text
stringlengths 83
999
| class
stringclasses 10
values |
---|---|
2015 yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumarni qabul qildi. Uchrashuvda elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, muntazam ravishdagi oliy darajadagi O‘zbekiston-Hindiston muloqoti davlatlararo aloqalarning izchil rivoji uchun asosiy omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak ikki tomonlama siyosiy tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni ko‘rib chiqildi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi. | Siyosat |
AQShning McDonald’s restoranlar tarmog‘i Ronald Makdonaldni “ishdan bo‘shatmaydi”. The Washington Post gazetasining yozishicha, ayrimlar ushbu personajdan voz kechishga chaqirganiga qaramay, kompaniya bosh direktori Stiv Isterbruk aksiyadorlarni “press-masxaraboz” o‘z o‘rnida qolishidan boxabar etgan. Aktsiyadorlarning an’anaviy yillik uchrashuvi Illinoys shtatidagi Ouk-Bruk shahrida bo‘lib o‘tdi. Nashrning ta’kidlashicha, Isterbrukning bayonoti iliqlik bilan qarshi olingan. Ronald Makdonald 1960 yillardan buyon kompaniyaning ramzi hisoblanadi. Kompaniyaning ayrim mutaxassislari uning o‘rniga gamburgerlar o‘g‘risi personajini taklif qilishgan, negaki u ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga ma’qul tushgan. | Iqtisodiyot |
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum yakunlaganidan so‘ng “Liverpul” jamoasini tark etishi kutilayotgan Stiven Jyerrardga videomurojaat yubordi. “Salom, Stiv! “Manchester Yunayted” va “Liverpul” o‘rtasidagi bahslar doirasida senga qarshi o‘ynash juda maroqli bo‘lganini aytmoqchiman. Sen fantastik futbolchisan. Men senga futbolda va shaxsiy hayotda eng yaxshi tilaklarni bildirib qolaman!”, – deyiladi murojaatda. | Sport |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki milliy valyutaning konvertatsiyasi xususida bayonot tarqatdi. Bayonot matni milliy regulyatorning rasmiy saytiga joylashtirildi. Matnda aytilishicha, tijoriy banklar tomonidan milliy valyutaning chet el valyutasiga konvertatsiyasi belgilangan tartibda Xalqaro valyuta jamg‘armasi kelishuvlarining VIII moddasida ko‘zda tutilgan majburiyatlarga muvofiq amalga oshiriladi. | Iqtisodiyot |
22 may kuni Saudiya Arabistonidagi masjidlardan birida portlash yuz berishi natijasida o‘nlab begunoh kishilar qurbon bo‘ldi. Bu haqda Reyter xabar berdi. Xabarda aytilishicha, ushbu terakt oqibatida kamida 30 kishining o‘limi tasdiqlangan, yana 150 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, masjidga shia mazhabiga mansub terrorchi kirib kelgan va tanasiga o‘rnatilgan bombani harakatga keltirgan. | Xorijiy Yangiliklar |
Moskvada avj olgan chang allergiyasining eng murakkab qismi o‘tib ketdi. Bu haqda “Russkaya slujba novostey” agentligi xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, Moskvaning bosh allergologi Aleksandr Pampura o‘z bayonotida kasallikning asosiy qismi o‘tgani, bundan keyin vaziyat nazorat ostida turishini ma’lum qilgan. | Salomatlik |
21 maydan 22 mayga o‘tar kechasi Angliya janubida Kent grafligida 4,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Britaniya geografik jamiyatining xabar berishicha, yer osti silkinishi Sendvich shahri yaqinida 15 km chuqurlikda mahalliy vaqt bilan soat 02:52 da sodir bo‘lgan. Politsiyaning xabar berishicha, qurbonlar yoki vayrongarchiliklar haqida hech qanday ma’lumot olinmagan. Politsiyaga faqatgina zilziladan cho‘chib uyg‘onib ketgan odamlarning ko‘p sondagi qo‘ng‘iroqlari kelib tushgan. Yaqin atrofdagi Ramsgeyt, Margeyt, Kenterberi va Esseks grafligidagi Sautend shaharlarida ham yer silkinishi sezilgan. Ko‘pchilik biror aviafalokat yuz berdi yoki bomba portladi, deb o‘ylagan. Flit shahri vakili o‘zining tvitterida uning uyi biroz shikastlangani va u rafiqasi bilan o‘zining furgonli mashinasiga vaqtinchalik ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri kelganini yozgan. | Xorijiy Yangiliklar |
Belarus Milliy banki valyuta shartnomalarini birjadan tashqari bozorda amalga oshirishga ruxsat berdi. Regulyator matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu boradagi cheklov 2014 yilning dekabrida joriy qilingan edi.Shuningdek, o‘tgan yilning oxirida Belarusda valyuta sotib olishga 30 foizlik soliq joriy qilingan, valyuta tushumini majburiy sotish me’yori belgilangan hamda bir qator boshqa cheklovlar joriy qilingan edi.Joriy yilning boshida Belarus rubli chorak qismga devalvatsiya qilinganidan so‘ng bu cheklovlarning katta qismi olib tashlangan edi. | Iqtisodiyot |
Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi Janubiy Koreyaning “LS-Mtron” kompaniyasi bilan hamkorlikda “TTZ-100HC” markasidagi shudgorlovchi yangi traktorlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida “O‘zqishlokqxo‘jalikmashlizing” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari ma’lum qildilar. Yangi traktor haqida boshqa ma’lumotlar berilmagan. Matbuot anjumani tashkilotchilari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda “O‘zqishlokqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi 360 mingdan ko‘proq fermer xo‘jaliklari, “O‘zdonmahsulot” tizimi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “Qishloqxo‘jalikkimyo” AJda faoliyat yuritayotgan mashina-traktor parklari, alternativ mashina-traktor parklari va korxonalariga xizmat ko‘rsatadi. 2001-2014 yillarda kompaniya tomonidan ularga 1 trln 400 mlrd so‘mlik 57 ming 400 dona texnika yetkazib berildi. Joriy yilning 1-choragida lizing asosida 400 mlrd so‘mlik 990 dona texnika berildi. | Iqtisodiyot |
Xitoy hukumati yaqin ikki yil ichida mamlakatdagi internet sifatini yaxshilash uchun 182 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. Xitoy davlat muassasalari ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisining internetga chiqishini ta’minlash uchun joriy yilda 69,3 mlrd dollar ajratiladi. 2016 yilda shu maqsadda 112,8 mlrd ajratiladi. Ajratilgan mablag‘lar optik-tolali keng polosali aloqa va yuqori tezlikdagi 4-chi avlod mobil tarmoqlarining rivojlanishini tezlashtirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda. | Iqtisodiyot |
Google Translate’ga raqobatchi sifatida “Yandeks” kompaniyasi ham o‘zining suratdagi so‘zni tarjima qila oladigan servisini yaratdi. Hozirda “Yandeks.Perevodchik” 11ta tildagi (ingliz, ispan, italyan, nemis, polyak, portugal, rus, turk, ukrain, fransuz va chex) so‘zlarni tarjima qila oladi. Servis ikki onlayn hamda oflayn rejimda ishlaydi. Doimiy internet foydalanish imkoni bo‘lmagan vaqtda kerakli lug‘atni ko‘chirib olib, servisdan oflayn rejimda foydalanish mumkin. Hozirda “Yandeks.Perevodchik” faqatgina iOS platformasidagi qurilmalar uchun chiqarildi. Kompaniya Android smartfonlari uchun ilova ishlab chiqarilishi haqida ma’lum qilishmagan. | Texnologiya |
Anqara sudi Hurriyet gazetasidan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqoratlagani uchun jarima sifatida 8 ming dollar undirish hukmini chiqardi. Sudning aytishicha, gazetada prezident haqida chop etilgan maqolaning muallifi Mexmet Yilmaz prezidentning shaxsiy huquqlariga tajovvuz qilgan. Gap 2014 yilning 25 avgustida chop etilgan maqola haqida ketmoqda. Unda Erdo‘g‘an korrupsiyada ayblangan edi. | Siyosat |
Gollandiya futbol federatsiyasi rahbari Maykl van Prag va portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu FIFA prezidentligi uchun saylovda ishtirok etmaslikka qaror qilishdi. Ular Iordaniya shahzodasi Ali bin Ol Hussayn foydasiga nomzodlikdan voz kechishdi. “FIFA saylovlari adolatli o‘tishi kerak. Bir odamning hukmronligi ostida emas”, - deydi Figu. Endilikda FIFA prezidentligi uchun ikki nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda. Bular amaldagi prezident Yozef Blatter va Iordaniya shahzodasi Ali bin Ol Hussayn. Saylov 29 may kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadi. | Sport |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazida yangi kardiojarrohlik bo‘limi ochildi. Bu haqda Uzbekistan Today nashri xabar bermoqda. Aytilishicha, bo‘lim ochilgandan buyon ikki hafta ichida o‘nta jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi va birinchi bemorlarga uyga ketish uchun ruxsat berilgan. Yangi bo‘lim ochilishida, tegishli mutaxassislarni tayyorlashda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining sa’y-harakatlari alohida qayd etib o‘tildi. | Salomatlik |
