text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Keles shaharchasida uylardan biri yonayotgani haqida xabar va holat aks etgan video tarqalgandi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 19 oktabr kuni soat 23:10 da Toshkent tumani, «Xiyobon» MFY, Oydin ko‘chasida ikkita bir biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:16 da yetib borib, yong‘in soat 23:53 da qurshab olingan va soat 00:45 da batamom o‘chirilgan. Yong‘indan birinchi xonadonda 180 kvadrat metr, ikkinchi xonadonda 100 kvadrat metr maydon saqlab qolingan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Oila va Jamiyat
Amerikalik iqtisodchilar 2021 yilda Qo‘shma Shtatlarda tug‘ilish ko‘rsatkichining o‘sishini qayd etishdi. Foto: Reuters Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi hisobotida aytiladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakatda tug‘ilish darajasi 2015-2019 yillarga nisbatan 6,2 foizga oshgan. Buning sabablaridan biri sifatida koronavirus bilan bog‘liq karantin cheklovlari sharoitida masofaviy ish rejimiga o‘tish ko‘rsatilgan. Koronavirus pandemiyasining boshida tahlilchilar tug‘ilishning keskin pasayishini bashorat qilishgan edi. «Iqtisodiyotning o‘sishi pasaygan sharoitda biz birinchi marta tug‘ilishning o‘sishini ko‘rmoqdamiz», dedi Shimoli-g‘arbiy universitet professori Hannes Shvandt. 2020 yil ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh aholisi soni 330 millionga yaqin kishini, aholining o‘sish sur’ati esa yiliga 0,4 foizni tashkil qilgan.
Iqtisodiyot
Vazirlar Mahkamasining “Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagi litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar pasportlari tasdiqlanmoqda. Ularda talab etiluvchi hujjatlar, yig‘im miqdorlari, arizani ko‘rib chiqish muddatlari va hujjatlar amal qilish muddatlari belgilanmoqda:
Siyosat
Tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan tuman va shaharlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 2022 yilning 1 oktabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan hududlar orasida Guliston shahri yetakchilik qilyapti – 71,7 ta. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 1000 doimiy aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti mos ravishda 43,6 ta hamda 34,1 ta bo‘lgan Chiroqchi tumani va Navoiy shahri joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: Sergeli tumani – 33,1 ta; Yangiyer shahri – 33 ta; Payariq tumani – 31,6 ta; Bandixon tumani – 30,9 ta; Jizzax shahri – 30,9 ta; Namangan shahri – 30,9 ta; Bektemir tumani – 30,4 ta.
Oila va Jamiyat
Foto: Epsilon Joriy yil 20 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Yangiariq konining 1-sonli qudug‘ida olib borilgan mukammal ta’mirlash ishlaridan so‘ng, quduqdan uglevodorodlar oqimi olindi. Ishlar bajarilishi jarayonida sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalariga to‘liq rioya etilmoqda. Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ
Ekologiya
Foto: IIBB axborot xizmati Chilonzor tumanida “Nexia-3” va mototsikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 2022 yil 19 oktabr kuni soat 13:30 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasida 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinasi hamda 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi mototsikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida mototsikl haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oila va Jamiyat
Bugun, 19 oktyabr kuni yog‘gan yomg‘ir natijasida Andijon shahridagi qator ko‘chalar suvga to‘lib qoldi. Oqibatda yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi. Kun.uz muxbiri shaharsozlikdagi xatolar oqibatlarini tasvirga oldi. Ta’kidlash kerakki, nafaqat Andijon, balki O‘zbekistonning boshqa ko‘plab shaharlarida ham birozgina ko‘proq yomg‘ir yog‘ib qo‘ysa, katta toshqinlar paydo bo‘lishi odatiy holga aylangan. 19 oktyabr kuni respublikaning qator hududlarida kuzning ilk jiddiy yomg‘iri yog‘ib o‘tdi. Bu kabi toshqinlar keyingi yil yozgacha hali u, hali bu shaharda kuzatilib turishini taxmin qilish mumkin. Abduvali Qurbonov, Kun.uz
Oila va Jamiyat
Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 2022 yil 19 oktyabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi. Shunga muvofiq, 22 oktyabrdan ijtimoiy soha obektlari va 24 oktyabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.
Iqtisodiyot
Foto: Jo‘qorg‘i Kenges axborot xizmati Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 37-sessiyasida Amanbay O‘rinbayevga yangi o‘rinbosar saylandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges axborot xizmati xabar berdi. Amanbay O‘rinbayevning yangi o‘rinbosari sifatida ish boshlagan Rustam Saparbayev 2021 yildan shu kungacha Vazirlar Kengashi raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2022 yilning avgust oyida Omanbay O‘rinbayev va Rustam Saparbayev Jo‘qorg‘i Kenges deputati etib saylangandi. Rustam Saparbayev 1982 yili Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan bo‘lib, ma’lumoti bo‘yicha mutaxasisligi — yurist, siyosatshunos. U 2004 yili Qoraqalpoq davlat universitetini, 2008 yili O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tugatgan. Ma’lumot uchun, 2020 yildan buyon Jo‘qorg‘i Kenges raisi o‘rinbosari lavozimida Otabek Davletov faoliyat yuritayotgandi.
Siyosat
Migrantlarning pensiyasi qanday rasmiylashtirilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi. “Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali tegishli axborot bilan chiqdi. Foto: Kun.uz Xorijda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi: 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun - Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda; 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda. O‘zbekiston fuqarolarining yollanma (bitim) asosda xorijda ishlaganligi hukumat tomonidan vakolat berilgan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.
Xorijiy Yangiliklar
Hududlarning doimiy aholisi soni to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi. Foto: Kun.uz 2022 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, respublika hududlarining doimiy aholisi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilyapti – 4 mln kishi. Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan doimiy aholisi soni mos ravishda 3,9 mln kishi hamda 3,4 mln kishi bo‘lgan Farg‘ona viloyati va Qashqadaryo viloyati joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: Andijon viloyati – 3,3 mln kishi; Toshkent viloyati – 2,9 mln kishi; Namangan viloyati – 2,9 mln kishi; Toshkent shahri – 2,9 mln kishi; Surxondaryo viloyati – 2,7 mln kishi; Buxoro viloyati – 2 mln kishi; Qoraqalpog‘iston R. – 1,9 mln kishi; Xorazm viloyati – 1,9 mln kishi; Jizzax viloyati – 1,4 mln kishi; Navoiy viloyati – 1 mln kishi; Sirdaryo viloyati – 892,2 ming kishi. O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda.
Oila va Jamiyat
Superliga 22-tur doirasidagi «Lokomotiv» - «Olimpik» uchrashuvidan so‘ng «temiryo‘lchilar» bosh murabbiyi Server Jeparov klub rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarildi. Foto: Lokomotiv «Lokomotiv» kecha juda muhim bellashuvda «Olimpik»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa klub rahbariyatining keskin qaror qabul qilishiga sabab bo‘ldi. Superliganing qolgan 4ta turiga asosiy jamoamizni taniqli va tajribali mutaxassis Mirko Yyelichich boshqaradi. Avstraliyalik murabbiy iltimosiga binoan, Denis Korostichenko ham murabbiylar shtabiga qaytib, Yyelichichga yaqindan yordam beradi», - deyiladi klub xabarida. Ma’lumot uchun, «Lokomotiv» 20 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Klub keyingi turlarda «Paxtakor», «Navbahor», «So‘g‘diyona» va «Metallurg»ga qarshi maydonga tushadi.
Sport
O‘zbekistonliklar o‘tgan 9 oyda elektromobillar importiga 51,3 mln AQSh dollari sarflagan. Foto: Megawatt Motors O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 51,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 629 dona elektromobillar import qilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning sentabr oyida 130 ta elektromobil import qilingan. O‘zbekistonga joriy yilning 9 oyida eng ko‘p elektromobillar import qilingan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 1 422 dona. Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: BAA – 111 dona; Germaniya – 41 dona; Hongkong – 31 dona; Litva – 10 dona; Koreya – 7 dona; boshqa davlatlar – 7 dona.
Iqtisodiyot
Nikohdan ajrashish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan top-10 hududlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 2022 yilning 1 oktabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan nikohdan ajrashish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori raqam Guliston shahrida qayd etildi - 3,5 ta. Qolgan hududlar kesimida vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi: Yangiyer shahri - 3,3 ta; Sergeli tumani - 3,1 ta; Olmaliq shahri - 2,9 ta; Shirin shahri - 2,9 ta; Bektemir tumani - 2,5 ta; Qibray tumani - 2,5 ta; Chipchiq shahri - 2,4 ta; Buxoro shahri - 2,4 ta; Farg‘ona shahri - 2,4 ta.
