text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
Andijon tumanida, Ulug‘nor–Baliqchi avtomobil yo‘li bo‘yida D.E., I.A. va boshqalar ikki nafar xaridorga 10 ming dollarni 105,5 mln so‘mga (1 dollar 10 550 so‘mdan) sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Holat yuzasidan D.E., I.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda 26 mart kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi. Tezkor tadbirni departament va DXXning Andijon tuman bo‘limlari o‘tkazgan. Kuni kecha Andijon viloyatining Baliqchi tumanida sabzavotchilikka ixtisoslashgan yer maydonini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlangan edi.
Iqtisodiyot
Tut.by agentligi namoyish etgan videoda tikanli simlar joylangan avtomashinalar tasvirlangan. Minskda muxolifatchilar aksiyalar o‘tkazishi kutilayotgan hududlarga harbiylar maxsus texnika keltirdi. Bu haqda Tut.by xabar berdi. Nexta Telegram-kanalining ma’lumot berishicha, bo‘lajak miting joriy yildagi eng yirik norozilik aksiyasi bo‘ladi. Tut.by agentligi namoyish etgan videoda tikanli simlar joylangan avtomashinalar tasvirlangan. Ruxsat berilmagan tadbirlarda ishtirok etishga da’vat qilish fakti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Belta agentligi. Guvohlar Tut.by agentligiga «Pushkinskaya» va «Akademiya nauk» metro stansiyalari yaqinida odamlarni qo‘lga olishlar boshlangani haqida xabar qilishgan. Keyinroq agentlik muharriri Anna Kaltigina ham qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi.
Siyosat
Mazkur kelishuvga tamal toshi 2016 yilda XXR raisi Si Tszinpinning Tehronga tashrifi davomida qo‘yilgandi. Eron diniy rahnamosi Ali Xominaiy o‘shanda Pekin bilan hamkorlikni «to‘g‘ri va oqilona» qadam deb baholagandi. Foto: Reuters Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Tehronda «siyosiy, strategik va iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida» kelishuv imzoladi. Hujjatning amal qilish muddati 25 yilni tashkil etadi. Eron tashqi ishlar vazirligining qayd etishicha, kelishuv «Eron—Xitoy munosabatlari chuqurlashishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi». Mazkur kelishuvga tamal toshi 2016 yilda XXR raisi Si Tszinpinning Tehronga tashrifi davomida qo‘yilgandi. Eron diniy rahnamosi Ali Xominaiy o‘shanda Pekin bilan hamkorlikni «to‘g‘ri va oqilona» qadam deb baholagandi. Bugungi kunda Xitoy Eronning muhim savdo hamkori hisoblanadi.
Siyosat
Kanadaning Nort-Vankuver shahrida noma’lum erkakning kutubxonadagi odamlarga hujum qilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi. Voqea guvohlarining ta’kidlashicha, erkak uzun pichoqqa o‘xshash buyum bilan qurollangan bo‘lgan. U politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Politsiyada ta’kidlanishicha, jinoyatchi bir o‘zi harakat qilgan. Hujum oqibatida bir ayol halok bo‘lgan. Jinoyatchining shaxsi ochiqlanmayapti. Shunisi ma’lumki, u 20 yoshli yigit bo‘lib, uning hujum qilishi sabablari aniqlashtirilmoqda. Politsiya guvohlardan huquq-tartibot idoralari bilan bog‘lanishni va tergovga yordam ko‘rsatishni so‘ragan. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo halok bo‘lgan ayolning yaqinlariga hamdardlik bildirgan va jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilagan.
Siyosat
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 29 mart 19:00 gacha issiqlik ta’minoti o‘chiriladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati. «Toshissiqquvvati» DUK xabar berishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv-3 mavzesi, Mingbuloq ko‘chasiga asfalt yotqizish ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘l ostidan o‘tgan magistral issiqlik tarmoqlari ham yangilanmoqda. Shu munosabat bilan 27 martdan 29 mart soat 19:00 ga qadar quyida keltirilgan manzillarda issiqlik energiyasi ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi: Qorasuv-1, 2, 3, 4 mavzelarida; Do‘rmon yo‘li ko‘chasida; BUZ-2 mavzesida; Feruza mavzesida; Feruza ko‘chasida; Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida. Ushbu manzillar issiq suv ta’minotidan uzilmaydi.
Oila va Jamiyat
Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalarining 24-25 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari davomida bir qator og‘ir chegaraviy masalalar yechimini topganini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 apreldan Rishton tumani orqali So‘x tumaniga olib boradigan yo‘l ochiladi. Natijada, avval 80 km yo‘l bosib borish kerak bo‘lgan hududga yangi yo‘l orqali 19 km masofa bilan yetib boriladi. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, So‘x tumaniga qatnash uchun odamlar tashishga mo‘ljallangan mikroavtobuslar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, So‘xga olib boruvchi yo‘lni ta’mirlab berishni O‘zbekiston tomoni o‘z zimmasiga olgan.
Siyosat
15 iyundan Yevropa ittifoqining 27ta davlati fuqarolari uchun umumiy salomatlik sertifikati joriy qilinadi. Ushbu hujjatda koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi axborot saqlanadi. Foto: DPA Emlash bo‘yicha yevrokomissar Terri Bretonning LCI telekanaliga bergan intervyusiga ko‘ra, sertifikatni smartfonga yuklash yoki qog‘oz shaklida chiqarib olish mumkin bo‘ladi. “U majburiy emas, biroq aviakompaniyalar uni talab qilishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Breton. Ta’kidlanishicha, QR-kodga ega hujjatda uning egasi ismi-sharifi, tug‘ilgan sanasi, pasport raqami, emlanganligi va bunda qaysi vaksina qo‘llangani, koronavirus bilan kasallangani yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumot saqlanadi. Ushbu hujjatni olishni istovchilar uni o‘z davlatlarida so‘rashlari kerak bo‘ladi. Bretonga ko‘ra, hujjatni joriy qilishdan maqsad “Yevropa ittifoqida harakatlanishni tiklash, odamlarning normal hayot tarziga qaytishi va o‘zi hamda o‘zgalar uchun xavfsiz harakatlana olishi” hisoblanadi.
Salomatlik
29 mart kuni O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keldi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-11 daraja iliqqacha pasayadi. Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-8 daraja iliqni tashkil etadi. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi.
Ekologiya
Indoneziyaning Balongan shahridagi (G‘arbiy Yava provinsiyasi) neftni qayta ishlovchi yirik zavodlardan birida portlash va uning oqibatida yong‘in yuz berdi. Foto: Reuters Reuters axborot agentligining xabar berishicha, portlash 29 mart kuni ertalab PT Pertamina neft-gaz kompaniyasiga tegishli zavodda sodir bo‘lgan. Voqea oqibatida kamida 20 kishi jarohatlangan. Ulardan 5 nafari og‘ir darajadagi kuyish jarohatlari olgan. Indoneziya hukumati yaqin atrofdagi hududlardan mingga yaqin odamni evakuatsiya qilgan. Ayni vaqtda zavodda yuzdan ko‘proq o‘t o‘chirish mashinasi yong‘inga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Voqeaning aniq sababi hozircha noma’lum. Biroq ta’kidlanishicha, portlashdan oldinroq hududda momaqaldiroq va kuchli yomg‘ir kuzatilgan. Favqulodda vaziyatga korxonadagi obektlardan birini chaqmoq urishi olib kelgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Xorijiy Yangiliklar
Foto: KUN.UZ Qonliko‘l tumanida budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi va «A.O.» MChJ mansabdor shaxslari hududdagi «Suyenli» kanaliga nasos agregati o‘rnatish va elektr tarmog‘ini ta’mirlash davomida har biri 217,7 mln so‘mlik 3 dona «SNPE-500/10» rusumli nasos agregatlari o‘rnatmagan. Shunday bo‘lsa-da, hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali jami 653,1 mln so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Iqtisodiyot
Italiya huquqni muhofaza qilish organlari vakillari Ndrangeta mafiya guruhining yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan a’zosini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda VVS. Xabarda aytilishicha, u o‘zining pazandalik to‘g‘risidagi YouTube-kanali tufayli qo‘lga olingan. Mark Feren Klod Byart Dominikanda ushlangan va tez orada Italiyaga ekstraditsiya qilinadi. So‘nggi yillarda 53 yoshli Byart Dominikandagi Boka-Chika shahrida osoyishta hayot kechirgan. U pazandalik blogini yuritib kelgan, ammo yuzini ko‘rsatmagan. Politsiya uni tatuirovkalari orqali tanib qolgan. Ndrangeta dunyodagi eng yirik jinoiy guruhlardan biri hisoblanadi. Mafiya a’zolari kokain kontrabandasi bilan shug‘ullanishda gumon qilinadi.
Siyosat
Sprey ko‘rinishidagi preparat turk olimlari tomonidan ishlab chiqilmoqda, uning klinikaoldi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangan. Turkiyada koronavirusga qarshi burun ichiga purkaladigan vaksinani odamlarda klinik sinovdan o‘tkazish boshlanadi, deb ma’lum qildi mamlakat sanoat vaziri Mustafo Varank. Varankning so‘zlariga ko‘ra, sprey ko‘rinishidagi preparat turk olimlari tomonidan ishlab chiqilmoqda, uning klinikaoldi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangan. Uning ta’kidlashicha, vaksinaning klinik sinovlari birinchi bosqichi "tez vaqt ichida boshlanadi". Vazir barcha klinik sinovlar muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng vaksinadan foydalanish joriy yilda boshlanishini aytdi. Avvalroq turkiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha oltita loyiha ustida ish olib borayotgani ma’lum qilingandi. Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 3,2 milliondan oshgan, 31 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Salomatlik
31 martda kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo 10-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Respublikaning tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kunduz kuni 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqni tashkil etadi.
Ekologiya
Toshkent shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan baland binoning bir qismi qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi video yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, bu holatda rejali buzish ishlari amalga oshirilganini ma’lum qildi. «Bugun, 31 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt ko‘chalaridan birida binoning bir qismi qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. Aslida, ushbu holat Toshkent shahar Yunusobod tumanining Amir Temur ko‘chasida joylashgan sobiq «Aurum» restorani joylashgan binoni rejali buzish ishlari aks etgan tasvirlardir», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida. Ma’lum qilinishicha, ushbu joyda ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlar barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda devor bilan o‘rab olinib buzish ishlari amalga oshirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax shahridagi «Zilol» mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri qulab tushgan edi.