Moskva va butun Rossiya patriarxi Ulyanovskda bo‘lib o‘tgan “Pravoslav tashabbusi” grant konkursi loyihalari rahbarlari bilan uchrashuvda Yevrovideniye musiqiy tanlovini tanqid qildi. “Allalar, diniy va vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Bizga o‘z tanlovlarimiz kerak, biz o‘z madaniyatimizni targ‘ib qilishimiz va uni butun dunyoga ko‘rsatishimiz kerak”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti. Shuningdek, u, agarda tanlovda bu yil rossiyalik xonanda Polina Gagarina g‘alaba qozonsa, keyingi yili Yevrovideniye “o‘z soqolli ayollari bilan” Rossiyaga kelishini, bu esa “rus madaniyatiga va ruhiyatiga yot” ekanligini ta’kidlab o‘tdi.Seshanba kuni Venada tanlovning birinchi yarim finali bo‘lib o‘tdi. Final 23 may kuni bo‘lib o‘tadi. | Madaniyat |
"Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida portugaliyalik futbolchi bir necha masalalarni ko‘targan. Ronaldu eng avvalo qay darajada harakat qilmasin va jamoa g‘alabalariga hissa qo‘shishga intilmasin, yetarlicha sovrin qo‘lga kiritilmayotganidan norozi bo‘lgan. Shuningdek "Atletiko"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (0:4) matbuotdagi tanqidlar vaqtida klub uni himoya qilmaganidan norozi bo‘lganini bildirgan.Ronaldu klub prezidentidan "g‘alabalar rejasi"ni tuzib chiqishni talab qilgan. Ma’lum qilinishicha, "PSJ"dan yaxshi taklif bo‘lishiga qaramay, portugaliyalik futbolchi "Real"da qolishni ma’qul ko‘rmoqda. | Sport |
AQShning Kaliforniya shtatidagi Santa-Barbara okrugi neft to‘kilishi oqibatida halokat zonasi deb e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, bu ofat oxirgi 18 yil ichidagi eng katta ekologiya buzilishi holatidir. Shtat gubernatori Jyerri Braun favqulodda vaziyat tartibi barcha kuchlarga halokatni bartaraf qilishga tashlashga yordam berishini ta’kidlab o‘tdi. Voqea 19 may kuni sodir bo‘ldi. Neft to‘kilishi oqibatida hosil bo‘lgan ulkan ko‘lob suratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. | Ekologiya |
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni birinchi darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda Interfaks. Ta’kidlanishicha, tashqi ishlar vaziri “Rossiya tashqi siyosiy kursini amalga oshirishdagi alohida xizmatlari va ko‘p yillik diplomatik faoliyati” uchun mukofotlangan. Shuningdek, Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy, artist Vladimir Zeldin, olim Yevgeniy Velixov, gimnastika ustasi Larisa Latinina, Fanlar Akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Anatoliy Grigorev, Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi rahbari Ravil G‘aynuddinov, kardiolog Yevgeniy Chazov, I. M. Sechenov nomidagi davlat tibbiyot universiteti rektori Pyotr Glibochko va fazogir Roman Romanenkolar turli darajadagi orden va medallar bilan taqdirlandilar. | Siyosat |
Rossiya politsiyasi Bryanskda sodir bo‘lgan va 17 kishining o‘limiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan qo‘zg‘atilgan ishni yopdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda. 16 mart kuni Bryansk yaqinida Mercedes Sprinter mikroavtobusi Renault tirkamali yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan edi. Fojia natijasida 17 kishi halok bo‘lgan, ulardan 16 nafari chet el fuqarolari edi – mikroavtobus 18 nafar o‘zbekistonlik va tojikistonlik muhojirni olib ketayotgan edi. Politsiya voqea yuzasidan jinoiy ish ochgan edi, ammo surishtiruv ishlarining dastlabki kunlaridayoq mikroavtobus haydovchisining rolda uxlab qolganligi aniqlanib, uning aybdorligi e’tirof etilgan edi.Shu tariqa, ayblanuvchining o‘limi tufayli jinoiy ish yopildi. | Oila va Jamiyat |
Moskvaning “Spartak” futbol klubi egasi Leonid Fedun klub direktorlari kengashi raisi lavozimidan ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fedunning klub saytida joylashtirilgan bayonotida aytilgan. “Spartak” uchun bor vujudim bilan samimiy qayg‘uraman va o‘rnimni professionallarga bo‘shatib berish fursati kelganligini tushunmoqdaman. Balki ular omadliroq va malakaliroq bo‘larlar hamda xalq klubini yangi unvonlarga olib kelishar”, deb aytmoqda Fedun. Hozirda “Spartak” Rossiya chempionatining 28 turidan keyin musobaqa jadvalida 43 ochko jamg‘argan holda, 6-o‘rinda ketmoqda. Fedun “Lukoyl” OAJning vitse-prezidenti, 2003 yildan beri “Spartak”ning egasi hisoblanadi. Uning rahbariyati ostida klub 5 marotaba Rossiya chempionatining kumush medallarini qo‘lga kiritgan. Uning tashabbusi bilan 2014 yil avgustda “qizil-oqlar”ning 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Otkrytiye-Arena” nomli yangi stadioni qurib bitkazilgan. | Sport |
2015 yilning yanvar-aprel oylarida “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 105 foizni tashkil qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilingan korxonalar ishi hisobotida aytib o‘tildi. Keltirilishicha, hisobot davrida 688.1 mlrd so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridagi o‘sish sur’atlariga nisbatan 104.6 foizga ko‘pdir. Bundan tashqari, 59.9 mlrd so‘mlik xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 106.3 foizga ko‘proq.Shuningdek, 423.7 ming tonna mineral o‘g‘itlar, shu jumladan, 339.5 ming tonna azot, 42.8 ming tonna fosfor, 41.4 ming tonna kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqarilgan. | Iqtisodiyot |
Xitoyning Shansi viloyatida joylashgan Tayyuan shahrida sotuvda qalbaki guruch paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Shanghaiist nashri. Qalbaki guruch donlari kartoshka va sun’iy rezinadan tayyorlangan. Nashrning ta’kidlashicha, xitoylik ekspertlar sun’iy guruchning ozuqa sifatida iste’mol qilinishi insonning ovqat hazm qilish tizimiga katta ziyon keltirishi haqida bayonot berishgan. Bunday guruchdan tayyorlangan sho‘rva yongan plastmassa ta’mini beradi, guruch donlari esa qisman noorganik strukturaga egaligi sababli yumshamaydi. Bir qator Osiyo davlatlari OAVlarida ayni paytda bunday qalbaki guruch Hindiston, Vetnam va Indoneziya bozorlariga chiqarilgan bo‘lishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Singapur va Malayziya amaldorlari bu ma’lumot ishonchsizligini va tekshirilishi lozimligini aytishgan. | Xorijiy Yangiliklar |
Tatariston karate federatsiyasi prezidenti Iskandar Shahin Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi. Rossiya yoshlar va sport ishlari bo‘yicha vaziri matbuot kotibining so‘zlariga qaraganda, u shogirdlarini Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan mamlakat birinchiligiga olib ketayotgan bo‘lgan. Tatariston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Andrey Rodigin uning halok bo‘lganini ma’lum qildi.Aytilishicha, halokatda yordamchi haydovchi, 12 yoshli sportchi qiz Iskandar Shahin halok bo‘lgan. Shuningdek, 17 kishi jarohatlangan bo‘lib, ulardan 10 nafar bolalardir. | Sport |
20 may kuni Toshkentda kibermuhitdagi xavfsizlik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar sohasiga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar boshlandi. Tadbirga 40 nafar ishtirokchi tashrif buyurdi, ular ichida Avstriya, Estoniya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan 10 nafar ekspert bor. Shuningdek, tadbirda Oliy Majlis, adliya, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, tashqi ishlar vazirliklari, ilmiy jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirda kiberjinoyat, kibermuhit orqali keladigan axboriy tahdidlar, ularga qarshi turish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish singari masalalar muhokama qilindi.OBSe transmilliy tahdidlar departamentining kiberxavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ben Xiller o‘z chiqishida tashkilot turli davlatlar o‘rtasida bu borada tajriba almashishda ko‘prik bo‘lishga tayyorligini ta’kidlab o‘tdi. | Texnologiya |
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Chxol Londonda britan rok-musiqasining faxriy qo‘shiqchisi, mashhur gitarachi Erik Kleptonning konsertida kameralar nigohiga tushdi. Telekanallardan birining operatori hozirda 34 yoshdaligi taxmin qilinadigan Kim Chen Chxolni konsert zali xollida suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. U bir qiz hamrohligida futbolka, qora shim va kalta charm kurtka kiygan holda bo‘lgan. 2006 va 2011 yillarda ham Kim Chen Chxolni Germaniya va Singapurda, Kleptonning konsertlari vaqtida ko‘rishgan edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u musiqachini Pxenyanda konsert o‘tkazishga taklif ham etgan. Ma’lumot uchun, Kim Chen Chxol marhum Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Irning o‘rtancha o‘g‘li hisoblanadi. Marhum vafot etgach, uning o‘rniga eng kichik o‘g‘il o‘tirgan va boshqa o‘g‘illar omma e’tiboridan chetda qolib keladi. | Madaniyat |
Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkiloti Qatardagi mehnat qonunchiligi bo‘yicha hisobot tayyorladi. Hisobotda Qatarda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan mundialga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga e’tibor qaratilgan. Huquq himoyachilari mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishda davom etishidan xavotirda ekanliklarini bildirib o‘tishgan. FIFAdan Qatar hukumatiga murojaat qilib, bu mamkakatda mehnat qonunchiligi xalqaro normalar asosida qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishi kerakligini ta’kidlashgan. Ma’lum qilinishicha, 2014 yilgi qurilishlar vaqtida Qatarda Hindiston va Nepaldan kelgan 441 nafar muhojir halok bo‘lgan. | Siyosat |
Peterburgda o‘zbekistonlik muhojir zo‘ravonlikda ayblanib qo‘lga olindi.“BaltInfo” agentligining ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga tayangan holda ma’lumot berishicha, uning ustidan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol shikoyat qilgan, u bilan birga yashaydigan 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak 2014 yilning 30 oktabridan 17 mayiga qadar ayolning 5 yoshli qizini zo‘rlab kelganini aytgan. Gumondor shaxs qo‘lga olinib, voyaga yetmagan shaxsni zo‘rlash aybi bilan hibs qilingan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. | Oila va Jamiyat |
Janubiy Qozog‘iston viloyati Sariog‘och tumani “Qoplonbek” nazorat o‘tkazish punkti chegara naryadi tomonidan Daewoo Matiz mashinasida toshbaqalarni olib o‘tishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi to‘xtatib qolindi.KazInform resursining ma’lum qilishicha, mashinani tekshirish jarayonida uning ichidan 3 qop va 1 qutiga joylashtirilgan 1955 dona toshbaqa topilgan.Mashina egasi, 1983 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi, ayni paytda chegarachilar qo‘lida. | Oila va Jamiyat |
O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova joriy yilda Tojikiston bo‘ylab gastrol safari uyushtirishni va fors tilida albom chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Asia Plus nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. “Aniq muddatlar haqida gapira olmayman, – uning so‘zlarini keltiradi gazeta. – Lekin uchrashuvimiz shu yili bo‘lishini sezib turibman. Fors tilidagi albomim ham deyarli tayyor, uni shu yil chiqarishni rejalashtirmoqdamiz. Albomdan o‘rin olgan ayrim qo‘shiqlar ommaga ma’lum qilinib, ko‘ngillardan joy topishga ham ulgurdi. Yozda turk tilidagi yangi to‘plamni chiqarishim kerak, shundan so‘ng fors tilidagi albom ustidagi ishni davom ettiraman”. | Madaniyat |
Joriy yilning 10-17 may kunlari mobaynida Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon o‘yinlari va Chempionatida paralimpiyachi sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishgan edi. 2015 yil yo‘llanma beruvchi va reyting ochkolari o‘ynaladigan Paralimpiya halqaro musobaqalari hamda yuqorida qayd etilgan turnir hulosalariga asosan, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi yana ikki yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Suzish sportidan 1 yo‘llanma, yengil atletikadan 1 yo‘llanma. Paralimpiya Terma jamoasida shu kunga kelib, dzyudodan 8 ta, yengil atletikadan 9 ta, suzishdan 3 ta va o‘q otish sportidan 1 ta, jami 21 yo‘llanma 2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XV-Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar taxt qilib qo‘yilgan. | Sport |
Braziliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Amerika" va "Olariya" klublari o‘rtasidagi uchrashuv tribunada yuzaga kelgan portlash sababli to‘xtab qoldi. Bu haqda Associated Press nashri xabar berdi. Yirik petardaning portlashi natijasida bir muxlisning qo‘li uzilib tushgan, yana biri ko‘krak sohasidan jarohat olgan. Uchrashuv birinchi bo‘limning o‘rtasida to‘xtatilgan, bu vaqtda tez yordam mashinasi jabrlanganlarni shifoxonaga olib ketgan. Tez yordam mashinasi stadionga qaytgach, o‘yin davom ettirilgan. O‘yinda "Amerika" jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. | Sport |
Yaponiya Rossiya tomoniga hududlardagi mashinalarning tirbandliklarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor. Bu haqda Yaponiya davlat yerlari, infrastrukturalar, transport va turizm vaziri o‘rinbosari Motoi Sasaki Rossiya-Yaponiya forumi jarayonida ma’lum qildi, deya yozadi TASS nashri. «Yaponiya tranzit yo‘nalishlarni loyihalash bo‘yicha katta tajribaga ega bu tajribalarini Rossiya bilan o‘rtoqlashishga tayyor. Bu orqali Moskvadagi juda ulkan tirbandlik muammolarini bartaraf etish mumkin bo‘ladi», deydi Sasaki. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Yaponiya «Botanika bog‘i» metro bekatini loyihalash bilan shug‘ullanmoqda». | Iqtisodiyot |
Nyu-Yorkdagi Christie’s savdo uyi o‘tkazgan kim oshdi savdosida Romanovlar sulolasiga tegishli bir qator noyob buyumlar sotildi. Bu haqda savdo uyining rasmiy sayti orqali ma’lumot berildi. Savdo chog‘ida ishlangan pulning umumiy miqdori 5 mln 358 ming dollarni tashkil qildi. Xususan, Nikolay II tomonidan Bolgariyaning Rossiyadagi elchisiga sovg‘a qilingan oltin tamakidon 665 ming dollarga sotildi. Buyuk knyaz Georgiy Romanovga (1863-1919) tegishli buyum – kumush suvi yuritilgan, buyuk knyazning qizi Ninaning rasmi joylashtirilgan yurak shaklidagi hoshiya 106 ming dollarga xarid qilindi.Shuningdek, buyuk knyazning qizlari – Nina va Kseniyaning pasportlari sotuvga qo‘yildi. | Iqtisodiyot |
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shveytsariyaning Jyeneva shahrida davom etayotgan ATP turnirining yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi. U chorak finalga yo‘llanma beradigan ikkinchi davra bahsida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Mukofot jamg‘armasi 494 ming 310 yevroni tashkil qiluvchi musobaqaning bu bosqichida Istomin braziliyalik Tomaz Beluchchiga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bundan oldinroq ham Denis aynan Beluchchiga yutqazib qo‘ygandi. Eslatib o‘tamiz, Istomin asosiy to‘rning birinchi davrasida Yanko Tipsarevichni 6:0, 6:2 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘z vaqtida dunyoning sakkizinchi raketkasi bo‘lgan serbiyalik tennischi ayni paytda 474-pog‘onadan joy olgan. Istomin esa 66-o‘rinni egallab turibdi. | Sport |
Tezkor shaxmat (rapid) yo‘nalishi bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida turli viloyatlardan kelgan 106 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Turnir davomida shveytsarcha tizimda 7 tur o‘tkazildi. Barcha partiyalar 15+5 ko‘rinishidagi elektron soatlar asosida o‘ynaldi. Turnir finaliga 7 ochkolik imkoniyatda 6 ochkodan jamg‘argan 4 nafar shaxmatchi yetib keldi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha samarqandlik xalqaro toifadagi groyssmeyster Jahongir Vohidov chempionat g‘olibiga aylandi. | Sport |
AQShning Atlanta shahrida poyezd temiryo‘l izlariga tiqilib qolgan avtobusni urib ketdi. Katta tezlikda kelayotgan poyezdni ko‘rib avtobusdagi yo‘lovchilar sarosimaga tushib qolishgan. Odamlar shoshgandan eshiklarni ochish tugmalarini topolmay dovdirab qolgan haydovchiga eshiklarni ochishini so‘rab baqirishgan hamda eshiklar ochilgandan keyin shoshgancha avtobusdan sakrab tushib, uzoqroqqa qochishga harakat qilishgan. Videoda poyezd katta tezlikda kelib avtobusga urilgani hamda haydovchi xonasi va salonni pachoqlab yuborgani aks etgan. Avtobus keskin aylanib, temiryo‘l izi chetiga chiqib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusdan chiqishga ulgurolmay qolgan haydovchi to‘qnashuvdan keyin avtobusdan uchib chiqqan, lekin u jiddiy shikastlanmagan. Yana 5 nafar yo‘lovchini esa shifoxonaga olib borishga to‘g‘ri kelgan. | Oila va Jamiyat |