Oila va Jamiyat
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi 18 oktabr kuni ertalab soat 06:55 larda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona halqa yo‘lida harakatlanayotgan «HOWO» rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida shu ko‘chada joylashgan aholi yashash uyiga borib urilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, voqea joyiga qisqa vaqt ichida qutqaruv guruhi yetib borib, haydovchini yuk avtomobilidan chiqarib olgan hamda zaruriy birinchi yordam ko‘rsatgan. Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida uyga zarar yetgan, haydovchidan boshqa jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Oila va Jamiyat
Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari uyushmasi («Ukroboronprom») milliy dronni ishlab chiqish jarayoni yakunlanganini e’lon qildi. Foto: AP Departament uning fotosuratini e’lon qildi va 1000 km masofaga parvoz qila olishi, jangovar kallakning og‘irligi esa 75 kg ekani haqida xabar berdi. «Ukrainaning harbiy-sanoat korxonalari urush boshlanganidan beri kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Biz deyarli hech narsa haqida xabar bermayapmiz. Ammo ishonavering, ushbu «hech narsa» allaqachon jang maydonlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda, boshqa bir «hech narsa» esa sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tmoqda», deyiladi xabarda. Rossiya bosqini boshlanganidan keyin Ukraina qurolli kuchlari urushda Turkiyaning Baykar kompaniyasi dronlaridan foydalanib kelmoqda. Jumladan, ushbu kompaniyaning «Bayraktar Akıncı» droniga Ukrainada ishlab chiqarilgan turbinalar o‘rnatilgan.
Texnologiya
O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi. 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 2,1 mlrd dollar. Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2 mlrd dollar hamda 1,1 mlrd dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Turkiya joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: Qozog‘iston – 1 mlrd dollar; Qirg‘iziston – 683,4 mln dollar; Afg‘oniston – 514,4 mln dollar; Tojikiston – 352,6 mln dollar; Kanada – 160,5 mln dollar; Turkmaniston – 154,1 mln dollar; Eron – 113,8 mln AQSh dollari.
Iqtisodiyot
2022 yil sentabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining avgust oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha o‘zgarish holati ma’lum qilindi. Foto: Kun.uz Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir oyda pomidor – 36,0 foizga oshgan. Bodring narxi – 17,4 foizga qimmatlashgan. O‘z navbatida, kartoshka – 1,8 foizga, banan – 1,0 foizga, shaftoli – 0,8 foizga oshgan. Bir oy davomida narxi arzonlashgan mahsulotlar esa quyidagicha ko‘rinish oldi: limon – 8,0 foiz; uzum – 7,9 foiz; piyoz – 7,2 foiz; olma – 4,6 foiz; nok – 3,2 foiz; qovun – 2,2 foiz; tarvuz – 1,7 foiz; sabzi – 1,0 foizga arzonlashgan.
Iqtisodiyot
9 oyda eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda 69 816 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, yanvar-sentabr oylarida 64 074 dona Lacetti-Gentra hamda 52 673 dona Damas ishlab chiqarildi. Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Nexia T-250 - 17 735 dona; Spark - 11 119 dona; maxsus yengil avtomobillar - 14 389 dona.
Iqtisodiyot
2022 yil 1 oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,8 mln kishini tashkil etmoqda. Foto: Kun.uz Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 61,1 ming kishiga ko‘paygan. Qayd etilishicha, 2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda. Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda. O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda.
Oila va Jamiyat
Yolqin To‘ychiyevning “Evrilish” filmi Janubiy Koreyaning Pusan shahrida joriy yilda yigirma yettinchi bor o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalning “Kim Jiseok Award” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Filmda o‘zbekistonlik qahramon taqdiri, ruhiy kechinmalari, uning sovet davrida harbiylar safida xizmat qilgani va urushga borgani haqida hikoya qilinadi. Urush uning va atrofidagi insonlarning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Ko‘p yillar o‘tib, hayot mashaqqatlarni boshidan kechirgan qahramon tinchlik o‘rnatilgandan so‘ng O‘zbekistonga – o‘z vataniga qaytadi. Film voqealari O‘zbekiston, Afg‘oniston, Misr va Buyuk Britaniyada suratga olingan. Eslatib o‘tamiz, Osiyodagi yirik kinofestival hisoblangan “Busan International Film Festival” Janubiy Koreyaning Pusan shahrida 1996 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.
Madaniyat
Qo‘mita raisi o‘rinbosari tuman hokimiga aylandi. Foto: Samarqand viloyati hokimligi Nurobod tumani hokimligida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Sessiyada deputatlar tomonidan Sirojiddin Valiqulovich Berdiqulov nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Sirojiddin Berdiqulov 1979 yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Nurobod tumaniga 2022 yil martidan buyon hokimlik qilib kelgan Sherali Yo‘ldoshev sentabr oyida lavozimidan ozod etildi. U rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan ketgan.
Siyosat
Mehmonxona xizmatlari narxlari bir oyda o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. Foto: Kun.uz 2022 yilning sentabr oyida mehmonxona xizmatlari narxlari avgust oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mehmonxona xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 12,2 foizga oshgani kuzatilgan. Mehmonxona xizmatlari narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 12,4 foizga oshgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi. Foto: Shutterstock 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 4,7 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 4,4 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 2,2 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Koreya – 1,8 mlrd; Turkiya – 1,3 mlrd; Germaniya – 714 mln; Hindiston – 475 mln; Turkmaniston – 415 mln; Braziliya – 401,4 mln; Litva – 301,5 mln AQSh dollari.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga meva va sabzavotlarni eksport qilayotgani ma’lum qilindi. Foto: Kun.uz 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 760,2 mln AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning 9 oyida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilyapti – 517,4 ming tonna. Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Rossiya – 380 ming tonna; Qirg‘iziston – 121 ming tonna; Xitoy – 61 ming tonna; Afg‘oniston – 26,5 ming tonna; Pokiston – 20,7 ming tonna; Belarus – 18,6 ming tonna; Tojikiston – 17,7 ming tonna; Turkiya – 11 ming tonna; Eron – 9,3 ming tonna; Gruziya – 6,8 ming tonna; Ukraina – 6,2 ming tonna; Ozarboyjon – 5,5 ming tonna; BAA – 4,2 ming tonna; Germaniya – 2,7 ming tonna.
Iqtisodiyot
2022 yil 9 oyi davomida Rossiya, Koreya, Qozog‘iston, Britaniya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya kabi davlatlarga 27 mingdan ortiq fuqaro manzilli ishlarga jo‘natilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, agentlik tomonidan jami 206 mingdan ortiq fuqaroga xizmatlar ko‘rsatilgan. Xususan, 183 mingdan ortig‘iga — maslahat xizmati, 6 063 nafariga — huquqiy, 15 mingdan ortig‘iga — ijtimoiy, 2 595 nafariga — moddiy yordam, shundan: 1009 nafariga BHM ikki baravaridan, jami 50 255 AQSh dollari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, 198 nafar fuqaro vaqtinchalik xostellarga joylashtirilgan, og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 844 nafar fuqaro esa O‘zbekistonga olib kelingan. Agentlik xorijdagi vakolatxonalari aralashuvi bilan o‘zbekistonliklarning ish beruvchilaridan 834 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi undirib berilgan.
Iqtisodiyot
TIVda Italiya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va ta’lim sohalardagi hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Foto: Dunyo O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Italiya elchisi Agostino Pinna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar Savdo-iqtisodiy, sanoat hamkorligi va eksport kreditlari bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhi 7-yig‘ilishini yaqin kelajakda Toshkent shahrida tashkil etish yuzasidan fikr almashdi. 2023 yilda O‘zbekiston va Italiyaning yetakchi universitetlari rektorlari yillik forumini tashkil etish, «raqamli iqtisodiyot», muhandislik, sanoat dizayni, agrosanoat va turizm sohalarida mutaxassislarni birgalikda tayyorlash masalasini o‘rganishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha kelgusi yil birinchi yarmida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi raundini o‘tkazish sanalarini ishlab chiqish, yaqin kelajakda madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning 28 ta oliy ta’lim muassasasi World University Rankings – 2023 xalqaro reytingida «reporter» maqomiga ega, deb xabar bermoqda «Dunyo». Foto: Dunyo Buyuk Britaniyaning Times Higher Education agentligi tomonidan e’lon qilingan World University Rankings – 2023 reyting natijalariga ko‘ra, bu yil respublikaning yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi «reporter» maqomida qayd etildi. Bu bilan Top-1000 talik reytingdan joy olish uchun da’vogarlar o‘tgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi. Ushbu reytingda universitetlar 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar. Mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi THE nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi. Joriy yil ushbu reytingda dunyo miqyosida 1 799 ta universitet qayd etildi. 526 ta universitet «reporter», ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.
Ta'lim
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahri Yangihayot tumanida texnik inspektor ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda sobiq «Toshissiqquvvat» DUK hozirda «Veolia Energy Tashkent» XK MChJ tuman boshqarmasi texnik inspektori B.J. fuqaro F.ning xonadonida issiq suv iste’moli uchun mavjud bo‘lgan 6,2 million so‘m qarzdorlikni yo‘q qilib berish hamda qarzdorlik mavjud emasligi haqida elektron ma’lumot tayyorlab berish evaziga 400 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Iqtisodiyot
Andijonda Lacetti yo‘lda qayrilib olayotgan traktorga borib urildi. Ikki kishi jarohatlandi. Foto: Andijon viloyati IIB matbuot xizmati Andijon viloyatining Asaka tumanida Lacetti va traktor ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi. Hodisa 14 oktyabr kuni soat 20:30 larda tuman hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 416 kilometrida sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi X.O. (1997 yilda tug‘ilgan)o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borib, chapga qayrilish uchun yo‘lning qatnov qismi o‘rtasida to‘xtab turgan T-28X4 rusumli traktorning orqasidan kelib urilgan. Oqibatda har ikki transport vositalari haydovchilari yengil turdagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Asaka tumani IIB JXX YXXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oila va Jamiyat
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon yaqinda noyob jonivor bo‘lgan qor qoplonini suratga oldi. Bu haqda Ekoqo‘mita axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, tasvirga tushgan qor qoploni yirik jussaliligi bilan ajralib turadi. Qor qoploni O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ro‘yxatiga kiritilgan, yo‘qolib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan turi hisoblanadi. Oqshomda faol, kunduzi g‘orlarga, qoyalar orasiga berkinib yotadi. 2 yilda bir marta bolalaydi. Tog‘ bo‘ylab yovvoyi tuyoqlilar ortidan yuqoriga va pastga mavsumiy ko‘chib yuradi. Qor qoploni Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida ham doimiy muhofazaga olingan.