Oila va Jamiyat
Bu boradagi taklif parlamentga 31 mart kuni mamlakat prezidenti Sadir Japarovdan tushgan. Qirg‘iziston parlamenti mamlakat oliy sudi raisi Gulbara Kaliyevani lavozimidan muddatidan oldin chetlashtirishga qaror qildi. "Bugun deputatlar oliy sud raisining vakolatlarini to‘xtatishga qaror qildi", - dedi parlament matbuot xizmati vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi taklif parlamentga 31 mart kuni mamlakat prezidenti Sadir Japarovdan tushgan. O‘tgan yil oxirida Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi oliy sud mansabdorlari, jumladan Kaliyevaga nisbatan korrupsiya ishi bo‘yicha sudga qadar tekshiruv boshlagandi. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, oliy sud raisi parlament tomonidan uch yilga saylanadi. Kaliyeva 2018 yil sentyabrda oliy sud raisi lavozimini egallagandi.
Siyosat
Rossiyalik ofitser qo‘lga olinganidan so‘ng Rossiya elchisi Italiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan. Rimda Rossiya elchixonasida akkreditatsiyadan o‘tgan rossiyalik ofitser va Italiya harbiy-dengiz floti kapitani qo‘lga olindi. Ular Rossiya foydasiga josuslik qilish va davlat sirini oshkor etishda ayblanmoqda. Bu haqda Il Messaggero nashri xabar berdi. "Operatsiya italiyalik ofitser pul evaziga maxfiy hujjatlarni unga bergan vaqtda o‘tkazildi. Ofitser hibsga olindi, xorij fuqarosining holati uning diplomatik maqomi tufayli ko‘rib chiqilmoqda", - deyiladi xabarda. TASSning xabar berishicha, rossiyalik ofitser qo‘lga olinganidan so‘ng Rossiya elchisi Italiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan. Avvalroq Bolgariyada Rossiya elchixonasining ikki xodimi persona non grata deb e’lon qilingandi.
Xorijiy Yangiliklar
Rozmetov mahsulotlari o‘z ta’mi, o‘zgarmas sifati va eng asosiysi, halolligi bilan iste’molchilarning mehri va hurmatini qozongan. Yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyi arafasida Rozmetov oilasi yurtdoshlarimiz uchun yana bir tuhfa – BAYRAM go‘shtli delikates mahsulotlari turkumini chiqardi. Yangi BAYRAM mahsulotlari sara mol, parranda va ot go‘shtidan tayyorlanib, betakror va noyob ziravorlar bilan ishlov beriladi. Ishonchimiz komilki, bizning mahsulotlarimiz yoshu-qariga xush kelib, qadrdonlaringiz mehrini qozona oladi. BAYRAM turkumida o‘ndan ortiq tansiq mahsulotlar bo‘lib, ular qatorida qazi, til, tandir go‘shti, ot go‘shtidan tayyorlangan rulet kabi mahsulotlarimiz sizga va oilangiz a’zolariga manzur kelishi aniq. Ularning betakror ta’mi hech kimni befarq qoldirmaydi! Rozmetov – oilamizdan oilangizga! Instagram: @rozmetov.uz Facebook: fb.com/rozmetov.uz Telegram: t.me/rozmetov_official Reklama huquqi asosida
Oila va Jamiyat
Mask mart oyi boshlarida Texasda yangi shahar qurmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. Foto: globallookpress.com Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning tvitidan so‘ng amerikaliklar Texas shtatidan uy sotib ola boshladi. U obunachilarni kelajakda quriladigan Starbeyz shahri yaqiniga ko‘chib o‘tishga chaqirgandi. Mask tvitini 30 mart kuni e’lon qildi. «Marhamat qilib, Texasdagi Starbeyz yoki kattaroq joylar —Braunsvill shahriga yoxud Saus Padre Aylend oroliga ko‘chib o‘tinglar va do‘stlaringizni shu tarzda ilhomlantiring! SpaceX kompaniyasining muhandislar, texniklar, quruvchi va boshqa xodimlarga bo‘lgan talabi tez o‘smoqda», — deb yozdi u. Uning bu xabaridan so‘ng ko‘chmas mulk agentlari uy sotib olish bo‘yicha so‘rovlar keskin oshganini sezishdi. Riyeltorlarning so‘zlariga ko‘ra, butun mamlakatdan qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda. Ilon Mask mart oyi boshlarida Texasda yangi shahar qurmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
Texnologiya
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z chegaralari xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. Foto: RIA Novosti Rossiya mamlakat hududi ichida qo‘shinlarini ko‘chirishga haqli, bu boshqa mamlakatlarga nisbatan tahdid uyg‘otmaydi, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. U ukrainalik jurnalistning Rossiya qo‘shinlari Ukraina bilan chegaraga keltirilishi nima bilan bog‘liq ekani to‘g‘risidagi savoliga ana shunday javob qaytardi. «Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlarini o‘z hududi ichida ko‘chiradi, bu hech kimni bezovta qilmasligi kerak, bu hech kimda hech qanday tahdid uyg‘otmaydi», – deb ta’kidladi Peskov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z chegaralari xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. «Rossiya chegaralari atrofida NATO, boshqa birlashmalar, ayrim mamlakatlar va boshqalarning qurolli kuchlari faolligi kuzatilayotganini bilasiz. Bularning barchasi hushyor turishni talab qiladi», – dedi u.
Siyosat
Sars-Cov-2 virusi doimiy mutatsiyaga uchraydigan 15ta genga ega bo‘lib, ular borgan sari yuqumli bo‘lib boradi. Foto: Motortion Films/Shutterstock Deyvisdagi Kaliforniya universitetining veterinar tibbiyot maktabi olimlari koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqinlari paydo bo‘lishi sababini aniqladi. Bu haqda Scietific Repors jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalarida ma’lum qilindi. Sars-Cov-2 virusi doimiy mutatsiyaga uchraydigan 15ta genga ega bo‘lib, ular borgan sari yuqumli bo‘lib boradi. «Shu sababli koronavirus yangi turda paydo bo‘lmagunicha to‘xtamaydigan yangi to‘lqinlar yuz beradi», – deya qayd etadi tadqiqot rahbari Bart Veymer. Genetiklar o‘tgan yilning 1 martidan boshlab Osiyo mamlakatlarida koronavirusning 150ta shtammi ma’lumotlarini to‘plab, tahlil qildi va barcha olingan ma’lumotlarni birlashtirdi. Tahlilning ko‘rsatishicha, bir nechta mamlakat karantin cheklovlarini joriy etish orqali koronavirus tarqalishi avj olishini to‘xtatishga erishgan.
Salomatlik
Foto: Reuters Myanmalik harbiylar internet-provayderlardan mamlakatda keng polosali simsiz aloqani o‘chirishni talab qilishdi. Bu haqda Myanma telekommunikatsiya operatorlariga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi. Harbiylarning provayderlarga yo‘llagan maktubida ulardan qonunga muvofiq ushbu ko‘rsatmani bajarish talab qilingan. Biroq bu talabning aniq sababi tushuntirilmagan. Myanmalik harbiylar 1 fevralda mamlakat rahbariyatini hokimiyatdan chetlatib, respublikada bir yilga favqulodda holat kiritilishini e’lon qilishgandi. Armiya vakillari buni mamlakatda 2020 yil noyabrda o‘tgan saylovlarda katta ko‘lamli soxtalashtirishlarga yo‘l qo‘yilgani bilan tushuntirishgan. Mamlakat aholisi shundan beri harbiylarga qarshi namoyishlar uyushtirmoqda. Bu norozilik namoyishlari xavfsizlik kuchlari tomonidan keskin tarzda bostirilmoqda.
Siyosat
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Ekologiya
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 1 aprel - vaksinatsiyaning ilk kunida 5018 kishi ixtiyoriy ravishda emlangani haqida ma’lumot berdi. Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi Vaksinatsiyaning ilk bosqichida 65 yosh va undan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanishi ko‘zda tutilgan. «1 aprel holatiga ko‘ra, 1871 nafar 65 yoshdan yuqori fuqaro va 3147 nafar tibbiyot xodimi emlandi. Vaksinatsiya bo‘yicha kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan. Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati (467 nafar), Qashqadaryo viloyati (389 nafar), Toshkent viloyati (317 nafar) band qildi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida. Emlash jarayonlari davom etadi.
Salomatlik
Foto: Tergov departamenti 2021 yilning 22 mart kuni soat 13:00larda 24 yoshli Zohidjon G‘. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida Toshkent viloyati Parkent tumani Qayilma hududidan o‘tuvchi Parkent-Yangibozor chorrahasida “Spark” rusumli avtomashinada harakatlanib kelayotgan 26 yoshli Tohirjon G‘.ning yo‘lini to‘sgan va avtomashinadan tushib, uni hech bir sababsiz urib do‘pposlagan. IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, sud-tibbiy ekspertiza xulosasida Tohirjon G‘. yengil turdagi tan jarohatlari olgani ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Zohidjon G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davomida, Zohidjon G‘. Tohirjon G‘. bilan taksi yo‘nalishida yo‘l talashganliklari natijasida ushbu jinoyat kelib chiqqani aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi ma’lumotda.
Oila va Jamiyat
Yakkasaroy tumani Qushbegi ko‘chasida poyabzal ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. «Bugun, 2 aprel kuni taxminan soat 14:34larda Yakkasaroy tumani Qushbegi ko‘chasida joylashgan poyabzal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in sodir bo‘lgan hududga 5ta o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadasi jalb qilindi. Yong‘indan taxminan 200 kvadrat metr hudud zarar ko‘rgan. Yong‘inni o‘chirish uchun 40 daqiqa atrofida vaqt sarflandi. Qutqaruvchilarning harakatlari tufayli korxonaning qolgan qismi saqlab qolindi. Hodisa oqibati qurbonlar va jabrlanganlar aniqlanmadi», deyiladi vazirlik xabarida. Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi deraza-eshik ishlab chiqarish sexida ham chiqqan yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘inda 300 kvadrat metr maydon zararlangan. Bu yerda ham qurbonlar va tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Oila va Jamiyat
Tergovchilarning ma’lumot berishicha, u Yevropaga yiliga qiymati 82,6 mln dollarlik 60 tonna giyohvandlik moddasi olib kirish bilan shug‘ullangan. Dubay politsiyasi “Arvoh” laqabi bilan tanilgan fransiyalik narkobaron Mufid Bushibini qo‘lga oldi, deb xabar berdi WAM agentligi. “Garchi fransuz detektivlarida Bushibining 20 yil ilgarigi fotosurati bo‘lsa-da, tezkor xodimlarimiz zamonaviy texnologiyalar yordamida uning yashiringan joyini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi”, – deya Dubay politsiyasi xodimi Jamol Salom al-Jallafning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik. Bushibi o‘n yildan buyon soxta hujjatlardan foydalanib yashirinib yurgandi. Tergovchilarning ma’lumot berishicha, u Yevropaga yiliga qiymati 82,6 mln dollarlik 60 tonna giyohvandlik moddasi olib kirish bilan shug‘ullangan. 2015 yilda Bordo sudi uni sirtdan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.