IShID terrorchilari Suriyaning, shuningdek dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri Palmirani bosib oldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Suriya qo‘shinlari shaharni tashlab chiqqan. Jangarilarning tarixiy shaharni bosib olishi undagi antik madaniyat yorgorliklari yo‘q bo‘lib ketishiga jiddiy xavf solmoqda. Avvalroq terrorchilar Iroqning Xatra va Nimrud shaharlaridagi tarixiy obektlarni yo‘q qilgan edi. Qayd etish joizki, Suriyaning tarixiy shahriga hujum bo‘lishi avvalroq ma’lum bo‘lgan edi. Bir necha yuz yodgorlik Palmiradan evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan. Ammo ularning aksariyati transportda tashish mumkin bo‘lgan kichik tarixiy ashyo hisoblanadi. Mazkur shahardagi asosiy madaniy yodgorliklar eramizdan avvalgi 1-2 asrlarga oid bo‘lib, bu vaqtda Suriya hududi Rim imperiyasining bir qismi bo‘lgan. | Madaniyat |
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan VIII Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida Turin politexnika universiteti talabalari o‘zlari yasagan elektromobil taqdimotini o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, elektrokar quyosh batareyalarida ishlaydi. Uning maksimal tezligi soatiga 35-40 km ni tashkil qilishi mumkin. Mashina ikki o‘rinli. Mashinaga o‘rnatilgan quyosh batareyalari 400 vatt quvvat ishlab chiqarib bera oladi. Akkumulyator to‘la quvvatlantirilgach, u bilan 80 km yo‘l bosish mumkin. quyoshli kunda esa akkumulyatorga energiya to‘plash talab qilinmaydi.Uskunalar paneli o‘rniga mashina navigatorli planshet bilan jihozlangan. | Texnologiya |
"Yuventus" jamoasining fransiyalik yarimhimoyachisi Pol Pogba faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga yaqin turibdi.Sport.es nashrida yozilishicha, 22 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safiga o‘tishga rozi bo‘lgan. Turinliklar uning transfer narxini 80 mln yevro qilib belgilashgan. Bu futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri "Manchester Siti" Pogba uchun 100 mln yevro taklif qilgan bo‘lsada, futbolchining o‘zi «Barselona»ga o‘tishni istamoqda.Eslatib o‘tamiz, FIFA tomonidan «Barselona»ga transferlar borasida qo‘yilgan taqiq 2016 yilning yanvarida yakuniga yetadi. | Sport |
Ayni vaqtda "Napoli" jamoasida bosh murabbiy hisoblanadigan ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites Ispaniyaga qaytishi mumkin. U 24 may kuni ketishi rasman e’lon qilinadigan Karlo Anchelotti o‘rniga "Real"ni boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.Xabar qilinishicha, klub rahbariyati va murabbiyning agenti Manuel Kilon o‘rtasidagi muzokara yakunlanish arafasida turibdi. Florentino Peres 2009 yilda ham Benitesni "Real"ga taklif qilgan, ammo murabbiy "Liverpul"dan ketishni istamagandi.Ma’lumot uchun, yaqinda Benites "Vest Xem" jamoasidan tushgan taklifiga rad javobini bergan edi. | Sport |
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatidagi g‘alaba bilan qanoat qilinmasligi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi."La Ligadagi g‘alaba muhim, bu sovrin faqat kuchlilarga nasib qiladi. Ammo bizda ajoyib jamoa bor va joriy mavsumda ko‘p g‘alabalarga erishmoqchimiz.Olg‘a "Barsa"!" - deya yozadi Messi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida.Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 31 may kuni Ispaniya Kubogi finalida "Atletik" bilan va 6 iyun kuni YeChL finalida "Yuventus" bilan kuch sinashadi. | Sport |
Ostonada keyingi haftada Suriya muxolifati vakillari bilan muzokaralar o‘tkaziladi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov ma’lum qildi.RIA Novosti agentligining xabar berishicha, Idrisov bu axborotni Ostonada bo‘lib o‘tayotgan iqtisodiy forumdagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tgan. | Iqtisodiyot |
21-22 may kunlari Turkiya bosh vaziri devonxonasi qoshidagi hamkorlik va taraqqiyot idorasi (TIKA) tashabbusi bilan Toshkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida “Zamonaviy shart-sharoitlarda gematologiya va transfuziologiyani takomillashtirish” mavzuidagi xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi. Tadbirda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri, professor Anvar Alimov, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Namiq Gyuner Erpul, Yildirim Boyazid universiteti rektori, professor Metin Do‘g‘an, Turkiya davlat shifoxonalari boshqarmasi rahbari Zafar Chuqurova, Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Haqqi Yeshilyurt va boshqalar ishtirok etadi. Kongress ikki kun davom etadi. Bu vaqt davomida o‘zbekistonlik va xorijlik mutaxassislar sohaning dolzarb masalalari hamda erishilayotgan yutuqlarni tahlildan o‘tkazadi.Tadbir doirasida ishtirokchilar Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi to‘qimalarni ko‘chirish markaziga tashrif buyuradi. | Salomatlik |
Braziyaliyalik tennischi Tomas Belluchchi o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin ustidan 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, Jyenevada o‘tayotgan tennis musobaqasining chorakfinaliga yo‘l oldi. Uchrashuv 1 soat 15 daqiqa davom etdi. Tomas ikki bor podachadan ochko oldi, 3 ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va 8 breyk-poyntdan 2 tasini amalga oshirdi. Denisning hisobida 1 ta eys, 1 ta qo‘sh xato bo‘lib, birorta ham breyk yo‘q. Belluchchi musobaqaning yarimfinaliga chiqish uchun Albert Ramos (Ispaniya) - Benjamin Bekker (Germaniya, 4) juftligining g‘olibi bilan bellashadi. | Sport |
19 may kuni Londonning Chelsi tumanida gullar festivali boshlandi. Ushbu bayram 100 yildan oshiqroq vaqtdan beri har yili bo‘lib o‘tadi va unda turli hil gullar hamda o‘simliklarning yangi navlari namoyish etiladi. Bunday san’at asarlarini tomosha qilish uchun nafaqat oddiy aholi, balki qirol oilasi vakillari ham tashrif buyurishadi. 2015 yilning asosiy mavzularidan biri Lyuis Kerollning "Alisa mo‘jizalar mamlakatida" asari bo‘ldi. Bayram tashkilotchilari bu yil tadbirga tashrif buyuruvchilar soni 157 ming nafardan kam bo‘lmasligini taxmin qilishmoqda. | Madaniyat |
Nyu-Yorkdagi madam Tyusso muzeyida “Barselona” futbol klubi va Argentina terma jamoasining hujumchisi Lionel Messining mumdan ishlangan haykali tomoshaga qo‘yildi, bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda. Futbolchining haykalini yaratish ustida 4 oy ish olib borildi. Futbolchining qiyofasini gavdalantirish uchun uning suratlari va videoyozuvlardan foydalanildi. Messining mum haykali Argentina terma jamoasining kiyimida tasvirlangan. | Sport |
Turkiyaning g‘arbida joylashgan Bursa viloyatining Gyursu shahri hokimi, mamlakatdagi hukmron Adolat va rivojlanish partiyasining a’zosi hisoblangan Junayt Yildiz 20 may kuni hayotiga suiqasd qilinishi oqibatida og‘ir jarohatlar oldi. DHA agentligining xabar berishicha, hokimning ishchi xonasiga o‘zini qo‘riqlash xizmat xodimi deb tanitgan noma’lum shaxs kirib, Yildizga va uning tansoqchisiga o‘q uzgan. Hokim va uning tansoqchisi yaralangan og‘ir ahvolda mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda politsiya qochib ketgan jinoyatchini qidirmoqda. | Siyosat |
Futbol bo‘yicha Peru Kubogi doirasida “Union Perene” va “Pichanaki” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvida “Union Perene” jamoasi darvozaboni Paulo Insua uchrashuv hakamiga hujum qilib oldi. Hakam darvozabonga sariq kartochka ko‘rsatdi. Darvozabonga hakamning bu qarori xush kelmadi va u hakamga yetib olib, sakrab turib hakamning orqasidan umurtqasiga oyog‘i bilan kuchli zarba berdi. | Sport |
Saudiya Arabistoni Xitoyga neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini ko‘paytirmaslikka qaror qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Xususan, Saudiya Arabistoni Xitoyning PetroChina va Sinopec kompaniyalariga mos ravishda tegishli Chinaoil va Unipec kompaniyalariga yetkazib beriladigan neft hajmini ko‘paytirishdan bosh tortdi. Avvalroq ushbu kompaniyalar may va iyun oylarida qo‘shimcha neft xom ashyosi yetkazib berishga buyurtma bergan edilar. Endi Xitoyning ushbu kompaniyalari G‘arbiy Afrika, Ummon va Rossiyadan yangi neft yetkazib beruvchilarni izlashga majbur bo‘ladilar. Avvalroq Saudiya Arabistoni eksport qiladigan neft hajmi 2005 yildan beri o‘zining maksimal qiymatiga yetganligi ma’lum qilingandi. Joint Organisations Data Initiative tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni 2015 yilning mart yakunlariga ko‘ra, sutkasiga 7,9 mln barrel neft eksport qilgan. | Iqtisodiyot |
Intel korporatsiyasi vakillari MDH davlatlari hududidagi hamkorlari va distrubyutorlari uchun Intel Channel Day-2015 bahorgi silsila konferensiyalarini o‘tkazmoqda. Mana shunday konferensiyalardan biri 18 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bozorida ishlovchi 50dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida kompaniyaning 2015-2016 yillardagi rejalari xususida so‘z yuritildi. Shu jumladan, yangi SoFIA (Smart-or Feature-phone on IA, Intel negizidagi smartfon) platformasi taqdim etildi. Ta’kidlanishicha, ushbu qurilma protsessor va uyali aloqa modemini o‘zida birlashtiradi. | Texnologiya |
