text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
Dollarning rasmiy kursi ketma-ket jiddiy ko‘tarilishi davom etmoqda. Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 241,61 so‘mga ko‘tarilib, 11 571,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 344,14 so‘mga ko‘tarilib, 12 792,83 so‘m bo‘ldi. Rubl 5,41 so‘mga ko‘tarilib, 110,56 so‘m bo‘ldi. 16 mart kuni dollarning rasmiy kursi 180,26 so‘mga ko‘tarilib, 11 330,38 so‘mni tashkil qilgandi. 17 mart kuni esa tijorat banklarida dollar kursi 1 630 so‘mgacha ko‘tarildi.
Iqtisodiyot
Navoiy viloyatining shimoliy va tog‘li hududlariga qish qaytdi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bugun Zarafshon shahrida deyarli kun davomida laylakqor yog‘gan. Yaqinda gullagan daraxtlar yana oppoq qorga burkangan. Ayni damda viloyat markazidan 200 km olisda joylashgan shaharda qish harorati hukmron. Tushdan keyin Nurota va Konimex tumanlarida ham qor yog‘a boshlagan. Oldinroq “O‘zgidromet” 19-20 martda kechalari havo harorati 0-3 daraja iliqqacha pasayishi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida 1-2 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
Ekologiya
Jyen Psakining so‘zlariga ko‘ra, “davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi raqobatni muvofiqlashtirish hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va boshqa masalalarni muhokama qiladi”. Foto: Getty Images AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali suhbatlashadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki ma’lum qildi. Uning bildirishicha, muloqot 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi. "Bu bizning Qo‘shma Shtatlar va XXR o‘rtasidagi ochiq muloqot liniyalarini ushlab turish bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlarimizning bir qismi hisoblanadi”, - deyiladi Psakining bayonotida. Jyen Psakining so‘zlariga ko‘ra, “davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi raqobatni muvofiqlashtirish hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va boshqa masalalarni muhokama qiladi”. Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan XXR Ukraina masalasida o‘z fikriga egaligi va AQShning bir tomonlama sanksiyalariga qarshi ekanligini aytgandi.
Siyosat
Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi. Foto: TASS Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-fevral oylarida Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi bo‘yicha bug‘doy yetakchilik qilmoqda – 113,1 mln AQSh dollariga 436 ming tonna. Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: bug‘doy uni – 51,3 ming tonna (15,9 mln AQSh dollariga); o‘simlik yog‘i – 12,3 ming tonna (14,6 mln AQSh dollariga); margarin mahsulotlari – 8,6 ming tonna (11 mln AQSh dollariga); qoramol go‘shti – 1,2 ming tonna (5,6 mln AQSh dollariga); arpa – 19,9 ming tonna (4,3 mln AQSh dollariga); makkajo‘xori – 12,8 ming tonna (3,4 mln AQSh dollariga); kartoshka – 12,6 ming tonna (2,4 mln AQSh dollariga). Bundan avval O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiyaga 5,5 ming tonna pomidor yetkazib bergani xabar qilingandi.
Iqtisodiyot
Prezidentning maxsus farmoni bilan ajratilgan yerni 800 ming AQSh dollariga sotayotgan ikki shaxs ushlandi. Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida yashovchi 1964 va 1970 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zlariga tegishli bo‘lmagan 4 gektar yerni unga 800 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. Ular oldindan 100 ming dollar olgan vaqtlarida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi. Mazkur yer maydoni Prezident farmoniga muvofiq, 2021 yil mahalliy MChJga investitsiya kiritish sharti asosida ko‘p qavatli turar joylar, kottejlar hamda madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish uchun Bo‘stonliq tumani hududidan ajratib berilgan.
Iqtisodiyot
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Faqat yong‘in sodir bo‘lgan mashinaga jiddiy zarar yetgan. Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati IIV YHXBBning xabar berishicha, 2022 yil 17 mart kuni soat 20:30 larda Nishon tumani, “Nuriston” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 1990 yilda tug‘ilgan B.Yu. hamda 1992 yilda tug‘ilgan B.Sh. boshqaruvidagi Lacetti mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda haydovchi B.Yu. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti mashinasida yong‘in yuzaga kelgan. Shundan so‘ng hodisa haqida FVB xodimlariga xabar berilgan va yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Ushbu YTH hamda yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat transport vositalariga jiddiy zarar yetgan. Qayd etilishicha, holat yuzasidan Nishon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. Avvalroq Yangiyo‘l tumanida yo‘lovchi avtobus yonib ketgandi.
Oila va Jamiyat
O‘zbekistonda 17 mart kuni yomg‘ir yog‘ib, 18 martga o‘tar kechasi qorga aylandi. Ayrim joylarda yer oqardi, gullagan daraxtlarni ham qor qopladi. Kun.uz fotomuxbiri qorli Toshkent manzaralarini kadrlarga muhrladi. Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev
Madaniyat
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga Sag‘indiq Turmanov tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar berdi. Sag‘indiq Turmanov tayinlovga qadar faoliyati tugatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimida ishlagan. Shuningdek, Tursinbay Abdijabbarov yangidan tashkil qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan. U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri hamda Mo‘ynoq va Bo‘zatov tumani hokimlari tayinlangandi.
Siyosat
Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Navro‘z tadbirlarida o‘quvchilarning yupun kiyimda ishtirok etayotgani aks etgan suratlarga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, hozir suratlar qaysi maktabga tegishli ekanligi o‘rganilmoqda. “Xalq ta’limi vazirligi tomonidan avval ham bir necha bor turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda o‘tkazish, bolalar bilan suratlardagi kabi holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirish berilgan va bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga choralar ham qo‘llanilgan. Shunga qaramay, hali-hamon joylarda bunday noxush holatlar davom etmoqda. Fursatdan foydalanib boshqa maktablar tegishli xulosa chiqargan holda, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari qat’iy talab etiladi”, - deyiladi vazirlik xabarida. O‘tgan oyda Qibrayda maktab o‘quvchilari sovuq ob-havoda mehmonlarni kutishga chiqarilgan va bu jamoatchilik tomonidan tanqid qilingandi.
Ta'lim
Ukraina mudofaa vaziri mamlakatga hujum qilishda Belarusdan foydalanilgani borasida ham xavotir bildirgan. Foto: UNІAN Ukraina harbiy yordam olish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda, deb xabar berdi Yevronyus. Qayd etilishicha, Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Yevropa parlamenti bilan bog‘langan va YeIdan Rossiyaga qarshi turish uchun ko‘proq qurol berishini so‘ragan. "Terror taktikasiga qaramasdan, biz g‘alaba qozonamiz. Faqat gap ukrain xalqi to‘laydigan bahoda. Terrorning maqsadi – qo‘rquv solish. Bizda qo‘rquv yo‘q. Sizlarni ham qo‘rquvdan xalos bo‘lishga chaqiraman", degan u. Ukraina mudofaa vaziri mamlakatga hujum qilishda Belarusdan foydalanilgani borasida ham xavotir bildirgan. Reznikovning fikricha, Belarus Rossiyaning jangovar logistika markaziga aylangan va oxir-oqibat Minsk ushbu urushga qo‘shilishi mumkin. Yevropa ittifoqi Ukrainaga qurol sotib olish va jo‘natish uchun 500 mln yevro ajratilishini ma’qullagan.
Siyosat
Yevroparlament prezidenti Roberta Metsolaning so‘zlariga ko‘ra, «demokratik tartibni buzishga uringanlarga demokratiya uyida joy yo‘q». Foto: AP Yevropa parlamenti rossiyalik va belaruslik diplomatlar hamda davlat xizmatchilarining Bryussel va Strasburgdagi qarorgohlariga kirishini taqiqladi. Bu haqda Yevroparlament prezidenti Roberta Metsola o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi. «Bugundan boshlab Rossiya va Belarusning diplomatik va hukumat vakillariga Yevroparlament binolariga kirish taqiqlandi. Demokratik tartibni buzishga uringanlarga demokratiya uyida joy yo‘q»,— deb yozdi Metsola. 15 mart kuni Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘rtinchi paketini joriy etdi. «Rosneft», «Transneft» va «Gazpromneft» hamda KamAZ sanksiyalar ro‘yxatiga tushdi. Shuningdek, yangi sanksiyalarda Rossiyaga po‘lat, hashamatli buyumlar, premium-klass avtomobillari va zargarlik mahsulotlari yetkazish taqiqlangan.
Siyosat
Foto: YHXBB matbuot xizmati Nexia-1 avtomashinasi ichidan 106 dona (hech qanday tegishli hujjati bo‘lmagan, diniy mazmundagi) arab yozuvida yozilgan qadimiy kitob aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati YHXB xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 17 mart kuni soat taxminan 10:00 larda Ohangaron tumanida joylashgan Chinor YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan, haydovchi M.A. boshqaruvida «Qo‘qon-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, shubhali ko‘ringan Nexia-1 rusumli transport vositasi to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida ushbu mashinada yo‘lovchi bo‘lgan, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro M.V. 106 dona (hech qanday tegishli hujjati bo‘lmagan, diniy mazmundagi) arab yozuvida yozilgan qadimiy kitobni Toshkent shahriga olib ketayotgani aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, ekspertiza ham tayinlangan.
Oila va Jamiyat
Toshkent halqa avtomobil yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarini birlashtiruvchi ikkita yo‘l yopiladi. Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu yo‘llar ta’mirlash ishlari sababli 19 mart kunidan boshlab ishlar yakuniga qadar yopiladi. Yo‘llar: «Kompas» savdo-ko‘ngilochar majmuasi yonidagi yo‘l qismi; halqa yo‘lining Tantana ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘l ko‘chasiga burilish qismi. Noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan va aylanma yo‘llardan foydalanish iltimos qilingan, Tantana ko‘chasi transport qatnovi uchun ochiq ekani aytilgan.
