snaryadlarni otish uchun elektr-magnit energiyasidan foydalanuvchi qurol hisoblanadi. AQShlik ixtirochilar snaryadning 9 ming km gacha uchishini ta’minlovchi ushbu qurolning yangi modellarini yaratishga harakat qilishmoqda. Relsotron 2015 yilning boshida kelajak qurol-aslahalariga bag‘ishlangan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ilmiy ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Rasmiy vakillardan biri ushbu qurolni “soatiga 100 mil tezlik bilan devorlar orqali harakatlanuvchi yuk poyezdiga” qiyoslagan.
Texnologiya
Kanadalik olimlar bir qator tadqiqotlar natijasida mamontlar noma’lum virus tufayli qirilib ketgan bo‘lishlari mumkinligini aytishmoqda. Olimlar eng zamonaviy qurilmalar yordamida o‘tgan asrda Alyaskada topilgan mamontlarning qoldiqlarini o‘rganib chiqishdi. Olimlarning ta’kidlashicha, olingan natijalar mamontlar Yerda havoning sovib ketishi oqibatida qirilib ketganligi haqidagi tasavvurlarni shubha ostiga qo‘ymoqda. Olimlar qadimiy jonzotlarning qoldiqlarida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan virusni aniqlashdi. Ularning aytishicha, bu virus mamontlarning asab tizimini falajlagan. Oqibatda falajlangan mamontlar ochlikdan o‘lib ketgan. Endi kanadalik tadqiqotchilar bu virusning kelib chiqishini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Mahalliy aholi bu tajribalarga hadik bilan qaramoqda. Ularning fikricha, olimlar odamzodga xavf solishi mumkin bo‘lgan xavfli virusni tiriltirib yuborishlari mumkin.
Ekologiya
2020 yilda Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati tomonidan Qizilolma hududida umumiy qiymati 185 mln dollarga teng ikkita yangi kon ochiladi. Korxona matbuot xizmatining xabar berishicha, 2015 yilda “Olmaliq metallurg qurilish” tresti Samarchuq uchastkasidagi yer osti konidagi qurilish ishlarini davom ettirmoqda. Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida 83 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtiriladi. Yangi konning qurilishi 2019 yilga qadar davom etib, u yiliga 100 ming tonna ruda beradi.
Iqtisodiyot
Kickstarter saytida ishlab chiqaruvchilar C.H.I.P. rusumli yangi kompyuter loyihasini taqdim etdilar. Ta’kidlanishicha, ushbu kompyuterning narxi 9 dollarni tashkil qiladi.“C.H.I.P. barcha kompyuter qiladigan ishni bajara oladi”, – deb ishontirmoqda loyiha mualliflari. Unga simsiz sichqoncha, klaviatura, ekran ulash, u orqali internetga chiqish, fayllarni saqlash mumkin bo‘ladi.Ayni paytda ishlab chiqaruvchilar loyiha uchun 1 694 705 dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Texnologiya
Polshaning amaldagi prezidenti Bronislav Komorovskiy mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.Bundan tashqari, u g‘alabani qo‘lga kiritgan raqibi Anjyey Dudani tabrikladi. “Do‘stlar, qo‘limdan kelmadi. Saylovchilar shunday qarorga keldi. Demokratiya bu faqat natijalarni tan olishgina emas, balki natijalarni hurmat ham qilishdir. Anjyey Dudani tabriklayman. Uni bu natija bilan tabriklayman va omadli prezidentlikni tilab qolaman”, – dedi siyosatchi.Ayni paytda Duda 53 foiz ovoz olgani aytilmoqda.Ilgariroq Polsha bosh vaziri Yeva Kopach yangi prezident bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Siyosat
Shinjon muxtor viloyatidagi Urumchi shahrida Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati vakillari bilan maxfiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.Ta’kidlanishicha, muzokaralar Pokiston razvedkasi tomonidan tashkil etilgan.Uchrashuv 19-20 may kunlari bo‘lib o‘tgan. Unda Xitoy vakillari ham ishtirok etgan.
Siyosat
O‘zbekistonlik Odil Axmedov to‘p surayotgan “Krasnodar” jamoasi Rossiya chempionatining 29-turida “Rostov” ustidan g‘alaba qozondi. 24 may kuni Krasnodarda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. Gollarni “buqalar” tarkibida Roman Shirokov (9-daq.) va Fransishku Vanderson (33-daq.), rostovliklar tarkibida Vitaliy Dyakov (75-daq.) kiritdilar. Uchrashuvda Odil Axmedov ham faol harakat qilib, yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi. “Krasnodar” 59 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Rostov” esa 28 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi. Chempionatning yakunlovchi turida “Krasnodar” mehmonda Moskvaning “Dinamo” jamoasi bilan bellashadi, “Rostov” esa o‘z maydonida TsSKA jamoasini qabul qiladi.
Sport
Londonning “Chelsi” jamoasi hujumchisi Dide Drogba Angliya chempionatining so‘nggi turida o‘tkaziladigan “Sanderlend”ga qarshi uchrashuv jamoa safidagi o‘zining oxirgi uchrashuvi bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda jamoaning saytida xabar berilmoqda. Biroq hujumchi faoliyatini yakunlash niyatida emasligini ta’kidlab o‘tdi. “Men kamida yana bir yil o‘ynamoqchiman, biroq buning uchun men jamoani almashtirishim kerak. Barcha mening “Chelsi”ni juda yaxshi ko‘rishimni biladi, shuning uchun men klubga kelajakda boshqa rolda qaytishimga umid qilaman”, deb aytdi Drogba. “Chelsi” va “Sanderlend” o‘rtasidagi uchrashuv 24 may kuni “Stemford Brij” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. 37 yoshli kod-d-ivuarlik futbolchining jamoa bilan shartnomasi shu yozda nihoyasiga yetadi. Drogba “Chelsi” safida 2004-2012 yillar davomida to‘p surgan va mavsum boshidan oldin klub safiga yana kelib qo‘shilgan. Hujumchi jamoa tarkibida 253 ta o‘yinda 104 ta to‘p urishga muvaffaq bo‘lgan.