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan VIII Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida mashhur VALL-I (WALL-E) robotining nusxasi taqdim etildi. Pixar kompaniyasi tomonidan ishlangan animatsion film qahramoni bo‘lmish ushbu mitti robot faqat katta ekranlarda mavjud edi. Endilikda uning real nusxasi yaratildi.Ko‘rgazma ishtirokchilarining so‘zlariga qaraganda, robot yerda yugurib, boshini aylantirgan va qo‘llarini silkitgan. | Texnologiya |
2015 yilning 19 may kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Belgiya Qirolligi bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va Yevropa ishlari vaziri Didie Reynders bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni va O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Atroflicha fikr almashish O‘zbekiston-Belgiya muloqotini yanada chuqurlashtirish hamda unga serqirra tus berishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligini tasdiqladi. Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni, avvalo ikki davlatning ishbilarmonlar birlashmalari hamda yirik va kichik biznes vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladilar. Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tomonlar pozitsiyalarining yaqinligi va mutanosibligi qayd etildi. | Siyosat |
Moskva va Vladivostokni bog‘laydigan havo yo‘lidan dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyot bo‘lmish Airbus A380 ucha boshlaydi. Bu haqda Primorsk o‘lkasi gubernatori Vladimir Miklushevskiyning matbuot xizmati xabar bermoqda. Xabarnomada aytilishicha, aerobus parvozi joriy yilning yozida yo‘lga qo‘yiladi. Reysni “Transaero” aviakompaniyasi amalga oshiradi. Shunday turdagi samolyotlardan yana biri Moskva-Nyu-York yo‘nalishida ucha boshlaydi. | Xorijiy Yangiliklar |
Boliviya chempionatida ishtirok etuvchi "Strongest" jamoasining yarimhimoyachisi Ernesto Kristaldo 22-tur doirasida "Xorxe Vilstermann" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinning 5-daqiqasida hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Bu o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgan, lekin o‘yinning asosiy voqeasi Kristaldo tomonidan urilgan gol bo‘ldi. Uning 45 metr uzoqlikdan turib tepgan to‘pi o‘qdek uchib, darvozaga kirdi. Ma’lumot uchun, "Strongest" jamoasi Boliviya chempionatida uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa turnir peshqadami "Bolivar"dan 9 ochko kam jamg‘argan. Jamoaning 31 yoshli paragvaylik legioneri mavsumdagi o‘ninchi golini urgan. Yarimhimoyachi ampluasida o‘ynaydigan bu futbolchi avvalgi mavsumlarda bu yildagidek goleadorlik qobiliyatlarini namoyon qilmagani aytilmoqda. | Sport |
Turkiya Suriya bilan chegaraning havo patrulini ta’minlaydigan qiruvchi samolyotlar miqdorini ko‘paytirdi. Bu haqdagi xabar mamlakat harbiy kuchlari bosh shtabi tomonidan tarqatildi. “10 dona F-16 samolyotlari Xatay viloyatidagi Turkiya-Suriya chegarasida patrul uchun qo‘yildi. Ulardan ikkitasi Suriya raketalarga qarshi kurash tizimi radiolokatorida 45 sekund davomida nishonga olinib turildi”, – deyiladi xabarnoma matnida. Ilgarigi xabarlarga qaraganda, patrul jarayonida 2tadan 6tagacha samolyotlar ishtirok etayotgan edi.Shuningdek, mudofaa vaziri Ismat Yilmaz seshanba kuni Turkiya harbiy havo kuchlari havo chegarasini buzgan Suriya vertolyotini urib tushirganini ma’lum qildi. | Siyosat |
Joriy yilning aprel oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 141ta davlat tashkilotlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilayotganligi aniqlandi. Shu bilan bir qatorda ushbu davlat tashkilotlari tomonidan 688ta interaktiv davlat xizmatlari YIDXPda ko‘rsatilayotganligi hamda ushbu xizmatlardan 26tasi to‘liq ish faoliyatida emasligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli ma’lumot taqdim etildi. | Texnologiya |
Turkmaniston Kaspiy dengizining o‘ziga tegishli sektorida neft qazib olish sohasi xorijiy investorlar tomonidan 3 mlrd dollar kiritilishini kutmoqda. Reuters agentligining eslatib o‘tishicha, o‘tgan yili mamlakat bu yo‘nalishga 2.5 mlrd dollar investitsiya jalb qila olgan. Turkmaniston prezidenti qoshidagi uglevodorod resurslari bo‘yicha davlat agentligi raisi o‘rinbosari Sulaymonmurod Guladovning Xalqaro gaz kongressida qilgan chiqishi chog‘ida ma’lum qilishicha, ushbu miqdordagi mablag‘ni to‘plash uchun bir qator xorijiy va transmilliy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilgan.Shu bilan birga, yaqinda Xalqaro valyuta jamg‘armasi neft narxining tushishi tufayli Kaspiybo‘yi neft va gaz eksport qiluvchi davlatlarining yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari pasayganini ma’lum qilgan edi. | Iqtisodiyot |
"Bavariya” klubi rahbariyati “Liverpul” jamoasi futbolchisi Rahim Sterlingga jiddiy tarzda qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bild nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Myunxen klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 20 yoshli angliyalik futbolchini Frank Riberining o‘rinbosari bo‘lishi mumkin deb biladi. Joriy mavsumda tajribali fransiyalik yarimhimoyachi jarohatlar tufayli Germaniya Bundesligasining atigi 15 o‘yinida ishtirok etgan. Xabar qiliniishcha, o‘tgan qishda Xosepa Gvardiolaning akasi bo‘lmish, agent Pere Gvardiola, Sterlingning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan va u yozgi transferlar vaqtida ular bir yana bir bor shu masala yuzasidan uchrashmoqchi. Ta’kidlanishicha, Sterling yiliga 7,3 million yevro sal ko‘proq maosh olishni istayapti. Riberi esa “Bavariya”da yiliga 10 million yevro maosh oladi. | Sport |
"Roma" jamoasi "Manchester Yunayted"ning gollandiyalik hujumchisi Robin van Persining transfer huquqini sotib olishi mumkin. Bu haqda nashri Sport Italia xabar terqatgan.Rimliklar vakili 31 yoshli bu hujumchining agenti bilan dastlabki muzokaralarni boshlagani aytilmoqda.Jamoa yanvardagi transferlar vaqtida Moskvaning "TsSKA" jamoasidan xarid qilingan Seydu Dumbiyaning o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmagan.Shuningdek, Kristian Benteke ("Aston Villa"), Luis Adriano ("Shaxtyor") va Jyekson Martines ("Portu") kabi hujumchilar ham "jalorossilar" "nishonida turibdi". | Sport |
20 may kuni tongida, soat 8:31 da Toshkent shahri hududida 2-3 ballik kuch bilan sezilgan zilzila markazi Tojikistonning Rog‘un GESi joylashgan hududda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. "Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi" xabariga ko‘ra, 5,5 magnitudali zilzila Tojikiston hududida sodir bo‘lgan. Yer silkinishi episentri Dushanbedan123 kmsharqda,10 kmchuqurlikda joylashdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomoni rasmiy Dushanbani bir necha marta tog‘li hududda, 330 metr balandlikda 9-10 ballik zilzilalar yuz berishi ehtimoli mavjudligini inobatga olib, bu GESni qurmaslikka chaqirgan. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu hudud O‘rta Osiyoning zilzilalar faol bo‘lgan hududi hisoblanadi. Ma’lumot uchun, 1911 yilda bu hududda 9 ballik zilzila sodir bo‘lgan hamda Sarez ko‘lining suvi toshib, 100 mingdan ortiq kishining olamdan o‘tishiga sabab bo‘lgan. | Xorijiy Yangiliklar |
Toshkentda talaba qizlar o‘rtasida futbol musobaqalari tashkil etiladi. O‘zbekiston ayyollar futboli, ayollar mini-futboli va sohil futboli assotsiatsiyasi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Oliy Ta’lim Muassasalari hamda xorij OTMlarining O‘zbekistondagi filiallari talaba qizlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida futbol turniri tashkil qiladi. 20 may kuni O‘FF majlislar zalida turnirning tashkiliy masalalari bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa shu yilning 22-28 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning guruh bosqichi o‘yinlari O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi qoshidagi sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazilsa, final uchrashuvi Toshkentdagi “Bunyodkor” markaziy stadionida bo‘ladi. Turnirga qur’a tashlash marosimi 2015 yilning 4 iyun kuni soat 11:00da, “Bunyodkor” stadioni majlislar zalida o‘tkaziladi. | Sport |