Iqtisodiyot
19 mart soat 21:00 dan 20 mart soat 06:00 gacha yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Alisher Navoiy shohko‘chasi va Labzak ko‘chasi qisman yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi ma’lum qildi. Navoiy shohko‘chasi Abay ko‘chasi chorrahasidan Sharof Rashidov shohko‘chasi chorrahasigacha; Labzak ko‘chasi Alisher Navoiy shohko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha. Yo‘l ta’mirlash jarayonida haydovchilar aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin.
Oila va Jamiyat
20 mart kuni Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istrohat bog‘ida viloyat va shahar aholisi uchun Navro‘z tantanalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Bir necha kun yog‘gan yomg‘irdan so‘ng bulutlar chekinib, osmonda quyosh charaqlab turishi ham xalq saylida juda ko‘p odam yig‘ilishiga sabab bo‘ldi. Turli tashkilotlar, ayniqsa yoshlar bahor dasturxonini milliy taomlar bilan bezab, folklor-etnografik guruhlar bahorni va yoshlikni tarannum etuvchi milliy kuy-qo‘shiqlari va chiqishlari bilan yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashishdi. Kun.uz muxbiri bayram saylidan fotoreportajni e’tiboringizga havola qiladi. Fotosuratlar muallifi: Faxriddin Hotamov.
Madaniyat
Bolgariya, Latviya, Litva va Estoniya rossiyalik diplomatlarni o‘z hududlaridan chiqarib yubormoqda. Foto: AP Bolgariya tashqi ishlar vazirligi rossiyalik 10 nafar diplomatni persona non grata deb e’lon qildi. "O‘n nafar diplomat persona non grata deb e’lon qilindi. Buni o‘ta nodo‘stona harakat deb qabul qilamiz va bunga javob qaytarish huquqini o‘zimizda qoldiramiz", - dedi Rossiyaning Bolgariyadagi elchisi Eleonora Mitrofanova. Bolgariya tashqi ishlar vazirligi diplomatlar mamlakatni 72 soat ichida tark etishi lozimligini bildirgan. Shuningdek, Latviya, Litva va Estoniya ham rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishini e’lon qilgan.
Siyosat
Foto: Epsilon Joriy yilning 20 mart kuni Qashqadaryo viloyatidagi Mirbaraka-2 qudug‘ida olib borilgan kapital ta’mirlash ishlaridan so‘ng undan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi. Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 21 mart kuni quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi. Amalga oshirilayotgan ishlar sanitariya-epidemiologiya hamda ekologiya qoidalari talablariga rioya qilgan holda bajarilmoqda. Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ
Ekologiya
Navro‘z bayrami o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentning Beshyog‘och va Olmazor ko‘chasi qisman yopiladi. Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 21 mart kuni soat 06:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida: Beshyog‘och ko‘chasi Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda; Olmazor ko‘chasi Islom Karimov ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Ushbu ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida fuqarolari aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin.
Oila va Jamiyat
Xitoyning China Eastern aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida 132 yo‘lovchi bo‘lgan. Foto: Global Look Press Xitoy Markaziy televideniyesiga asoslanib berilgan xabarga ko‘ra, voqea Guansi-Chjuan avtonom rayonida yuz bergan. «China Eastern Airlines aviakompaniyasiga tegishli, 132 yo‘lovchi bilan uchib ketayotgan Boeing 737 samolyoti Guansi-Chjuan avtonom rayoni, Uchjou shahri okrugi, Ten uezdida halokatga uchradi», - deyiladi rasmiy xabarda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Kunmin shahridan Guanchjou shahriga MU5735 reysini amalga oshirgan. Qurbon bo‘lganlar soni ma’lum emas. Halokat joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Flightradar24 portali ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Kunmindan mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da (Toshkent vaqti bilan 10:15 da) havoga ko‘tarilgan. Taxminan 1 soatdan keyin samolyotning tezligi keskin pasayib, balandlikni yo‘qota boshlagan. So‘ngra radarlar ekranidan yo‘qolgan.
Xorijiy Yangiliklar
23 martdan boshlab yo‘lovchi tashuvchilar Yandex Go mobil ilovasidan foydalana olmaydi, servis esa Latviya hududida xizmat ko‘rsatmaydi. Foto: Yandeks Latviya avtotransport direksiyasi mamlakatda "Yandeks.Taksi" servisi litsenziyasini to‘xtatish va Yandex Go mobil ilovasini bloklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qayd etilishicha, servis Rossiyadagi serverlar bilan ma’lumot almashadi, bu esa Latviya milliy xavfsizligiga tahdid soladi. Avtotransport direksiyasi rahbari Kristian Godinshning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarga oid ma’lumotlarning YeI yoki NATOga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga uzatilishi jiddiy qonunbuzilishi hisoblanadi. 23 martdan boshlab yo‘lovchi tashuvchilar Yandex Go mobil ilovasidan foydalana olmaydi, servis esa Latviya hududida xizmat ko‘rsatmaydi. Ta’kidlanishicha, 23 martdan keyin Yandex Go ilovasidan foydalangan haydovchi va yo‘lovchi tashuvchilar jarimaga tortilishi mumkin. Latviyada Yandex Go 2020 yilda ham bloklangandi.
Siyosat
Narxlar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush hamda Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga o‘q uzilishi oqibatida neft yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishi ehtimoli sababli oshmoqda. Foto: AP Xalqaro bozorda Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 111,50 dollarga yetdi. Juma kungi savdolarda bir barrel neft narxi 109,59 dollarni tashkil etgan, ammo kun oxirida 107,93 dollarga tushgandi. 21 mart kuni narx 3,31 foizga o‘sgan. WTI rusumidagi neftning bir barreli narxi 106,82 dollarni tashkil etdi. Narxlar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush hamda Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga o‘q uzilishi oqibatida neft yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishi ehtimoli sababli oshmoqda.
Iqtisodiyot
Fransiya sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan rossiyaliklarning aktivlari va ko‘chmas mulklarini ham muzlatdi. Foto: AFP Fransiya Rossiya bankining 22 mlrd yevrodan ortiq mablag‘larini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda Fransiya iqtisodiyot va moliya vaziri Bryuno le Mer ma’lum qildi. Shu bilan birga, Fransiya sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan rossiyaliklarning aktivlari va ko‘chmas mulklarini ham muzlatdi. Bryuno le Merning so‘zlariga ko‘ra, ularning umumiy qiymati 850 mln yevroni tashkil etadi. Mart boshidan buyon YeIning boshqa mamlakatlari ham ana shunday choralar qo‘lladi. Rossiyalik qator milliarderlarning villa va yaxtalari xatlovga olindi. Yakshanba kuni Avstraliya ham Moskvaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. «Hukumat Avstraliyadan Rossiyaga alyuminiy, alyuminiy rudasi eksportini taqiqladi», deb ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri Skott Morrison.
Iqtisodiyot
AQSh sanksiyalar doirasida Rossiyani GPS navigatsiya tizimidan uzib qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «Roskosmos» bosh direktori Dmitriy Rogozin ma’lum qildi. Foto: Getty Images «Bilasizmi, Qo‘shma Shtatlar sanksiyalar doirasida Rossiyani GPS tizimidan uzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda», — dedi u raketa-kosmik markaziga tashrifi chog‘ida. U shuningdek, NASA bilan hamkorlik qilinmasligini aytdi. Rogozinning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa kosmik agentligi «o‘zini telbalarcha tutayotgan» ishonchsiz hamkor va Rossiya u bilan hamkorlik qilmaydi. «Roskosmos» rahbari Britaniyaning OneWeb kompaniyasi Rossiya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganiga ham izoh berdi. Uning aytishicha, bu kompaniyaning tugashini anglatadi. «Boshqa hech qanday OneWeb bo‘lmaydi», — dedi Rogozin.
Siyosat
Avvalroq AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbini «harbiy jinoyatchi» deb atagandi. Foto: RIA Novosti Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning Moskvadagi elchisi Jon Sallivanni chaqirtirdi va unga norozilik notasini topshirdi. Qayd etilishicha, bunga AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida aytgan so‘zlari sabab bo‘lgan. Avvalroq AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbini «harbiy jinoyatchi» deb atagandi. Oq uy rahbari Fox News telekanali jurnalisti savoliga shunday javob qaytargan. Bayden dastlab uning savoliga «yo‘q» deb javob qilgan. So‘ngra ortiga qaytib «U harbiy jinoyatchi», degan.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Si Tszinpinga Xitoyda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi. Foto: Prezident matbuot xizmati “Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinga Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom hududidagi Uchjou shahri yaqinida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi”, deyiladi xabarda. 21 mart kuni Xitoyning China Eastern aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida 132 yo‘lovchi bo‘lgan. Xitoy Markaziy televideniyesiga asoslanib berilgan xabarga ko‘ra, voqea Guansi-Chjuan avtonom rayonida yuz bergan. Flightradar24 portali ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Kunmindan mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da (Toshkent vaqti bilan 10:15 da) havoga ko‘tarilgan. Taxminan 1 soatdan keyin samolyotning tezligi keskin pasayib, balandlikni yo‘qota boshlagan. So‘ngra radarlar ekranidan yo‘qolgan.
Xorijiy Yangiliklar
Uzbekistan Airways AJ 22-23 mart kunlari O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha reyslarning ochilishini ma’lum qiladi. Foto: Kun.uz Aviakompaniya xabariga ko‘ra, qo‘shimcha reyslar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt): 2022 yil 22 mart, HY057-058 Toshkent – Urganch – Toshkent reysi Toshkentdan jo‘nab ketish - 19:30, Urganchga yetib borish - 21:00, Urganchdan jo‘nab ketish - 21:50, Toshkentga yetib borish - 23:10; 23 mart, HY019/020 Toshkent – Nukus – Toshkent reysi Toshkentdan jo‘nab ketish - 20:00, Nukusga yetib borish - 21:40, Nukusdan jo‘nab ketish - 22:30, Toshkentga yetib borish - 23:50; HY065/066 Toshkent – Termiz – Toshkent reysi Toshkentdan jo‘nab ketish - 15:00, Termizga yetib borish - 16:20, Termizdan jo‘nab ketish - 17:10, Toshkentga yetib borish - 18:20. Bundan oldin Navro‘z munosabati bilan ichki sayohat uchun qator chegirmalar e’lon qilingandi.