Ekologiya
16 oktabr kuni poytaxtda Tashkent Global Forum tashkiloti boshchiligida 3 kmga yugurish - Business Run marafoni o‘tkaziladi. Foto: Toshkent shahar IIBB Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 16 oktabr soat 06:00 dan soat 11:00 gacha bir nechta ko‘chalar yopiladi. Ushbu ko‘chalar: Islom Karimov ko‘chasidan — Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha; Afrosiyob ko‘chasidan — Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha; Sharof Rashidov ko‘chasidan — Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha. Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Oila va Jamiyat
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazilgan. Uning natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi. 2022 yil 12 oktabr holatiga suyakli mol go‘shti (1 kg) 49 500 – 78 000 so‘m; qo‘y go‘shti (1 kg) 58 000 – 91 000 so‘m; kartoshka (1 kg) 2 500 – 6 000 so‘m; piyoz (1 kg) 1 500 – 5 000 so‘m; sabzi (1 kg) 1 500 – 5 000 so‘m; tuxum (10 dona) 8 500 – 15 000 so‘m; guruch (1 kg) 5 000 – 25 000 so‘m; o‘simlik yog‘i (1 l) 16 000 – 30 000 so‘m; shakar (1 kg) 12 000 – 17 000 so‘m. Bunda, dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Iqtisodiyot
41 158 nafar malakali nomzod davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov tizimi orqali qabul qilindi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ma’lumot berdi. Foto: Kun.uz Qayd etilishicha, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz platformasiga respublikaning 70 dan ortiq vazirlik va idoralari, barcha tuman (shahar) hokimliklari ulangan. Bugunga qadar mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha jami 100 mingga yaqin tanlov e’lon qilinib, ushbu lavozimlarga jami 1 157 338 nafar nomzod hujjat topshirgan. Tanlov g‘oliblarining 14 563 nafarini 30 yoshgacha bo‘lganlar, 14 341 nafarini ayollar, 6 603 nafarini davlat fuqarolik xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlar tashkil etadi.
Oila va Jamiyat
O‘zbekiston 9 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi. 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 760,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,2 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 169 ming tonnaga oshgan. 2022 yilning 9 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi: meva va rezavorlar – 257 ming tonna; quritilgan meva va rezavorlar – 30,2 ming tonna; sabzavotlar – 657 ming tonna; piyoz – 171 ming tonna; karam – 131 ming tonna; pomidor – 60 ming tonna; uzum – 126 ming tonna; mayiz – 53,4 ming tonna; yeryong‘oq – 13,4 ming tonna; tarvuz-qovun – 129,2 ming tonna.
Iqtisodiyot
Joriy yilning 17 oktyabrda O‘zbekiston shimoliy hududlariga, 18-19 oktyabrda respublika qolgan hududlariga Volgabo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismi (Moskva oblasti) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Foto: Kun.uz “O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda. 17-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 darajagacha iliq, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 15-20 darajagacha asta-sekin pasayadi. 17-19 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 17-18 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Ekologiya
Hududlardan 8 oyda 33 802 kishi Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan. Foto: Kun.uz 2022 yil yanvar-avgust oylarida respublikaning boshqa hududlaridan Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 33 802 kishini tashkil etgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 572 kishiga kamaygan. Qayd etilishicha, Toshkent shahriga ko‘chib kelganlar orasida erkaklar – 15 967 kishini, ayollar – 17 835 kishini tashkil qilgan.
Oila va Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Ohangaron shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Videodan kadr DXX xabariga ko‘ra, unda Toshkent shahrida yashovchi, 1955, 1976 va 1979 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs firibgarlik yo‘li bilan mahalliy tadbirkorning 300 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ular tadbirkorning ishonchiga kirib, Ohangaron tumanida joylashgan «Angren» erkin iqtisodiy zonasi hududidan 16 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali, u rahbarlik qilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 million 400 ming AQSh dollari talab qilgan va 300 ming AQSh dollarini oldindan berishi kerakligini aytgan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Iqtisodiyot
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda gumon qilingan 22 nafar fuqaro 14 oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya a’zolari taklifi, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenges raisining so‘rovi va deputatlar kafolatlari bilan insoniylik tamoyili asosida uylariga qaytarildi. Foto: Jo‘qorg‘i Kenges axborot xizmati Ma’lum qilinishicha, namoyishlarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslar sodir etgan jinoyatidan pushaymonligi, oila a’zolari qilgan murojaatlar o‘rganilgan. Shuningdek, ular oilada yolg‘iz boquvchi ekani va voyaga yetmagan farzandlari borligi ham hisobga olinib, yaqinlari bag‘riga qaytarilgan. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida deputatlar so‘rovi bilan Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashganlikda gumonlanayotgan 34 nafar shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirilgandi.
Oila va Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etdi. Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi. “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Davlatimiz rahbari mintaqaviy sheriklikni kuchaytirish maqsadida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.
Siyosat
Foto: AP Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisida 2023 yilda tashkilotga raislik masalasi ko‘rib chiqildi. Delegatsiya rahbarlari raislikni Qirg‘izistonga, hamraislikni esa Rossiya va Qozog‘istonga o‘tkazishga qaror qildi. Qirg‘iziston taklifiga ko‘ra, MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini 2023 yil 13 oktabr kuni Bishkek shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi MDH asoschilaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda MDH davlat rahbarlari kengashiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qilgan edi.
Siyosat
Foto: Agrobank Chakana xizmatlarni rivojlantirish; Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish; Bank kartalariga xizmat ko‘rsatish; Mobil ilovani rivojlantirish. Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi: -Oliy iqtisodiy ma’lumot, xalqaro sertifikat va diplomlar; -Rus va ingliz tillarini a’lo darajada bilish; -Yo‘nalish bo‘yicha kamida 5 yil faoliyat yuritgan bo‘lishi; -Biznes jarayonlarni soddalashtirish, yangi bank mahsulotlari, xizmat turlari va sotuv kanallarini joriy etish, yo‘nalish bo‘yicha bankning bozordagi ulushini oshirish va faol mijozlar bazasining o‘sishini ta’minlash bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi. Bizning takliflarimiz: - Respublikaning nufuzli bankida ish faoliyatini olib borish; - Raqobatli ish haqi (suhbat davomida kelishuv asosida) Agar sizni vakansiya qiziqtirgan bo‘lsa, hujjatlaringizni onlayn tarzda jo‘nating! Murojaat uchun Telegram raqami: +998950367881 Elektron manzil: i.olimova@agrobank.uz "Agrobank" ATB Matbuot xizmati Ⓣ
Iqtisodiyot
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga iliq va quruq havo massasi kirib kelishi davom etadi. Foto: Kun.uz “O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishida 15 oktyabr kuni beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati ushbu kunning o‘rtacha me’yoriy qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi va 26-29 daraja issiqni tashkil etadi. Shimolda va cho‘l hududlarda 16 oktyabr kuni ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Ekologiya
U 4 nafar fuqaroni vaqtincha ishsizlar ro‘yxatiga kiritib, nafaqa puli tayinlab berishini aytib, evaziga 4 mln so‘m olganlikda gumonlanyapti. Foto: Prokuratura departamenti Xorazm viloyati, Urganch shahrida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori pora bilan ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori D.B. pora olayotgan paytida ushlandi. U 4 nafar fuqaroni vaqtincha ishsizlar ro‘yxatiga kiritib, nafaqa puli tayinlab berishini aytib, evaziga 4 mln so‘m so‘ragan. Kelishilgan pulning 2 mln so‘mini oldindan olgan. So‘ngra, qolgan 2 mln so‘mini ish joyida olayotgan vaqtida ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oila va Jamiyat
Animal Planet tasvirga olish guruhi Barrani oroli yaqinidagi inson qadami yetmagan orolda qolib ketgan odamni qutqardi. Guruh Jyeremi Ueyd ishtirokida Avstraliya shimolida “Dengiz maxluqlari” (“Rechnyye monstry”) dasturini suratga olayotgan edi. Yo‘qolib qolgan odam Tremayn ismli baliqchi ekani ma’lum bo‘ldi. Erkak tashnalikdan aziyat chekkan va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan. U ustritsalar ovlash uchun orolga yo‘l olgani, biroq qayiqni boshqara olmay, okeanga suzib ketganini so‘zlab bergan. “Robinzon” ikki kun davomida jazirama quyosh ostida qolib ketgan va tashnalikdan halok bo‘lishi ham mumkin edi. Chunki orolda chuchuk suv bo‘lmagan.