Sport
Saudiya Arabistoni Yaman bilan chegaradagi o‘z qo‘shinlari safida oliy darajadagi tayyorgarlik kiritilishini e’lon qildi. Bu haqda 24 may kuni Sky News Arabia telekanali xabar berdi. Saudiya Arabistonining bunday qadam qo‘yishiga “chegara oldi hududida vaziyatning keskinlashgani va Yaman tomonidan qirollik hududining o‘qqa tutilish holatlari ko‘paygani” sabab bo‘lgan. 26 mart kunidan boshlab qirollik Harbiy-havo kuchlari o‘z ittifoqdoshlari bilan birga Yamanning bir qismi ustidan nazorat o‘rnatgan xusiychilarning joylashgan o‘rinlariga aviazarbalar berib kelmoqda. O‘tgan davr ichida ikkala davlat chegaralari yaqinida chegaraning ikkala tomonidagi aholi punktlarining o‘qqa tutilishi holatlari yuz berdi. Oqibatda bir necha kishi, jumladan qirollik armiyasi harbiylari halok bo‘ldi. Biroq tomonlar ochiqchasiga harbiy to‘qnashuvga kirishmaganlar.
Xorijiy Yangiliklar
IShID jangarilari Suriyaning Palmira shahridagi 400 nafar tinch aholini qatl etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 20 may kuni IShID Palmirani egallab olgani ma’lum bo‘lgandi. Shaharda qadimiy obidalar joylashgan. Bu obidalar YuNeSKO tomonidan Butunjahon merosi deb tan olingan. Hozirda qadimiy shahar o‘rnida qishloq joylashgan. May oyining o‘rtalarida IShID jangarilari qadimiy Palmira obidalaridan 3 km uzoqlikda joylashgan Al-Amiriya qishlog‘ida 45 kishini ommaviy ravishda qatl etgan edi.
Xorijiy Yangiliklar
Polshada 24 mayda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida 17,4 foiz saylovchilar ovoz berib bo‘lishdi. Bu haqda Polsha Davlat saylov komissiya ma’lum qildi. Saylov komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, saylovning ilk 5 soati davomida 30 mln ovoz beruvchidan 5 mln dan ko‘prog‘i ovoz berib bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da saylov uchastkalari yopilgandan keyin OAVlar dastlabki natijalarni e’lon qilishadi. Eng oliy davlat lavozimiga nomzodlar – amaldagi prezident Bronislav Komorovskiy va “Qonun va adolat” muxolif partiyasi a’zosi Anjyey Dudaning saylovdan oldingi kunlardagi reytinglari deyarli bir xil bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, g‘olib bilan mag‘lub orasidagi tavofut juda kichik qiymatni tashkil qilishi mumkin. Saylov natijalari rasman dushanba kuni kechki payt yoki seshanba kuni ertalab ma’lum qilinishi aytilmoqda.
Siyosat
«Chelsi» (chempion), «Manchester Siti» (2-o‘rin) va «Arsenal» (3-o‘rin) jamoalari Chempionlar Ligasining guruh bosqichida, 4-o‘rinni egallagan “Manchester Yunayted” esa saralash bosqichida ishtirok etadi. 5-o‘rinni egallagan “Tottenxem” Yevropa ligasining guruh bosqichida, 6-o‘rinni egallagan “Liverpul” esa 3-saralash bosqichida ishtirok etadi. Agar Angliya kubogi finalida “Aston Villa” “Arsenal” ustidan g‘alabaga qozonsa, Yevropa ligasiga oxirgi yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin. Agar birmingemliklar finalda yutqazib qo‘ysalar, unda Yevropa ligasiga chempionatda 7-o‘rinni egallagan “Sautgempton” yo‘l oladi.
Sport
Gelzenkirxenning “Shalke” futbol jamoasi bosh murabbiyi Roberto Di Matteo o‘z lavozimidan chetlatildi. Gelzenkirxenliklar Germaniya chempionatining so‘nggi turida “Gamburg”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, mavsumni 6-o‘rinda yakunladilar. 44 yoshli italiyalik mutaxassis “Shalke”ga 2014 yilning oktabrida kelgan edi.
Sport
Futbol bo‘yicha Angliya chempionatida “Xall Siti” jamoasi mavsum yakuniga ko‘ra Premer-ligani tark etadigan bo‘ldi. “Yo‘lbarslar” so‘nggi turda “Manchester Yunayted”ni yuta olmadilar (0:0) va 18-o‘rinni egallagan holda quyi divizion –Chempionshipga tushib ketdilar. “Nyukasl” jamoasi “Vest Xem” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, 15-o‘ringa ko‘tarilib oldi hamda Angliya oliy divizionida o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Shuningdek, “Bernli” va “KPR” jamoalari ham Premer-ligani tark etdilar.
Sport
Afg‘onistonda AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlariga qo‘mondonlik qiluvchi general Jon Kempbell NATOga a’zo davlatlar qo‘mondonlari Qobulda doimiy baza yaratishni rejalashtirayotganlarini ma’lum qildi. Bu haqda Washington Post xabar bermoqda. “Mamlakatlar Afg‘onistonga yordam berishlari mumkin bo‘lgan sohalarni ko‘rishadi va bunday yordamni berishni istab qolishadi. Ular tomonidan yakka urinishlar o‘rniga, bu yordam boshqarib turiladigan NATO bazasi yaratiladi,”, deb aytdi general. Kempbell bazani boshqarishda fuqarolik hukumati vakillari jalb qilinishiga qaramasdan, ehtiyot chora sifatida harbiy kontingent ham qoldirilishini ta’kidlab o‘tdi.
Siyosat
“Liverpul” jamoasi Angliya Premer-Ligasining so‘nggi turida mehmonda “Stok Siti”dan 6:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Mersisaydliklar safida yagona golni mavsum tugagach klubni tark etayotgan Stiven Jyerrard kiritdi. 34 yoshli Stivi Ji uchun bu gol uning APLdagi 120-chi goli bo‘ldi. Ajablanarlisi, «Liverpul» 1-taymning o‘zidayoq 5 ta to‘p o‘tkazib yubordi hamda APL tarixida tanaffusgacha 3 tadan ko‘p to‘p o‘tkazib yuborgan ilk jamoaga aylandi. “Chelsi” o‘z maydonida “Sanderlend”ni 3:1 hisobida yutdi. Londonliklar «Manchester Yunayted» (1753 to‘p) va «Arsenal» (1556 to‘p)dan keyin APLda 1500 ta to‘p kirita olgan 3-jamoa bo‘la oldilar. “Arsenal” o‘z maydonida “Vest Bromvich” ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi, “kanonirlar” safida Teo Uolkott xet-trik amalga oshirdi. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Sautgempton”ni 2:0 hisobida, “Kristal Pelas” esa “Suonsi Siti”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Sport
Klivlend politsiyasi ikki nafar afroamerikalikning qotilligida gumon qilinayotgan politsiyachiga sud tomonidan oqlov hukmi chiqarilgandan keyin ro‘y bergan norozilik namoyishlarining 71 ishtirokchisini hibsga oldi. Politsiya boshlig‘ining aytishicha, hibsga olishlar tinch o‘tayotgan namoyish xavfli tus olishni boshlagandan keyin amalga oshirilgan. Shu bilan birga, politsiya qonun chegarasidan chetga chiqmayotgan namoyishchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Siyosat
“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero APLdagi mavsum yakunlariga ko‘ra “Oltin butsa” sovrini bilan taqdirlandi. Argentinalik hujumchi 26 ta to‘p kiritib, mavsumnning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, undan keyingi o‘rinlarni Xarri Keyn (21 ta to‘p) va Diyego Kostu (20 ta to‘p) egalladi. Aguero o‘zining faoliyatida birincha marta premer-liganing eng yaxshi io‘purari bo‘ldi.