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida atoqli olim Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi olimlari hamda bir qator OTM pedagoglari va talabalari ishtirok etdi.“Pravda Vostoka” gazetasining darak berishicha, tadbir davomida O‘rta Osiyoning atoqli olimi hamda uning ilmiy-ijodiy yo‘liga bag‘ishlangan bir qator ma’ruzalar tinglandi. | Ta'lim |
Ilgariroq 17 nafar qiz bilan bir vaqtning o‘zida yurgan xitoylik yigit avtohalokatga uchrab, o‘z sirini fosh qilib qo‘yganini ma’lum qilgan edik. Endilikda South China Morning Post gazetasi Yuan ismli bu yigit qalloblikda ayblanib, qamoq jazosiga hukm qilinganini yozmoqda.Aniqlanishicha, Xunan viloyatidagi Chansha shahrida istiqomat qiluvchi Yuan har oy bir qizdan katta miqdorda pul so‘ragan. Bu sud ayblovi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Aldangan qizlar “Qasos alyansi” nomli chat tashkil etib, unda qizg‘in muhokamalar olib borgan. Yuanning qamalganini eshitgach, ular chat nomini “Farishtalar” deb o‘zgartirgan.Shuningdek, qizlardan biri “xitoylik Romeo”dan o‘g‘il ko‘rib ulgurgani aytilmoqda. | Oila va Jamiyat |
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida poyezdning traktor bilan to‘qnashishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, Fire Engineering portalining ma’lum qilishicha, 33 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Yaralanganlarning 6 nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.Ta’kidlanishicha, Gang daryosi bo‘yida o‘tkazilgan diniy marosimdan ko‘plab ziyoratchilar qaytayotgani bois poyezdda odam juda ko‘p bo‘lgan. | Oila va Jamiyat |
Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guyan shahrida 9 qavatli uy quladi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda. Qancha odam vayronalar ostida qolgani hozircha ma’lum emas.Ayni paytda mahalliy favqulodda xizmatlar qutqaruv ishlarini olib bormoqda. | Oila va Jamiyat |
19 may kuni Toshkentda ochilgan VIII Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar respublika yarmarkasida paxta teruvchi robot namoyish etildi. Bu haqda MyTashkent.uz xabar bergan. Xabar qilinishicha, robot obektivi ochiq paxta chanog‘ini ko‘rgach, qo‘lini chanoqqa uzatib, paxtani oladi va konteynerga soladi. «Qo‘l»ning boshqarilish mexanizmi alohida e’tirof etilgan. Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar respublika yarmarkasi 20 va 21 may kunlari ham davom etadi. Tadbir «O‘zekspomarkaz»da bo‘lib o‘tmoqda. | Texnologiya |
Marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Kifoya" kitobi qayta chop etildi. Kitob uch jilddan iborat bo‘lib, uning nashriyot do‘konidagi bahosi 72 000 so‘m etib belgilangan. “Hilol-nashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan kitobda: “Musulmon odam, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zining kundalik, oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotida, ibodati, yemoq-ichmog‘i, kiyim kiymog‘i va boshqa barcha narsalarida aynan e’timodli fiqhga doimiy ravishda muhtojdir. Mazkur ehtiyojni e’tiborga olgan holda, xalqimizga zarur bo‘lgan diniy hukmlarni hujjat va dalillari bilan, sodda va tushunarli ravishda, Hanafiy mazhabi asosida bayon qiluvchi bir kitob ta’lif qilishga Alloh subhanahu va taolodan yordam so‘ragan holimizda qo‘l urdik” deyiladi. Mazkur to‘plamni nashriyotning Toshkent shahri, So‘galliota ko‘chasi, 5-uyda joylashgan kitob do‘konidan sotib olishingiz mumkin. | Oila va Jamiyat |
Olma-Otaning Tovgul-1 mitti tumanidagi 58-sonli bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan mudhish avtohalokat bog‘cha yoshidagi bolani hayotdan olib ketdi. 365info.kz nashrining ma’lum qilishicha, ulkan yo‘ltanlamasni haydab ketayotgan ayol boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, bolalar maydonchasidagi ayvonchaga kelib urilgan. Buning natijasida 1 nafar bola halok bo‘lgan, yana 8 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Jarohatlanganlarning 3 nafari og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda. Halokat chog‘ida ayvonchada 26 nafar bolakay o‘ynab o‘tirgan edi. Voqea joyida bo‘lgan ayrim guvohlarning so‘zlariga qaraganda, mashinani boshqarib ketayotgan ayol gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuborgan. Ayni paytda voqea joyiga tegishli organlar vakillari yetib kelib, dastlabki surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. | Oila va Jamiyat |
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Jahon Chempionati guruh bosqichidagi raqibi Fiji U-20 Meksika va Kolumbiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdi. Avstraliyaning Sidney shahrida o‘quv-yig‘ini o‘tkazayotgan fijiliklar “Valantine’s Sports Stadium”da Meksika yoshlar terma jamoasiga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Fiji navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda Kolumbiya 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Fiji U-20 delegatsiyasi 20 may kuni Yangi Zelandiyaga yetib boradi. | Sport |
AQSh Kongressi 2016 moliyaviy yilda o‘z maoshlarining oshishiga qarshi ovoz berdilar. Bu haqda TASS agentligi ma’lum qildi.Qonun loyihasi ilovasida tushuntirilishicha, 2016 moliyaviy yilda AQSh hokimiyatining qonunchilik tarmog‘iga 3.3 mlrd dollar ajratiladi. Hujjat maosh oshirilishini istisno qiladi.Qonun loyihasini 357 kongressmen ma’qulladi, 67 kishi qarshi ovoz berdi.Kongress a’zolari maoshlar oshishiga yettinchi marta qarshi chiqishlari. Ularning yillik maoshlari eski darajada – 174 ming dollar miqdorida qoladi. | Siyosat |
Norwegian Dawn kruiz layneri Bermud orollari yaqinida sayozlikka botib qoldi. Kema bortida 3 mingdan ortiq kishi: 2675 nafar yo‘lovchi va 1062 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hech kim jarohatlanmagan, deb xabar bermoqda CNN telekanali. Norwegian Dawn kemasi Bostonga yo‘l olayotgan bo‘lib, Bermud orollaridagi portdan chiqishi bilanoq kema dvigatellari to‘satdan o‘chib qolgan va kema sayozlikka botib qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda hodisaga kemada elektr energiyasining vaqtinchalik o‘chirilishi sabab bo‘lgan. Buning oqibatida kemaning tezligi tushib ketgan va kema sayozlikdan o‘tib keta olmagan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. | Xorijiy Yangiliklar |
Tergovchilar Germaniya aviakompaniyasining Fransiya hududida qulagan Airbus A320 layneri qurbonlarining shaxsini aniqlash ishlarini yakunladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.Halok bo‘lganlarning tanalarini yoki tana qismlarini topishi bo‘yicha ishlar yaqinda tamomlangani ma’lum bo‘lgan edi. Ta’kidlanishicha, keyingi bosqichda marhumlarning tanalari oilalari va yaqinlariga topshiriladi. | Xorijiy Yangiliklar |
Afg‘oniston rasmiylari hukumat qo‘shinlari tomonidan 60 jangarining yo‘q qilingani haqida ma’lumot berishdi. Bu haqda Tulu telekanali xabar berdi.Ta’kidlanishicha, bir qator viloyatlarda, jumladan, Lag‘mon, Bog‘lon, Taxor, Qunduz, Faryob, Badaxshon, Saripul, Juzjon, Farax, Hilmand, Nimruzda o‘tkazilgan maxsus harbiy amaliyotlar natijasida 60 nafar jangari o‘ldirilgan, 38 nafari yaralangan. | Siyosat |
Misr tashqi ishlar vazirligi “Musulmon birodarlari” tashkilotining bir qancha yetakchilari, shu jumladan, sobiq prezident Muhammad Mursiyga chiqarilgan o‘lim hukmiga jahon hamjamiyatining munosabatiga e’tiroz bildirdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.“Ayrim chet ellik mansabdorlarning gap-so‘zlari haqiqatlan tamomila yiroq bo‘lib, mustaqil asosda faoliyat yuritadigan Misr sud tizimiga nisbatan haqoratlidir”, – dedi bu borada vazirlik vakili Badr Abdulatiy.Shuningdek, u Misr sudi tashqi kuchlarning tahlili va bahosiga qarab ish yuritmasligini aytib o‘tdi. | Siyosat |
Gannover shahrining 31 mingga yaqin aholisi shahar hududida Ikkinchi jahon urushi zamonidagi bomba borligi aniqlangani tufayli bir kechada o‘z uylaridan evakuatsiya qilinadi. Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, bomba ushbu shaharning janubiy qismida qurilish ishlari olib borilayotgan joyda topildi. Uning og‘irligi 250 kilogrammni tashkil qilmoqda. Sapyorlar bomba detonatorini olib tashlashga urinib ko‘rishadi, agar buni amalga oshirishning iloji bo‘lmasa, unda bomba boshqariluvchi portlash bilan yo‘q qilinadi. “Mahalliy aholi uchun hech qanday xavf yo‘q. Odamlar vaqtinchalik shifoxona va maktablarga joylashtiriladi. Bomba zararsizlantirilgandan keyin ular o‘z uylariga qaytishlari mumkin bo‘ladi”, deb aytmoqda politsiya vakili. Ikkinchi jahon urushi oxirida Germaniya hududiga 2 mln donadan ortiq bomba tashlangan. Ulardan 20 foizdan ko‘prog‘i portlamay qolib ketgan. | Oila va Jamiyat |