Oila va Jamiyat
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning bayonot berishicha, Rossiya va harbiy alyans, tomonlar o‘rtasidagi siyosiy muloqot qanchalik muhim bo‘lmasin, oddiy munosabatlar davriga qaytmaydi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. «Yevroatlantika mintaqasi ajratib turuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy muzokaralar zarur va foydali, bu ayniqsa, biz boshimizdan kechirayotgan, manfaatlar to‘qnash kelgan vaziyatda juda muhim. Shunga qaramasdan, bu avvalgi munosabatlarni tiklashimizni anglatmaydi», — degan bosh kotib Stoltenberg. Uning qayd etishicha, siyosiy muloqot uchun mavjud aloqalarni saqlab qolish, barcha tomon manfaatlariga mos keladi.
Siyosat
Jyennifer Eniston People jurnali tanlovi bo‘yicha 2016 yilda dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi. O‘zining yangi maqomi haqida eshitgach, aktrisa hayratda qolgan. “Bu o‘ta zavqli xursandchilik payti bo‘ldi”, deya tan oladi 47 yoshli Eniston. Nashrga intervyu berish paytida aktrisa go‘zallik to‘g‘risidagi tasavvurlari bilan bo‘lishdi. Xususan bu o‘ziga ishonch, ichki xotirjamlik, ezgulik va rostgo‘ylik, shuningdek, chiroyli o‘tgan umr. Bundan tashqari, Enistonning fikricha, bu qatorga hayot sinovlarini mardonavor qabul qila olish va nimadir kutilgandek bo‘lmasa, buning uchun uyalmaslikni ham qo‘shish mumkin.
Madaniyat
Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro Kuba kommunistik partiyasi qurultoyi yopilishida o‘zining o‘limi yaqinlashayotganidan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda The Independent nashri. "Yaqinda men 90 yoshga to‘laman. Yaqinda men hamma kabi bo‘laman. Barcha ham poyoniga yetadi", deb aytdi kommandante. Kastro uning qurultoydagi nutqi partiya qurultoylari zalidagi oxirgisi bo‘lishi mumkinligi, biroq Kuba kommunizmi g‘oyasi "agar bor kuch va o‘z qadrini bilish hissi bilan ishlansa, unda insonga zarur bo‘lgan barcha moddiy va madaniy boyliklarni ishlab chiqarish mumkinligi" isboti bo‘lib qolishiga ishonchi komilligini aytdi. Avvalroq Kastro Yerga xavf solayotgan xatarlar haqida ogohlantirgani ma’lum qilingandi. Kommandantening ukasi Raul Kastro partiyadoshlariga rahbarlik lavozimlarini 70 yoshgacha ozod qilishni taklif qilgandi.
Siyosat
Amerikalik aktrisa Lindsi Loxan Islomni o‘rganmoqda, deb xabar beradi The Sun. Gazetaning ma’lum qilishicha, 2015 yilda aktrisaning Qur’on ushlab tushgan surati katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, katolik e’tiqodli Loxan Islomga murojaat qilgan. Aktrisa ushbu fotosuratga endi izoh berdi. “Men o‘ta dindor insonman va bilim olishga doim tayyorman», – dedi Loxan. Uning ta’kidlashicha, u haqiqatdan ham Islomni o‘rganmoqda.
Madaniyat
Qozon shahri markazida bir qiz “Zlachnoye Mesto” ansambli musiqachilari bilan birgalikda “Putinga o‘xshagan” (“Takogo kak Putin”) qo‘shig‘ini ijro etdi. Ikki kundayoq rolik YouTube orqali deyarli 600 ming marta tomosha qilingan. Foydalanuvchilarning aytishicha, qiz shunchaki yo‘ldan o‘tib ketayotgan bo‘lgan va Bauman ko‘chasida musiqa chalayotgan jamoaga qo‘shilib qo‘shiq kuylagan.
Madaniyat
Avstraliya Irlandiya hududiga teng bo‘lgan o‘z hududini xitoylik investorlarga sotish bo‘yicha bitim tuzdi, deb xabar bermoqda The Independent nashri. Ma’lum qilinishicha, bitim qiymati 371 mln dollarni tashkil qildi. Endi tomonlar ikki davlat hukumatlarining ma’qullovini kutmoqdalar. Sotilayotgan hudud Avstraliyadagi eng yirik fermerlik pomestesi hisoblanib, ayni vaqtgacha mamlakatda mol go‘shti ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya S.Kidman & Co Ltd.’ga tegishli bo‘lgan. Yerning maydoni deyarli 11 mln gektar yoki Avstraliya hududining 1 foizini tashkil qiladi.
Iqtisodiyot
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy bilan uchrashuvdan keyin Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Kerri Misrdagi uchrashuvda mamlakat rahbariyati bilan ikki tomonlama aloqalar hamda Yaqin Sharqdagi inqiroz va terrorchilik guruhlari jangarilari bilan kurashish masalalarini muhokama qildi. Kerri Saudiya Arabistonida AQSh prezidenti Barak Obamaga qo‘shiladi. Obama Ar-Riyodda Fors ko‘rfazi arab davlatlari kengashi sammitida ishtirok etadi. Avvalroq Obama Saudiya Arabistoniga kelgani ma’lum qilingandi.
Siyosat
«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. U mavjud shartnomasini oxirigacha o‘tash niyatida ekanini aytgan. Ushbu mutaxassis bilan kelishuv 2017 yilning yoziga qadar amal qilishi mo‘ljallangan. «Men hamisha o‘z shartnomamga hurmat bilan qaraganman. Lekin bu savolga qaytishni istamayman. Mendan yozda ketishim mumkinligini so‘ramang. Bu savolning javobi aniq», — deya Vengerning so‘zlarini keltiradi The Mirror nashri. Venger joriy mavsumdagi natijalar tufayli muxlislar bosimi ostida qolmoqda. Biroz oldinroq, «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yinda «Arsenal» stadioniga muxlislar tashrifi bo‘yicha antirekord qayd etilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Sport
JV MAN Auto Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari uchun yuk samosvallari ishlab chiqarish uchun ma’qullash sertifikatini oldi. Bu haqda uzdaily.uz nashri xabar bermoqda. "O‘zstandart" agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston texnik tartibga solish va metrologiya qo‘mitasi JV MAN Auto-Uzbekistan kompaniyasiga katta yukli avtotransport vositalarini (samosval) seriyali ishlab chiqarish uchun ma’qullov taqdim qildi. Kompaniya bu ma’qullovni 3 yillik muddatga oldi. Bu hujjat qo‘shma korxonaning YeOII davlatlari bozorlariga chiqishini ta’minlaydi. Transport vositalari turini ma’qullashni tezlatish va o‘z vaqtida rasmiylashtirish maqsadida kompaniya arizalariga ko‘ra, Qozog‘iston tomondan YeOII yagona ro‘yxatida qayd qilingan sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan organlar va sinov laboratoriyalari ro‘yxati taqdim qilindi hamda O‘zbekiston hududidagi sinov poligonida sinovlarni tashkillashtirish taklif etildi.
Iqtisodiyot
Turkiyaning Qaraman viloyatidagi diniy maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga xiralik qilgani uchun sud qarori bilan 508 yilu 3 oylik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. Sudlanuvchi 12-14 yoshdagi 10 nafar o‘quvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi. Sudlanuvchining o‘zi aybini tan oldi, biroq bergan ko‘rsatmalaridan voz kechdi va ular bosim ostida olinganini aytdi.
Oila va Jamiyat
AQSh prezidenti Barak Obama Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud bilan muzokaralarni boshladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Ta’kidlanishicha, muzokaralar Saudiya Arabistoni rahbariyati Obamada ishonchli ittifoqdoshni ko‘rmayotgan bir paytda o‘tmoqda. Aeroportda AQSh prezidentini qirolning o‘zi emas, balki pastroq darajadagi amaldor kutib olgani ham bundan darak beradi. Fors ko‘rfazi tadqiqot markazi tahlilchisi Mustafo Alaniyning aytishicha, Saudiya Arabistonida AQShning avvalgi prezidentlari bilan ham kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. "Bu holatda prezident Saudiya Arabistoni uchun nimadir yaxshi narsa qilayotganiga umuman kam ishonmoqdamiz", deb aytdi Alaniy. Obama bilan birga uchrashuvga Pentagon rahbari Eshton Karter va Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Brennan ham kelgan.
Siyosat
20 aprelda futbol bo‘yicha Rossiya kubogi finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi. "Zenit" Permda "Amkar"ni yutdi (asosiy va qo‘shimcha vaqt 1:1 bo‘lgan, penalti bo‘yicha 4:3), "TsSKA" esa o‘z maydonida Odil Ahmedov to‘p suradigan "Krasnodar" jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. "Zenit" va " TsSKA" 2002 yildan beri birinchi bor musobaqa finalida uchrashadilar. 2002 yilgi finalda armiyachilar 2:0 hisobida g‘olib bo‘lishgandi. "Zenit" Rossiya kubogi finaliga 4-marta chiqdi. Jamoa 1999 va 2010 yillarda ushbu unvonni qo‘lga kiritgan. TsSKA esa Rossiya kubogi finallarida 11 marotaba ishtirok etgan. Armiyachilar ushbu musobaqada 7 marta: 2002, 2005, 2006, 2008, 2009, 2011, 2013 yillarda g‘olib bo‘lishgan.