Sport
Parijning “PSJ” klubi prezidenti Nosir Al-Xalayfiy klubning ikki o‘yinchisining kelajagi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. “Biz har imkoniyat tug‘ilganda, Edinson Kavani keyingi mavsumda “PSJ”da o‘ynashini gapirardik. Edinson – klubning kelajagi. U jamoada qoladi va biz Kavani ajoyib hujumchi va inson ekanligini isbotlaymiz. Pastorening shartnomasini uzaytirishga kelsak, u jamoada qolishni istayapti”, deb aytdi Al-Xalayfiy.
Sport
"Arsenal” klubi rahbariyati “Lion”ning ikki nafar futbolchisiga da’vogarlik qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar Nabil Fekir va Aleksandr Lakazettga qiziqish bildirishmoqda. Klub bu ikki futbolchi uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor. Joriy mavsumda Lakazett Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purari sifatida e’tirof etilganini ham alohida ta’kidlash zarur.
Sport
Afg‘onistonning G‘ilmon viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 10 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda hamkorlikdagi muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i Muhammad Ismoil Xotakiy xabar berdi. Xotakiy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar Sangin yaqinidagi politsiya nazorat punktiga hujum qilgan. Jangarilar tomonidan yana 3 nafar politsiyachi asirga olingan. Hujumda ko‘p sondagi jangarilar ishtirok etgan. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar 24 may kuni ham hujumni davom ettirishlari mumkinligi aytilmoqda.
Siyosat
"Yuventus” klubining fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola uning mijozi kim ko‘p pul to‘lasa, o‘sha klubda o‘ynashini aytib o‘tdi. “Pogba qaysi jamoaga o‘tadi? Qaysi jamoa ko‘proq pul to‘lasa, mening mijozim o‘sha jamoada to‘p suradi”, - deydi Rayola. Eslatib o‘tamiz, Pogbaga “PSJ” va “Real” klublari qiziqish bildirishayotgandi. Pogba joriy mavsumda 39ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol kiritgan.
Sport
"Arsenal” klubi yarim himoyachisi Jyek Uilshir o‘zini boshqa jamoada tasavvur ham qila olmasligini aytib o‘tdi. “Agar “Arsenal” meni sotishga qaror qilsa, xafa bo‘laman. Men jamoa uchun foydali futbolchiga aylanmoqchiman. Agar foydasiz futbolchiga aylanib qolsam, bu men uchun juda og‘ir. O‘zimni boshqa jamoada tasavvur qilolmayman. Bir paytlar “Bolton”da ijarada to‘p surganman, o‘shanda juda qiynalganman”, - deydi Uilshir. Ma’lumot uchun, Uilshir joriy mavsumda jarohatlar tufayli atigi 20ta o‘yinda maydonga tushdi hamda bir gol va bir golli uzatmani amalga oshirdi. Biroz oldinroq, bu futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti" jamoasi tomonidan qiziqish mavjudligi xabar qilingandi.
Sport
Qirg‘izistonning janubidagi Jalolobod viloyati hududida yer ko‘chkisi yuz berishi natijasida 6 kishi halok bo‘ldi va o‘ndan ortiq kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Qirg‘iziston FVV xabar qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu tabiiy ofat natijasida Qirjol qishlog‘idagi 5 uy vayron bo‘lgan. Qurbon bo‘lganlar orasida 3 nafar bola ham bo‘lgani va ularning eng kichigi 4 yoshdaligi aytilmoqda. Ayni vaqtda hodisa ro‘y bergan qishloq aholisiga zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda. Prezident topshirig‘i bilan bu joyga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Kubatbek Bo‘ronov hamda vitse-prezident Abdurahmon Mamataliyev yetib borgan. Almazbek Atambayev hodisa qurbonlarining yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirgan va jabrlanuvchilar uchun 100 ming somdan yordam mablag‘i ajratilishini ma’lum qilgan.
Oila va Jamiyat
Toshkentda davom etayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon Kubogining ko‘pkurash bahslarida g‘olib va sovrindorlar ma’lum bo‘ldi. Terma jamoamiz yetakchi a’zosi Yelizaveta Nazarenkova 69,300 ball bilan 7-o‘rinni egalladi. Ko‘pkurash bahslarida g‘oliblik rossiyalik Margarita Mamunga nasib etdi. Uning jamoadoshi Aleksandra Soldatova kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, koreyalik Son Yen Chje bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Badiiy gimnastika. Jahon Kubogi Toshkent, O‘zbekiston KO‘PKURASh 1. Margarita Mamun (Rossiya) – 75,500 2. Aleksandra Soldatova (Rossiya) – 74,700 3. Son Yen Chje (Janubiy Koreya) – 72,250 4. Viktoriya Filanovski (Isroil) – 70,450 5. Yekaterina Galkina (Belarus) – 70,400 6. Neta Rivkin (Isroil) – 69,600 7. YeLIZAVeTA NAZAReNKOVA (O‘ZBeKISTON) – 69,300 8. Neviana Vladinova (Bolgariya) – 69,150
Sport
Bugun, 24 may kuni Angliya Premer-ligasining so‘nggi 38-tur uchrashuvlariga start beriladi. Barcha o‘yinlar bir kunda va bir vaqtda boshlanadi va yakuniga yetadi. Jumladan, bu turda Londonning "Arsenal" jamoasi o‘z maydonida "Vest Bromvich" klubini qabul qiladi. Arsen Venger shogirdlari uchinchi o‘rinni egallashlari uchun kamida durang o‘ynashlari talab qilinadi. "Chelsi" klubi esa "Sanderlend" bilan o‘ynaydi. Garchi, chempionlik masalasi hal bo‘lgan bo‘lsada, "ariktokratlar" oxirgi turda g‘alaba qozonishni maqsad qilishgan."Manchester Yunayted"ni safarda "Xall Siti"ga qarshi o‘yin kutmoqda. "Manchester Siti" bo‘lsa, muxlislari qarshisida "Sautgempton"ni kutib oldi. Ushbu tur anonsi bilan tanishing:
Sport
23 may kuni Moskvaning Rublevka shossesida ikkita politsiya mashinasi qoidabuzarni quvlash paytida mashinalardan biri BMW bilan to‘qnashdi va bir yo‘lovchini urib yubordi. Bu haqda Moskva Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. “23 may, soat 01:00 atrofida Rublevka shossesida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi: politsiya xodimlarining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay qochib ketgan “Mersedes” mashinasini quvlash paytida Shimoli-g‘arbiy okrug bo‘yicha yo‘l-patrul xizmatining “Ford-Fokus” va “Lada-Priora” avtomobillari “BMV” avtomobili bilan to‘qnashib ketdi”, deyiladi xabarda. To‘qnashuv oqibatida BMW haydovchisi va voqea joyi yaqinida urib yuborilgan bir yo‘lovchi jarohat olgan. Politsiyachilar jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishdi, so‘ngra ular turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning natijasiga ko‘ra qonunga muvofiq holda qaror qabul qilinadi.