Oila va Jamiyat
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan elektr podstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda. Foto: Uznews Kecha, 21 mart kuni soat 16:44 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga poytaxtning Yashnobod tumanidagi Elbek ko‘chasida joylashgan elektr podstansiyasida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushdi, deyiladi vazirlik ma’lumotida. «Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadalari yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib bordi. Voqea joyida quvvati 16 ming kVA bo‘lgan transformator yonib ketgani ma’lum bo‘ldi. Yong‘in soat 17:09 da o‘chirildi», — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Xorijiy Yangiliklar
Vafot etganlarning uch nafari aka-uka bo‘lgan. Foto: Ijtimoiy tarmoqlar Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 4 kishi vafot etgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, 2022 yil 19 mart kuni Mirishkor-Qarshi yo‘nalishida Lacetti va Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashgan va har ikkala mashina yo‘l chetidagi chuqurlikka tushib ketgan. Oqibatda Lacetti mashinasida bo‘lgan 4 kishi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Cobalt mashinasi haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Manbaga ko‘ra, vafot etganlarning uch nafari aka-uka bo‘lib, ular ustachilik qilish uchun Toshkentga ketayotgan bo‘lgan. Hodisa yuzasidan hali rasmiy ma’lumot berilmadi. Avvalroq Jizzax viloyati Zomin tumani hududida KIA va Nexia 2 mashinalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgandi.
Oila va Jamiyat
Shu kunlarda respublikaning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Andijon viloyatining ham barcha tuman va shaharlarida Navro‘z bayrami keng nishonlanmoqda. Asosiy bayram tantanalari Andijon shahridagi olimpiya zaxiralari kollejida o‘tkazildi. Tadbirda viloyatdagi jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov andijonliklarni bayram tabrikladi. Sahnada hududning o‘ziga xos milliy urf-odatlari, moziydan meros bo‘lib kelayotgan askiya, laparlar folklor-etnografik va badiiy jamoalarining tomoshalari namoyish qilindi. Kun.uz muxbiri viloyatning markaziy tadbiri va tumanlarda o‘tgan bayram sayillaridan fotoreportajni e’tiboringizga havola qiladi.
Madaniyat
Yaxta Turkiya sohillarida bir hafta turadi va yonilg‘i zaxirasini to‘ldiradi. Foto: AA Rossiyalik milliarder Roman Abramovichga tegishli Eclipse yaxtasi Turkiya janubi-g‘arbidagi Marmaris kurort hududi portiga kirdi, deb xabar berdi “Onado‘lu” agentligi. Uzunligi 164 va eni 22 metr bo‘lgan olti qavatli yaxta mahalliy aholi va turistlar e’tiborini tortdi. 2010 yilda yaxta 340 million yevroga baholangan. Yaxtada konsert zali, uchta oshxona, kinoteatr, ikkita basseyn, raqs maydonchasi, vertolyot qo‘nishi uchun ikkita maydoncha, 2 vertolyot, 4 kater, 20 skuter bor. Xabarda aytilishicha, yaxta Turkiya sohillarida bir hafta turadi va yonilg‘i zaxirasini to‘ldiradi. Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati Roman Abramovichni sanksiyaga tushganlar ro‘yxatiga kiritgandi.
Xorijiy Yangiliklar
Foto: AP Oxirgi 11 oyda Erondan Rossiyaga eksport hajmi 20, import hajmi 52 foizga o‘sdi. Bu haqda Eron bojxona boshqarmasi vakili Ruhulla Latifiyga tayanib “Onado‘lu” agentligi xabar berdi. O‘tgan yili Rosssiyaga eksport hajmi 447 mln 763 ming dollarni tashkil etgandi, dedi Latifiy. «So‘nggi 11 oyda eksport hajmi 20 foizga o‘sib, 539 mln 393 ming dollarga yetdi, import hajmi esa 52 foizga o‘sib, 1 mlrd 451 mln 206 ming dollarni tashkil etdi», - dedi u. Latifiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya xalqaro sanksiyalarga qarshi kurashda Eron tajribasidan foydalanishi mumkin. Uning bildirishicha, Eron Rossiya uchun iqtisodiy yo‘lak vazifasini bajarishni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Nournews saytining xabariga ko‘ra, o‘tgan haftada Eron Rossiyadan 20 million tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Iqtisodiyot
​​​​​​​Qayd etilishicha, birinchi to‘lqinda 50-70 ming atrofida “aytichi”lar mamlakatdan chiqib ketgan. Foto: Depositphotos Aprelda IT-mutaxassislar emigratsiyasining «ikkinchi to‘lqini doirasida» Rossiyani 70-100 ming kishi tark etishi mumkin, deb taxmin qildi Rossiya elektron kommunikatsiyalar assotsiatsiyasi. Qayd etilishicha, birinchi to‘lqinda 50-70 ming atrofida “aytichi”lar mamlakatdan chiqib ketgan. Avvalroq InfoWatch guruhi rahbari Natalya Kasperskaya fevral oxiri-mart boshlarida Rossiyani ko‘plab IT-mutaxassislar tark etganini aytgandi. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko mamlakat raqamlashtirish vazirligiga IT-mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar kiritish topshirig‘ini bergan.
Iqtisodiyot
Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev O‘zbekistonda bir necha kunlik tanaffusdan keyin 22 mart kuni yana yog‘ingarchilik boshlandi, 23 mart kuni esa yomg‘ir qorga aylandi. Ayrim joylarda yer oqardi, gullagan daraxtlarni ham qor qopladi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Kun.uz fotomuxbiri qorli Toshkent manzaralarini kadrlarga muhrladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mart oyi o‘rtalarida kuzatilgan tinimsiz yomg‘irlardan keyin 18 mart kuni qor yog‘gandi.
Ekologiya
O‘tgan yili Yevropa bozorida bir tonna gazeta qog‘ozi narxi 390 yevro bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 670 yevrogacha ko‘tarilgan. Foto: Jouki Väinämö / Yle Qog‘oz tanqisligi sababli yaqin haftalarda gazetalar chop etilishi to‘xtashi mumkin, dedi Finlandiya media ittifoqi ijrochi direktori Yukka Xolmberg. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu muammo talab va taklifning nomutanosibligi, UPM korxonasi ishchilarining ish tashlashi va Ukrainadagi urush natijasida paydo bo‘ldi. UPM korxonasi ish tashlaguniga qadar fin gazetalarining 20 foizga yaqini Rossiyada ishlab chiqarilgan qog‘ozda chop etilgan. Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng Rossiyadan qog‘oz import qilish to‘xtagan. O‘tgan yili Yevropa bozorida bir tonna gazeta qog‘ozi narxi 390 yevro bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 670 yevrogacha ko‘tarilgan. Ayni paytda Finlandiyada gazeta qog‘ozi Yamsyankoski shahridagi UPM korxonasida ishlab chiqariladi.
Iqtisodiyot
Foto: Prezident matbuot xizmati 24 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlat rahbari forumning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi. Tadbirda YTTB prezidenti Odil-Reno Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava, Saudiya Arabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih, Jahon savdo tashkiloti vitse-prezidenti Syanchen Chjan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Stefani fon Friderburg ham qatnashadi. Prezident ishtirokidagi sessiyada BBC World News xalqaro telekanalida yangiliklar boshlovchisi sifatida tanilgan, hozirda esa Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jonatan Charlz moderatorlik qiladi. Bugun esa davlat rahbari Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.
Siyosat
Neft narxi ham 4,3 foizga oshgan. Foto: Shutterstock Putinning Rossiya «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar bilan gaz uchun hisob-kitobni rublda amalga oshirishini e’lon qilganidan so‘ng Yevropada gaz narxi keskin oshdi, deb xabar berdi «Forbs». Xabarda aytilishicha, ming kub metr gaz narxi 1353 dollargacha yoki 1 Mvt-s uchun 118 yevrogacha ko‘tarilgan. Bu 22 mart kungi narxdan 20 foizga ortiq. Qayd etilishicha, Rossiya prezidentining bayonotidan so‘ng narx 10 daqiqa ichida 10 yevroga oshgan. Keyinroq narx 116,4 yevroga tushgan. Brent rusumidagi neft narxi ham ko‘tarilgan. May fyuchersi uchun bir barrel neft narxi 4,3 foizga oshib, 120,5 dollarni tashkil etgan. Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarga gaz rublda sotilishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «hisob-kitoblarda o‘zini oqlamagan barcha valutalardan foydalanishdan voz kechadi».
Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar sotuv kursi 11 550 so‘mgacha pasaydi. 24 mart kuni O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari dollar valutasining so‘mga nisbatan kursini yana tushirdi. Bugun soat 11:00 dan tijorat banklarida 1 AQSh dollarining sotuv kursi 11550 so‘mgacha tushgan. Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan: NBU: sotib olish — 11 480 so‘m, sotish — 11 550 so‘m; «Hamkorbank»: sotib olish — 11 460 so‘m, sotish — 11 570 so‘m; «Davrbank»: sotib olish — 11 450 so‘m, sotish — 11 570 so‘m; «Turonbank»: sotib olish — 11 450 so‘m, sotish — 11 570 so‘m; «Tengebank»: sotib olish — 11 500 so‘m, sotish — 11 570 so‘m; «Kapitalbank»: sotib olish — 11 460 so‘m, sotish — 11 550 so‘m. 18 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgilagandi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 62,40 so‘mga pastlab, 11 509,59 so‘mni tashkil qilmoqda.