Sport
Polshaning Vrotslav shahrida tug‘ilishidan deyarli 2 oy avval onasi vafot etgan bola dunyoga keldi. 41 yoshli ayolda homiladorligining 17-haftasida miyasi o‘lgani qayd qilingan. Ayol saratonga chalingan bo‘lgan. Shunga qaramay, ayolning yuragi urishdan to‘xtamagan. Shifokorlar homilani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar bermoqda NTO nashri. Shifokorlar zamonaviy texnologiyalar yordamida ayolning hayotiy muhim a’zolarini qo‘llab-quvvatlab turishgan. Ayolning vafotidan 55 kundan keyin shifokorlar kesarcha jarrohlik yordamida bolani tashqariga chiqarib olishgan. Bolakay tug‘ilganda vazni 2 kg bo‘lgan va u intensiv terapiya bo‘limida 2 oy davomida parvarish qilingan. So‘ngra bolakayga ruxsat berilib, uni otasi olib ketgan. Hozirda bolaning vazni 3 kg atrofida bo‘lib, u to‘liq sog‘lom.
Salomatlik
20 aprelda Ispaniya chempionatining 34-turida "Deportivo" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. Katalon klubi uchrashuvda 0:8 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. Hujumchi Luis Suares o‘z hisobiga poker – 4 ta gol yozib qo‘ydi. Shuningdek, Ivan Rakitich, Lionel Messi, Neymar va Mark Bartra ham o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi. Suaresning pokeri evaziga chempionatdagi gollari soni 30 taga yetdi va u to‘purarlar bahsida yetakchi Krishtianu Ronaldudan 1 ta to‘p ortda qolmoqda. Musobaqa jadvalida "Barsa" 2-o‘rinda borayotgan "Atletiko"dan 3 ochko oldinlab ketdi, biroq "matraschilar" hali o‘z o‘yinlarini o‘ynashmagan. Ispaniya Primerasi. 34-turDeportivo – Barselona – 0:8Gollar: Suares, 11 (0:1); Suares, 24 (0:2); Rakitich, 47 (0:3); Suares, 53 (0:4); Suares, 64 (0:5); Messi, 73 (0:6); Bartra, 79 (0:7); Neymar, 81 (0:8).
Sport
«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike «Deportivo»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (8:0) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Bugun xuddi «Valensiya»ga qarshi uchrashuvdagiday o‘ynadik, ammo bu safar vaziyatlardan foydalanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘ldi. Bugun ham «Valensiya»ga qarshi uchrashuvdagi vaziyatlar sonichalik vaziyat yaratdik. Bu ajoyib natija. Bizga yaxshi natija kerak edi, nima qilib bo‘lsa ham g‘alaba qozonishimiz zarur edi. Primerada g‘olib chiqish uchun barcha 38 turda eng yaxshi bo‘lish kerak, faqat 34, 10 yoki 37da emas. Titulga ega chiqish juda qiyin, bu aniq. Bugun yaxshi muvozanatlashgan o‘yin namoyish etdik, «Deportivo» o‘tgan uchrashuvimizdagi raqibimiz bilan solishtiradigan bo‘lsak ancha kuchsizroq edi», - deydi Enrike.
Sport
Internet tarmog‘ida, Renault’ning 5 metrdan uzunroq yo‘ltanlamasi suratlari paydo bo‘ldi. Maxthon deb atalishi kutilayotgan avtomobil suratlarini Caradisiac nashri chop etdi. Frantsuz brendi ushbu modelning ilk suratini 2016 yil 19 aprel kuni e’lon qilgandi. Unda tashqi yoritqich chirog‘ining bir qismini ko‘rish mumkin edi. Ikkita suratdan “Reno” yo‘ltanlamasining dizayni, 2015 yilda taqdim etilgan Talisman sedani va universali uslubida ishlab chiqilgani ma’lum bo‘ladi. Xabarlarga ko‘ra, Maxthon CMF platformasi negizida teriladi. Ma’lumki, Nissan Qashqai va X-Trial avtomobillari ham ayni platforma asosida barpo etiladi. Unga 3 turdagi motorlar, ikkita 150- va 200-ot kuchiga ega benzinli va 1,6-litr hajmli 160 ot kuchiga ega dizel dvigateli o‘rnatiladi. Yangi mashina namoyishi 25 aprel kuni ish boshlaydigan Pekin motorshousida bo‘lib o‘tadi. Maxthon Yevropa va Osiyoda sotiladi, Hyundai Santa Fe hamda 7 kishilik Skoda yo‘ltanlamasi unga raqobatchi bo‘lishi aytilmoqda.
Texnologiya
O‘tgan haftada AQShning Texas shtatiga yopirilgan bo‘ron 1,36 mlrd dollarlik ziyon keltirdi. Bu shtat tarixida rekord darajadagi ziyon bo‘ldi, deb xabar bermoqda Texas sug‘urta kengashi. Tabiiy ofat shtatda 12 aprelda yuz bergan. Kuchli shamol va do‘l 110 mingdan ortiq avtomobillar va minglab uylarga zarar yetkazgan. Bu toifalar bo‘yicha ziyon mos ravishda 560 mln va 800 mln dollarga baholanmoqda. "Bo‘ron Beksar okrugining shimoli-g‘arbiy qismiga va San-Antonio shahri shimolidagi hududlarga asosiy zarba bergan. Bo‘ron yog‘ingarchilik bilan borgan, do‘llar esa tosh siniqlari shaklida bo‘lgan", deyilmoqda bayonotda. Ko‘rilgan ziyon shtat uchun rekord darajadagi bo‘lib, 1995 yil 5 mayda Fort-Uortga yopirilgan bo‘ron oqibatlaridan o‘tib ketdi. O‘shanda ko‘rilgan ziyon 1,1 mlrd dollarga baholangandi.
Iqtisodiyot
Meksikaning Verakus shtatida neft zavodi portlashi oqibatida 105 kishi shifoxonalarga yotqizildi. Bu haqda shtat gubernatori Xaver Duerte tvitter sahifasida ma’lum qildi. Uning bergan ma’lumotiga ko‘ra, aziyat chekkanlar orasidagi 58 kishi Petróleos Mexicanos (Pemex) neftgaz davlat kompaniyasi xodimlaridir.
Siyosat
«Barselona» hujumchisi Luis Suares 21-asrda Ispaniya chempionatining bir uchrashuvida 7ta golda ishtirok etgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bu haqda Opta ma’lumotida aytilgan. «Deportivo»ga qarshi uchrashuvda (8:0) urugvaylik 29 yoshli futbolchi 4 gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi. Suares primeraning ushbu mavsumida umumiy 30ta gol urdi va 15 golli uzatma oshirdi. Shuningdek, uning mavsum davomida turli turnirlarda urilgan gollari soni 49taga yetdi. Bu orqali braziliyalik sobiq hujumchisi Ronaldoni ortda qoldirdi. 1996-97 yilgi mavsumda «Barselona» safida «so‘yloqtish» barcha turnirlarda jami 47ta gol urgandi. «Barselona»da bir kalendar yili davomida eng ko‘p golni Lionel Messi urgan. 2011-12 yilgi mavsumda u jami 73ta gol urgan.
Sport
Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati 34-turida «Vilyarreal»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda madridliklarning 99, 100 va 101-gollari qayd etildi. Shu tariqa, «Real» jamoasi 2008-09 yillar mavsumidan buyon, ya’ni Krishtianu Ronaldu jamoaga kelib qo‘shilgach, qatorasiga 7 mavsumda 100tadan ortiq gol urdi. Ronalduning transferigacha jamoa faqat bir marta, 1989/90 yilgi mavsumda 100tadan ko‘p gol urishni uddalagan edi.
Sport
AQShning Alyaska shtatining Ankorij shahrida 20 aprelda yengil samolyot halokatga uchradi. Buning oqibatida ikkita ekipaj a’zosi va shuncha yo‘lovchi halok bo‘ldi, deb ma’lum qilmoqda mahalliy hokimiyat. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Ankorij aeroportidan parvozga ko‘tarilishi bilan halokatga uchragan. Samolyot qulayotganda undan chiqqan ovoz mahalliy aholini hushyor torttiradi va ular oyoqqa turadi. "Oradan qisqa vaqt o‘tgach ular quyuq tutunga guvoh bo‘lishadi", — deb aniqlik kiritdi shahar politsiyasi rasmiy vakili Jyennifer Kastro. Samolyot o‘rmonga qulagan. Havo kemasining yerga kelib urilishi natijasida, avval yonilg‘i baki, so‘ngra samolyotning dvigateli portlagan. Aerodrom o‘t o‘chirish xizmati olovni o‘rmonga yoyilishining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan. Halokat sabablarini o‘rganishga kirishilgan.
Xorijiy Yangiliklar
«Barselona» jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 34-turida «Deportivo»ga qarshi kechgan uchrashuvda ishtirok etdi. Bu 28 yoshli futbolchining Primerada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan argentinalik futbolchilar qatorida birinchi o‘ringa chiqib olishini ta’minladi. Endilikda Messi 344 o‘yinlik ko‘rsatkichi bilan Ispanii chempionatida Ariel Ibagasuni (343) ortda qoldirdi. Bu ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Fernardo Kaseres (339 o‘yin), Pablo Dias (330) va Leo Franko (328) qayd etilgan. Joriy mavsumda Messi Ispaniya birinchiligining 29 uchrashuvida maydonga tushib, 24 gol urdi.