Xorijiy Yangiliklar
Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki brifing o‘tkazayotgan vaqtda bino darvozasi oldiga avtomobil kelib urilgan va ikki nafar politsiyachini jarohatlagan. Foto: AP AQSh Kapitoliysi binosi oldida sodir bo‘lgan noxush voqeadan so‘ng bino yopib qo‘yildi. Odamlarga binoga kirish va chiqish taqiqlandi. Xabar qilinishicha, Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki brifing o‘tkazayotgan vaqtda bino darvozasi oldiga avtomobil kelib urilgan va ikki nafar politsiyachini jarohatlagan. «Gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Ofitserlar jarohatlangan. Ularning barchasi shifoxonaga olib ketildi», — deyiladi politsiyaning Twitter sahifasida. Fox News jurnalisti Jaki Haynrihning aytishicha, Kapitoliy binosi oldidagi to‘siqqa mashina kelib urilgan. U e’lon qilgan videoda voqea joyida ko‘plab politsiya va tibbiyot xodimlari borligini ko‘rish mumkin.
Siyosat
BAA Pro ligasining 23-turida «Shabob Al Ahli» o‘z maydonida «Al Fujayra»ni qabul qilib, 90-daqiqada g‘alabani ilib ketdi. E’tiborlisi, g‘alaba goli Jaloliddin Masharipov hisobiga yozildi. Jaloliddin goldan tashqari o‘z hisobiga assist ham yozdirib qo‘ydi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik yana bir yarimhimoyachi Odil Hamrobekov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 39-daqiqada zaxiraga olindi. «Shabob Al Ahli» ochkolarini 43taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. Doston Hamdamov to‘p tepadigan «Hatta» o‘z uyida «Ad Dafra» bilan jangovar durang qayd etdi. Doston 80 daqiqa davomida harakat qildi. «Hatta» 9 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. BAA Pro ligasi, 23-tur, 2 aprel Shabob Al Ahli — Al Fujayra 3:2 Gollar: da Kruz (39), Muhammad Juma (52), Masharipov (90) — Koutino (3), Ovalabi (32). Hatta — Ad Dafra 2:2 Gollar: Jonatas (45+2, 53 penalti) — Diop (8), Al Junaybi (76).
Sport
Foto: KUN.UZ Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-22 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Ekologiya
Prezidentning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Foto: KUN.UZ Norma’ning yozishicha, ushbu qaror bilan 2020 yil 27 oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida imzolangan quyidagi hujjatlar tasdiqlandi: Harbiy-moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim; Moliyaviy ko‘makni amalga oshirish to‘g‘risidagi bayonnoma. Mudofaa vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. O‘zbekiston TIVga Turkiya Respublikasi tomonidan ushbu xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston tomonidan zarur davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnomani yo‘llash topshirildi.
Siyosat
Qayd etilishicha, xorijlik sayyohlar AQShga kelishidan oldin va kelganidan so‘ng koronavirusga test topshirishga majbur. Foto: AP Photo/Charlie Riedel AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolarga test topshirmasdan va karantinda bo‘lmasdan mamlakat bo‘ylab sayohat qilishga ruxsat berdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda. Markazning ma’lumot berishicha, AQShda 100 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi vaksinaning hech bo‘lmaganda bir dozasi bilan emlangan. Ikki marta emlanganlar to‘liq emlangan hisoblanadi. Qayd etilishicha, xorijlik sayyohlar AQShga kelishidan oldin va kelganidan so‘ng koronavirusga test topshirishga majbur. Pandemiya boshlanganidan buyon AQShda kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 31,2 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 566 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Salomatlik
Jarimalarning umumiy miqdori 8,9 mln rublni tashkil etadi. Foto: imago Moskvaning Taganskiy sudi Twitter’ni noqonuniy axborotni tizimli ravishda o‘chirmasdan kelgani uchun bir kun ichida uch marta jarimaga tortdi. Bu haqda Moskva sudlari Telegram-kanali xabar berdi. Jarimalarning umumiy miqdori 8,9 mln rublni tashkil etadi. Twitter qonunga zid axborotni o‘chirmagani uchun aybdor deb topilib, 2,4 mln rubl jarima to‘lashga hukm qilindi. Sal avvalroq Twitter xuddi o‘sha ayblov bilan 3,2 mln va 3,3 mln rubl jarimaga tortilgandi. Qayd etilishicha, kompaniyaga jarimalarni to‘lash uchun 60 kun muhlat beriladi. 10 mart kuni Roskomnadzor Rossiyada Twitter ishlash tezligini pasaytirgandi. Regulyatorning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoq moderatorlari taqiqlangan kontentni to‘liq o‘chirmayapti. Keyinroq Roskomnadzor talablari to‘liq bajarilmagan taqdirda Rossiya hududida 16 apreldan Twitter bloklanishini e’lon qildi.
Siyosat
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2 aprel kuni Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 1 908 974 nafarga yetgan, 62 876 kishi vafot etgan. Foto: Iranian Presidency Office via AP Eronning ikki viloyatida koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi. «Afsuski, ikki viloyatda to‘rtinchi to‘lqin boshlandi, agar tibbiy protokollarga amal qilmasak, boshqa qator viloyatlarda boshlanishi mumkin», — deya Ruhoniyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi uning matbuot xizmati. Eronda so‘nggi kunlarda koronavirus yuqtirish holatlari soni o‘sishi kuzatilmoqda. Mamlakatda 1 aprel kuni 11 mingdan ortiq holat aniqlandi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2 aprel kuni Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 1 908 974 nafarga yetgan, 62 876 kishi vafot etgan. 9 fevral kuni mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Eronda emlash uchun Rossiyaning «Sputnik V», Xitoyning Sinopharm va Hindistonning Bharat Biotech kompaniyalari vaksinalaridan foydalanilmoqda.
Salomatlik
Mamlakatda jami kasallik yuqtirish holatlari soni 251 mingdan oshgan. Foto: Reuters Qozog‘istonda o‘tgan sutkada 2122ta koronavirus yuqtirish holati qayd etildi. Bu pandemiya boshlanganidan buyon sutkalik kasallanishlar bo‘yicha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Avvalgi rekord 1 aprel kuni qayd etilgandi – bir sutkada 2077ta holat. Bunga qadar eng ko‘p kasallanish holati 2020 yilning 9 iyulida yuz bergandi (1962ta). Mamlakatda jami kasallik yuqtirish holatlari soni 251 mingdan oshgan. Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmaydigan bo‘lsa, butun hukumatni almashtirishini aytgandi.
Salomatlik
O‘tgan yili «Gazprom neft» kompaniyasining strategiya va innovatsiya departamenti boshlig‘i Sergey Vakulenko Rossiyadagi neft zaxiralari 30 yilga yetishini aytgandi. Foto: TASS Rossiyadagi neft zaxiralari amaldagi texnologiyalar bilan 58 yilga yetadi, dedi tabiat resurslari va ekologiya vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Kiselyov «Rossiyskaya gazeta» nashriga bergan intervyusida. «Ular ichidan rentabellilari 19 yilga yetadi. Ammo bu shartli ko‘rsatkich. Texnologiyalar rivojlanishi bilan bu chegara uzayib boradi», — dedi u. Kiselyovning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot qanday rivojlanishidan qat’i nazar, gaz zaxiralari 60 yildan uzoqroqqa yetadi. O‘tgan yili «Gazprom neft» kompaniyasining strategiya va innovatsiya departamenti boshlig‘i Sergey Vakulenko Rossiyadagi neft zaxiralari 30 yilga yetishini aytgandi. Hisob palatasining ma’lumot berishicha, hozirda foydalanilayotgan konlardagi neft yana 35 yil, gaz esa 50 yildan ortiqroq vaqt qazib olishga yetadi.
Iqtisodiyot
Atirau oblasti bosh sanitar vrachi Madeniyet Tanauovning ma’lumot berishicha, respublika laboratoriyasiga mutatsiya aniqlangan 21ta namuna jo‘natilgan. Foto: Reuters Qozog‘istonning Atirau oblastida koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlandi, deb ma’lum qildi oblast sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Asxan Bayduvaliyev. Shtammlar namunalari o‘rganish uchun mamlakat poytaxtiga yuborilgan. Atirau oblasti bosh sanitar vrachi Madeniyet Tanauovning ma’lumot berishicha, respublika laboratoriyasiga mutatsiya aniqlangan 21ta namuna jo‘natilgan. Avvalroq Qozog‘istonda sutkalik kasallanishlar bo‘yicha rekord qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Salomatlik
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimi Milliy tabiat bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi rahbari lavozimiga Farrux Fazliyev Faxriddinovich tayinlandi. Farrux Fazliyev Faxriddinovich 1980 yil Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug‘ilgan, 1998 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida o‘z faoliyatini 2017 yilda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Kadrlarni tayyorlash va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish ilmiy asosda tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimidan boshlagan. Keyinchalik O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 2020 yildan buyon qo‘mitaning O‘rmon mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Iqtisodiyot
Foto: Reuters Angliya chempionatining 30-turida «Liverpul» safarda «Arsenal» bilan bahs yuritib, Jotaning dubli va Salohning goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi. Klopp jamoasi ochkolarini 49taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra 5-o‘ringa chiqib oldi. «Arsenal» 42 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi. APL, 30-tur Arsenal — Liverpul 0:3 3 aprel, «Emireyts» Gollar: Jota (64, 82), Saloh (68). Arsenal – Leno, Tirni (Soaresh, 45), Gabriel, Chembers, Holding, Parti, Edegor, Sebalos (El-Nenni, 58), Pepe, Lyakazett, Obameyang (Martinelli, 77). Liverpul – Alisson, Qoboq (Uilyams, 84), Roberson (Jota, 61), Fillips, Aleksander-Arnold, Fabino, Milner, Saloh, Tiago, Mane, Firmino (Veynaldum, 78). Ogohlantirishlar: Jota (73), Gabriel (90+1).