Oila va Jamiyat
Zamira Beshimova muallifligida ish boshlagan ilk ayollar yumoristik shousi Ladies show hozirda "Ayol kulsa" nomi bilan ijodni davom ettirmoqda. Loyiha boshlovchisi Mirtohir Mirg‘ulomov, axborot hamkori sb.uz portali hisoblanadi. Ijodiy jamoada elga sevimli bo‘lib ulgurgan xonanda va aktrisalar o‘zlarining yangi qirralarini namoyish qilishmoqda. Madina Mumtoz, Kaniza, Oyxon Iforzoda, Saida, Feruza Mustafayeva va Feruza Normatova shular jumlasidan. Har sonda mehmon akterlar ham jalb qilinadi. Havola qilinayotgan videoda Dilshodbek Kattabekov va Akmal Nazarov ham ayollar hajviy jamoasiga ko‘maklashishgan. "Ayol kulsa" shou dasturlarii endi You Tube saytida kuzatib borish mumkin.
Madaniyat
Dortmundning “Borussiya” klubi fanatlari klub bosh murabbiyi Yurgen Kloppga Germaniya chempionatining 34-turida “Verder”ga qarshi uchrashuv oldidan yorqin tarzda o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tishdi. Avvalroq mutaxassis 2008 yildan beri murabbiylik qilib kelayotgan jamoasini kelayotgan yozda tark etishini e’lon qilgandi. Klopp murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan jamoalar orasida “Real”, “Bavariya” va “Barselona” jamoalari nomlari aytilmoqda.
Sport
Serbiya bosh vaziri Aleksandar Vuchich Die Welt nashriga bergan intervyusida Serbiya uchun salbiy iqtisodiy oqibatlar olib kelishi mumkin bo‘lgan Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shila olmasligini ma’lum qildi. “Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlash biz uchun iqtisodiy oqibatlarga ega va Serbiya ularga bas kela olmaydi. Biz avvalambor o‘zimizning iqtisodiy barqarorligimizni ta’minlashimiz kerak. Axir biz hali ham Yevropa Ittifoqidan tashqaridamiz va bizga hech kim yordam bermayapti”, deb aytdi Vuchich. Vuchich, shuningdek, Serbiya Rossiya bilan aloqalardan voz kechishni istamayotganini aytdi. “Biz Moskva bilan yaxshi munosabatda bo‘lishdan manfaatdormiz va buning qandaydir bir uyatli jihati yo‘q”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Vuchich.
Siyosat
Yaman Vazirlar mahkamasi vakili Rajab Bodiy Yamanni tark etgan prezident Abd Rabbo Mansur Xodiy Jyenevada o‘tkaziladigan Yamanda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarga kelmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Bodiyning aytishicha, bunday qarorga isyonchi xusiychilarning ular bosib olgan shaharlar, jumladan mamlakat poytaxtidan o‘z kuchlarini chaqirtirib olish shartlariga amal qilmayotganlari sabab bo‘lgan. Bu qarorga bog‘liq ravishda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanning ko‘plab viloyatlariga aviazarbalar bermoqda.
Siyosat
Ispaniya chempionatining so‘nggi turida chempionlikni hal qilgan "Barselona" jamoasi o‘z uyida La-ligada qolish uchun kurashayotgan "Deportivo"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:2 hisobdagi durang bilan yakunlandi. Mezbonlar tarkibida Lionel Messi (5’, 59’) dubl qayd etgan bo‘lsa, mehmonlardan Peres (67’) hamda Salomao (76’) bittadan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ochko "Deportivo" uchun La-ligada qolish imkonini berdi.
Sport
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati 38-turida "Xetafe"ga qarshi kechgan uchrashuvning 13-daqiqasida hisobni ochdi. Bu gol Ispaniya chempionatining joriy mavsumdagi 1000-goli bo‘ldi. Ma’lumot uchun, musobaqadagi 1-gol 1-turda "Malaga" o‘yinchisi Alberto tomonidan "Atletik Bilbao" darvozasiga kiritilgan edi. Video opublikovano Kun.uz (@kun.uz)May 23 2015 v 11:53 PDT
Sport
Ispaniya chempionatining 38-turida "Barselona" o‘z uyida "Deportivo"ga qarshi maydonga tushdi. Mezbonlar yarim himoyachisi Xavi "Nou Kamp" stadionida "Barselona" tarkibidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Futbolchi joriy mavsum tugagach, Qatarning "Al Sadd" jamoasi tarkibiga o‘tishini ma’lum qilgan edi. Uchrashuvdan so‘ng Xavi o‘zining xayrlashuv so‘zlarida Chempionlar ligasidagi g‘alabani "Nou Kamp"da muxlislar bilan nishonlashini aytdi. "Barchasi uchun sizlarga katta rahmat. Men bugun dunyodagi eng baxtli insonman. Men bu yerda 17 yil to‘p surdim. Bu dunyoning eng yaxshi klubi. Bizga yana ikki kubok - Ispaniya kubogi hamda Chempionlar ligasi kubogi zarur. Chempionlar ligasidagi g‘alabani shu yerda, "Nou Kamp"da sizlar bilan birga nishonlaymiz. Oilamga, turmush o‘rtog‘imga, do‘stlarimga, shuningdek, bugun "Nou Kamp"ga tashrif buyurgan barchaga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman", – dedi Xavi.