Sport
Avstarliyalik harbiylar yana uch yil muddatga Afg‘onistonda qoladigan bo‘ldi. Bu haqda Avstraliya qurolli kuchlarining Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi kontingenti qo‘mondani, havo kuchlari vitse-marshali Tim Inns ma’lum qilgan. "Ayni damda biz uch yilni Afg‘onistonda o‘tkazamiz. Bu vaqt tugagach, bu masalani yana o‘ylab ko‘ramiz", — dedi u. Vitse-marshalning ta’kidlashicha, Afg‘onistonda harbiy bo‘linmalari mavjud G‘arb davlatlari e’tiborlarini mamlakatda joylashgan IShID terrorchilik tashkilotiga qaratishgani ma’qul. "U juda ayyor, faol va sharoitga moslanuvchan dushman", — deb o‘tdi Inns.
Siyosat
AQSh sudi rossiyalik xaker Aleksandr Paninga (“Gribodemon” niki bilan mashhur) 9,5 yillik qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Panin bank ma’lumotlarini o‘g‘irlashga mo‘ljallangan SpyEye dasturini ishlab chiqishda ayblanmoqda. Dastur 253 ta moliya muassasaning mijozlari haqida ma’lumot to‘plagan. Uning dasturi yordamida xakerlar millionlab dollarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, ushbu dastur yordamida AQShdagi 50 mln.dan ziyod kompyuter nosoz holatga keltirilgan. Sud zarar miqdorini 1 mlrd. dollar deb baholadi. Ma’lumot uchun: Panin 2013 yilning iyul oyida Atlanta aeroportida ushlangan edi.
Texnologiya
Universal Pictures’ning YouTube’dagi rasmiy sahifasida Jyeyson Born haqida filmning navbatdagi seriyasiga oid treyler joylashtirildi. Unda bosh qahramon rolini Mett Deymon o‘ynagan. Treylerda Bornning noma’lum sahroda qoidasiz jangda qatnashib, raqibini bir zarba bilan nokautga uchratganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, Mett Deymon qahramoni o‘tmishinning ayanchli onlarini xotirlaydi, ammo treylerda Juliya Staylz qahramoni aytganidek, «Xammasini xotirlash — barchasini bilishni anglatmaydi». Film rejissyori Pol Gringrass bo‘lib, film 2016 yil 29 iyulda katta ekranlarga chiqadi. Rossiyada uning namoyishi 1 sentabrdan boshlanadi. Ushbu film MRB sobiq josusi Jyeyson Born sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi beshinchi kartina bo‘lib, u Deymon va Gringrass o‘rtasidagi uchinchi hamkorlikdagi filmdir.
Madaniyat
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 600 million yevro miqdorida ikkinchi yordam transhini taqdim etishga tayyor. Bu haqda Yevropa qo‘shnichilik siyosatini kengaytirish masalalari bo‘yicha yevrokomissari Yoxannes Xanga tayanib RIA “Novosti” xabar berdi. Shu o‘rinda u Xalqaro valyuta jamg‘armasining islohotlar bo‘yicha shartlari bajarilgan taqdirdagina Ukrainaga yordam taqdim etilishiga urg‘u berdi. Bundan tashqari, Xan Yevrokomissiya Ukrainada yangi hukumat shakllanishiga xayrixoh ekanini ham ma’lum qildi.
Siyosat
O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilning birinchi choragida (yanvar-mart oylarida) xorij valyutasi ishtirokida yana 109 korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Ulardan Toshkent shahriga 78ta, Toshkent viloyatiga – 9ta, Samarqand va Sirdaryo viloyatiga 4tadan korxona to‘g‘ri keladi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi rezidentlari ishtirokida 21ta, Xitoy Xalq Respublikasi – 20, Koreya Respublikasi – 10, Qozog‘iston Respublikasi – 9, Buyuk Britaniya – 8, Turkiya Respublikasi – 7 va Hindiston Respublikasi rezidentlari ishtirokida 5ta korxona tashkil etildi. 2016 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy valyuta ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 4,9 mingtaga yetdi.
Iqtisodiyot
Fransiyaning «Nitstsa» klubi Hotam Bin Arfa Angliyaning «Liverpul» klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda. Xabar qilinishicha, mersisaydliklar klubi 29 yoshli futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida sotib olishni rejalashtirgan. «Qizillar»ga bu borada Madridning «Atletiko», Fransiyaning «PSJ» va Italiyaning «Milan» klublari raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Bin Arfa Fransiya chempionatida 30 uchrashuvda maydonga chiqib 16ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Sport
Rimning «Roma» klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga jalb qilinishi mumkin. Bu haqda Il Messaggero nashri xabar tarqatdi. Rimdagi nashrning ta’kidlashicha, Italiya futbol federatsiyasi Yevro-2016 musobaqasidan keyin termani tark etadigan Antonio Konte o‘rniga aynan Spallettini taklif etishni ko‘zlab turibdi. Federatsiya rahbariyati mazkur g‘oyani qo‘llab-quvvatlamoqda. Spallettining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, ammo murabbiy jamoada Franchesko Totti bilan kelib chiqqan muammo tufayli oldinroq o‘z lavozimidan ketishi mumkin.
Sport
Hongkongda «Panama arxivi»ni chop etgan «Min Pao» gazetasi bosh muharriri vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan xodimi ishdan bo‘shatildi. Muharrirning bo‘shatilishi «resurslarni saqlash» uchun ekani tushuntirib o‘tilgan. Nashr kasaba uyushmasi bergan bayonotida Keun Kvok-Yuenning iste’fosidan «juda afsusda» ekanini bildirib o‘tgan. Kasaba uyushmasi a’zolari nashr rahbari Chun Ten Siong bilan uchrashib, uning qarorini muhokama qilishni istamoqda. «Panama arxivi» — bu Panamaning ofshor kompaniyalarni ro‘yxatga oluvchi Mossack Fonseca yuridik firmasi bilan bog‘liq 10 milliondan oshiqroq hujjatlar jamlanmasi. Arxiv ma’lumotlarida xitoylik va hongkonglik rahbarlarning yaqinlari tomonidan tashkil etilgan korxonalar haqida ham ma’lumotlar berilgan.
Siyosat
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Saidikrom Niyozxo‘jayev va Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Grigoriy Karasin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv masalalarini muhokama etishdi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar bermoqda. "Tomonlar Rossiya-O‘zbekiston rahbarlari o‘rtasida kechadigan uchrashuvni oliy darajada o‘tkazishni va kun tartibida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama etishdi", — deyiladi Rossiya TIV saytida e’lon qilingan ma’lumotda.
Siyosat
Mitsubishi Motors avtomobil ishlab chiqaruvchisining bozordagi narxlari uchdan bir qismga arzonlab ketdi. Bunga kompaniya aloqador bo‘lgan avtomobil yoqilg‘i sarfi bilan bog‘liq ma’lumotlarni soxtalashtirish nizolari sabab bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda. 20 aprel kuni konsern aksiyalari 15 foizga, 21 aprel kuni esa yana 20 foizga arzonlashgan. Mitsubishi qimmatbaho qog‘ozlari savdosi aksiyalar soni 583 iyen (5,34 dollar)ga arzonlagach to‘xtatib qo‘yildi. Biroz oldinroq esa narx 864 iyendan 733 iyenga tushib qoldi. 20 aprel kuni Mitsubishi Motors rahbariyati Yaponiya transport vazirligiga avtokonsern ixcham avtomobillar sinovida olingan ma’lumotlarni soxtalashtirganligini tan olib murojaat qildi. Avto ishlab chiqaruvchining tahlili bo‘yicha 625 avtomobil sinovida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgan.
Iqtisodiyot
2016 yil o‘tgan davri mobaynida, Suriyaning eng muhtoj hududlarida istiqomat qilayotgan 561 mingdan ortiq insonga gumanitar yordam berilgan. BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi shu haqda xabar qilmoqda. "2016 yil boshidan beri BMT va uning hamkor tashkilotlari 561 mingdan ortiq kishiga gumanitar yordamlarni yetkazib berdi. Ular yetib borish qiyin bo‘lgan manzillarda istiqomat qilishadi", — deyiladi boshqarma axborotnomasida. Bir hafta avval, BMT vositasida insonparvarlik yordami olgan suriyaliklar soni 450 ming kishini tashkil etgan edi, deb xabar qiladi TASS agentligi.
Oila va Jamiyat
“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida yoqib yuborilgan qora rangli Chevrolet Captiva haqida xabar berib o‘tilgan. Joylashtirilgan suratlarning izohiga e’tibor beriladigan bo‘lsa, voqea Toshkentning Qoratosh dahasida yoki Beshyog‘och mavzesida sodir bo‘lgan. Ammo har ikki ma’lumot aniq tasdiqlanmagan. Guruh foydalanuvchilarining ma’lumotlarini ko‘zdan kechirganda, avtomobil 20 aprelda, tonggi to‘rtlar atrofida yonishni boshlagan. Bu hodisani videotasvirga olganlar ham topilgan.