Sport
Xabar qilinishicha, bir necha kishi "xavfsizlik maqsadida" qo‘lga olingan. Foto: EPA Ammonda qirollik oilasi a’zosi Sharif Hasan bin Zayd va qirol Abdulla IIning sobiq maslahatchisi Bassam Avadalla hibsga olindi. Bu haqda Iordaniyaning Petra agentligiga tayanib TASS xabar berdi. Xabar qilinishicha, yana bir necha kishi "xavfsizlik maqsadida" qo‘lga olingan. O‘z navbatida, "Al-Mayadin" telekanali Ammonda "Abdulla Iini hokimiyatdan ag‘darish maqsadidagi fitna" fosh etilganini ma’lum qildi. Telekanalning ma’lumot berishicha, sobiq valiahd shahzoda Hamza bin Husayn va boshqa bir necha nafar yuqori lavozimli ofitserlar uy qamog‘ida saqlanmoqda.
Siyosat
Vashingtonda, 2 aprel oqshomida yengil avtomobil haydovchisi AQSh Kongressi binolaridan biri yaqinidagi tashqi to‘siqqa borib urildi. Shundan so‘ng haydovchi Kapitoliyga kirishni qo‘riqlayotgan ikki politsiyachini bosib ketdi. Ulardan biri vafot etdi, ikkinchisi shifoxonada qolmoqda. Foto: J. Scott Applewhite / AP Jinoyatchi ikki politsiyachinii urib ketgach, Kongressga kirishni to‘sib qo‘ygan beton blokka borib urilgan. So‘ng avtomobildan tushib, boshqa politsiya xodimlariga pichoq bilan hujum qilmoqchi bo‘lgan. Politsiyachilar o‘q uzishi natijada erkak jarohat olgan va keyinchalik shifoxonada vafot etgan. Hujum uyushtirgan shaxs 25 yoshli Noa Grin ekani aytilmoqda. «Bu terrorizm bilan bog‘liqqa o‘xshamaydi, ammo biz tergovni, albatta, davom ettiramiz», – dedi Vashington politsiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Robert Konte. 25 yoshli yigitning hujumi sabablari hozircha aniq emas. Unda ruhiy buzilish bo‘lgani istisno etilmayapti.
Siyosat
Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Toshkentga yetib keldi. Telegramdagi @Tashkent_SkyNews kanalining ma’lum qilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Eron hukumatiga tegishli samolyot kelib qo‘ngan. Bortida Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiyani olib kelgan ushbu havo layneri Imom Humayniy nomidagi xalqaro aeroportidan parvoz qilgan. Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya 5 aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edi. Vazirlik xabariga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashish rejalashtirilgan.
Siyosat
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Poytaxtda ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.
Ekologiya
5-7 aprel kunlari Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Pak Byon Sok O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif buyuradi. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Pak Byon Sok bilan uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, tashrif doirasida Koreya madaniyati va san’ati uyida Koreya Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuv, Toshkent shahridagi Milliy bolalar tibbiyot markaziga tashrif buyurish, “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gulchambar qo‘yish, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish nazarda tutilgan.
Siyosat
To‘qnashuv oqibatida poyezdlardan birining mashinisti halok bo‘lgan, ikkinchi poyezd mashinisti jarohatlangan. Foto: eskenoviny.cz Chexiyaning Teplitse shahri yaqinida ikkita yuk poyezdi to‘qnashib ketdi. Bu haqda Ceske Noviny nashri xabar berdi. Xabarda aytilishicha, poyezdlardan birining mashinisti halok bo‘lgan, ikkinchi poyezd mashinisti jarohatlangan. Mamlakat temir yo‘l ma’muriyati vakili Dushan Gavendaning so‘zlariga ko‘ra,propan-butan tashiyotgan uchta vagon va ko‘mir tashuvchi bir vagon relslardan chiqib ketgan. To‘qnashuv natijasida lokomotivlardan biri yona boshlagan. Dastlabki taxminga ko‘ra, to‘qnashuv mashinistlardan birining signal oldida to‘xtamagani sababli yuz bergan.
Xorijiy Yangiliklar
Hyundai kompaniyasiga qarashli Genesis brendi Shanhay osmonida minglab dronlar yordamida yorqin shou taqdim etdi. Ushbu shou bir vaqtning o‘zida osmonga ko‘tarilgan dronlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi. Ta’kidlanishicha, ushbu reklama shousi Genesis’ning Xitoy bozoriga chiqishi sharafiga o‘tkazilgan. Unda 3281ta dron ishtirokida brend bilan bog‘liq turli kompozitsiyalar, jumladan brend logotipi hosil qilingan. Bungacha rekord natija Shenzhen Damoda Intelligent Control Technology kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. U 2020 yil sentyabrda bir vaqtning o‘zida osmonga 3051ta dronni chiqargan.
Texnologiya
Foto: Twitter/LaLiga Ispaniya chempionatining 29-turida «Barselona» o‘z maydonida «Valyadolid»ni qabul qilib, 90-daqiqada Usmon Dembele tomonidan kiritilgan to‘p evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. «Barsa» ochkolarini 65taga yetkazib, 2-o‘ringa qaytdi. Endi kataloniyaliklar peshqadam «Atletiko»dan 1 ochkoga ortda qolishmoqda. «Valyadolid» 27 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi. La Liga, 29-tur Barselona — Valyadolid 1:0 5 vprel, «Kamp Nou» Gol: Dembele (90). Barselona – ter Stegen, Dest (Puch, 87), Mingesa (Arauxo, 63), Langle, Alba, Buskets (Breytueyt, 64), de Yong, Pedri (Moriba, 77), Dembele, Grizmann (Trinkau, 63), Messi. Valyadolid – Masip, Nacho Martines, Bruno Gonsales, Olasa, Yanko (Ervias, 65), Mesa, Alkaras, Plano, Sanches, Gvardiola (Markos Andre, 77), Kodro (Valdo Rubio, 85). Ogohlantirishlar: Grizmann (28), Bruno Gonsales (40), Mingesa (43), Gvardiola (73), Masip (80), Breytueyt (84). Chetlatish: Plano (79).
Sport
5 apreldan Chirchiq davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti onlayn ta’limga o‘tkazildi. Chirchiq davlat pedagogika institutidagi bitta fakultet masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazildi. Bu haqda mazkur muassasa bilan bog‘langan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. Tabiiy fanlar fakultetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarda koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli o‘qish 5 apreldan 19 aprelga qadar masofaviy (onlayn) ta’lim shakliga o‘tkazildi. Necha nafar talaba kasallikka chalingani bilan bog‘liq ma’lumotga hozircha oydinlik kiritilmadi. Qolgan barcha ta’lim yo‘nalishlarda o‘qiydigan talabalar o‘rnatilgan tartibda an’anaviy (oflayn) o‘qishni davom ettirishi ma’lum qilindi. Avvalroq, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilgandi.
Ta'lim
Ma’lumot berilishicha, hozirda ularning ishi sudda ko‘rilmoqda. Foto: Ukrainian Presidential Press Service/Handout via REUTERS Eronda Ukrainaning Boeing samolyoti halokatga uchrashi ishi bo‘yicha o‘n nafar mansabdorga nisbatan ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Reuters xabar berdi. «Ukraina samolyoti ishi bo‘yicha batafsil tekshiruv o‘tkazildi va ayblov xulosasi chiqarildi. O‘n nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilindi», – dedi Tehron viloyati harbiy prokurori G‘ulomabbos Torki. Harbiy prokuror mansabdorlarning ismlarini aytmadi. Ma’lumot berilishicha, hozirda ularning ishi sudda ko‘rilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Ukraina havo yo‘llariga qarashli Boeing 737-800 samolyoti 2020 yil 8 yanvarda Tehron aeroportidan parvoz qilganidan ko‘p o‘tmay qulab tushishi oqibatida 176 kishi halok bo‘lgandi. Keyinroq Eron mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimi samolyotni xato sababli urib tushirganini tan olgandi.
Xorijiy Yangiliklar
Ushbu ish bo‘yicha 18 nafar gumondor oqlandi. Foto: Reuters Turkiya sudi 2016 yilda sodir etilgan terrorchilik harakatini tashkil etganlikda ayblangan to‘rt nafar shaxsga bir umrga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Bu haqda Hurriyet Daily News xabar bermoqda. Xabarda aytilishicha, qaysi davlat fuqarosi ekanligi ma’lum qilinmagan to‘rt kishi bir umrga qamalgan bo‘lsa, 18 nafar gumondor oqlandi. Eslatib o‘tamiz, portlash 2016 yil 12 yanvarda Sultonahmad maydonida, Moviy masjid va Ayo Sofiya yaqinida sodir etilgan. Portlash oqibatida 12 nafar germaniyalik turist halok bo‘lgan.
Xorijiy Yangiliklar
Raketa Boeing B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyotidan uchirilishi kerak bo‘lgan. AQSh harbiy-havo kuchlari AGM-183A ARRW hipertovushli raketasi sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini xabar qildi, deb yozadi CNN. Xabarda aytilishicha, raketa Boeing B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyotidan uchirilishi kerak bo‘lgan. «Ammo raketa ucha olmadi va samolyotda qoldi, samolyot Kaliforniyadagi «Edvards» aviabazasiga qaytib keldi», deyiladi AQSh harbiy-havo kuchlari bayonotida. Harbiylar muvaffaqiyatsizlik sabablarini o‘rganib chiqib, raketani qaytadan uchirishga urinib ko‘rishadi. Ular raketa tovush tezligidan 20 baravar tezroq uchishini kutishmoqda, deb yozadi CNN. 2020 yil sentyabrda Amerika harbiylari ikkita hipertovushli raketa prototipini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi. Keyinroq Pentagon Amerika piyoda qo‘shinlari 2023 yilda hipertovushli qurol bilan ta’minlanishini ma’lum qildi.