Sport
Venada 23 maydan 24 mayga o‘tar kechasi 60-chi “Yevrovideniye-2015” xalqaro musiqiy tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. 1-o‘rinni Shvetsiya vakili, 28 yoshli qo‘shiqchi Mons Zelmerlyov qo‘lga kiritdi. U “Heroes” qo‘shig‘ini kuylab, ovoz berish jarayonida 365 ball to‘pladi. 2-o‘rin Rossiya vakili Polina Gagarinaga nasib etdi. Rossiyalik qo‘shiqchi “A Million Voices” qo‘shig‘ini kuylab, 303 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Oxirgi bo‘lib ishtirok etgan Italiyaning Il Vilo triosi – Pero Barone, Inyatsio Bosketto va Janluki Jinoble “Grande Amore” qo‘shig‘i bilan 292 ball to‘plab, munosib ravishda 3-o‘rinni egalladi. Tanlov qoidalariga ko‘ra g‘olib ishtirokchi davlati keyingi yilgi tanlovni o‘zida o‘tkazadi, ya’ni 2016 yilda tanlov Shvetsiyada bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.
Sport
“Milan” futbol klubi Karlo Anchelottini klubga qaytishga ko‘ndirish uchun unga katta miqdordagi transfer byudjyetini taklif qilishga tayyor. “Milan”ning osiyolik sarmoyachilari yozgi mavsumda jamoaning tarkibini kuchaytirish uchun 150 mln dollar ajratishga tayyor. “Rossonerlar”ning transfer nishonlari ro‘yxatiga “Monako” hujumchisi Radamel Falkao, “Torino” himoyachisi Matteo Darmian hamda “PSJ” hujumchisi Zlatan Ibroximovichlar kiritilgan. Ma’lum qilinishcha, Anchelotti “Real” bilan shartnomani tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qiladi.
Sport
Turinning “Yuventus” futbol jamoasi “Real” yarimhimoyachisi Sami Xediraning vakillari bilan futbolchining “Yuventus” tarkibiga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Turinliklarning rahbariyati tomonlar barcha detallar bo‘yicha kelishuvga erishib, 6 iyunda o‘tadigan Chempionlar Ligasi finaligacha hujjatlarni imzolashlariga umid bildirmoqda. Ma’lumot uchun, Xediraning “Real” bilan shartnomasi kelayotgan yozda o‘z nihoyasiga yetadi, shuning uchun u klubni erkin agent sifatida tark etadi.
Sport
“Milan” futbol klubining transferlar bo‘yicha mutaxassisi va maslahatchisi Ernesto Brontsetti kuni-kecha “Real” prezidenti Florentino Peres bilan klubning bosh murabbiyi Karlo Anchelottining kelgusi faoliyati bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar “Real” 55 yoshli murabbiy bilan shartnomani bekor qilishi bo‘yicha kelishib oldilar. Bugun, 23 may kuni Peres bu yangilikni klubning direktorlar kengashiga rasman ma’lum qiladi, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia jurnalisti Janluka Di Martsio. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Anchelottining rafiqasi yaqinda ko‘zi yoriydigan qiziga yaqinroq bo‘lish uchun Milanga qaytishni istamoqda. Anchellottiga Milanga qaytish uchun esa “Milan”ning maqsadlari va ambitsiyalari muhim omil bo‘ladi. Avvalroq “rossonerlar” “Karlo ota”ga 4 yillik shartnoma va uning transfer masalalarini hal qilishdagi ishtirokini kuchaytirishni taklif qilayotganlari ma’lum qilingandi.
Sport
1 iyun Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi UNICEF’ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 22 may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida sport bayram tadbirini tashkil etdi. Bayram tadbirida 1-Muruvvat nogiron bolalar uchun maktab internati, Ko‘zi ojizlar maktabi, 100 sonli tayanch harakat a’zolari shikastlangan bolalar maktab internati, 102 sonli zaif eshituvchi bolalar maktab internati, 101 sonli Kar bolalar maktab internati, 106 sonli zaif eshituvchi bolalar maktab internati, Ko‘zi ojizlar maxsus maktab internat tarbiyalanuvchilari, Paralimpiya sportchilari va faollar ishtirok etdi. Bayram tadbirida sportning yugirish marafoni va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar olib borildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va g‘oliblarga qimmatbaho sovrinlar homiylar tomonidan taqdim etildi.
Sport
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Deportivo”ga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoaning asosiy o‘yinchilariga dam olish imkonini beradi. Ispaniyalik murabbiy “Deportivo” bilan bo‘ladigan uchrashuvda mavsum davomida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilarni tushirishga va’da berdi. Uning so‘zlariga qaraganda Tomas Vermalen ham maydonga tushadi. Shuningdek, murabbiy Xavining asosiy tarkibda tushishini ma’lum qilgan. Ma’lumot uchun, Vermalen o‘tgan yili yozgi transfer vaqtida “Barselona” tarkibiga kelib qo‘shilgan hamda jarohat tufayli hozirga qadar birorta o‘yinda maydonga tushmagan.
Sport
“Turk yo‘li” gaz quvuri 2017 yildan so‘ng ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqda Turkiyaning Moskvadagi elchisi Umit Yardimga asoslanib, "Interfaks" xabar qilgan. Elchining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Rossiya hozircha loyihani boshlash arafasida turibdi. Shuning uchun ushbu loyiha 2016 yoki 2017 yildan qaysi birida ishga tushishini aniq aytib bo‘lmaydi. “Agar biz ushbu loyihani amalga oshirsak, bu Rossiya va Turkiya uchun katta muvaffaqiyat bo‘lar edi”, - deydi Turkiya elchisi. Hozirgi vaqtda ikki davlat tomonidan ham loyihani amalga oshirish bo‘yicha mas’uliyat yuklovchi biror hujjat imzolanmagan. Avvalroq “Gazprom” rahbari Aleksey Miller “Turk yo‘li” gaz quvurini 2016 yil dekabridan amalga oshirish boshlanishini ma’lum qilgan edi.