Oila va Jamiyat
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev, "Bolalar huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unda pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya shaklida keskin jazo chorasi qo‘llashga ruxsat beriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti rasmiy sahifasida e’lon qilingan. Yangi qonun, respublika normativ-huquqiy hujjatlari, xususan jinoyat, ma’muriy huquqbuzarliklar, shuningdek, "Xalq salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimi" kodekslariga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi. Ularga ko‘ra, bolalarga jinsiy tajovuz yoki zo‘rlash jinoyatlarini sodir etgan pedofillarga jazo tariqasida majburiy ravishda tibbiy-kimyoviy kastratsiya amaliyotini o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, huquqiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bolalar haqida ma’lumotlarni taqdim etish muddati va tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik ham kuchaytirilgan.
Siyosat
Rossiya Banki 22 aprel kuni o‘rnatgan dollarning rasmiy qiymati 65,03 rublni tashkil etdi. Ya’ni dollar 1,01 rublga arzonlagan. Yevro qiymati esa 73,46 rubl deb belgilandi (minus 1,55 rubl). Moskva birjasida Amerika dollarining qiymati 65,11 rubl, yevro esa – 73,68 rubl. Rublning qadri neft narxining o‘sishi bilan barqarorlashmoqda. Brent markali neft barreli 46,05 dollar deb baholanmoqda. 12 aprel kuni Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov neft narxi qimmatlashgan vaziyatda rublning past kursini saqlab qolishga va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat agar neft qimmatlashsa, barcha qo‘shimcha daromadlarni zaxira jamg‘armalriga o‘tkazish imkonini beruvchi yangi kamchiqim qoidani ishlab chiqqan.
Iqtisodiyot
«Liverpul» jamoasi xo‘jayini Jon Henri 20 aprel kuni «Everton» ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alabaga qisqacha munosabat bildirib o‘tdi. Ikkinchi taym vaqtida «irislar» jamoasi himoyachisi Ramiro Funes Mori hujumchi Divok Orijiga qattiq jarohat yetkazdi va qizil kartochka olib maydonni tark etdi. «Liverpul» xo‘jayini o‘yin statistikasi keltirilgan suratni tvitteriga joyladi. Unda «qizillar»ning to‘liq ustunlik qilgani ko‘rinib turadi. Jon Henri tvitga shunday izoh bergan: «Hunarmandlar jamoasi Divokka qarshi». «Hunarmandlar ligasi» professional bo‘lmagan turnirlarga nisbatan qo‘llanadi va bunday turnirda kichik shaharchalar jamoalari ishtirok etadi. Shundan kelib chiqqan holda, u raqiblar jamoasini «qishloqi jamoa» deya atagan deyish mumkin. Bu tvitni 4,5 mingdan ortiq foydalanuvchi retvit qilgan. bush league against Divock pic.twitter.com/xURlMKlMpW — John W. Henry (@John_W_Henry) 20 aprelya 2016 g.
Sport
Xitoyning eng mashhur blogeri Papi Jiang 30 soniyalik roligini 3,4 million dollarga sotdi. Bu haqda Quartz xabar berdi. Kosmetika va go‘zallikka ixtisoslashgan ko‘pchilik qiz bola blogerlardan farqli ravishda Jiang kundalik hayot, munosabatlar va ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq hazilomuz videolari orqali mashhur. Bloger-qiz ko‘chabop so‘kinishlarni ham yaxshi ko‘radi. Bu esa Xitoy hukumatining noroziligiga sabab bo‘lgan. Hatto uning akkauntini taqiqlab qo‘yish to‘g‘risida tahdid ham qilishgan. Chunki uning faoliyati “toza va sog‘lom kiberolam” tushunchalariga zid. Eng muvaffaqiyatli bloger kanalida reklama berish huquqini kosmetika savdosi bin shug‘ullanuvchi kompaniya qo‘lga kiritdi.
Oila va Jamiyat
Obid Asomov o‘zining instagramdagi sahifasida Ozodbek Nazarbekovning konserti haqidagi fikrlarini yozib qoldirdi. “Ozodbek Nazarbekov konsertiga taklif kilgan edi, bordim. Rosti, konsertga tushishni uncha yoqtirmayman. Futbolda zaxiradagi o‘yinchi maydonga tusha olmay, xunob bo‘lib o‘tirganini ko‘rganmisiz? Menda ham ana shu holat bo‘ladi. Lekin kecha ochig‘i yurakdan dam olib barcha g‘uborlarim chiqib ketdi. Kim nima desa desin, lekin u san’at osmonining eng yuqori qavatiga chiqqani tasodif emasligini yana bir karra isbot qildi. Eng muhimi, konsertda soxtalik yo‘q, hammasi yurakdan”, — deb yozadi so‘z ustasi. Shuningdek, u izohning davomida: “Davrani [Ozodbekning] o‘zi boshqardi. Avaz [Oxun] ukamiz xafa bo‘lmasin: konsertga qiziqchining keragi ham yo‘q ekan — men Ozodbekning hazillariga ko‘proq kuldim”, — deya qo‘shimcha qildi.
Sport
Google ma’lumotlariga ko‘ra, Chrome brauzeri mobil versiyasi foydalanuvchilari soni bir oyda 1 milliarddan oshib ketdi. Bu haqda VentureBeat xabar berdi. Chrome mobil versiyasi oylik auditoriyasini so‘nggi besh oyda 200 million kishiga ko‘paytirdi. Kompaniya milliard foydalanuvchilardan qanchasi Android va qanchasi iOS tizimiga tegishli ekanini ma’lum qilmadi. Google hisobi bo‘yicha, har oyda mobil Chrome orqali 771 milliard sahifa yuklanadi. Ulardan 3,6 milliardi boshqa tillarga avtomatik tarjima qilinadi. Trafikni ixchamlashtira olish texnologiyasi evaziga 2000 terabayt tejab qolish imkonini beradi. Izlash so‘rovlariga avtomatik qo‘shimcha natijalar taqdim etish esa foydalanuvchilarni ortiqcha harf terish daxmazasidan ozod qiladi.
Texnologiya
JerryRigEverything laqabli bloger yangi Xiaomi Mi5 telefoni mustahkamlik darajasini sinab ko‘rdi. Tekshiruv suratga olingan video blogerning rasmiy kanalida ma’lum qilindi. Tajribachi yigit bir necha an’anaviy sinovlar o‘tkazdi – tirnalishlarga, olov va egiluvchanlikka chidamliligi sinab ko‘rildi. Ma’lum bo‘lishicha, telefonning ekrani yuqori haroratga va kantselyariya pichoqchasiga ham chidamsiz bo‘lib chiqdi. Yana bloger qo‘lining o‘zida telefonni bo‘lib tashladi, bu esa telefonning jismoniy ta’sirlarga juda yaxshi himoyalanmagani qayd etilgan.
Texnologiya
«Barselona» jamoasi «Kamp Nou» stadionining rekonstruksiya qilinishi va keyingi holati tasvirlangan videotaqdimotni o‘tkazdi. Stadionning yangi dizayni bilan Yaponiyaning NIKKEN SEKKEI + Joan Pascual i Ramon Ausió Arquitecte kompaniyasi shug‘ullanadi. Jamoa rahbariyati stadionni qayta ta’mirlash orqali uning sig‘imini 105 ming kishilik qilishni rejalashtirishgan. Buning uchun 500 million funt sarflanishi hisoblab chiqilgan. «Barselona» jamoasi rekonstruksiya ishlari jamoa o‘yinlari o‘tkazilishiga ta’sir ko‘rsatmasligini, ishlar parallel ravishda olib borilishini ma’lum qilgan. Rekonstruksiya ishlari 2017 yilda boshlanishi va ishlar 2021-22 yillar mavsumi arafasida tugallanishi rejalashtirilgan.
Sport
Bugun, 21 aprel kuni Meksikaning Verakrus shahri yaqinida gi neft zavodida portlash sodir bo‘ldi. bigpicture.ru sayti bundan 6 yil muqaddam, 2010 yilning 20 aprelida Meksikaning shimolida, AQShning Luiziana shtatiga 80 km masofada ro‘y bergan fojiani esladi. O‘shanda Deepwater Horizon neft platformasida portlash ro‘y bergan, 11 ishchi halok bo‘lgandi. Okeanga tonnalab neft oqib ketgan, 5 million barrel neft Meksika bo‘g‘ozini bulg‘agandi. Natijada atrofdagi shaharlar iqtisodiga va ekologiyaga katta ziyon yetgandi. Falokatning oqibatlari hamon saqlanib qolgan, bu insonlar va jonivorlar sog‘ligida aks etadi. Quyidagi suratlarda oqibatlari qanchalik noxush ekanini ko‘rish mumkin:
Ekologiya
«Everton» jamoasining sobiq futbolchisi Piter Rid jamoaning yosh himoyachisi Ramiro Funesning Angliya chempionati doirasida «Liverpul»ga qarshi bahsda amalga oshirgan harakatiga munosabat bildirdi. Funes bu o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshlangan vaqtda «Liverpul»ning belgiyalik hujumchisi Divok Orijiga butsasining ostki qismi bilan zarba berdi. Natijada, jabrlanuvchi zambilda maydonni tark etdi, qoidabuzarni esa o‘yin hakami maydondan haydadi. «Bu juda yomon harakat. Bunday ish uchun futbolchi jazosiz qolmasligi kerak. Funes o‘z qilmishi haqida yaxshilab o‘ylab olishi, bunday harakatlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilishi kerak. Bu juda xunuk epizod edi, umid qilamanki, Divok Orijiga jiddiy jarohat yetmagan», – deydi Rid.