Texnologiya
Mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash 18 yanvarda boshlangan. Foto: TASS Rossiyada xorij fuqarolari, jumladan, mehnat migrantlarini koronavirusga qarshi emlash hozircha rejalashtirilmagan. Bu haqda Rossiya koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabi ma’lum qildi, deb xabar berdi Interfaks. 4 aprel kuni mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova Rossiyada emlanishni istagan fuqarolar soni keskin o‘sganini aytgandi. Mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash 18 yanvarda boshlangan. Hozirda asosan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash amalga oshirilmoqda. O‘tgan haftada regionlarga «Vektor» ilmiy markazi ishlab chiqqan «EpiVakKorona» vaksinasi yetkazib berildi. Mart oxirlarida Chumakov nomidagi markazda «KoviVak» deb nomlangan uchinchi vaksina ishlab chiqarilishi boshlandi. Vaksina yaqin kunlarda sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Salomatlik
Toshkent shahrida 2021 yil 1 apreldan 2021 yil 31 dekabriga qadar tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e’lon qilindi. Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bu xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021 yil 27 martdagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan o‘tkazib, yagona elektron reyestrni shakllantirish maqsadida qilinmoqda. Ta’kidlanishicha, moratoriy tashqi reklama obektlarida (konstruksiyalarida) joylashgan reklamaga taalluqli emas. Moratoriy amal qilishi davomida yangi o‘rnatilgan tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) noqonuniy hisoblanib, belgilangan tartibda demontaj qilinadi va ularni o‘rnatgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘riladi.
Siyosat
Qayd etilishicha, bu mamlakat uchun butun pandemiya davridagi rekord hisoblanadi. Avvalroq, 4 aprelda 103,8 mingta holat aniqlanib, rekord qayd etilgandi. Foto: EPA/Vostock-photo Hindistonda o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 115,7 mingta yangi holat aniqlandi. Qayd etilishicha, bu mamlakat uchun butun pandemiya davridagi rekord hisoblanadi. Avvalroq, 4 aprelda 103,8 mingta holat aniqlanib, rekord qayd etilgandi. O‘tgan sutka ichida Hindistonda 630 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon vafot etganlar soni 166,1 ming kishiga yetdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 85 million nafarga yaqin aholisi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasi bilan, 11 million kishi esa har ikki dozasi bilan emlangan. Hindiston bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 12,8 milliondan oshgan.
Salomatlik
Bunga Turkish Airlines samolyotida kelganlarda koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan. Aviakompaniyaning 24 mart kuni kelgan reysida 14 nafar yo‘lovchida koronavirusga test musbat chiqqan. Foto: Reuters Xitoy o‘z fuqarolarining Turkiyaga borishini taqiqlamoqchi hamda Turkiyadan parvozlarni to‘xtatmoqchi, deb xabar berdi Xinhua agentligi. Xitoy fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining ma’lum qilishicha, Turkiya havo yo‘llariga 19 apreldan boshlab to‘rt hafta davomida Xitoyga parvozlarni to‘xtatib turish aytilgan. Bunga Turkish Airlines samolyotida kelganlarda koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan. Aviakompaniyaning 24 mart kuni kelgan reysida 14 nafar yo‘lovchida koronavirusga test musbat chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paymoqda. O‘tgan sutkada mamlakatda 49584ta yangi holat qayd etilgan, 211 kishi koronavirusdan vafot etgan.
Salomatlik
Ma’lumot berilishicha, aprel oyida turli miqyosdagi 4 mingdan ortiq mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar barcha harbiy okruglar va Shimoliy flotda bo‘lib o‘tadi. Foto: AP/Scanpix/LETA Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini tekshirish boshlandi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi. «Qurolli kuchlar tayyorgarligi rejasiga muvofiq, harbiy boshqaruv organlari, tuzilma va harbiy qismlarda nazorat tekshiruvlari boshlandi. Qo‘shinlar taktik, maxsus-taktik va ikki tomonlama mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun poligonlarga chiqdi», — dedi Shoygu. Ma’lumot berilishicha, aprel oyida turli miqyosdagi 4 mingdan ortiq mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar barcha harbiy okruglar va Shimoliy flotda bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha qilinishicha, barcha turdagi qo‘shinlar tekshiriladi. Avvalroq Ukraina chegaradosh hududlarda quruqlikdagi qo‘shinlar yig‘inini e’lon qilgandi.
Siyosat
Halokat mashg‘ulot vaqtida yuz bergan. Samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan. Ko‘nya shahri yaqinida Turkiya harbiy-havo kuchlariga qarashli NF-5 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligi o‘zining Twitter sahifasida xabar berdi. Xabarda aytilishicha, halokat mashg‘ulot vaqtida yuz bergan. Samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan. Sabah gazetasining yozishicha, samolyot «Turk yulduzlari» uchuvchilar guruhi tarkibiga kirgan. Gazetada chop etilgan suratlarga ko‘ra, samolyot aholi istiqomat qiladigan hudud yaqiniga qulagan. Hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangani aytilmoqda.
Xorijiy Yangiliklar
2021 yil boshidan buyon O‘zbekistondan 10 mingga yaqin mehnat migranti xorijda ishlash uchun chiqib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda. Foto: RIA Novosti Ma’lum qilinishicha, agentlik tomonidan 9 465 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi. Shundan: 8034 nafari Rossiya Federatsiyasiga; 1285 nafari Qozog‘iston Respublikasiga; 143 nafari Janubiy Koreyaga (mehnat shartnomalarini qayta tiklash hisobiga); 3 nafari BAAga yo‘l oldi. Tashqi mehnat bozoridagi 220ta salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ulardagi 64 ming 954ta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi. O‘zbekistondagi kasb-hunar markazlarida 13 ming 427 nafar fuqaro o‘qishga jalb qilindi, deyiladi ma’lumotda. Bundan oldin, Moskvada ishlashni xohlovchilar patentni Toshkentda rasmiylashtirishi mumkin bo‘lgani xabar qilingandi.
Xorijiy Yangiliklar
Toshkent - Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi yo‘lovchilarga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi. “Uzbekistan Airways” xabariga ko‘ra, joriy yil 1 apreldan Nyu-York shtatining sanitariya xizmatiga shakl to‘ldirish va jo‘natishning elektron uslubi kiritildi. Qayd etilishicha, shaklni to‘ldirish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi: internetga kirish; veb-brauzerning manzil satriga traveler.health.ny.gov manzilini kiritish; sahifaga kiritish so‘rovnomani elektron shaklda kiritish. Bildirilishicha, COVID-19 testining «manfiy» natijasi va yuqorida ko‘rsatilgan shaklni to‘ldirish shart. Ma’lumot uchun, “Uzbekistan Airways” 22 apreldan boshlab haftaning payshanba kunlari Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni qayta joriy etadi. Hozirgi kunda har yakshanba kunlari ushbu yo‘nalishda muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
Salomatlik
Tadbirkor Vladimir Kim 4,6 mlrd dollar boylik bilan 622-o‘rinda joylashdi. Yetti nafar qozog‘istonlik «Forbes» jurnalining eng boy odamlar ro‘yxatidan joy oldi, deb yozadi nur.kz. Qayd etilishicha, tadbirkor Vladimir Kim 622-o‘rinda joylashdi. Uning boyligi miqdori 4,6 mlrd dollar deb baholanmoqda. Tadbirkor Bulat Utemuratov reytingning 891-pog‘onasini egalladi. Uning boyligi 3,4 mlrd dollarga teng. Kaspi.kz hammuassisi Vyacheslav Kim 3,3 mlrd dollar boylik bilan 925-o‘rindan joy oldi. Uning hamkori Mixail Lomtadze esa 956-pog‘onani band etdi. Lomtadzening boyligi 3,2 mlrd dollarni tashkil etadi. Timur va Dinara Kulibayevalar 1111-o‘rinda bo‘lib, har birining boyligi 2,8 mlrd dollardan deb baholangan. Freedom Holding Corp egasi Timur Turlov reytingda 1517-o‘rinni egalladi. Uning boyligi 2,2 mlrd dollarga teng. Avvalroq eng ko‘p milliarder yashaydigan shahar nomi ma’lum qilingandi.
Iqtisodiyot
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ikki obektda yong‘in kelib chiqdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, 9 aprel kuni soat 18:49da Toshkent shahar Chilonzor tumani Navbahor ko‘chasi «Charxi Komolon» MFY hududidagi oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in kelib chiqqan. Hodisa yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 18:55 da voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 19:14da o‘rab olinib, 19:25da to‘liq bartaraf etildi. Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Oila va Jamiyat
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatish masalasi bu mamlakatdagi epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq. Foto: Nicole Tung / Bloomberg Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab Rosaviatsiya, transport vazirligi va Rospotrebnadzor ishtirokida Turkiyaga parvozlarni cheklash masalasini muhokama qiladi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib RBK xabar berdi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatish masalasi bu mamlakatdagi epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq. RBKning turizm sohasidagi manbasi ham bu xabarni tasdiqladi. «Biz «London varianti»ga tayyorlanmoqdamiz: Turkiya bir oyga yopiladi yoki Turkiyadan qaytganlarga 14 kunlik karantin joriy etiladi», — dedi u. Avvalroq Xitoy Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.
Xorijiy Yangiliklar
Mo‘minjon Abdullayev yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo qit’asi doirasida olimpiada litsenziyalari o‘ynaladigan turnirning 130 kg vazn toifasida g‘olib bo‘ldi. U ayni paytda turnir g‘olibi sifatida «Tokio-2020» litsenziyasiga ega chiqqan. Qozog‘istonning Almati shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha Tokio-2020 lisenzion turnirida o‘zbekistonlik kurashchi Olimpiada yo‘llanmasi qatori musobaqaning oltin medalini ham qo‘lga kiritdi. 130 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mo‘minjon Abdullayev musobaqa g‘olibiga aylandi. Osiyo qit’asi uchun litsenziyalar o‘ynalayotgan mazkur musobaqaning finalida Minseok Kim (Janubiy Koreya) jarohati sabab bahsga chiqmagan va Mo‘minjon Abdullayev oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, -67 kg vazn toifasida yarim finalda imkoniyatni boy bergan Aram Vardanyan uchinchi o‘rin uchun kurashda turkmanistonlik raqibidan ustun kelib, jamoa jamg‘armasiga bronza medalini taqdim etdi.