Xorijiy Yangiliklar
Kolumbiyaning tog‘li hududidagi Antokiya departamentiga qarashli Salgar shahrida yuz bergan ko‘chki tufayli halok bo‘lganlar soni 92 nafarga yetdi. Bu haqda Milliy tibbiyot va jurnalistika institutiga asoslangan holda El Colombiano nashri xabar bergan. Mutaxassislar shu vaqtgacha halok bo‘lganlarning 32 nafari ayol hamda 29 nafari erkak ekanini aniqlashgan. Eslatib o‘tamiz, 18 may kuni noqulay sharoitlarda joylashgan Salgar shahrida yer ko‘chkisi bo‘lib o‘tgan edi.
Salomatlik
Meksikaning Michoakan shtati hududidagi trassada politsiya va jinoiy guruh o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi va o‘nlab kishi halok bo‘ldi. Bu haqda La Jornada xabar bermoqda. Nashrda ma’lum qilinishicha, voqea joyida 30 nafar jinoyatchining jasadi aniqlangan. O‘z navbatida bu otishma vaqtida 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Qurbonlar soni yanada oshishi mumkinligi aytilmoqda. Ayni vaqtda bu hududga poytaxtdan xavfsizlik masalalari bo‘yicha nufuzli amaldorlar tafsilotlarni o‘rganish uchun yo‘l olgan. Biroz oldinroq, narkomafiya bilan kuchaygan nizolar tufayli Xalisko shtatidagi yo‘llarda politsiyachilar tunu kun qo‘riqchilik qilayotgani ma’lum qilingandi.
Siyosat
O‘zbekistonda 17,5 ming nafar keksa, yolg‘iz pensionerlar va nogironlar ijtimoiy ko‘makka muhtoj, bu haqda O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bergan ma’lumotlarda aytilmoqda. 5589 nafar pensioner bepul dori-darmon bilan ta’minlangan. 17,5 ming nafar keksa, yolg‘iz pensioner va nogironlarga 1096,9 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimlari 16,3 ming keksalar holidan xabar olib turibdi, ulardan 1,2 ming nafari yordamni rad etgan. 4,6 ming nafar keksa zaruriy oziq-ovqatlar to‘plami bilan ta’minlangan.
Oila va Jamiyat
"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi "Deportivo" bilan o‘yin arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xavining jamoani tark etishi bo‘yicha berilgan savollarga ham javob berdi. "Endilikda Xavi hayot haqiqati bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Endi u Qatarda o‘ziga qovun yoki tarvuzni yumalatgandek uzatilgan paslarni qabul qilishga majbur bo‘ladi", deydi murabbiy.
Sport
Moskva viloyatida yashovchi ota-ona o‘z farzandlariga e’tiborsizlik qilgani tufayli undan ayrilib qolishlariga bir bahya qoldi. Fryazino shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida xonada bir o‘zi tashlab ketilgan 2 yoshli bolakay deraza tokchasiga chiqib, chivinlarga qarshi to‘rga qo‘llari bilan tirmashganda to‘r bilan birga 11-qavatdagi uyning oynasidan pastga tushib ketdi. U pastdagi o‘tloq ustiga tushgan va omon qolgan, biroq unda bosh-miya chanog‘i, bosh miya lat yeyishi, qorin va ko‘krak qafasida ko‘plab jarohatlar qayd etilgan. Bundan tashqari, bolakayning qo‘l-oyoqlari singan. Hozirda bolakay jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishmoqda. Moskva viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ushbu holat yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.
Salomatlik
“Bavariya”ning bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasining finaliga bormasligini ma’lum qildi. Avvalroq “Barselona” klubning sobiq o‘yinchisi va bosh murabbiyini 6 iyunda Berlinda o‘tadigan “Barselona” va “Yuventus” o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi final uchrashuviga taklif etgan edi. Aynan kataloniyaliklar yarimfinalda Gvardiola murabbiylik qiladigan “Bavariya”ni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Sport
Turkiya qurolli kuchlari Suriya bilan chegaraga zirhli texnikasini joylashtirmoqda. Bu haqda Dogan agentligi xabar bergan. Xabarda aytilishicha, 15 transport vositasi chegaradan 30 km masofadagi Mardin shahri bo‘ylab joylashtirilgan. Harbiy yuk mashinalari tanklar va gaubitsalarni manzil tomon yetkazishmoqda. Shuningdek harbiy yuklarni qurolli guruh qo‘riqlab bormoqda. Chegarada vaziyat keskinligicha qolayotgan bo‘lib, Turkiyaga qochoqlar kelishda davom etmoqda. Bundan tashqari Turkiya hududidan noqonuniy yo‘llar orqali sigaret, yoqilg‘i va boshqa tovarlarni olib o‘tishga urinish hollari uchramoqda. Oxirgi oylarda harbiylar bir necha yuzlab kontrabandachilarni qo‘lga olgan.
Siyosat
KXDR poytaxti Pxenyan shahrida Koreya yarimorolida yagona davlat bo‘lishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro ayollar tashkiloti tomonidan marsh o‘tkazilmoqda. Bu haqda TASS xabar bergan. Xabarda aytilishicha, 15ta davltadan kelgan 30 nafarga yaqin ayol bu marshda ishtirok etmoqda. Bu marosimning ochilish marosimida Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati bo‘lgan Meyrid Maguayr (U 1976 yilda Shimoliy Irlandiyadagi ziddiyatning hal qilinishiga o‘z hissasini qo‘shgan) ham qatnashgan. U o‘z nutqida ikki koreys davlati ayollari yagona davlatda yashashini istashini ma’lum qilib o‘tgan. Marosim "Yagona Koreya" musiqasi sadolari ostida o‘tkazilgan. Ochilish marosimidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi betaraf hudud tomon yurish boshlangan. Huquq faollari chegarani kesib o‘tib, Janubiy Koreya hududiga kirishni mo‘ljallashgan.
Siyosat
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Sochiga qatnovlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritdi. Yangi jadvalga muvofiq 2015 yilning 2 iyunidan boshlab haftaning ikkinchi kuni qatnovning Toshkentdan uchishi 19.15 da, Sochiga yetib borishi 21.10 da bo‘ladi. Sochidan uchish - 22:45, Toshkentga yetib kelishi ertalab 4.05 da ekani belgilangan. Haftaning oltinchi kuni bajariladigan Toshkentdan Sochiga borish va qaytish qatnovlariga o‘zgarishlar kiritilmagan.