Sport
«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl jamoaning umumiy guruhdagi mashg‘ulotiga qaytdi. U o‘tgan haftada bel qismidan olgan jarohati tufayli «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinni (3:0) o‘tkazib yuborgandi. Endi u to‘liq sog‘aygan va o‘ynashga tayyor. Beyl shanba kuni «Rayo Valekano»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Lekin uelslik futbolchi o‘z vaqtini 8 soatlik golf turnirida o‘tkazgani jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga yoqmagan. Murabbiy unga tanbeh bergan va undan o‘z sog‘ligiga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lishni talab qilgan.
Sport
Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra tuzilgan mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, David De Xea («Manchester Yunayted») mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan. Bu terma jamoaning himoya chizig‘i esa Denni Rouz, Tobi Alderveyreld (ikkisi – «Tottenhem»), Ues Morgan («Lester»), Ektor Belerin («Arsenal») kabi futbolchilardan tuzilgan. Ngolo Kante, Riyod Mahrez (ikkisi – «Lester»), Dele Alli («Tottenhem»), Dimitri Payye («Vest Hem») yarim himoya chizig‘ini tashkil etgan. Tarkibda ikki hujumchi Jyeymi Vardi («Lester») va Harri Keyn («Tottenhem») o‘rin olgan. So‘rovnoma APL jamoalari futbolchilari o‘rtasida o‘tkazilgan. The PFA Barclays Premier League Team of the Year 2016 #PFAawards: pic.twitter.com/Ffp9GTTMN2 — PFA (@PFA) 21 aprelya 2016 g.
Sport
Hollivudda jurnalist Jyeyk Bernstaynning chop etishga tayyorlanayotgan "Maxfiylik dunyosi" kitobi sahnalashtirilmoqchi. Bu kitob "Panama hujjatlari"ga asoslangan, deb xabar bermoqda Guardian nashri. Ta’kidlanishicha, kitobni ekranlashtirish huquqini qo‘lga kiritish uchun kinostudiyalar orasida rostmana kurash ketmoqda. "Birinchi marta bizda maxfiy dunyoni ichkarisidan ko‘rish imkoni bor. Bundan tashqari, Panama hujjatlari bo‘yicha olib borilgan tergov ta’siri sezila boshlagan jamoaviy jurnalistikaning yangi davri boshlanishidan guvohlik beradi", deb aytgan kitob muallifi. Kitobni 2017 yilda chiqarish mo‘ljallangan. 3 aprelda OCCRP dunyo yetakchilari, siyosatchilari, sportchilari va madaniyat arboblarining ofshor bitimlarga aloqadorligi bo‘yicha katta ko‘lamli tergovni chop etgandi.
Siyosat
OPeK bosh kotibi Abdulloh al-Badriy 2016 yil oxiri–2017 yil boshiga neft bozori muvozanatga kelishini kutayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. "Men bozor joriy yil oxiri-2017 yil boshiga o‘zgarishiga umid qilaman. Hozir bizda mavjud bo‘lgan yagona muammo – me’yordan ortiqcha neft olishdir. Agar biz bu muammoni hal qila olsak, bozor muvozanatga keladi", deb aytdi Badriy Xalqaro neft sammiti sahnasi ortida. Avvalroq ma’lum qilinganidek, neft ishlab chiqaruvchilar Qatarda o‘tgan uchrashuvda neft olish hajmini muzlatish bo‘yicha kelisha olmaganlar.
Iqtisodiyot
22 aprelda ertalabki payt Janubiy Koreyaning Yosu port shahrida yo‘lovchi poyezdi temir yo‘l izlaridan chiqib ketdi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdda 23 kishi bo‘lgan. Jabrlanganlar soni oshishi mumkin. Falokat tufayli Sunchxon va Yosu shaharlari orasidagi temir yo‘l aloqasi uzilgan. Voqea joyida qutqaruvchilar va ta’mirlash brigadalari ish olib bormoqda. Tegishli idoralar falokat sababini aniqlashmoqda.
Xorijiy Yangiliklar
Jurnalistlar AQSh Federal qidiruvlar byurosi San-bernardinolik terrorchi Said Farukning ayfonini ochish uchun xakerlarga 1,3 mln dollardan ko‘proq haq to‘laganini hisoblab chiqishdi. Londonda xavfsizlik bo‘yicha anjumanda FQB direktori Jyeyms Komi smartfonni ochish uchun anchagina mablag‘ talab qilinganini aytgan, biroq aniq raqamlarni keltirmagandi. "Juda ko‘p. Bu qiymat lavozimim muddati tugaguncha olishim mumkin bo‘lgan puldan ko‘ra ko‘proq. Bu vaqtgacha esa 7 yilu 4 oy qoldi. Biroq, fikrimcha, ketgan mablag‘ bunga arziydi", deb aytgandi Komi. Shunga asosan jurnalistlar hisob-kitob qilishga tushib ketishdi: Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Komining 2015 yil yanvardan boshlab har yilgi daromadi 183,3 ming dollarni tashkil qiladi. Agentlik FQB rahbari o‘zining vakolati tugaguncha 1,3 mln dollardan ko‘proq pul olishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgan. Eslatib o‘tamiz, FQB Apple smartfonni ochib berishdan bosh tortgandan keyin, xakerlarga yordam so‘rab murojaat qilgandi.
Siyosat
Angliya chempionati 30-turidan qoldirilgan o‘yinda «Arsenal» o‘z maydonida «Vest Bromvich»ni qabul qildi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Aleksis Sanches hisobni ochdi. 38-daqiqada uning o‘zi ikkinchi golni urib, dubl muallifiga aylandi. Mazkur g‘alabadan so‘ng Arsen Venger jamoasi ochkolar sonini 63taga yetkazib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shuningdek, bu londonliklarning APL tarixidagi 500-g‘alabasi edi. Shu tariqa «Arsenal» APLda 500ta g‘alaba qayd etgan ikkinchi jamoa bo‘ldi. Bu natijaga birinchi bo‘lib «Manchester Yunayted» erishgan. Angliya chempionati, 30-tur Arsenal – Vest Bromvich 2:0 (2:0, 0:0)Gollar: 1:0 – 6 Sanches, 2:0 – 38 Sanches.Arsenal – Chex, Belerin, Mertesaker, Koselni, Monreal, El-Nenni, Remzi, Sanches (Uolkott, 86), Ozil (Kempbell, 86), Ivobi (Koklen, 82), Jiru.Vest Bromvich – Foster, Douson, Makoli, Evans, Chester (Olsson, 46), Fletcher, Yakob, Sandro (Rondon, 46), Sessenon, Beraxino, Makkleyn (Gardner, 65).Ogohlantirish: Makoli (41).
Sport
Misr harbiy orkestri navbatdagi galda butun jahonga "dong‘i ketdi". Qohiraga tashrif bilan kelgan Fransiya prezidenti Fransua Olland Misr harbiy orkestri tomonidan Fransiyaning buzib ijro etilgan madhiyasi "Marseleza" bilan kutib olindi. Bu haqda RT telekanali xabar bermoqda. Internetda chop etilgan videoda Ollandning Misrda kutib olinishidan lavhalar uning boshqa tadbirlardagi ishtiroki lavhalari bilan birlashtirilgan. Bu tomoshabinlarga misrlik musiqachilar madhiyaning asl ijrosidan qanchalik "yiroqliklarini" namoyish qilish uchun qilingan. Joriy yilning fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham misrlik musiqachilar tomonidan shunday "kutib olingandi".
Xorijiy Yangiliklar
Yevropa Ittifoqi kengashi yangi chegara va sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatini yaratishni ma’ulladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. "Bugun biz Yevropaning chegara va sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatini yaratish bo‘yicha kelishuvga keldik", deb aytdi Yevropa Ittifoqining migratsiya va fuqarolik ishlari bo‘yicha yevrokomissari Dimitris Avramopulos. Yangi chegara xizmatining yaratilishi haqidagi qaror Yevropa Ittifoqining 28 ta davlati ichi ishlar vazirlari ishtirokidagi anjuman natijalariga ko‘ra qabul qilindi. Avvalroq Yevrokomissiyaning byudjyet va muhojirlar muammolari bo‘yicha vitse-prezidenti Kristalina Georgiyeva Yevropada qochqinlar muammosini hal qilish uchun qo‘shimcha 15 mlrd dollar kerakligini ytgandi.
Siyosat
«Bavariya» Dortmundning «Borussiya» jamoasi himoyachisi va sardori Mats Hummelsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar muzokaralar boshlagan. Futbolchining transferi qiymati taxminan 30 million yevro bo‘lishi aytilgan. Hummels «Bavariya» maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u 2009 yilda «Borussiya»ga 4 million yevro evaziga o‘tgandi. Myunxenliklar bundan oldin ham dortmundliklarning yetakchilar bo‘lgan Levandovski va Mario Gyottse kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Sport
AQShning HBO kanali vakillari "Taxtlar o‘yini" serialining 7-mavsumi ham suratga olinishini ma’lum qildilar. Bu haqda hbo.com saytida xabar berildi. Biroq 2017 yilda efirga uzatiladigan serialning yangi mavsumida seriyalar soni qancha bo‘lishi borasida aniqlik kiritilmagan.
Xorijiy Yangiliklar