Iqtisodiyot
Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zlayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan mehmonlarga O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhiti haqida gapirdi. Foto: Prezident matbuot xizmati “Bunday keng ko‘lamli forumni O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazyapmiz. Nima uchun bu tadbirda shaxsan qatnashyapman? Men prezident sifatida sizlarga kafolat beraman! Bu yerda O‘zbekiston prezidenti jamoasi yig‘ilgan, hukumat vakillari, vazirlar, hokimlar kelishgan. Maqsadimiz – sizlarga barcha sharoitni yaratib berish. O‘zaro muloqot qilib, ko‘p narsani o‘zgartirib, qonunlarni mustahkamlab, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashib, sizlar bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz. Albatta, kamchiliklarimiz ko‘p. Lekin biz investitsion muhitni yaxshilash uchun harakat qilmoqdamiz”, – dedi prezident forum ishtirokchilariga qarata.
Siyosat
Yyens Stoltenberg NATO nizo Ukrainadan tashqariga chiqmasligi uchun javobgar ekanligini ta’kidladi. Foto: DPA NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya alyans a’zolariga bevosita tahdid soladi deb hisoblamasligini aytdi. "Biz dunyodagi eng kuchli ittifoqmiz. Biz birga ekanmiz, xavfsizlikdamiz", dedi u NATO sammitida. Shu bilan birga, Stoltenberg NATO Ukrainadagi urushga aralashmasligini ta’kidladi. "Biz bu nizo Ukrainadan tashqariga chiqmasligi uchun javobgarmiz, bu yanada ko‘proq qayg‘u, o‘lim, vayrongarchiliklar olib keladi", - dedi NATO bosh kotibi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uzra parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etish judayam xavfli. "Parvoz qilish taqiqlangan hudud o‘rnatish uchun biz Rossiya, Belarus va Ukrainadagi Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlariga hujum qilishimiz, Rossiya samolyotlarini urib tushirishga tayyor bo‘lishimiz kerak. U holda NATO va Rossiya o‘rtasida ulkan urush kelib chiqish xavfi paydo bo‘ladi", dedi Stoltenberg.
Siyosat
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining «do‘stona bo‘lmagan davlatlar»ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini aytgandi. Foto: Andrey Rudakov | Bloomberg | Getty Images Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa davlatlarini Moskvaning Rossiya nefti va gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirish to‘g‘risidagi talabini bajarmaslikka chaqirdi. «Agar YeIning biror mamlakati Putinning neft va gaz uchun rublda pul to‘lash to‘g‘risidagi kamsituvchi talabini bajarsa, bu bir qo‘li bilan Ukrainaga, ikkinchi qo‘li bilan ruslarga ukrainlarni o‘ldirishda yordam berish bilan barobar», - deb yozdi Kuleba Twitter sahifasida. U shuningdek, Yevropa mamlakatlarini «oqilona va mas’uliyatli tanlov» qilishga chaqirdi. Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining «do‘stona bo‘lmagan davlatlar»ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini ma’lum qilgandi. Uning bu bayonotidan so‘ng Yevropada gaz narxi keskin ko‘tarildi.
Siyosat
Abdul G‘ani Birodar Muhammad Hasan Oxund o‘rniga vaqtinchalik hukumat rahbari etib tayinlandi. Foto: Sefa Karacan/Anadolu Agency/Getty Images "Tolibon" harakati Abdul G‘ani Birodarni Afg‘oniston vaqtinchalik hukumatining bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi. Xabarda aytilishicha, ushbu qaror vaqtinchalik hukumat a’zolarining ikki kunlik uchrashuvidan so‘ng qabul qilingan. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Birodarni Muhammad Hasan Oxund o‘rniga vaqtinchalik hukumat rahbari etib tayinlashga qaror qilingan. Bunga qadar Abdul G‘ani Birodar Oxundning o‘rinbosari bo‘lgan. Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy yangi bosh vazirga o‘rinbosar etib tayinlangan.
Siyosat
Foto: Limonaria Village «Limonaria Village» kompaniyasi yurtimizning barcha aholisini bahor ayyomi Navro‘z bayrami bilan muborakbod etadi. Ushbu ayyom barchaning hayotiga yaxshilik, tinchlik-xotirjamlik, xonadonlarga esa baraka olib kelishini tilab qoladi. Yangilanish va yasharish bayramida yaqinlaringiz uchun chinakam sovg‘a qiling: zamonaviy Hi-Tech uslubida qurilgan «Limonaria» kottej uylari ayyomga munosib sovg‘a bo‘la oladi. Shoshiling! Kottejlar soni kam qoldi. Shinamgina xonadon sotib oling va uyingizda Navro‘z kabi oilaviy bayramlarni quvonch ila nishonlang. Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin! Qo‘shimcha ma’lumot va savollar uchun qo‘ng‘iroq qiling: +998555008822 Limonaria Village savdo ofisi: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bunyodkor ko‘chasi. Mo‘ljal: Lokomotiv istirohat bog‘i. Veb-sayt: limonariavillage.uz Telegram: t.me/limonariavillage Instagram: @limonaria.uz Reklama huquqi asosida
Oila va Jamiyat
Foto: DXX Namanganda «Kalashnikov» avtomatini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda. Kosonsoy tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 97- (Qasddan odam o‘ldirish) va 182- (Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) moddalari bilan sudlangan A.O. Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-buqa tumaniga borib, jinoiy sherigidan 1 dona AKS-74 jangovar o‘qotar quroli, 3 dona o‘qdon va 43 dona o‘q-dorilarni olgan hamda kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston hududiga o‘tkazgan. DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.O. ushbu qurol va o‘q-dorilarni Namangan shahrida sotmoqchi bo‘lganida ushlandi. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksi 246- va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Oila va Jamiyat
Kanada neft yetkazib berish hajmi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Foto: Picture Alliance Kanada Yevroittifoq Rossiya energiyasi importidan tezroq voz kechishi uchun neft eksportini 5 foizga ko‘paytiradi. Bu haqda Kanada tabiiy resurslar vaziri Jonatan Uilkinson ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar "Kanada sanoati neft va gaz eksportini kuniga 300 ming barrelga oshirish imkoniyatiga ega". Qayd etilishicha, Kanada neft yetkazib berish hajmi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Yevroittifoq Vashington bilan energetik hamkorlikka tayyorligini aytdi. Hozirda YeI 40 foiz gazni Rossiyadan import qiladi. 23 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “do‘st bo‘lmagan davlatlar”ga gaz faqat rublda sotilishini e’lon qilgandi.
Iqtisodiyot
Foto: Pierre Crom / Getty Images Ukrainadagi urushning birinchi oyi mobaynida ukrainalik 7,5 million boladan 4,3 millioni o‘zi yashab turgan hududlardan ketishiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda BMTning bolalar fondi (YUNISEF) ma’lum qildi. Bu 4,3 million boladan 1,8 million nafari Ukrainadan ketishga majbur bo‘lgan, yana 2,5 million nafari o‘z uyini tark etgan bo‘lsa-da, mamlakat ichkarisida qolmoqda. «Bu urush Ikkinchi jahon urushi davridan buyon bolalarning eng tez keng ko‘lamli ko‘chishlariga sabab bo‘ldi», — degan YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rassel. Ukraina bosh prokurori ofisining 24 mart kungi ma’lumotiga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon 128 bola halok bo‘lgan, 170 nafardan ortig‘i yaralangan. BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi 23 mart kuni Ukrainada 81 bola o‘limi to‘g‘risida xabar bergandi.
Oila va Jamiyat
O‘zbekiston 2 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi. Foto: Kun.uz Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston qiymati 113,7 mln dollarga teng bo‘lgan 164 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33 ming tonnaga oshgan. Yanvar-fevral oylarida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi quyidagicha: meva va rezavorlar – 19,2 ming tonna; quritilgan meva va rezavorlar – 8,7 ming tonna; sabzavotlar – 100,4 ming tonna; qalampir – 2,6 ming tonna; pomidor – 12,5 ming tonna; uzum – 9,5 ming tonna; mayiz – 15,2 ming tonna; yeryong‘oq – 4,2 ming tonna; tarvuz-qovun – 337 tonna. Bundan oldin O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat ma’lum qilingandi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar o‘zaro tan olindi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar bermoqda. Foto: Pavel Bednyakov Qayd etilishicha, ikki mamlakat chegarasidan o‘tish vaqtida O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari o‘z davlatlarida emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lsa, PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari shart emas. Ma’lum qilinishicha, barcha sertifikatlar QR-kodiga ega bo‘lishi kerak. Bundan oldin O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish haqidagi kelishuvga erishilgandi. Tomonlar qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19 virusiga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladi. Tomonlar emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat egasiga davlatlari hududiga COVID-19 virusi tarqalishi oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishni kafolatlaydi.
Siyosat
Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda. Foto: KUN.UZ Ichki ishlar vazirining 2022 yil 24 martdagi shaxsiy tarkibga oid buyrug‘iga muvofiq podpolkovnik O‘ktam Asqarov rotatsiya tartibida Sharof Rashidov tumani IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jizzax shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Ayni shu tartibda Jizzax shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Akmal Murodov Sharof Rashidov tumani IIB lavozimiga tayinlangan. Shuningdek, podpolkovnik Isroiljon Nurmatov Do‘stlik tumani IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Bekzod Naimov Do‘stlik tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Avvalroq Jizzax viloyati prokuraturasida bir qator tayinlovlar amalga oshirilgandi.
Siyosat
28 mart, dushanba kunidan boshlab O‘zbekistondagi maktablarda bahorgi bir haftalik ta’til yakunlanib, IV chorak darslari boshlanadi. Bahorgi ta’til 21 martdan 27 martgacha davom etdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til bu yil odatdagidan ikki hafta uzoqroq – 24 yanvargacha davom etgandi. Xalq ta’limi vazirligi ta’tilning uzaytirilishini mavsumiy gripp keskin ko‘payishining oldini olish maqsadi bilan izohlagan edi. Qishki ta’tilning uzaygani hisobiga 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida belgilangan qo‘shimcha bir haftalik ta’til bu yil uchun bekor qilingandi. Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishni so‘ragan edi.