Iqtisodiyot
Yamandagi "Ansor Alloh" nomli husiychilar tashkiloti tarkibidagi "Yaman elektron armiyasi" nomli xakerlik guruh Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi saytiga hujum uyushtirishdi. Internet xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis hisoblanuvchi kuvaytlik tahlilchi Abdulla al-Alining o‘z tvitteri orqali ma’lum qilishicha, bu hujum orqali Saudiya Arabistoni TIVning minglab maxfiy hujjatlari o‘g‘irlangan. Uning yozishicha, Saudiyalik bir qancha amaldorlarga tegishli ma’lumotlar, shuningdek, qirollik oilasi a’zolari haqidagi ma’lumotlar ham xakerlar tomonidan o‘g‘irlangan. O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bu saytga xakerlar hujumi sodir bo‘lgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.
Xorijiy Yangiliklar
Eron tomoni Saudiya Arabistoni hududidagi Imom Ali nomidagi shialar masjidida uyushtirilgan teraktni qoralab chiqdi va bu hujum ijrochilari topilib, jazolanishi kerakligini ta’kidladi. 22 may kuni, Saudiya Arabistoni sharqidagi El Katif tumani hududidagi shialar masjidida juma namozi bo‘lib o‘tayotgan paytda terrorchi tanasiga o‘rnatilgan bomba potlashi natijasida 21 kishi halok bo‘ldi va o‘nlab kishilar jarohatlandi. Bu terakt uchun javobgarlikni "IShID" o‘z zimmasiga olgan. Eron Tashqi ishlar vaziri Marziyo Afxam hududda terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirib, tinch aholi vakillarining qurbon bo‘lishiga chek qo‘yilishi uchun zarur tadbirlar amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlagan.
Xorijiy Yangiliklar
Shimoliy Koreyadagi jurnalistlar davlat rahbarining akasi Kim Chen Chxolning taqdiridan xavotir olishmoqda. Bu haqda Renxap nashrida yozilgan. 20-21 may kunlarida Kim Chenning ikkinchi akasi Londonda gitarachi Erik Kleptonning konsertida ishtirok etgandi. 22 may kuni esa u izsiz g‘oyib bo‘ldi. U vataniga qaytish uchun avvaliga Moskvaga, u yerdan Pekinga va keyin Pxenyanga uchishi kerak edi. Lekin, OAVlarda ma’lum qilinishicha, Kim Chen Chxol London aeroportida Moskvaga uchish uchun qaydnomadan o‘tmagan.
Xorijiy Yangiliklar
20 may kuni Rossiyaning Volgograd viloyatida, Kotovsk tumanining 35 yoshli gaz nazoratchisi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, Kuptsovo qishlog‘ida istiqomat qiluvchi bir shaxs noqonuniy ravishda gaz quvuriga ulanib olganini xabar qildi. Bu murojaat yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. 1-20 may orasida gaz quvuriga qonunga xilov ravishda ulanib olgan shaxs 64 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlandi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Davlat manfaatlariga keltirilgan zarar hajmi hisoblab chiqilmoqda.
Oila va Jamiyat
24 may kuni Toshkent shahridagi "Turkiston" saroyida bodibilding va fitness bo‘yicha Toshkent Kubogining ochilish marosimi o‘tkaziladi. Bu musobaqa shu yilning 27 sentabridan 3 oktabrigacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati uchun saralash maqomida o‘tkaziladi. Turnir yakunida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan ikki nafar atlet Osiyo chempionatiga yo‘llanma oladi.
Sport
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi.“RosBalt” agentligining ma’lum qilishicha, 21 may kuni politsiyaga 26 yoshli o‘zbekistonlik muhojir murojaat qilgan va 19 may kuni uning yaqin qarindoshi o‘g‘irlab ketilganini aytgan. E’tirof etilishicha, unga noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq qilinib, 150 ming rubl evaziga qarindoshi qo‘yib yuborilishi aytilgan. Axborot huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshirilmoqda.Ikkala muhojir ham Peterburgda hujjatlarsiz yashab kelgani ma’lum qilinmoqda.
Oila va Jamiyat
2040 yilga kelib Saudiya Arabistoni neftdan voz kechishi mumkin. Bu haqda neft vaziri Ali al-Naimiyga tayangan holda The Financial Times nashri yozmoqda. Naimiy Parijdagi iqlimiy o‘zgarishlar bo‘yicha konferensiyada chiqish qilar ekan, ko‘rsatilgan davrga kelib Saudiya quyosh va shamol energiyasiga o‘tishini ma’lum qildi.Vazir kelajakda qirollik foydali qazilmalarni emas, elektr quvvatini eksport qilishiga umid bildirdi. Shuningdek, u hozirgi kunda jahonda 1 mlrd kishi elektr quvvatidan mahrum ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Iqtisodiyot
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qit’a xokkey ligasi (QXL) rahbari Dmitriy Chernishenkoga xokkeyni Rossiyadagi birinchi raqamli sportga aylantirishni topshirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda. Putinning Chernishenko bilan suhbati 2014 yilning 28 noyabrida QXL direktorlar kengashi yig‘ilishidan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Suhbat asnosida davlat rahbari Chernishenkoga kuchli liga yaratib, xokkeyni davlatdagi birinchi raqamli sportga aylantirishni topshirgani aytilmoqda.
Siyosat
20 may, chorshanba kuni Toshkent shahar xo‘jalik sudi tomonidan «Novyy vek» gazetasi litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda Anhor.uz nashri xabar tarqatdi. Manbaning yozishicha, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xulosasiga ko‘ra, «2013-2014 va 2015 yillarda gazeta monitoring qilinganida qabul qilingan mamlakat qonunlari va qonunchiligiga zid bo‘lgan maqolalar gazeta sahifalarida chop etilgani uchun» shunday qarorga kelingan. Agentlik xulosasida «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi, «Reklama to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risi»dagi bir qator Qonunlarning buzilishi bo‘yicha misollar ko‘rsatib o‘tilgan.
Siyosat
Bugun, 22 mayda Saudiya Arabistonining sharqida joylashgan Ash-Sharqiya viloyatidagi Imom Ali nomidagi shialar masjidida juma namozi paytida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, bomba portlashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin kishi jarohat olgan. Ulardan ba’zilari og‘ir ahvolda qolmoqda. Namoz paytida masjidda 150 ga yaqin odam bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu teraktni terrorchi-xudkush amalga oshirgan. Ash-Sharqiya viloyatida asosan shia mazxabidagi musulmonlar istiqomat qiladi. Mamlakatning qolgan qismidagi aholi asosan salafiy mazxabiga e’tiqod qiladi.