Rossiya Federal migratsiya xizmati rus tili davlat maqomiga ega davlatlardan keladigan muhojirlarni til, tarix va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihonlardan ozod qilish tashabbusi bilan chiqdi. Bu boradagi qonun loyihasi huquqiy-normativ aktlarni tayyorlash portalida joylashtirildi.Qonun ijodkorlarining tushuntirishicha, ilgari rus tili davlat maqomiga ega davlatlardan kelgan muhojirlar rus tilini, Rossiya tarixi va qonunchiligini bilishi imtihon topshirish yo‘li bilan isbotlashi shart emas edi, ammo 2015 yilning 1 yanvaridan ular bu huquqdan mahrum qilindi. Bu holat ularning Rossiya hududida yashash va ishlash uchun hujjat olish yo‘lida qo‘shimcha qiyinchilik va to‘siqlarga uchrashiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois ularni bu qiyinchiliklardan ozod qilish taklifi bildirildi.Bundan tashqari, qonun loyihasi turli mamlakatlardan tashrif buyurgan muhojirlar uchun ko‘rsatilgan sohalar bo‘yicha turli bilim darajalarini talab sifatida o‘rnatishni taklif qiladi. | Oila va Jamiyat |
Avstriya poytaxti Venada “Yevrovideniye” musiqiy tanlovining birinchi yarimfinali o‘z nihoyasiga yetdi. Uning natijalariga ko‘ra 10ta davlat vakillari tanlov finaliga yo‘l oldi. Tomoshabinlarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, finalga Armaniston, Albaniya, Ruminiya, Rossiya, Vengriya, Gretsiya, Estoniya, Gruziya, Serbiya va Belgiya vakillari o‘tishdi. Nufuzli musiqiy tanlovning birinchi yarimfinal doirasida Viner Shtadtxalle arenasi sahnasida 16 davlat – Albaniya, Armaniston, Belarus, Belgiya, Daniya, Estoniya, Makedoniya, Finlyandiya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Moldova, Ruminiya, Rossiya, Serbiya, Niderlandiya vakillari ishtirok etishdi. Tanlovni Moldova nomidan ishtirok etayotgan ukrain Eduard Romanyuta ochib berdi. 23 mayda tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tadi. | Madaniyat |
Indoneziyaning Achex viloyati qirg‘oqlarida baliqchilar tomonidan qutqarilgan muhojirlar soni 374 kishiga yetdi. Bu haqda Agence France-Presse agentligi xabar bermoqda.Ilgari indoneziyalik baliqchilar 102 muhojirni qutqarganini, ular orasida 30ta bola va 26ta ayol borligi ma’lum qilingandi. Shuningdek, yana 400 kishi Indoneziya sohillariga yaqinlashayotgani aniqlangan edi.Aytilishicha, qutqarilganlar qochqinlar Myanma va Bangladesh fuqarolaridir. Shu tufayli Myanma tashqi ishlar vazirligi jahon hamjamiyatining ushbu davlatdagi muhojirlar muammosini tan olishini hamda imkon qadar dengizda qiyin ahvolda qolgan barcha fuqarolarga gumanitar yordam ko‘rsatishi haqida bayonot berdi. | Xorijiy Yangiliklar |
Donetskning “Shaxtyor” futbol jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Moskva klublaridan biriga murabbiylik qilishi mumkin. Matchday.ua bergan xabarga ko‘ra, murabbiyning agenti Arkadiy Zaporojanu Moskvaga poytaxt klublaridan biri bilan shartnoma tuzish uchun tashrif buyurgan. Luchesku agentining xabar berishicha, ruminiyalik murabbiyiga Rossiya va Turkiya klublaridan qiziqish bildirilmoqda. Ruminiyalik mutaxassis “Spartak” yoki “Lokomitiv”ga murabbiylik qilishi haqidagi avvalroq ma’lum qilingan xabar inkor etildi. Joriy mavsum tugagach, Lucheskuning “Shaxtyor” bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadi. | Sport |
Italiyaning “Milan” futbol jamoasi vitse-prezidenti Adriano Galliani kelayotgan yozgi transfer paytida klub yangi o‘yinchilarni sotib olish uchun pulni ayamasligini ma’lum qildi. “Yozda biz shak-shubhasiz transfer kampaniyasini katta dabdaba bilan o‘tkazamiz. So‘z “Milan” kabi nufuzli klub haqida ketganda, hammasini boshqatdan boshlash yengil bo‘ladi. Yaqinda “Yuventus” bunga ajoyib o‘rnak ko‘rsatdi. 1998 yilda jamoamiz chempionatni 11-o‘rinda yakunlangan edi, keyingi mavsumda esa skudettoni (Italiya chempionligini) qo‘lga qiritgan edik. Bizda eng yuqori cho‘qqiga qaytish uchun intilish bor. Shuning uchun kelayotgan transfer paytida biz katta istak va ezgu niyatlar bilan ishlaymiz”, deb aytdi Galliani. “Milan” egasi Silvio Berluskoni o‘ziga tegishli klubning bir qism aksiyalarini osiyolik investorlarga sotishga yaqin turibdi. | Sport |
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Madridning “Real” klubi bilan 2018 yilgacha shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda Sport Mediaset telekanali. Klopp italiyalik Karlo Anchelottining o‘rnini egallaydi hamda yiliga 8 mln yevro maosh oladi. Kloppning “Real” bosh murabbiyi etib tayilgani 30 maydan keyin rasman e’lon qilinadi. | Sport |
Rossiya Fransiyadan “Mistral” vertolyot tashuvchi kemalarining yetkazib berilmagani sababli pullarning orqaga qaytarilishini talab qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi. “Pulni orqaga qaytarishsin. Hozir pulni talab qilganimizda, pitirlab, savdolashishga tushib ketishdi”, deb aytmoqda Lavrov. | Siyosat |
Apple kompaniyasi televizorlar ishlab chiqarish rejalaridan voz kechdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda. Kompaniya xodimlaridan tashkil topgan kichik guruh bu yo‘nalishda 10 yildan ortiqroq vaqt mobaynida ish olib bordi. Oxirgi rejalardan biri 4K ko‘rsatish qobiliyatiga ega ultrayuqori sifatli televizor ishlab chiqarish bo‘lgan. Qurilma videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va foydalanuvchining harakatlarini kuzatish uchun bir nechta kameralar bilan jihozlanishi kerak edi. Kompaniya rejalarini qayta ko‘rib chiqishiga televizorlar bozoridagi juda yuqori raqobat sabab bo‘lgan. Bu bozorda Samsung kompaniyasi yetakchilik qilmoqda. Apple televizorlar yaratish o‘rniga o‘zining Apple TV pristavkasini rivojlantirishni davom ettiradi. Bu pristavkaning yangi versiyasi iyunda San-Frantsiskoda o‘tadigan WWDC-2015 anjumanida namoyish etilishi aytilmoqda. | Texnologiya |
Saudiya Arabistoni hukumati Ar-Riyodning Pokistondan yadroviy qurol sotib rejalari haqidagi axborotni inkor qilmoqda, deb xabar bermoqda CNN telekanali. Britaniya gazetalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni hukumati Eronda yadroviy qurol-aslaha ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilayotganidan xavfsirab, Pokistondan yadroviy qurol sotib olishni boshlashni rejalashtirmoqda. “Buning nimasi yangilik ekanini tushunmayapman. Bunday xabar 18 yildan beri yangiliklarda berib borilgan edi, yana 15 yildan keyin ham beriladi”, deb aytdi Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi vakili ushbu xabarga izoh berib. | Siyosat |
Teatr va kino aktyori, Rossiya xalq artisti Yevgeniy Menshov 69 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bunga aktyorning og‘ir kasalligi sabab bo‘lgan. Yevgeniy Menshov “A zori zdes tixiye...”, “Gde ty, lyubov?”, “Gosudarstvennaya granitsa” kabi filmlarda suratga tushgan. 1998 yildan 2006 yilgacha teleboshlovchi Angelina Vovk bilan birgalikda “Pesnya goda” teleko‘rsatuvini olib borgan. | Madaniyat |
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Millatlararo munosabatlar va rus tili kengashi yig‘ilishida til assimilyatsiyasi siyosatini olib borish to‘g‘ri bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda. “Biz ayrim mamlakatlarda yirik etnik jamoalarning o‘z tilidan foydalanish huquqi cheklanishiga, agressiv til va madaniyat assimilyatsiyasi siyosati yuritilishiga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz, va biz bunday jamiyatlarda odamlar fuqarolar va nofuqarolar, birinchi va ikkinchi darajali insonlarga bo‘linish sodir bo‘lishini bilamiz”, – ta’kidlab o‘tdi Rossiya rahbari. | Siyosat |
Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Dmitriy Rogozin Rossiya kosmik uskunalarida avariya holatlarining ko‘payishini soha rahbarlarining ahloqiy buzilishiga bog‘ladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda. “Korxonalar rahbariyati ahloqiy tomondan bu ahvolda bo‘lganda avariya holatlarining ko‘payishiga hayron qolish yaramaydi. Samo “rahbar”lari allaqachon o‘z “samo”larida yashamoqda. O‘ylaymanki, “huquqiy tortishish” kuchi ularni o‘zlari munosib bo‘lgan joyga keltirib qo‘yadi”, – ta’kidlab o‘tdi siyosatchi. | Siyosat |