Ta'lim
Andijon viloyatida tergov ostidagi ayblanuvchilarga yengilroq jazo tayinlashga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi. Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida X.A. ismli shaxs fuqarolar K.Q. va M.T.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov jarayonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal etishni va’da qilgani aniqlangan. U K.Q.ga bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash va M.T.ga nisbatan jazodan ozod etish haqidagi hukm o‘qilishi evaziga ayblanuvchilarning qarindoshlaridan 8 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oila va Jamiyat
Yog‘ingarchiliklar tugab, quruq ob-havo kuzatilishi bilan yo‘llar ta’mirlanadi. Toshkent shahar hokimligi so‘nggi kunlardagi yog‘ingarchiliklar sabab ahvoli yomonlashgan yo‘llar ta’mirlanishini bildirdi. «2022 yilda odatdagidan ko‘p yog‘ingarchilik kuzatilgani bois shahrimizdagi yo‘llarda jiddiy nosozliklar yuzaga keldi, chuqurliklar soni ham ko‘paydi. Bu holat Toshkent shahar hokimligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan yo‘llardagi nosozliklar xatlovdan o‘tkazilgan, ta’mirlash texnikasi shay holatga keltirilgan. Yog‘ingarchiliklar tugab, quruq ob-havo kuzatilishi bilan shahrimizdagi ta’mirtalab ko‘chalarni soz holatga keltirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar boshlab yuboriladi. Buning uchun zarur texnika, mahsulotlar va ish kuchlari yetarli. Hurmatli hamshaharlar, ayni damdagi noqulayliklar uchun uzr so‘rab, tez orada poytaxtimiz yo‘llari tekis va ravon holga keltirilishini ma’lum qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.
Oila va Jamiyat
Yangi yo‘nalish bo‘yicha parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi. Foto: Kun.uz 2022 yil 30 martdan boshlab «Sharqiy» hab loyihasi doirasida Uzbekistan Airways AJ Namangan – Olmaota – Namangan yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Qayd etilishicha, parvozlar haftada ikki marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Bundan avval Uzbekistan Airways to‘rtta shaharga qo‘shimcha parvozlarni amalga oshirishi xabar berilgandi.
Oila va Jamiyat
O‘tgan haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining “do‘stona bo‘lmagan davlatlar”ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini e’lon qilgandi. Foto: AP G7 mamlakatlari Moskvaning Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lash talabini rad etadi. Bu haqda Germaniya energetika vaziri Peter Altmayyer ma’lum qildi. Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek “to‘lovni rublda amalga oshirish nomaqbul” ekanligini aytdi va kompaniyalarni Rossiya prezidentining talabiga bo‘ysunmaslikka chaqirdi. 23 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining “do‘stona bo‘lmagan davlatlar”ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini e’lon qilgandi. "Katta yettilik" guruhiga Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh kiradi. Ularning barchasi “Rossiyaga do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar” ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Siyosat
U jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi vazifasida ishlagan. Prezidentning tegishli farmoyishi bilan odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun Buxoro viloyati sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ro‘ziyev Suxandiyor Gadoyevich lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan avval tugatilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Shuningdek, ushbu ma’lumotni Sudyalar Oliy kengashi matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarov tasdiqladi. Farmoyishga muvofiq ushbu lavozimga sudyalik vakolati muddati davrining 5 yil muddatiga Allayev Abdullo Sadulloyevich tayinlangan. U bunga qadar Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi lavozimida ishlagan.
Siyosat
Xorazm viloyati, Shovot tumani hokimi lavozimiga Odilbek Ortiqov tasdiqlandi. Foto: Xorazm viloyati hokimligi Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Shovot tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Hakimboy Otaxonov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Xorazm viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Odilbek Sadullayevich Ortiqov Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Sessiya ishida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov qatnashdi va so‘zga chiqdi.
Siyosat
Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatining tog‘li tumanlarida yana qor yog‘gan. Foto: Ijtimoiy tarmoqlar 2022 yil 28–29 mart kunlari O‘zbekistonning bir qator viloyatlari tog‘li tumanlarida qor yog‘gan. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob, Yakkabog‘, Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin, Toshkent viloyatining Parkent, Angren, Ohangaron, Samarqand viloyatining Urgut, Nurobod tumanlarida qor tushgan. Tekisliklarga tushayotgan qor qisqa muddatda erib ketayotgan bo‘lsa, tog‘li tumanlarda hamma yoq oppoq bo‘lgan. Ayniqsa, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz tumanlarining tog‘li qishloqlarida qor qalinligi 5–10 santimetrga yetgan. Avvalroq 17–18 mart kunlari ham O‘zbekistondagi aksariyat tog‘li tumanlarda qor yog‘gan va ayrim qishloqlarda qor qalinligi 15–20 santimetrgacha yetgandi.
Ekologiya
O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX Raisi kubogi musobaqalariga start berildi. So‘nggi yillarda an’anaviy ravishda o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa o‘tgan yilda 60 mingdan ziyod yoshlarni o‘z atrofida birlashtirishga erishgandi. Turnirda ishtirokchilar 3 bosqichda bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. I-bosqich – tuman saralash musobaqalari 2022 yilning aprel-may oylarida, II-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari iyun-iyul oylarida, III-bosqich – respublika bo‘yicha final musobaqalari avgust oyida o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi musobaqada Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, "Samarqand" MFY jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.
Sport
Bu aynan mazkur tug‘uruqxonada bir oyning ichidagi ikkinchi o‘lim holati bo‘ldi. Holatni prokuratura o‘rganmoqda. Kun.uz manbasining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan Buxoroga kelin bo‘lib tushgan 30 yoshli N.R. ikki oylik homilasini oldirish uchun Buxoro shahar tug‘uruqxonasiga murojaat qilgan. Abort jarayonida ayol vafot etgan. Ma’lumotni Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari Nodir Jo‘rayev ham tasdiqlab, holatni prokuratura o‘rganayotganligini, ushbu voqea sabab tug‘uruqxona bosh shifokori ishdan bo‘shash haqida ariza yozganligini bildirdi. Ammo u ayolning o‘limiga aynan nima sabab bo‘lganligini ochiqlamadi. Bu ushbu tug‘uruqxonada onalar o‘limi bo‘yicha kuzatilgan birinchi holat emas. Joriy yilning 9 mart kuni 23 yoshli ayol aynan shu yerda egizak farzandlarni dunyoga keltirgan va ikki kun o‘tib vafot etgandi.
Salomatlik
Oraliq masofa 16 ming kilometrdan ortiq bo‘lib, yo‘lovchilar 17 soatga yaqin vaqt davomida parvoz qiladi. Foto: Getty Images Cathay Pacific aviakompaniyasi Rossiya osmonini chetlab o‘tib Nyu-Yorkdan Hongkongga dunyodagi eng uzun aviareysni amalga oshira boshlaydi, deb xabar berdi Bloomberg. Qayd etilishicha, yo‘lovchilar 17 soatga yaqin vaqt davomida parvoz qiladi. Aviakompaniya Ukrainadagi nizo bois yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, deb yozadi agentlik. Ilgari Cathay Pacific samolyotlari Arktika va Rossiya orqali parvoz qilgan bo‘lsa, endilikda laynerlar Atlantika okeani, Buyuk Britaniya, Janubiy Yevropa va Markaziy Osiyo orqali uchishiga to‘g‘ri keladi. Oraliq masofa 16 ming kilometrdan ortiq bo‘lib, u dunyodagi eng uzun marshrutga aylanadi. Hozirda Singapore Airlines samolyotlari Singapurdan Nyu-Yorkkacha 15 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi.
Xorijiy Yangiliklar
Foto: RIA Novosti Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda Kremlning ruxsati bilan qatnashmoqda. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. «Roman Abramovich tomonlar o‘rtasidagi ba’zi aloqalar o‘rnatilishida ishtirok etgan, ammo u delegatsiyaning rasmiy vakili hisoblanmaydi. Rossiya delegatsiyasini prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshqarmoqda. Rossiya nomidan Abramovich ham Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etmoqda», dedi Peskov. Jurnalistlar Abramovich muzokaralarda ishtirok etishi Kreml tomonidan tasdiqlangani yoki yo‘qligi haqida ham so‘rashdi. «Bunday muzokaralarda ishtirok etish uchun ikki tomonning roziligi kerak bo‘ladi. Abramovich bunday rozilikni olgan», dedi Kreml rasmiy vakili. Peskov Abramovich va ukrainalik muzokarachilarning ba’zilarida zaharlanish alomatlari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarni esa axborot urushining bir qismi deb atadi.
Siyosat
Namangandan Krasnoyarskka parvozlar amalga oshirilishi boshlandi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qilmoqda. Foto: Kun.uz 2022 yil 29 mart kuni «Sharqiy» hab loyihasi doirasida Uzbekistan Express Namangan – Krasnoyarsk – Namangan xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirgan. Ushbu yo‘nalishdagi muntazam aviaqatnovlar «to‘liq ekonom» formatida seshanba kunlari amalga oshiriladi. Namangandan uchish - 17:35 (Toshkent vaqti bilan), Krasnoyarskka yetib borish - 22:50 (Krasnoyarsk vaqti bilan), Krasnoyarskdan uchish - 00:20 (Krasnoyarsk vaqti bilan), Namanganga yetib kelish - 01:55 (Toshkent vaqti bilan). Namangan – Krasnoyarsk yo‘nalishi bo‘yicha bagaj bilan aviachipta narxi 2 388 069 so‘mdan, Namangan – Krasnoyarsk – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 433 304 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 29 mart holatiga ko‘ra amal qiladi. Bundan oldin Toshkentdan Dehliga parvozlar soni oshirilgandi.