Xorijiy Yangiliklar
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Samarqand mintaqaviy bo‘linmasi boshqaruvchisi Ilhom Suvonovning so‘zlariga qaraganda, 2014 yilda Samarqand viloyatiga 160 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Samarqand shahridan tashqari, sayyohlar Urgut, Paxtachi, Samarqand tumanlaridagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishgan. “Ayni kunlarda viloyatda 90dan ortiq zamonaviy mehmonxonalar mavjud bo‘lib, ular bir paytning o‘zida 40 ming kishini qabul qila oladi. Shuningdek, 70dan ortiq turistik firmalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda”, – Suvonovning so‘zlarini keltiradi “O‘zbekiston” axborot agentligi. “2014 yilda 100 mingdan ortiq chet ellik va 60 ming ichki sayyohlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 34 mlrd so‘mdan oshib ketdi”, – qo‘shimcha qildi mintaqaviy bo‘linma rahbari.
Iqtisodiyot
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Birlashgan Yevroosiyo iqtisodiy maydonini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda Nur.Kz internet nashri xabar tarqatdi. «Bizga barcha a’zo mamlakatlarning milliy manfaatlari hisobga olingan yagona qoida kerak. Qoidalar birinchi navbatda savdo, transport tuzilmasi va resurslar aylanmasiga nisbatan qo‘llanilishi kerak», deya ta’kidladi Nazarboyev Ostonadagi iqtisodiy forumda so‘zlagan nutqida. «Birlashgan Yevroosiyo maydoni davomida ham doim amalda bo‘lgan maydon tashkil qilinishi zarur. Ushbu maydon orqali mintaqalarning rivojlanishi bo‘yicha, a’zo davlatlar o‘rtasidagi integratsiya darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi». «Biz mintaqadagi har bir davlatni Yevroosiyoning yangi farovon kunlarining bir qismi bo‘lishi uchun harakat qilishimiz kerak bo‘ladi», deya gapirib o‘tdi Qozog‘iston rahbari.
Siyosat
Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 20 may kuni Instagramda ro‘yxatdan o‘tdi. Ayni vaqtda uning rasmiy akkaunti @SilvioBerlusconi2015 hisoblanadigan akkauntida 16 ming obunachi yig‘ilgan. Uch kun davomida ushbu siyosatchining akkauntiga 69ta surat joylashtirilgan. Bu suratlarda Berluskonining shaxsiy hayoti hamda ish faoliyati holatlari aks etgan. 78 yoshli Berluskoni o‘z obunachilariga suratlar orqali Rim shahridagi Palazzo Grazioli nomli villasini, 29 yoshli sevgilisi Francheska Paskaleni hamda pudel zotiga mansub sevimli kuchugini namoyish etgan. Ma’lumot uchun Silvio Berluskoni 1994-1995, 2001-2005, 2005-2006 va 2006-2011 yillar davomida Italiya hukumatida vazirlar kengashi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U yirik mediamagnat hamda Italiyaning eng badavlat kishilaridan hisoblanadi. Berluskoni Fininvest kompaniyasi aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiladi.
Siyosat
Madridning “Real” futbol klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madridda faoliyatini davom ettirishni istayotganini aytdi. “Men hozircha klub bilan kelgusi faoliyatim haqida gaplashmadim. Shuning uchun men hali ham “Real” bosh murabbiyiman va klub rahbariyati menga iste’foga chiqqanim haqida aytmaguncha klubning bosh murabbiyi bo‘lib qolaman. Agar klubda qolsam, soz bo‘lardi, chunki mening o‘zim buni xohlayapman. Men Florentino Peres bilan doim yaxshi aloqada bo‘lganman, biroq u hozir bir qator muhim qarorlarni qabul qilishi kerak. Biroq, men oxirgi kunlarda o‘zaro munosabatlarimizda qandaydir o‘zgarishlar yuz berganini sezganim yo‘q. Agar ketsam ham, u bilan munosabatlarimiz avvalgidek yaxshi bo‘lib qoladi. Mening intuitsiyam menga “Real”da qolishimni aytmoqda. Men buni juda hohlardim, chunki menga klub ham, shahar ham juda yoqadi. Ammo men bu mavsumdan keyin klub rahbariyatida menga ba’zi savollar tug‘ilishi mumkinligini tushunaman”, deb aytdi “Papa Karlo”.
Sport
7-8 may kunlari Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi namunali uylardan birining tomi kuchli shamol ta’sirida uchib tushgan. Bu holat aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan. Suratlarni joylashtirgan internet foydalanuvchisining ma’lum qilishicha, bu uy 2014 yilda qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgandi. Qayd etish joizki, bu vaziyat namunali uylar bilan yuz berayotgan ilk e’tirozli holat emas. Biroz oldinroq, Surxondaryo viloyati hududida qurilgan namunali uylar joylashgan mahallada suv quvurlaridagi nosozlik tufayli suv toshish holatlaridan shikoyat qilingan va mahalla aholisi har bir yomg‘irni xavotir bilan kutayotgani qayd etilgandi.
Oila va Jamiyat
Chelsi" tarkibida chempionlikni nishonlagan belgiyalik yarimhimoyachi Eden Azar Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan Premer liganing eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Yilning eng yaxshisi bshchlish uchun Jon Terri, Fransesk Fabregas va Nemanya Matich (har uchchalasi "Chelsi"), Serxio Aguero («Manchester Siti»), David De Xea («Manchester Yunayted»), Xarri Keyn («Tottenxem») va Aleksis Sanches («Arsenal») kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilishdi. Londonliklar bosh murabbiyi Joze Mourino esa eng yaxshi murabbiy deb tan olindi. Unga bu borada Ronald Kuman («Sautgempton»), Garri Monk («Suonsi»), Naydjyel Pirson («Lester») va Arsen Venger («Arsenal») kabi murabbiylar raqobatchi bo‘lishdi. Avvalroq, futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘zaro so‘rovnomada Eden Azar "Chelsi"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sifatida qayd etilgandi.
Sport
The Sun nashrining xabar berishicha, "Barselona" jamoasi o‘z safini tark etgan Xavi o‘rniga munosib nomzod sifatida "Arsenal" jamoasining uelslik yarimhimoyachisi Aaoron Remsini ko‘rmoqda. Kataloniyaliklar 24 yoshli futbolchi uchun 50 mln funt to‘lashga tayyorligi aytilmoqda. Remsi ushbu mavsum 39 uchrashuvda 10ta gol urgan va 7 golli uzatma oshirgan.
Sport