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida ayol bolasi bilan yo‘l ostidan o‘tgan qaynoq suvga tushib ketdi. Bu haqda FlashNord portali xabar berdi. Ta’kidlanishicha, bolasi bilan sayr qilib yurgan ayolning oyog‘i ostida yo‘lga yotqizilgan chorqirra toshlar surilib, ayol yer ostiga tushib ketgan. Atrofdagilar unga yer ostidan chiqishga yordam bergan. Onaga ham, farzandga ham katta zarar yetmagan.Aniqlanishicha, chorqirra toshlar olib borilayotgan gidravlika tadbirlari natijasida surilib ketgan. | Oila va Jamiyat |
O‘zbekistonga Ozarbayjon favqulodda vaziyatlar vaziri Kamoliddin Geydarov tashrif buyuradi. Ozarbayjon favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tashrif doirasida o‘zaro tajriba almashish istiqbollari hamda tabiiy va texnogen kelib chiqishga ega ofatlarga, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik texnologiyasi masalasida fikr almashiladi. Ta’kidlanishicha, tashrif O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri Tursunxon Xudoyberganovning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. | Siyosat |
Yaponiyaning Fukuoka hududidan bo‘lgan fermer dunyoda eng og‘ir qulupnayni yetishtirib, Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi. Koji Nakao hosilni yig‘ib olish chog‘ida kutilmaganda qulupnayning ulkan mevasiga ko‘zi tushib qolgan. Bu qulupnayning uzunligi 8 sm, eni 12 sm, aylanasi esa 25—30 santimetrni tashkil etgan. Uning og‘irligi 250 gramm. Mevaning o‘lchamlari aniqlangach, Nakao darhol Ginnesning Rekordlar kitobi qo‘mitasi bilan bog‘landi. Rekord qayd etilgach, fermerning qizi qulupnayni yeb ko‘rib, uning juda mazali ekanligini aytgan. Shu tariqa bu qulupnay 30 yildan oshiq vaqt davomida saqlanib turgan rekordni yangiladi — bungacha 1983 yilda Buyuk Britaniyada o‘stirilgan 231 grammlik meva eng og‘ir qulupnay bo‘lgandi. | Madaniyat |
“O‘zavtosanoat” kompaniyasi rahbar kadrlaridan biri Rossiyada olib borilayotgan korruptsion ishda guvohlik qilmoqda. Ma’lumki, Voronej viloyati federal migratsiya boshqarmasining sobiq rahbari Nikolay Polukazakov korrupsiyada ayblanmoqda. Uning ishi sudda ko‘rib chiqilishi jarayonida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Tohirjon Jalilov guvoh sifatida chaqirildi. Bu haqda sobiq amaldorning advokati Aleksey Mamontov ma’lum qildi.“U tergovchilarga Polukazakov bilan muloqot qilganini aytgan. Uning aytishicha, mening mijozim undan pul tama qilmagan, ammo u go‘yoki imo-ishoralardan barchasini “to‘g‘ri tushungan”, – uning so‘zlarini keltiradi “Kommersant’” gazetasi. Tergovchilar to‘plagan ma’lumotlarga qaraganda, 2013 yil sentabrida Polukazakov Uz-Daewoo kompaniyasi vakillaridan narxi 2.5 mln rublni tashkil qiluvchi Volkswagen Touareg avtomobilini olgan. Ayni paytda bu va boshqa ayblovlar tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. | Siyosat |
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi 2015 yilda Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti o‘sishini istiqbollarini 2 foizga qisqartirib, 3.2 foizga tushirdi. Bunga ushbu mamlakatlarning eng yirik hamkori bo‘lmish Rossiyada iqtisodiyotning tushishi kuzatilayotgani sabab bo‘lgan. Shuningdek, jamg‘armaning may oyi uchun “Mintaqaviy iqtisodiyotning tushish istiqbollari” byulletenida yozilishicha, neft narxining tushishi bunga sabab bo‘lmoqda. “Neft narxining keskin tushishi va Rossiya iqtisodiyotidagi tushkunlik natijasida Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqalarida iqtisodiy tushish davom etadi. Joriy yilda o‘sish yana 2 foizga qisqarib, 3.2 foizni tashkil qilishi kutilmoqda”, – ta’kidlanadi byulletenda. Tilga olingan ikki mintaqada YaIM o‘sishi 2016 yilda 4.2 foizni tashkil qiladi. 2015 yilda byudjyet defitsiti 3 foizni, 2016 yilda esa 1 foizni tashkil qiladi. Yillik inflyatsiya muvofiq ravishda 7 va 6 foizga teng bo‘ladi. | Iqtisodiyot |
O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin Jyenevada tashkil etilgan ATR turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. Mukofot jamg‘armasi 494 ming 310 yevroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning birinchi turida u Yanko Tipsarevich bilan kuch sinashdi hamda 6:0, 6:2 hisoblarida ustun keldi. Istomin keyingi bosqichda Braziliya vakili Tomas Beluchchiga qarshi kortga chiqadi. | Sport |
AQShning Ayova va Minnesota shtatlarida avj olgan parranda grippi oqibatida iqtisodiyotga 1 mlrd dollar zarar keltirildi. Associated Press agentligining xabar berishicha, ayni paytda ushbu viloyatlarda favqulodda holat joriy qilingan. Ayova shtati AQShda tuxum yetkazish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Epidemiya tufayli shtatda tuxum qo‘yuvchi tovuqlarning 30 foizi yoki 20 mln parranda qirilib ketdi. O‘z navbatida, kurka go‘shti yetkazib berish bo‘yicha yetakchi hisoblangan Minnesota shtati 8 mln qushdan ayrildi. AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, epidemiya 15 shtatda 37 mln parrandaning qirilib ketishiga olib keldi.Taxminlarga ko‘ra, AQShdan kurka go‘shtini eksport qilish 10 foizga, tuxum eksporti 1.5 foizga, tovuq go‘shti eksporti 6.8 foizga qisqaradi.Aprel oyidan buyon gripp tarqalishining 160 holati aniqlangan. | Iqtisodiyot |
Bokudagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ozarbayjon sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda. Bundan tashqari, 63 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Ayni paytda shahar shifoxonalarida 54 kishiga yordam ko‘rsatilmoqda.Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlarning 2 nafari bolalardir. | Salomatlik |
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Shimoliy Koreyaning harbiy provokatsiyalari tufayli mintaqa rivoji orqaga ketayotganligini ta’kidladi.“Osiyo mintaqasi taraqqiyot uchun ulkan salohiyatga ega, ammo KXDR yadroviy tahdidlar va provokatsiyalar yo‘li bilan taraqqiyot arteriyalarini bo‘g‘ishda davom etarkan, Osiyoda haqiqiy o‘sish va barqarorlikni ko‘rish qiyin”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.Shuningdek, u Janubiy Koreya o‘zaro muloqot o‘rnatishga harakat qilishini, kerak bo‘lganda esa shimoliy qo‘shnilarning provokatsiyalariga javob berishini ma’lum qildi. | Siyosat |
Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimi foydalanuvchilari orasida mashhur “Kosynka” o‘yinining yaratilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan musobaqa uyushtiradi. Bu haqda kompaniyaning saytida ma’lumot berildi.Xabarnomada aytilishicha, dastlab xodimlar orasida ichki turnir o‘tkaziladi, iyun oyining boshida esa musobaqada Windows va Windows Phone tizimlarining barcha foydalanuvchilari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.Bundan tashqari, turnir doirasida boshqa qartali o‘yinlarni (“O‘rgimchak”, “Soliter”) ham o‘ynash mumkin bo‘ladi. | Sport |
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ikkita Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun KXDRga borishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Yonxap agentligi ma’lum qilmoqda.“Agar tashrifimday foyda bo‘lsa, Pxenyanga borishga tayyorman”, – degan Pan Gi Mun Seulda bo‘lib o‘tayotgan oltinchi Osiyo yetakchilari konferensiyasida.Bosh kotib, shuningdek, 15 yillik tanaffusdan so‘ng o‘tgan yilning sentabr oyida KXDR BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkda o‘tkazilgan 69-sessiyasida ishtirok etishini ijobiy qadam deb baholadi. Ta’kidlanishicha, tadbirda KXDR tashqi ishlar vaziri Li Su Yon qatnashgan.Pan Gi Mun joriy yilda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri bilan yana bir bor uchrasha olishiga umid bildirgan. Bundan tashqari, u siyosiy va gumanitar masalalarni ajratib, ularni bir-biriga bog‘lamagan holda xulosalar qilish kerakligini qayd qilib o‘tdi. | Siyosat |
2015 yilning oktabrida KXDR samoga raketa uchiradi. U samoga sun’iy yo‘ldoshni olib chiqadi. Kyodo agentligining ma’lum qilishicha, raketaning uchirilishi Mehnat partiyasining 70 yillik yubileyiga bag‘ishlanadi.Shuningdek, ushbu yangi texnika KXDR tomonidan qit’alararo raketa sifatida qo‘llanilishi mumkin. | Texnologiya |
Isakov Baxtiyor Tursinmatovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi. Shuningdek, Alimov Ibragim Mirzaraximovich va Maxmudov Alisher Shavkatovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyalari etib saylangan. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Bu haqda 16 may kuni e’lon qilingan Oliy Majlis Senati raisi N.Yo‘ldoshev imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qarorda ma’lum qilingan. | Siyosat |