Xorijiy Yangiliklar
Mart o‘rtalarida Bolgariya, Latviya, Litva va Estoniya rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborgandi. Foto: Reuters Niderlandiya hukumati 17 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi, deb ma’lum qildi Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Vopke Hukstra. «Niderlandiya Rossiyaning Niderlandiyadagi vakolatxonalarida diplomat niqobi ostida ishlagan 17 nafar Rossiya razvedkachisini chiqarib yuboradi», — deb yozdi u Twitter sahifasida. Shu bilan bir vaqtda Belgiya tashqi ishlar vazirligi vakili Reuters agentligiga mamlakatdan 21 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Irlandiya tashqi ishlar vazirligi to‘rt nafar rus diplomati mamlakatni tark etishi kerakligini bildirgan. Chexiya ham bir nafar rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qilgan. 18 mart kuni Bolgariya, Latviya, Litva va Estoniya rossiyalik diplomatlarni persona non grata deb topgandi.
Xorijiy Yangiliklar
Rossiya bilan tinchlik kelishuvi Rossiya qo‘shinlari 23 fevral holatiga bo‘lib turgan hududlarga to‘liq qaytarilganidan keyingina imzolanadi. Foto: Sputnik / Sergey Karpuxin Bu haqda Ukraina delegatsiyasi rahbari David Araxamiya ma’lum qildi. «Shartnoma imzolash jarayoniga chiqqanimizda, uni jiddiy muhokama qilish vaqti kelganida ular to‘liq chiqib ketishlari shart. O‘shandagina shartnomani imzolashga o‘tiramiz», - dedi u. Araxamiya Ukraina sharqini muzokaralardagi eng murakkab masala deb atadi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala hatto muhokama ham qilinmagan. 29 mart kuni Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Turkiyaning Istanbul shahrida muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar qariyb uch soat davom etdi.
Siyosat
Qashqadaryodagi Hisor davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon yana bir bosh qor qoplonini kamera obektiga muhrladi. Qo‘riqxonaning Tanxozdaryo bo‘limi davlat nazoratchisi Jamshid Berdaliyev tomonidan qo‘yilgan fotoqopqon tasviriga tushgan qor qoploni yirik jussaligi bilan ajralib turadi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi. Qo‘mitaning qayd etishicha, qor qoploni bugungi kunda dunyo miqyosida noyob tur hisoblanib, xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan. Mushuksimonlar oilasiga mansub bu noyob jonivorni mamlakatimizda muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Hisor davlat qo‘riqxonasida qor qoplonining erkin yashash tarzi va ko‘payishi uchun doimiy muhofaza choralari amalga oshirib kelinadi. Hisor davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonlar fevral oyida ham ikki marta qor qoplonini tasvirga olgandi.
Ekologiya
Bank toliblar hukumatining qizlarning o‘rta maktab va litseylarda ta’lim olishlarini cheklash to‘g‘risidagi qaroriga javoban ana shunday yo‘l tutdi. Foto: Reuters Jahon banki Afg‘onistondagi qiymati 600 mln dollarlik loyihalarning amalga oshirilishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Bank toliblar hukumatining qizlarning o‘rta maktab va litseylarda ta’lim olishlarini cheklash to‘g‘risidagi qaroriga javoban ana shunday yo‘l tutdi. «Bank Afg‘onistondagi 600 mln dollarlik to‘rtta loyihani vaqtinchalik to‘xtatadi. Gap ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalar haqida bormoqda», - deyiladi Jahon banki xabarida. 23 mart kuni «Tolibon» hukumatining ta’lim vazirligi qizlar uchun boshlang‘ich sinflar ochilishini, ammo o‘rta ta’lim bo‘yicha qaror qabul qilinmaganini bildirgandi.
Ta'lim
Toshkent shahrida infokioskni o‘g‘irlab ketganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda. Foto: IIBB axborot xizmati Qayd etilishicha, Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 19 mart kuni soat 20:00 larda noma’lum shaxs «Uzpaynet» MChJga tegishli umumiy qiymati 22 000 000 so‘mlik infokioskni o‘g‘irlab ketgan. Ushbu shaxs infokioskni o‘zining «Nexia» rusumli avtomashinasiga joylab, kimsasiz joyga olib borgan. U yerda infokioskni ochib, ichidagi 3 083 000 so‘m pullarni o‘zlashtirgan. “Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, gumonlanuvchi shaxs 27 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi va u qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda. Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yashnobod tumani IIO FMBga yuborilgan.
Oila va Jamiyat
Mishel Bacheletning ta’kidlashicha, pala-partish o‘t ochishlar xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha taqiqlangan va harbiy jinoyat deb tasniflanadi. Foto: RIA Novosti Rossiya armiyasi Ukrainadagi aholi punktlarida kamida 24 marta kassetali qurollardan foydalangan. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi rahbari Mishel Bachelet ma’lum qildi. «Rossiya qurolli kuchlari aholi punktlarida kamida 24 marta kassetali qurollardan foydalangani to‘g‘risida ishonchli xabarlar kelib tushdi», - dedi u. Bacheletning ta’kidlashicha, pala-partish o‘t ochishlar xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha taqiqlangan va harbiy jinoyat deb tasniflanadi. U Ukrainaning aholi zich hududlarida «keng radiusda zarar yetkazuvchi portlovchi qurollardan», jumladan, raketa va og‘ir artilleriya snaryadlaridan foydalanilishini qoraladi. Mishel Bachelet fuqarolar infratuzilmasi obektlarini vayron qilayotgan aviazarbalarni to‘xtatishga chaqirdi.
Siyosat
Ushbu qaror fonida Brent rusumidagi neft narxi 5,5 foizga arzonlashdi. Foto: Getty Images OPeK mamlakatlari may oyida neft qazib olishni sutkasiga 432 ming barrelga ko‘paytiradi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilindi. May oyi uchun belgilangan jadvalga ko‘ra, Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni sutkasiga 113 ming barrelga oshirib, 10,549 mln barrelga yetkazadi. Tashkilotning barcha a’zolari qazib oladigan neft hajmi sutkasiga 42,126 mln barrelgacha yetishi mumkin. Ushbu qaror fonida Brent rusumidagi neft narxi 5,5 foizga arzonlashdi. May oyi uchun shartnomalarda bir barrel neft narxi 107 dollar atrofida bo‘ldi.
Iqtisodiyot
Foto: Kay Nietfeld/picture alliance via Getty Images Rossiya «nodo‘st davlatlar»ga 1 apreldan tabiiy gazni faqat rublda sotadi. Vladimir Putin bu haqdagi farmonni imzoladi. Yangi tartib 1 apreldan kuchga kiradi va amaldagi shartnomalar to‘xtatiladi. Unda aytilishicha, Rossiyadan gaz sotib olishni istagan G‘arb davlatlari Rossiya banklarida hisobraqami ochishi kerak. Yangi joriy qilingan mexanizm suyultirilgan gaz bo‘yicha shartnomalarga ta’sir qilmaydi. Farmonga ko‘ra, Rossiyadan gaz sotib olishni istagan «nodo‘st davlat»lar «Gazprombank»da ikkita hisobraqam ochishi kerak: rublda hamda xorijiy valutada. Davlatlar gaz uchun pulni valutadagi hisob raqamiga tashlaydi, bank uni birjada rublga almashtirib, to‘lovni amalga oshirali. Rublda to‘lov bo‘lgachgina shartnoma kuchga kirgan hisoblanadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2 oyda 252 ming tonna sement import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. Foto: Getty Images Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga qiymati 9,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 252,1 ming tonna sement import qilingan. Qayd etilishicha, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 278 ming tonnaga kamaygan. 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar: Tojikiston – 125 ming tonna; Qirg‘iziston – 68,3 ming tonna; Qozog‘iston – 57,5 ming tonna; Eron – 930 tonna; Rossiya – 138 tonna; Turkmaniston – 135,8 tonna. Bundan oldin O‘zbekistonda 24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgani xabar berilgandi.
Iqtisodiyot
Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Foto: Koolinar.ru Ma’lum qilinishicha, qo‘mita tomonidan 2022 yil mart oyi uchun hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi: Qoraqalpog‘iston R. – 15 700 so‘m; Andijon viloyati – 18 400 so‘m; Buxoro viloyati – 21 300 so‘m; Jizzax viloyati –19 000 so‘m; Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m; Navoiy viloyati – 15 500 so‘m; Namangan viloyati – 15 000 so‘m; Samarqand viloyati – 20 300 so‘m; Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m; Sirdaryo viloyati – 17 300 so‘m; Toshkent viloyati – 21 000 so‘m; Farg‘ona viloyati – 17 800 so‘m; Xorazm viloyati – 19 400 so‘m; Toshkent shahri – 24 800 so‘m. Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.
Iqtisodiyot
Mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. Qayd etilishicha, yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 10,5 foizga yetdi. 2022 yilning mart oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 2,5 foizga oshdi. Ma’lum qilinishicha, shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 1,1 foiz va aholiga pulli xizmatlar 0,4 foizga oshdi. Bundan oldin fevral oyida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgandi. Fevral oyida yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 9,7 foizga yetgan.
Iqtisodiyot
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Foto: Kun.uz Mart oyining oxirgi kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq havo kirib kelishi boshlandi, ushbu holat aprel oyining birinchi haftasida ham davom etadi. “O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kuni havo harorati 20-24 darajagacha, ba’zi joylarda 25-28 darajagacha ko‘tariladi. Bu aprel oyi boshidagi ko‘p yillik qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir. Qayd etilishicha, respublika hududining katta qismida shu kunlarda asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 2 aprel, shanba kuni havo bulutli bo‘ladi, kun ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ekologiya
Foto: Kun.uz Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Hukumatning tegishli qarori bilan Dilshod Omonqulovich Mamatqulov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari — Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori etib tayinlandi. Dilshod Mamatqulov tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari edi. Ma’lumot uchun, muqaddam Davlat xavfsizlik xizmatida ishlagan Dilshod Eshnayev 2019 yil sentabrida Nuriymon Abulhasan o‘rniga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Siyosat
Yanvarda YeIning umumiy valutaga o‘tgan 19 mamlakatida inflatsiya darajasi 5,1 foizni tashkil etgandi. Foto: Picture Alliance Yevrohudud mamlakatlarida inflatsiya sur’ati tezlashib, mart oyida 7,5 foizni tashkil etdi. Xabar qilinishicha, bu Yevropa ittifoqi statistika xizmati tomonidan qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Yanvarda YeIning umumiy valutaga o‘tgan 19 mamlakatida inflatsiya darajasi 5,1 foizni tashkil etgandi. Fevralda ushbu ko‘rsatkich 0,8 foizga, martda esa yana 1,6 foizga ko‘tarildi. Mart oyida Yevrohududda iste’mol narxlari sezilarli darajada o‘sdi. Bunga energiya resurslari narxlari 44,7 foizga oshgani sabab bo‘ldi.