Sport
“Effect.uz” axborot agentligining 2 nafar muxbiriga ilgari qo‘llanilgan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayotbek Shamsutdinov. Avvalroq, Effect.uz sayti xodimlariga nisbatan Termiz tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 236 va 219-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va saytning 2 nafar muxbiriga nisbatan sudning ajrimi bilan sirtdan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgani xabar qilingandi. Manba: Effect.uz saytining ikki xodimiga ehtiyot chorasi sifatida sirtdan qamoqqa olish chorasi qo‘llandi Bosh prokuratura: Effect.uz saytining ikki muxbiriga qidiruv e’lon qilingan
Siyosat
O‘zbekistonlik 10 nafar o‘quvchi 2021 yil 25 mart kuni Rossiya davlatida bo‘lib o‘tgan “Detalka-2020” raqamli texnologiyalar, ta’lim robotlari va nerotexnologiyalar oltinchi xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Onlayn tarzda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 25ta davlatdan jami 437 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan bo‘lib, xalqaro tanlov 3ta yosh toifasida va 2ta yo‘nalishda o‘tkazilgan. Tanlovning “Eng yaxshi muhandislik yechimi” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent shahridan ishtirok etgan Sitora Islomova (jamoa sardori), Amirbek Ro‘zimuhammadov, Vladimir Budnikov, Lazizbek Bozorov, Jur’at Muhammadjonov birinchi o‘rinni egalladi. “Eng yaxshi texnologik loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent viloyatidan ishtirok etgan Sardor Abdutohirov, Behruzbek Ismatullayev, Komronbek Umarqulov, Jasur Xudoyberdiyev, Ruslan Yusupov qo‘lga kiritdi.
Ta'lim
Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, gap 1 mln doza vaksina haqida ketmoqda. Foto: RIA Novosti Avstriyaning Rossiyadan koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini sotib olish bo‘yicha muzokaralari yakuniga yetdi, dedi Avstriya kansleri Sebastyan Kurs. «Vaksinani sotib olishimiz mumkin», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kurier nashri. Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, gap 1 mln doza vaksina haqida ketmoqda. Kurs mart boshlarida Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi rahbari Kirill Dmitriyev bilan uchrashgandi. 6 aprel kuni Kurs «Sputnik V» vaksinasini sotib olish bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda ekanini va Avstriya vaksinani ustuvor tartibda olishi mumkinligini ma’lum qildi.
Siyosat
Foto: STR/AP Myanmada kuch tuzilmalari xodimlari va namoyishchilar orasida davom etayotgan to‘qnashuvlarda bir kun ichida 83 kishi halok bo‘ldi. 10 aprel holatiga ko‘ra, fevral boshidan beri davom etayotgan to‘qnashuvlar qurbonlari soni 701 nafarga yetdi. Myanmada siyosiy mahkumlarga yordam berish uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 9 aprelda Bago shahrida 82 kishi halok bo‘lgan. Ayni vaqtda 3,1 mingdan ko‘proq kishi hibsda ushlab turilibdi, 63 kishi qamoq jazosiga hukm qilingan, 656 kishining hibsga olinishiga order berilgan. Avvalroq BMT Myanmadagi fuqarolik urushi xavfidan ogohlantirgandi. 1 fevralda Myanmada harbiy to‘ntaruv amalga oshirilib, mamlakat rahbariyati hokimiyatdan chetlatilgandi. O‘shandan beri mamlakatda harbiylar siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari to‘xtamayapti. Namoyishlar kuch tuzilmalari tomonidan keskin tarzda bostirilmoqda.
Siyosat
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIVning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tezkor tadbir o‘tkazdi. Aniqlanishicha, Nukus shahar qurilish boshqarmasi sobiq mutaxassisi K.N. fuqaro R.ga avtoservis uchun yer ajratib berishni va’da qilgan. U bu ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Sobiq mutaxassis bu ish evaziga 8,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Departamentning xabar berishicha, holat yuzasidan K.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oila va Jamiyat
Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari O‘yinlar davomida koronavirusga chalinadigan sportchilarni maxsus mehmonxonaga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Tashkiliy qo‘mita bu maqsadda Olimpiya qishlog‘idan bir necha kilometr uzoqlikdagi 300 xonalik mehmonxonani zaxiralab qo‘yadi. Foto: Getty Images Bu tashkilotchilarga bir necha million dollarga aylanadi. Qo‘mita, shuningdek, kasallanganlarni mehmonxonaga olib borish uchun 30taga yaqin maxsus transport vositasini tayyorlab qo‘yadi. Sportchilar har 4 kunda koronavirusga test topshiradilar. Olimpiadadagi karantin va test olish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar keyinroq e’lon qilinadi. Tokio Olimpiadasi 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Mart oyida O‘yinlar tashkilotchilari pandemiya sababli Olimpiada xorijlik tomoshabinlarsiz o‘tishini e’lon qilgandi.
Sport
Shimoliy Koreyada suv sig‘imdorligi 3 ming tonnani tashkil qiluvchi yangi suv osti kemasi qurilishi yakunlandi. Bu haqda AQSh va Janubiy Koreya razvedkalari ma’lumotlariga tayanib Yonhap axborot agentligi xabar berdi. Foto:Yonhap OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan AQShga bosimni kuchaytirish maqsadida yangi kemasini namoyish qilish uchun qulay fursatni kutmoqda. Kemaning namoyishi vaqtida undan “Pukkikson-3” kabi ballistik raketa uchirilishi mumkin. 2019 yilda OAVda Shimoliy Koreya 3ta ballistik raketa tashiy oladigan yangi suv osti kemasini qurayotgani ma’lum qilingandi. O‘shanda kema Yapon dengizidan tashqariga - Tinch okeaniga chiqa olsa, u yerdan AQShning Guam va Havayi orollariga zarba berishi mumkinligi xabar qilingan.
Xorijiy Yangiliklar
Foto: Reuters Bungacha kasallik yuqtirish holatlari soni bo‘yicha Braziliya dunyoda ikkinchi o‘rinda edi (13,45 mln holat). Birinchi o‘rinda esa AQSh turibdi — 31,2 mln holat. Hindiston koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi, deb yozmoqda Times of India nashri. Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, mamlakatda o‘tgan sutkada 168,9 mingta yangi holat qayd etilgan, 904 kishi vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon Hindistonda kasallik yuqtirganlar soni 13,53 mln kishiga yetgan. Bungacha kasallik yuqtirish holatlari soni bo‘yicha Braziliya dunyoda ikkinchi o‘rinda edi (13,45 mln holat). Birinchi o‘rinda esa AQSh turibdi — 31,2 mln holat. Avvalroq Hindiston hukumati mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani sababli koronavirusni davolashda qo‘llanuvchi remdesivir dori vositasi va uni ishlab chiqarishda ishlatiluvchi farmatsevtik moddalar eksportini taqiqlab qo‘ygandi.
Salomatlik
Bu Holifildning 2011 yildan buyon o‘tkazilgan birinchi jangi bo‘ladi. Foto: boxingscene.com O‘ta og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Evander Holifild Kevin Makbraydga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Boxing Scene xabar berdi. 58 yoshli Holifild 5 iyun kuni 47 yoshli raqibiga qarshi ringga chiqadi. Jang ikki daqiqadan sakkiz raund bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bu Holifildning 2011 yildan buyon o‘tkazilgan birinchi jangi bo‘ladi. Uning raqibi Makbrayd ham faoliyatini 2011 yilda yakunlagan. U 2005 yilda Mayk Tayson ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng tanilgan. Holifild o‘tgan yil dekabrda Mayk Taysonni jangga chorlagandi. Bokschilar ilgari ikki marta to‘qnash kelishgan, har ikki jangda Holifild g‘alaba qozongan.
Sport
Yevropa ittifoqi Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi va mavjud sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Foto: Getty Images Sanksiyalar ro‘yxatiga Eronda inson huquqlari buzilishiga aloqador 8 kishi va 3 kompaniya kiritildi. “Bugun Yevrokengash Erondagi inson huquqlari buzilishlariga javoban kiritilgan cheklovlarni 2022 yil 13 aprelgacha uzaytirdi. Sanksiyalar ro‘yxatida jami 89 kishi va 4 nafar yuridik shaxs bor”, deyilgan xabarda. Ta’kidlanishicha, ro‘yxatdagi jismoniy va yuridik shaxslarga repressiyalarda va telekommunikatsiyalarni kuzatishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni eksport qilish hamda pul vositalari o‘tkazish taqiqlanadi.
Siyosat
Qayd etilishicha, G7 va YeI Ukraina chegarasi va Qrimda "Rossiya kuchlarining keng miqyosda kuchaytirilishidan qattiq xavotirda". Foto: DPA G7 mamlakatlari yetakchilari hamda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiyani Ukraina chegarasida ig‘vogarlik qilishni to‘xtatishga chaqirdi. "Avvaldan xabar qilinmasdan olib borilayotgan harbiylarning keng miqyosdagi harakatlanishi tahdid soladi va vaziyatni beqarorlashtiradi. Biz Rossiyani ig‘vogarliklarni to‘xtatishga va xalqaro majburiyatlarga muvofiq ravishda keskinlikni zudlik bilan pasaytirishga chaqiramiz", - deyiladi G7 bayonotida. Hujjatda qayd etilishicha, G7 va YeI Ukraina chegarasi va Qrimda "Rossiya kuchlarining keng miqyosda kuchaytirilishidan qattiq xavotirda". Bayonotda bu davlatlar Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy birligini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.
Siyosat
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22 daraja iliqni, janubiy va shimoliy hududlarda 23-28 daraja issiqni tashkil etadi. Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 19-21 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.
Ekologiya
Bekobod tumanida 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida, ATB “Agrobank” Bekobod filiali, “P.A.” va “U.X.” MChJ mansabdor shaxslari “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan 301 mln so‘m kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan filial va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Iqtisodiyot
Kulebaning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Donbassdagi vaziyat diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori, ammo «zo‘ravonlik boshlanadigan bo‘lsa» hushyorlikni yo‘qotmaydi. Foto: Reuters Ukraina urush qilish niyatida emas va Donbassdagi nizoning diplomatik yechimini istaydi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba aytdi. «Ukraina urushni xohlamaydi, biz hech qanday hujum harakatlarini rejalashtirmayapmiz», — dedi u. Kulebaning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Donbassdagi vaziyat diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori, ammo «zo‘ravonlik boshlanadigan bo‘lsa» hushyorlikni yo‘qotmaydi. Avvalroq G7 mamlakatlari yetakchilari hamda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiyani Ukraina chegarasida ig‘vogarlik qilishni to‘xtatishga chaqirgandi.
Siyosat
Parlament a’zolari 16, 19 va 20 aprel kunlari test topshirishadi. Foto: Maxim Shemetov/Reuters Rossiya prezidenti Vladimir Putinning federal majlisga murojaati oldidan deputat va senatorlar uch martadan koronavirusga test topshiradi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib «Izvestiya» xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament a’zolari 16, 19 va 20 aprel kunlari test topshirishadi. «Pandemiya tarqalishi va koronavirusning uchinchi to‘lqini xavfi saqlanib turibdi, shu bois yuqori darajadagi ehtiyot choralariga rioya qilishimiz shart», — dedi manba. Avvalroq Kreml matbuot xizmati murojaatni yoritadigan jurnalistlar uchun akkreditatsiya boshlanganini e’lon qilgandi. Tadbirga kirish uchun 17 va 20 aprel kunlari topshirilgan PZR-testlarning manfiyligini tasdiqlovchi ikkita ma’lumotnoma taqdim etilishi lozim. Rossiya prezidenti federal majlisga 21 aprelda murojaat qilishi ko‘zda tutilgan.
Siyosat
Darius 2010 yilda dunyodagi eng katta quyon sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning bo‘yi 129 sm, og‘irligi 21 kg. Foto: Annette Edwards Buyuk Britaniyada Darius laqabli dunyodagi eng katta quyon o‘g‘irlab ketildi. Uning egasi Annet Edvards quyonni qaytarib berishlari uchun 1000 funt sterling mukofot berishini e’lon qildi. Darius 2010 yilda dunyodagi eng katta quyon sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning bo‘yi 129 sm, og‘irligi 21 kg. Dariusning Deyv va Jyeff laqabli ikkita bolasi bor. Deyv 2019 yilda tug‘ilgan va ikki yil ichida og‘irligi 25 kiloga yetgan.
Sport
Pentagon rahbari Lloyd Ostin Germaniyadagi AQSh kuchlarining kengayishi «NATOning qo‘llab-quvvatlashi belgisi» ekanini aytdi. Foto: Getty Images/Lennart Preiss AQSh hukumati Germaniyadagi harbiylarini qisqartirish fikridan qaytdi. Buning o‘rniga, ular soni oshiriladi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ma’lum qildi, deb yozadi Interfaks. «Bu yaxshi xabar, AQSh Germaniyadan qo‘shinlarini olib chiqish rejasidan qaytdi, aksincha, bu kuchlar yana 500 kishiga ko‘payadi», – dedi Kramp-Karrenbauer. O‘z navbatida, Pentagon rahbari Lloyd Ostin Germaniyadagi AQSh kuchlarining kengayishi «NATOning qo‘llab-quvvatlashi belgisi» ekanini aytdi. 2020 yil iyunda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Germaniyadan 9,5 nafar amerikalik harbiyni olib chiqib ketmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Bu mamlakatda 25 ming nafar AQSh harbiysi qolishi rejalashtirilgandi.
Siyosat
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar haqiqiy voqelikka yaqin sharoitda, harbiy texnika va o‘tchoar qurollardan foydalanilgan holatda o‘tkaziladi. Foto: EPA Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) 14 apreldan may oyi oxirigacha Xarkov oblastida antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazadi. Bu haqda UXX matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar haqiqiy voqelikka yaqin sharoitda, harbiy texnika va o‘tchoar qurollardan foydalanilgan holatda o‘tkaziladi. Bunda Rossiya bilan chegaradagi uchastkalarga alohida e’tibor qaratiladi. UXX shu munosabat bilan fuqarolardan ko‘rsatilgan muddat davomida vokzallar, harbiy obektlar va hokimiyat organlari binolariga qiziqish bildirgan shubhali shaxslar haqida xabar qilishni hamda yonlarida hamisha hujjatlarini olib yurishlarini so‘ragan. Avvalroq Donetsk oblastidagi Schaste shahrida ana shunday mashg‘ulotlar o‘tkazilgandi.
Oila va Jamiyat
AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga telefon qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘ng‘iroq Baydenning tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Oq uyga ko‘ra, Bayden saylovlarga aralashish va kiberhujumlar uchun kerakli javob berilishini Putinga yana bir bor tushuntirgan. Tomonlar harbiylar ustidan nazorat va boshqa xavfsizlik masalalarini ham muhokama qilgan. Bayden Putinga yaqin uch oy ichida neytral mamlakatda o‘zaro uchrashishni taklif qilgan. Shuningdek, AQSh prezidenti Rossiyaning Qrim hamda Ukraina chegarasidagi favqulodda faollashuvidan xavotirda ekanini bildirgan va Ukrainaning suverenitetini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Oq uyga ko‘ra, prezidentlarning uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlar to‘liq ko‘rib chiqilishi mumkin. Oldinroq Bayden Putinni qotil deb hisoblashini aytgan va Putin bunga javoban hamkasbini jonli efirda bahslashishga taklif qilgandi.
Siyosat
Jibuti sohillari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan qayiqning to‘ntarilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkilotiga tayanib Associated Press axborot agentligi ma’lum qildi. “42 kishi, jumladan, 16 bola halok bo‘lgani o‘rnatildi. 14 kishi qutqarib qolingan”, deb ma’lum qilgan XMT vakili Ivonn Ndege. Uning ta’kidlashicha, muhojirlarni kontrabandachilar olib ketayotgan bo‘lgan. “Kontrabandachilar hali topilmadi, ularni qidirish ishlari davom etmoqda”, deb xabar qilgan Ndege. Ma’lum qilinishicha, qayiq Yamandan yo‘lga tushgan. XMTning Sharq va Afrika shoxi davlatlari bo‘yicha direktori Muhammad Abdikarning ta’kidlashicha, qayiq 4 mart kuni xuddi shunday voqea yuz bergan Bob ul-Mandab bo‘g‘ozida to‘ntarilgan. O‘shandagi voqea oqibatida ham 20 muhojir cho‘kib ketgan. Bo‘g‘oz orqali yamanlik muhojirlar dastlab Somaliga, so‘ngra u yerdan Efiopiyaga yoki Fors ko‘rfazi davlatlarigacha yetib olishga harakat qilishadi.
Xorijiy Yangiliklar
2019 yilga solishtirganda kompaniya asoschisining xavfsizligini ta’minlash xarajatlari 10 million dollarga oshgan. Foto: Niall Carson/PA Images via Getty Images O‘tgan yili Facebook kompaniyasi bosh direktori Mark Tsukerbergning xavfsizligini ta’minlash uchun 23 million dollar sarflangan. Bu haqda The Verge xabar berdi. Xabarda aytilishicha, Facebook har yili o‘tkazadigan tekshiruvlarda "janob Tsukerbergga nisbatan tahdidlar aniqlangan". "U Facebook sinonimi hisoblanadi va kompaniyamizga nisbatan salbiy munosabatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Tsukerberg bilan bog‘liq", - deyiladi kompaniya tomonidan. O‘tgan yili Facebook bosh direktorining xavfsizligini ta’minlash xarajatlari koronavirus pandemiyasi sababli oshib ketgan. Qayd etilishicha, Tsukerberg yiliga bir dollar maosh oladi va hech qanday mukofot va moddiy rag‘batlantirishlar olmaydi.
Iqtisodiyot
Avtobus neft mahsuloti olib ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Misrda yo‘lovchi avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi natijasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda El Balad nashri xabar berdi. Xabarda aytilishicha, yuk mashinasi neft mahsuloti olib ketayotgan bo‘lgan. Asyut provinsiyasida sodir bo‘lgan mazkur halokat oqibatida 20 kishi hayotdan ko‘z yumgan va 3 kishi jarohatlangan. Qutqaruv ishlariga 30dan ortiq tez yordam mashinasi jalb qilingan.
Xorijiy Yangiliklar
Poytaxtning Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabining 11- sinf o‘quvchisi Saidkarim Tursunboyev xorijning 68ta oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi. Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 11- sinf o‘quvchisi eng yuqori ball to‘plab, ulardan bir nechtasining grantlar sohibiga aylangani aytiladi. Qayd etilishicha, bitiruvchi Saidkarim Tursunboyev imtihon topshirgan oliy ta’lim muassasalari orasida AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Singapur, Malayziya kabi mamlakatlarning nomdor universitetlari bor. Bundan oldin, xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishi xabar qilingandi.
Ta'lim
Sobiq bosh vazir harbiy sohadagi mablag‘larni maqsadsiz sarflash va pora olishda ayblanmoqda. Foto: REUTERS/Carlo Allegri Kuvayt tarixida birinchi marta sud sobiq bosh vazir va hukmdor oila a’zosi shayx Jobir al Muborak al Hamadni sudga qadar hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi, deb xabar berdi Reuters. Sobiq bosh vazir harbiy sohadagi mablag‘larni maqsadsiz sarflash va pora olishda ayblanmoqda. Al Rai va Al Jarida gazetalarining yozishicha, shayx Jobir va sobiq mudofaa hamda ichki ishlar vaziri shayx Xolid al Jarroh as Saboh o‘zlariga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan. Ushbu ish bo‘yicha navbatdagi eshituv 27 aprelda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Sobiq bosh vazirga qarshi ish 2018 yil noyabrda qo‘zg‘atilgandi. As Saboh armiya jamg‘armasining 790 million dollar mablag‘ini talon-toroj qilishda gumonlangan. Shayx Jobir 2019 yilda bosh vazirlikdan iste’foga chiqqan, u bu lavozimni 2011 yilda egallagandi.
Siyosat
Daniya sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Soren Brostrem mamlakatda kasallanish darajasi pastligi va muqobil vaksinalar borligi sababli ushbu vaksinadan voz kechishga qaror qilinganligini aytdi. Foto: Pixabay Daniya AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishdan butunlay voz kechgan birinchi mamlakat bo‘ldi, deb yozadi Copenhagen Post. Ushbu qaror mazkur vaksina bilan emlanganlarda tromblar hosil bo‘lishi holatlari bilan izohlanmoqda. Daniya sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Soren Brostrem mamlakatda kasallanish darajasi pastligi va muqobil vaksinalar borligi sababli ushbu vaksinadan voz kechishga qaror qilinganligini aytdi. Daniya hukumati shuningdek, Johnson & Johnson vaksinasi bilan emlangandan so‘ng tromblar paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlardan keyingi vaziyatni ham kuzatmoqda. Daniya ushbu vaksinaga 8,2 mln doza buyurtma bergan va dastlabki partiyasi chorshanba kuni yetib keldi.