Iqtisodiyot
Foto: UZEX O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 martdagi «Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5031-son Qarorining ijrosini ta’minlash doirasida birjada birja savdolari va elektron tijorat sohalarida bir qator yangi loyihalar ishga tushirildi. Xususan, davlat xaridlari tizimida shaffoflikni oshirish va qo‘shimcha qulayliklarni yaratish maqsadida 2021 yilda xarid.uzex.uz yagona portali joriy etildi. O‘tgan yilning o‘zida portalda umumiy hajmi 11 trln so‘mga teng 1 millionta shartnoma tuzilgan edi. 2022 yil yanvar–mart oylarida esa davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdo tizimida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan uch marotabaga oshib, qariyb 4,2 trln so‘mni tashkil qildi. Bunda budjet va korporativ buyurtmachilari mablag‘lari tejalishi ham uch marotabaga o‘sib, 879,2 mlrd so‘mga teng bo‘ldi. UZEX matbuot xizmati Ⓣ
Iqtisodiyot
Zamin fondi Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida “Yashil zamin” loyihasini amalga oshirmoqda. Foto: Zamin fondi Bugun, 1 aprel kuni loyiha doirasida navbatdagi yashil maydon Sergeli tumanidagi havo ifloslanishi yuqori darajada bo‘lgan, sanoat korxonalariga yaqin hududda – “Quruvchi” mavzesida tashkil etildi. Bu haqda fond axborot xizmati xabar bermoqda. Bugunning o‘zida 4,5 gektar maydonga 2740 tup daraxt ekildi. Aksiyada “Zamin Education” o‘quvchilari bilan birgalikda fond Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham ishtirok etdi. “Yashil zamin” loyihasi boshlanganidan buyon Toshkent shahridagi daraxtlar ekilgan umumiy maydon hajmi 13 gektardan oshdi, deyiladi xabarda. Ma’lum qilinishicha, bu jarayonda sug‘orish va yoritish tizimlari, yo‘laklar yotqizish, o‘rindiqlar va chiqindi uchun urnalar o‘rnatish masalalari ham hal qilingan.
Ta'lim
Taqiq 1 apreldan 1 iyulga qadar amal qiladi. Foto: EPA/Vostock-photo Bishkekda Ukraina yoki Rossiyani qo‘llab-quvvatlab mitinglar o‘tkazish taqiqlandi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar berdi. Xabarda aytilishicha, Pervomaysk, Leninsk, Sverdlovsk va Oktyabrsk rayon sudlari rayonlar meriyalarining Rossiya-Ukraina qurolli nizosi masalasida barcha turdagi yig‘ilishlar, mitinglar va aksiyalar o‘tkazishni vaqtinchalik taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini qonuniy deb topgan. Qarorga ko‘ra, 1 apreldan 1 iyulga qadar bunday tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. Bishkek shahar IIB barcha fuqarolar va poytaxt mehmonlarini sud organlari qarorlarini buzmaslikka chaqirgan. Shu bilan birga, xabar qilinishicha, 2 aprel kuni Bishkekdagi Maksim Gorkiy nomidagi xiyobonda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Siyosat
Payshanba kuni Shanhayda COVID-19ga chalinish bilan bog‘liq 4,5 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Foto: REUTERS/Aly Song Shanhayda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat to‘liq nazoratga olinmaguniga qadar lokdaun davom etishi ma’lum qilindi, deb xabar berdi Reuters. Shaharda koronavirus yuqtirish holatlari keskin o‘sgani sababli 28 mart kuni lokdaun joriy etilgandi. Dastlab karantin tadbirlari ikki bosqichda: 28 martdan 1 aprelgacha shaharning sharqiy, 1 apreldan 5 aprelgacha g‘arbiy qismida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Ammo bemorlar sonining o‘sishi sababli g‘arbiy rayonlarda lokdaun rejalashtirilganidan ikki kun avval joriy etildi. Shahar hokimiyatining bildirishicha, 5 apreldan keyin ham butun shahar bo‘ylab lokdaun davom etadi. Payshanba kuni Shanhayda COVID-19ga chalinish bilan bog‘liq 4,5 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Undan avvalgi kuni 5,6 ming kishida koronavirus aniqlangandi.
Salomatlik
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida tibbiyot xodimlari tunda ko‘cha tozalashga majburlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi. Foto: Videodan kadr Munosabatda ma’lum qilinishicha, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tunda majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabar o‘rganilgan. O‘rganish davomida Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i qo‘l ostidagi xodimlarni atrofni tozalash ishlariga majbur qilgani holati aniqlangan. Shu sababli Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan jarimaga tortilgan. Avvalroq Nukusda hamshiralar uylarni oqlashga jalb qilingandi. Yakkabog‘ tumanida tibbiyot xodimlari tug‘uruqxona hovlisini tozalashga majburlangandi.
Salomatlik
Foto: UZEX 2022 yil yanvar-mart oylarida avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimi orqali 86,7 mlrd so‘mlik 40,0 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi. Bunda avtoraqamlarning sotuvi o‘tgan yilga nisbatan son jihatdan 27 foizga, hajmi bo‘yicha – 40 foizga o‘sdi. Sotilgan avtoraqamlarning o‘rtacha boshlang‘ich va sotuv narxlari o‘rtasidagi tafovut 47 foizni tashkil qildi. Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarning onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi– O‘zbekiston Davlat budjetiga, 20 foizi – Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armaga yo‘naltiriladi. UZEX matbuot xizmati Ⓣ
Iqtisodiyot
Andijon viloyatida jami 180 ta jome masjidlari bo‘lib, 1 apreldan ularning barchasida tarovih namozlari boshlandi. 171 ta masjidda xatmi Qur’onlar o‘qilmoqda. Qolgan 9 ta masjidda tarovih namozlari o‘qilib, Ramazon oyining keyingi 15 kunligida Qur’on xatm qilinadi. Elmurod Ermatov, Azizbek Ismoilov, Kun.uz muxbirlari
Oila va Jamiyat
Hukumat energiya narxlari ko‘tarilib ketganidan so‘ng avtomobil egalariga shu tarzda yordam berishni maqsad qilgan. Chegirma 31 iyulgacha amal qiladi. Foto: AFP Fransiyadagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlar paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Yevronyus”. Xabarga ko‘ra, bunga Fransiya hukumatining har bir litr yonilg‘i uchun 18 yevrosent miqdorida chegirma joriy etishi sabab bo‘ldi. Hukumat energiya narxlari ko‘tarilib ketganidan so‘ng avtomobil egalariga shu tarzda yordam berishni maqsad qilgan. Chegirma 31 iyulgacha amal qiladi. Fransiyada benzin narxi hali ham yuqoriligicha qolmoqda, ammo endilikda narx ikki yevrodan pastga tushgan. Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham yonilg‘i narxi oshishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Ispaniyada yonilg‘i quyish stansiyalariga bir litr benzin uchun 20 yevrosent chegirma berildi.
Iqtisodiyot
Ta’kidlanishicha, Germaniyada «raketaga qarshi mudofaa tizimlarini ishlab chiqish uchun vaqt ham, mablag‘ ham yo‘q». Foto: AP Germaniya Rossiyaning «Iskander» raketa majmualaridan himoyalanish uchun AQSh yoki Isroildan raketaga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bundesver bosh inspektori Eberhard Tsornning so‘zlariga ko‘ra, Kaliningradda joylashtirilgan «Iskander»lar G‘arbiy Yevropaning deyarli butun hududiga yetib borishi mumkin. Uning qayd etishicha, Germaniyada bunday zarbadan himoyalanish uchun «ishonchli qalqon» yo‘q. «Hozircha bir narsa aniq: bizda raketaga qarshi mudofaa tizimlarini ishlab chiqish uchun vaqt ham, mablag‘ ham yo‘q, shu bois raketa hujumi tahdidi mavjud»,— dedi u. Tsorn Germaniya qaysi tizimlarni sotib olishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi. Welt am Sonntag nashrining yozishicha, gap AQShning Isroil bilan hamkorlikda ishlab chiqargan Arrow-3 raketalarga qarshi majmuasi va Amerikaning THAAD tizimi haqida bormoqda.
Xorijiy Yangiliklar
Mamlakat 1948 yildan buyon kuzatilgan eng yomon iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Foto: AP Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa keskin iqtisodiy vaziyat sababli o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ortidan mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy etilganini e’lon qildi. Bu haqda Adaderana xabar berdi. 31 mart kuni prezident qarorgohi yonida to‘plangan namoyishchilar prezidentning iste’fosini talab qildi. Norozilik namoyishi vaqtida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar oqibatida 37 kishi jarohatlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shri-Lanka 1948 yildan buyon kuzatilgan eng yomon iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakatga keladigan turistlar soni keskin kamaygani sababli kelib chiqqan xorijiy valuta taqchilligi inqirozga sabab bo‘ldi. Mamlakat yetarli miqdorda yonilg‘i sotib ololmayapti. Shri-Lankaning ko‘plab hududlarida sutkasiga 13 soatgacha elektr energiyasi berilmayapti.
Siyosat
Kartoshka importi qariyb 42 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. Foto: pxhere.com Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatdan qiymati 21 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 122,4 ming tonna kartoshka import qilgan. Qayd etilishicha, kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 42 ming tonnaga oshgan. 2022 yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston kartoshka import qilgan davlatlar orasida Pokiston yetakchilik qilmoqda – 91,3 ming tonna. Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Qozog‘iston – 12,6 ming tonna; Eron – 5,2 ming tonna; Rossiya – 4,4 ming tonna; Qirg‘iziston – 4,3 ming tonna; Afg‘oniston – 4 ming tonna; Belarus – 631,6 tonna. Bundan oldin O‘zbekiston ikki oyda 164 ming tonna meva va sabzavotlarni xorijga sotgani ma’lum qilingandi.
Iqtisodiyot
U ishni javobgarning foydasiga hal qilib berish evaziga 4 000 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. Foto: Prokuratura departamenti Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda hakamlik sudi sudyasi M.K. da’vogar F.T. va javobgar M.X.ning ishi bo‘yicha ishni M.X.ning foydasiga hal qilib berish hamda ushbu qarorning kelgusida bekor bo‘lmasligini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga javobgar M.X.dan firibgarlik yo‘li bilan 4 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oila va Jamiyat
Qayd etilishicha, bu chora "mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tegirmonchilarga bug‘doy sotishni xohlamayotgani" bilan bog‘liq. Foto: Getty Images Qozog‘iston ichki bozorni himoya qilish uchun bug‘doy va un eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev ma’lum qildi. "Bug‘doy va un eksportiga cheklovlar kiritish ustida ish olib borilmoqda", - dedi u. Karashukeyevning so‘zlariga ko‘ra, bu chora "mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tegirmonchilarga bug‘doy sotishni xohlamayotgani" bilan bog‘liq. "Rossiya bug‘doy eksportini taqiqladi, vaziyatni bilamiz, nazoratda ushlab turibmiz. Bizda ichki bozor uchun bug‘doy yetarli... eksportga ham qoladi. Eksportyorlar ichki bozorga sotishni istamayapti, eksport narxi oshishini kutyapti", - dedi vazir. Shu bilan birga, Karashukeyev cheklovlar qachondan kiritilishini aytmadi.
Iqtisodiyot
Aksiyalar paketi qiymati 2,8 milliard dollardan ortiroqroqni tashkil etadi. Foto: Reuters Ilon Mask Twitter kompaniyasi ulushini sotib olgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng kompaniya aksiyalari narxi 20 foizdan ortiqroqqa o‘sdi, deb xabar berdi Reuters. AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Mask kompaniyaning 73,5 million dona aksiyasiga yoki barcha aksiyalarning 9,2 foiziga egalik qilmoqda. Aksiyalar paketi qiymati 2,8 milliard dollardan ortiroqroqni tashkil etadi. Reuters agentligining qayd etishicha, Mask kompaniyaning eng yirik aksiyadoriga aylangan. Maskning o‘zi hozircha bu ma’lumotga izoh bermadi.
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways AJ ikki yildan so‘ng Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tiklanayotgani haqida ma’lum qildi. Foto: Kun.uz Qayd etilishicha, ushbu shaharga parvozlar 2022 yil 29 apreldan boshlab 10 iyungacha, shuningdek 26 avgustdan 28 oktyabrgacha haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3 foiz chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Bundan oldin Uzbekistan Airways Toshkent – Dehli – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni oshirilayotgani haqida xabar bergandi.
Oila va Jamiyat
Foto: iStock Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Unga ko‘ra: ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi mazkur kengashni tuzgan, ilmiy tashkilot va ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan olimlardan iborat bo‘lishi sharti bekor qilinmoqda; faqat davlat ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlash Vazirlar Mahkamasi vakolatidan chiqarilmoqda; davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini lavozimga tayinlash hamda egallab turgan lavozimidan ozod etish vakolati berilmoqda; 5 xil toifadagi shaxslarning ta’lim tashkilotlarida pedagog (professor-o‘qituvchi) sifatida faoliyat olib borishi taqiqlanmoqda.
Ta'lim
Foto: Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilishicha, prezidentlar Ramazon oyi boshlangani bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar dastur doirasida faol almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan, 2022 yil sentabrida O‘zbekistonda ShHT sammitini o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.
Siyosat
Ma’lum qilinishicha, Vengriya Rossiya gazi importiga taqiq qo‘yilishiga qarshi chiqqan. Foto: Getty Images Vengriyaning pozitsiyasi tufayli Rossiya gazi importiga Yevropa darajasida taqiq qo‘yilmaydi. Bu haqda Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel COPE radiostansiyasiga bergan intervyusida aytdi. "Yakdil qaror qabul qilishning iloji yo‘q, chunki Vengriya qarorga veto qo‘yishini bildirdi", - dedi u. "Bugun yangi sanksiyalar paketini tasdiqlamoqchimiz, ammo energetika masalasini hozircha muhokama qilyapmiz", - dedi Borrel. 5 aprel kuni YeI mamlakatlari iqtisodiyot va moliya vazirlari kengashi Rossiyaga nisbatan cheklovlar kiritish masalasini muhokama qiladi.
Siyosat
Jyeyk Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina sharqi va janubiga o‘n minglab harbiylarni tashlashni rejalashtirmoqda. Foto: TASS Rossiya Ukrainadagi urush maqsadlarini o‘zgartirdi va bir necha oy davom etadigan yangi bosqichga tayyorlanmoqda, dedi AQSh prezidentining maslahatchisi Jyeyk Sallivan. "Rossiya hujum operatsiyalarini Ukraina sharqi va janubidagi ayrim rayonlarga qaratish uchun o‘z kuchlarini qayta joylashtirmoqda", - dedi u. Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina sharqi va janubiga o‘n minglab harbiylarni tashlashni rejalashtirmoqda. Uning fikricha, Rossiya avvalgi harbiy muvaffaqiyatsizliklarini xaspo‘shlash uchun Donbassda kengroq hududlarni bosib olishni maqsad qilgan. "Rossiya butun Ukrainani o‘ziga bo‘ysundirishga urindi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Endi esa mamlakatning bir qismini bo‘ysundirishga urinmoqda. Mazkur bosqich bir necha oy davom etishi mumkin", dedi u.
Siyosat
6 aprel kuni Kuvayt parlamentida Hamid hukumati bilan hamkorlikni rad etish taklifi bo‘yicha ovoz berish o‘tkaziladi. Foto: Anadolu Agency Kuvayt bosh vaziri shayx Saboh al Xolid al Hamid iste’foga chiqdi. Bu haqda “Onado‘lu” agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Hamid valiahd shahzoda shayx Mashal al Ahmad al Jobir as Saboh bilan uchrashuvda iste’foga chiqishni so‘ragan. Ushbu qarorning rasmiy sabablari keltirilmagan. 6 aprel kuni Kuvayt parlamentida Hamid hukumati bilan hamkorlikni rad etish taklifi bo‘yicha ovoz berish o‘tkaziladi. Avvalroq Kuvayt parlamenti bosh vazirni «nokonstitutsiyaviy amaliyot va qonunchilik organlari bilan hamkorlikdan bosh tortish»da ayblagandi.
Siyosat
Ma’lumot berilishicha, yuqori aniqlikka ega raketaning parvoz qilish masofasi 900 kilometrni tashkil etadi. Foto: ariananews.af Pokiston kichik masofaga mo‘ljallangan Shaheen-1A ballistik raketasi sinovini o‘tkazdi. Mamlakat qurolli kuchlarining ma’lumot berishicha, yuqori aniqlikka ega raketaning parvoz qilish masofasi 900 kilometrni tashkil etadi. Uzunligi 12 metrli mazkur raketa yadroviy kallakni tashiy oladi. Yadroviy kallakning og‘irligi bir tonnaga teng. Pokiston yanvar oxirlarida o‘rta masofaga mo‘ljallangan Shaheen-III ballistik raketasi sinovini o‘tkazgandi. Pokistonlik ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, uzunligi 19 metrli bu raketa og‘irligi bir tonnagacha bo‘lgan yadroviy kallak bilan jihozlanishi mumkin. Uning parvoz masofasi 2750 kilometrni tashkil etadi.
Texnologiya
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda iliq va nam havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 18-20 daraja issiqni tashkil etadi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12 daraja iliq bo‘ladi. 2021 yil 27 martdan 30 martgacha respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Ekologiya
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 martdagi qarori bilan ikki oliy ta’lim muassasasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, Qahramon Madaminovich Ibadullayev Toshkent shahridagi «A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali ijrochi direktori etib tayinlandi. Bundan tashqari, Nozimjon Soliyevich To‘ychiboyev Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti rektori lavozimida ish boshladi. Ma’lumot uchun, «A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali prezidentning 2020 yil 8 oktyabrdagi PQ-4857-son qarori, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti esa Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi 516-son qarori bilan tashkil qilingan.
Ta'lim
O‘zbekiston maktablarida 29 martdan 4-chorak boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, hozirda fuqarolardan bahorgi ta’til uzaytirildimi, degan juda ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Mazkur savolga javoban Xalq ta’limi vazirligi bahorgi ta’til 28 martgacha davom etishi, 4-chorakning ilk kuni 29 mart ekanini yana bir bor ma’lum qildi. “Shuningdek, yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, gibrid shakldagi ta’limga ruxsat etilganini, qaysidir maktab yoki hududdagi epidemiologik vaziyatga qarab maktab karantinga yopiladigan bo‘lsa, ushbu maktab o‘quvchilari vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha ta’limni onlayn shaklda davom ettirishi mumkinligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi vazirlik xabarida. 2021 yil 20 mart kuni 2020-2021 o‘quv yili bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanishi haqida avvalroq xabar qilingandi. Bundan oldin, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanidagi barcha maktablar onlayn ta’limga o‘tgandi.
Ta'lim
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati Bugun ertalab Guliston shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida turgan «Damas» avtomashinasining gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda. Qayd etilishicha, joriy yilning 27 mart kuni soat 08:30lar atrofida, Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, «Bog‘ishamol» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida to‘xtab turgan, fuqaro N.Q.ga tegishli bo‘lgan «Damas» avtomashinasining gaz balloni portlab ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. «Damas»ga esa jiddiy zarar yetgan. Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB YHXB va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda hamda portlash sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
Oila va Jamiyat