Salomatlik
Kelinglar, shu oydan boshlab va har doim biroz sabrliroq bo‘laylik! EVOS barchani sabr oyi bilan muborakbod etadi! Reklama huquqi asosida
Iqtisodiyot
Turkiya “havo-havo” sinfidagi Bozdoğan raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda 14 aprelda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. Foto: Tübitak SAGE Uning ta’kidlashicha, Turkiya buning evaziga ushbu turdagi raketani ishlab chiqish texnologiyasiga ega sanoqli davlatlar qatoridan joy oldi. “Yosh muhandislarimiz tomonidan GÖKTUĞ loyihasi doirasida ishlab chiqilgan Bozdoğan “havo-havo” raketasi nishonni birinchi urinishdayoq yo‘q qildi”, deb yozgan Erdo‘g‘an. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bozdoğan radiolokatsion mo‘ljalga olish tizimi bilan jihozlangan katta ta’sir radiusiga ega raketa hisoblanadi. GÖKTUĞ loyihasi doirasida “havo-havo” sinfidagi ikkita raketa - Bozdoğan va Gökdoğan ishlab chiqilgan. Ushbu raketalar AQShning 4-avloddagi F-16 qiruvchi samolyotlarida va Turkiyada ishlab chiqilgan harbiy samolyotlarda qo‘llanishi mumkin.
Texnologiya
Qayd etilishicha, Rossiya yarimorolni suv bilan ta’minlash uchun ana shu yo‘lni tutishi mumkin. Andrey Taran Rossiya Ukrainaga Qrim tarafdan hujum qilishi mumkin. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Andrey Taran aytdi. Uning qayd etishicha, Rossiya yarimorolni suv bilan ta’minlash uchun ana shu yo‘lni tutishi mumkin. Taran Rossiyaning harakatlari Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun ham xavf solishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qrimga 42 ming nafar va Ukraina shimoli-sharqiy chegaralariga 110 ming nafar harbiy xizmatchi jo‘natgan. "Biz bu harakatlarni milliy xavfsizligimizga nisbatan real tahdid deb baholaymiz. Bizningcha, Rossiya hujumga tayyorlanmoqda va Qrim ehtimoliy front bo‘ladi", - dedi u. Avvalroq G7 davlatlari Rossiyani Ukraina chegarasida ig‘vogarlik qilishni to‘xtatishga chaqirgandi.
Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturi juda tig‘iz. Shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan. Safarning ikkinchi kuni xalq deputatlari, aholi vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari belgilanadi.
Siyosat
Davlatimiz rahbari Samarqandga safari chog‘ida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Marhumning haqiga Qur’on tilovat etildi. O‘tganlarni yaxshi amallari bilan eslash, ruhlarini shod etish muqaddas qadriyatlarimizdandir. Ulamolar bilan suhbatda Islom Karimovning ana shunday insoniy fazilatlari yodga olindi. – Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham o‘zlariga munosib bo‘lgan. Bu yerga mehr berganmiz. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettiryapmiz. Ruhlari shod bo‘lsin, ilohim, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Allohdan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik tilab duo qilindi.
Siyosat
AQSh Rossiyaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasida ishlovchi 10 nafar xodimni o‘z hududidan chiqarib yubormoqda. Bu haqda Oq uyda ma’lum qilindi. Foto: Stephen Chung / globallookpress.com «AQSh o‘z hududidan Rossiyaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasi 10 xodimini chiqarib yubormoqda. Ular orasida Rossiya maxsus xizmatlari vakillari bor», deyilgan xabarda. Avvalroq AQSh Vashington va Nyu-Yorkdagi rossiyalik diplomatlarni o‘z hududidan chiqarib yubormoqchiligi ma’lum qilingan. Ularga AQSh hududini tark etish uchun 30 kunlik muhlat berilishi aytilgan. Bungacha Bloomberg axborot agentligi manbalarga tayanib, Vashington AQShdagi saylovlarga aralashuv va kiberhujumlarga javoban Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritmoqchiligini ma’lum qilgan.
Siyosat
Joriy yilning 15 aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in kelib chiqqan. FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu xabar FVV navbatchilik qismiga 15 aprel kuni soat 23:08 da kelib tushadi. Hodisa joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in korxonaning 1000 kv. maydonini qurshab olgan. Taxminan 00:10 da yong‘in qurshab, nazoratga olingan, 02:05 da to‘liq bartaraf etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 aprel kuni Chilonzordagi oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Undan avvalroq Toshkent va Zangiotadagi ishlab chiqarish sexlarida ham yong‘in kelib chiqqandi.
Oila va Jamiyat
Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qrim va Donbass Ukrainasiz baxtli bo‘la olmaydi. Foto: STR/AFP Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim va Donbassning taqdiri Chernobilnikidan ham yomonroq bo‘lishini bashorat qildi. U bu haqda Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida aytdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qrim va Donbass Ukrainasiz baxtli bo‘la olmaydi. U «ilmiy rivojlanish, yirik korxonalar, osmono‘par binolari yo‘q» Abxaziya va Dnestrbo‘yini misol keltirdi. U yerda baxt yo‘qligi uchun odamlar ketib qolishyapti, dedi Ukraina prezidenti. «Bular "o‘lik" hudud bo‘ladi. Bu Chernobildan ham yomonroq bo‘ladi. Chunki hatto Chernobilga ham turistlar keladi. Ular esa afsuski, "o‘lik" hududlar bo‘ladi», — dedi Zelenskiy. Zelenskiy mart oxirlarida Qrimni ozod qilish va qaytarish strategiyasini tasdiqlagandi.
Siyosat
Foto: Getty Images Kuba kommunistik partiyasi birinchi kotibi Raul Kastro iste’foga chiqadi. Bu haqda siyosatchi Gavanada o‘tgan partiyaning sakkizinchi s’yezdida e’lon qilgan. Raul Kastro iste’foga chiqishini e’lon qilar ekan hukumatni tayyorlangan kadrlarga topshirayotganidan xursandligini ma’lum qilgan. Kastro hukumatni topshirish borasida hujjatni imzolagan. Uning o‘rnini vazirlar mahkamasi raisi Migel Dias Kanel egallaydi. 89 yoshli Kastro iste’foga chiqishi haqida g‘arb OAVsida oldinroq xabarlar paydo bo‘lgandi. Raul Kastro Kubani 1959 yilgi revolyutsiyadan keyin boshqargan Fidel Kastroning ukasi hisoblanadi. Raul Kastro 2006 yildan buyon Kubani boshqarib kelayotgandi. U 2018 yilgacha mamlakatning oliy boshqaruvchisi bo‘lgan va o‘shandan buyon mamlakat rahbari vazifasini Migel Dias bajarib keladi. Shu tariqa Kastrolar oilasining Kubadagi 62 yillik epoxasi tugadi.
Siyosat
Foto: KUN.UZ 17 aprelda kunduz kuni respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 30 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-26 daraja issiqni tashkil etadi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Ekologiya
Statistikada Germaniya har yili insonparvarlik va infratuzilma loyihalariga ajratadigan mablag‘ hisobga olinmagan. Foto: DPA Germaniya 2001—2020 yillar davomida Afg‘onistondagi missiyasi uchun 12 mlrd yevro sarfladi. Bu haqda DPA agentligi xabar berdi. Ma’lumot berilishicha, eng ko‘p xarajat 2010—2012 yillarda, Afg‘onistonda 5 mingga yaqin nemis harbiy xizmatchisi joylashtirilgan davrda qilingan. Shu bilan birga, statistikada Germaniya har yili insonparvarlik va infratuzilma loyihalariga ajratadigan mablag‘ hisobga olinmagan. Ushbu mablag‘lar evaziga 1,4 ming kilometr yo‘l qurilgan, 293ta maktab va 51ta shifoxona barpo etilgan. NATO 1 maydan Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishga tayyorlanmoqda. Hozirda Afg‘onistonda mingga yaqin germaniyalik harbiy joylashgan.
Siyosat
Sobiq bodibilder va bokschi yakkakurash emas, golf va shaxmatda kuch sinashgan. Hollivud aktyori Arnold Shvarsenegger Kaliforniyadagi uyida boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson va olimpiya chempioni Henri Sehudo bilan uchrashdi. UFC chempioni Sehudo uchrashuv tasvirlangan lavhalarni Instagram sahifasiga joylashtirdi. Tasvirlar orasida Shvarsenegger va Tayson bellashuvi aks etgan videolavha ham bor. Ammo sobiq bodibilder va bokschi yakkakurash emas, golf va shaxmatda kuch sinashgan. «O‘zimga o‘xshagan insonning uyiga taklif etilish men uchun katta sharaf. Arnold Shvarsenegger, sen — Amerika orzusisan», — deb yozgan Sehudo. Shvarsenegger — taniqli aktyor, sobiq bodibilder va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori. U haligacha aktyorlik faoliyatini davom ettirmoqda.
Sport
Kiyev, Dnepr va Simferopol hamda ulardan 100 dengiz milyasi masofada joylashgan Moskva va Rostov-Don uzra parvoz qilayotganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etilgan. Foto: TASS AQSh federal aviatsiya boshqarmasi Amerika aviakompaniyalariga Rossiya va Ukrainaning ayrim hududlari ustidan parvoz qilayotganda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda TASS. Qayd etilishicha, Kiyev, Dnepr va Simferopol hamda ulardan 100 dengiz milyasi masofada joylashgan Moskva va Rostov-Don uzra parvoz qilayotganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etilgan. Ushbu tavsiya Amerikaning barcha aviatashuvchilari va tijorat operatorlariga taalluqli. Ta’kidlanishicha, mazkur tavsiya Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mintaqaviy keskinlik chegaraviy to‘qnashuvlarga aylanib ketishi ehtimoli sababli e’lon qilingan. Avvalroq Kanada Ukraina ustidan parvoz qilish xavfli ekani to‘g‘risida ogohlantirgandi.
Xorijiy Yangiliklar